20.10.2021 yildagi 651-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarini birlashtirish orqali ularning boy professional hayot tajribasidan samarali foydalanish, keksa avlod vakillariga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni yanada kuchaytirish, davlat tomonidan ijtimoiy himoyani, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada yaxshilash, shuningdek, respublika konchilik va metallurgiya sanoati sohasida yosh mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashda pensionerlar va mehnat faxriylarining noyob tajribalari, amaliy mahorati va salohiyatidan faol foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJning Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) nodavlat notijorat tashkilotini hamda uning Navoiy viloyatidagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi hududiy filiallarini (keyingi oʻrinlarda — Kengashning hududiy filiallari) tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy xuquqlari va manfaatlari himoyasini, munosib turmush darajasi va ijtimoiy mavqeyini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha toifadagi pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va kengaytirish, ularning konchilik va metallurgiya sohalari korxonalarida davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish maqsadlarida yosh mutaxassislarni yuksak maʼnaviyat, mehnatkashlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarda faol ishtirokini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning respublika konchilik va metallurgiya sanoati sohasidagi aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalari mehnat jamoalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotidagi hamda har bir pensioner va faxriyni qoʻllab-quvvatlash choralari bilan qamrab olishdagi tashkilotchilik roli va ahamiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish;

munosib dam olishda boʻlgan pensionerlar va faxriylar orasida konchilik va metallurgiya sohalari hayotiga dahldorlik hisini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika konchilik va metallurgiya sanoati aksiyadorlik jamiyatlari hamda sohaning boshqa korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha yoʻnalishlari va boʻgʻinlari boʻyicha tegishli maslahatlar va tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim etishda pensionerlar va faxriylar ishtirokini, shu jumladan moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, sohada bardavom vorislikni taʼminlovchi samarali ustoz-shogird tizimini yoʻlga qoʻyish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda koʻmaklashish;

pensionerlar va faxriylar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan, shu jumladan, sohaga oid oliy va professional taʼlim muassasalarida uchrashuvlar oʻtkazish;

soha pensionerlari va faxriylarining boy kasbiy tajriba va koʻnikmalaridan unumli foydalanilgan holda Navoiy davlat konchilik institutida, Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filialida hamda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va sohaga oid boshqa taʼlim muassasalarida muntazam asosda maʼruzalar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Kengash mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ajaratiladigan homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foiz tushumlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Navoiy hududiy filiali tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Bekobod hududiy filiali tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning huquqiy maqomi, huquqlari, vazifalari va funksiyalari, faoliyatining tashkiliy-amaliy asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va moliyalashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashni tashkil etish va tugatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda Kengashni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengashning markaziy apparati Toshkent shahri, T. Shevchenko koʻchasi, 24/1-uy manzilida joylashgan “Oʻzmetkombinat” AJ vakolatxonasi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzmetkombinat” AJ Kengash markaziy apparatining idora anjomlari, tashkiliy texnikalar, mebel va boshqa zarur aloqa vosita turlari bilan, shu jumladan keng polosali Internet axborot tarmogʻiga ulanishini bepul taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning hududiy filiallari uchun ofis xonalarini ajratish va ularni tashkiliy texnikalar bilan jihozlash, shuningdek, 3 ta avtotransport vositasini ajratish hamda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJ oʻz mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari faqat tavsiyaviy kuchiga ega boʻlib, Kengash tomonidan bevosita yoki bilvosita “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga aralashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Kengashning iltimosnomasiga asosan konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylariga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni, shuningdek, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va klinikalarida diagnostika va davolash xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga har yili Kengashning iltimosnomalariga muvofiq konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining respublikaning tegishli sanatoriylari, shu jumladan, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJ sanatoriylarida madaniy dam olishlari hamda davolanishlari uchun bepul yoʻllanmalar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
651-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-oktabrdagi 651-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Izoh. Boshqaruv xodimlari soni — 6 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kengash tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi raisi, uning oʻrinbosari va hududiy filiallar boshliqlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-oktabrdagi 651-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Navoiy hududiy filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-oktabrdagi 651-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Olmaliq hududiy filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-oktabrdagi 651-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Bekobod hududiy filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-oktabrdagi 651-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi (keyingi oʻrinlarda — Kengash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ (keyingi oʻrinlarda — aksiyadorlik jamiyatlari) va boshqa metallurgiya sanoati tashkilotlarining pensionerlari va mehnat faxriylarini (keyingi oʻrinlarda — faxriylar) birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash yuridik shaxs boʻlib, oʻz mol-mulkiga, bank muassasalarida zarur hisobvaraqalariga, muhriga, oʻz logotipiga, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtgan boshqa ramzlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan hududiy filiallar orqali amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tuzilmasi, maqsadlari, faoliyatini tashkil etish usullari va shakllarini aniqlashda mustaqil boʻlib, oʻz organlarini va xodimlar apparatini shakllantirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari va respublikaning boshqa metallurgiya korxonalarining sobiq va faoliyat koʻrsatayotgan xodimlari kontingentini pensiyaga ketgandan soʻng ularning umumiy ijtimoiy, maʼnaviy va madaniy manfaatlari asosida birlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash oʻz faoliyati doirasida qarorlar qabul qilish va amalga oshirishda mustaqil hisoblanadi hamda unga davlat organlari, ish beruvchi tashkilotlar va ularning birlashmalari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻz aʼzolari manfaatlarida ular bilan tenglik, ijtimoiy hamjihatlik va hamkorlik tamoyillari, shuningdek, jamoa shartnomalari asosida munosabatlar oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etgan holda ixtiyoriylik, oʻzini oʻzi boshqarish va Kengash aʼzolari tomonidan qonunchilikka rioya qilish tamoyillari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengashning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan — Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Council of Veterans of the Mining and Metallurgical Industry of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan — Council of Veterans of the Mining and Metallurgical Industry;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Sovet veteranov gornoy i metallurgicheskoy promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan — Sovet veteranov gornoy i metallurgicheskoy promishlennosti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengashning Markaziy apparatini joylashgan joyi (pochta manzili): 210100, Toshkent shahri, T. Shevchenko koʻchasi, 24/1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy xuquqlari va manfaatlarini, munosib hayoti va ijtimoiy mavqeyini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha toifadagi pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va kengaytirish, konchilik va metallurgiya sohalari korxonalarida davlat yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish manfaatlarida yosh mutaxassislarni mehnatkashlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirokini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korxonalari mehnat jamoalarining hayotida Kengashning hamda har bir pensioner va faxriy ishtirokining roli va ahamiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munosib dam olishda boʻlgan pensionerlar va faxriylar orasida konchilik va metallurgiya sohalari hayotiga dahldorlik hissini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha yoʻnalishlari va boʻgʻinlari boʻyicha tegishli maslahatlar va tavsiyalarni ishlab chiqish va taqdim etishda pensionerlar va faxriylar ishtirokini, shu jumladan, moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, bardavom vorislikni taʼminlovchi samarali ustoz-shogird tizimini yoʻlga qoʻyish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar va faxriylar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan, shu jumladan, sohaga oid oliy va professional taʼlim muassasalarida uchrashuvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha pensionerlari va faxriylarining boy kasbiy tajriba va koʻnikmalaridan unumli foydalangan holda Navoiy davlat konchilik institutida, Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filialida hamda Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va sohaga oid boshqa taʼlim muassasalarida muntazam asosda maʼruzalar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asosiy vazifalarni bajarish uchun Kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat tashkilotlarida konchilik va metallurgiya sanoati faxriylarining manfaatlarini himoya qiladi hamda ularga huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sugʻurta va sogʻliqni saqlash, faxriylarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash va boshqa ijtimoiy himoya turlarini takomillashtirish boʻyicha ijtimoiy kafolatlar borasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faxriylarga xayriya yordami koʻrsatuvchi homiylar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ular hayotining qiyin davrlarida (kasallik, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar) moliyaviy va boshqa yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy bayramlar, muhim yubiley sanalari, konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kunini nishonlash hamda sohadagi boshqa muhim voqealar munosabati bilan faxriylarni eʼzozlash tadbirlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sanoatida xizmat koʻrsatgan faxriylarning mehnat yoʻli haqidagi shaxsiy xotiralarini toʻplash, yozib olish va chop etish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sanoati faxriylarini dam olish maskanlari va sanatoriylarda davolash boʻyicha sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi nomiga ijtimoiy hayotning turli masalalari boʻyicha tashabbuslar, shuningdek, konchilik va metallurgiya tarmoqlarini rivojlantirish yoʻlida ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega takliflarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlmagan maʼrifiy ommabop materiallarni yigʻish, chop etish va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatining shaffofligini taʼminlash maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida kasb-hunarga boʻlgan hurmat va mehr-muhabbatni uygʻotish va mustahkamlash, oʻz jamoasi bilan birdamlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish uslublari, turli shakllari, usullarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, estetik va axloqiy tarbiyalashda, ularni ustoz-shogird yakdilligi usulida qoʻllab-quvvatlash, konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylari tomonidan yosh avlodga muntazam yetkazib beriladigan eng yaxshi mehnat anʼanalarini oʻzlashtirishga intilish va kundalik turmushda donishmandlikni dasturi amal qilib olish istagini uygʻotishda, ularni tarbiyalashda va mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz faoliyati haqida xabardor qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida konchilik va metallurgiya korxonalariga ularning talabiga binoan ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlari boʻyicha maslahat va tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar va faxriylarning havaskor hunarmandchilik ishlarining ijodiy koʻrgazmalarini tashkil etadi va ularning shaxsiy manfaatlari (sevimli mashgʻulotlari)ni amalga oshirish uchun sharoit yaratishga yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning mehnat jamoalari oldida targʻibot tadbirlari va chiqishlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda fuqarolik osoyishtaligi va totuvligini taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, ekstremizm, shovinizm, millatchilik va terrorizmning barcha shakllariga qarshi kurashishga har tomonlama koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq muzeylari va boshqa muzeylarga, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ekskursiyalar va targʻibot-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faxriylarni asrab-avaylash va abadiylashtirish maqsadida zaruriy materiallar, hujjatlar va boshqa yozma, moddiy guvohlik namunalarni qidirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengashning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda konchilik va metallurgiya sanoati faxriylarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda tashkilotlarning yordamidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya korxonalarini rivojlantirish konsepsiyalari va strategiyalarini muhokama qilishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya korxonalarining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, Navoiy viloyati, Olmaliq va Bekobod shaharlari faollari oʻrtasida tashkilotlarning nufuzini oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya sanoati korxonalari boshqaruvi yoki kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda konchilik va metallurgiya sanoatida ishlagan faxriylarga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faxriylarning tashkilotdan ariza berish orqali ixtiyoriy ravishda chiqishni taʼminlash. Tashkilotdan chiqish toʻgʻrisidagi qaror kengash tomonidan koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, keyinchalik tashkilot aʼzosining guvohnomasi olib qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konchilik va metallurgiya korxonalarining yigʻilishlari va konferensiyalarida ishtirok etish, tegishli xulosa va takliflarni taqdim etish, shuningdek, tegishli tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy mehnat sohasidagi kafolatlar darajasini, faxriylarning kasb huquqlari va manfaatlarini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari, faxriylarning sanatoriy dam olish maskanlarida davolanishini tashkillashtirish maqsadida yoʻllanmalar sotib olish uchun konchilik va metallurgiya korxonalarining ixtiyoriy xayriya mablagʻlari hisobidan moddiy yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash mablagʻlari hisobidan faxriylarga huquqiy yordam koʻrsatish, korxonalarning madaniy va sport obyektlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengashning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning asosiy talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa konchilik va metallurgiya korxonalarining faxriylarni, shu jumladan, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni taʼminlash masalalarida oʻzaro yordam koʻrsatish tamoyillariga faol yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning vatanparvarlik va axloqiy tarbiyasiga eʼtibor qaratgan holda, yoshlarga oid tarbiyaviy ishlarida bevosita ishtirok etish, hamda ustoz-shogird tizimi anʼanalari asosida va shaxsiy namuna yoki faxriy hamkasblari timsolida yosh xodimning axloqiy qiyofasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengashga respublika aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa metallurgiya korxonalarida ishlagan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi faxriylar aʼzo boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash aʼzolariga qabul qilish talabgorlarning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash raisi Kengash ishiga quyidagi masalalar boʻyicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va Kengash tomonidan qabul qilinadigan reja va qarorlar talablarining bajarilishi, boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan smetaga muvofiq Kengashning moliyaviy xarajatlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona boshqaruvida va respublika jamoat tashkilotlarida Kengash manfaatlarini ifoda etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning yillik ish rejasi va xarajatlar smetasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning majlislari va tashkilot aʼzolarini umumiy yigʻilishlarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning mutlaq vakolatiga kirmaydigan va Kengash umumiy yigʻilishi vakolatiga taalluqli boʻlmagan boshqa masalalarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengashning moliyaviy mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foiz tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengashni tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 09/21/651/0976-son, 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son)