19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3326
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining qarori, 19.10.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3326
Кучга кириш санаси
19.10.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3326]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. TOSHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-2021-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 18-oktabrdagi 38-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13-oktabrdagi 33-2021-son, Moliya vazirligining 2021-yil 16-oktabrdagi 65-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi (keyingi o‘rinlarda — davlat buyurtmasi) parametrlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi — vazirlik, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladigan oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan buyurtmalar portfeli;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim tashkiloti — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari reyestriga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan talaba;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari — oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlashga buyurtmalar beruvchi va kelgusida ushbu kadrlarni ish bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish va shartnoma tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadrlar buyurtmachilari o‘zlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har yili 15-yanvarga qadar o‘z tizimlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmalarni ta’lim tashkilotlari va yo‘nalishlari kesimida shakllantiradi hamda 20-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taqdim etilgan buyurtmalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tahlil qilinib, umumlashtiriladi hamda kadrlar buyurtmachilari, ta’lim tashkilotlari va yo‘nalishlari kesimida taqsimlagan holda davlat buyurtmasi shakllantiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi shakllantirilgan davlat buyurtmasi parametrlarini 30-mayga qadar o‘rganib chiqish va kelgusida tasdiqlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ta’lim tashkiloti kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingandan keyin 20 kun muddatda tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida kadrlar tayyorlash uchun kadrlar buyurtmachilariga talabgorlarni saralash va shartnoma tuzish haqida yozma xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ta’lim tashkiloti Kadrlar buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan buyurtma doirasida kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plaganlarga o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish sharti bilan o‘qitish xarajatlarini qoplab berilishini taklif qiladi. Bunda, eng yuqori ball to‘plagan shaxs tomonidan ushbu taklif rad etilgan taqdirda, taklif ro‘yxat bo‘yicha keyingi o‘rindagi shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarning kirish imtihonlarida to‘plagan ballari reyting bo‘yicha e’lon qilinmaydigan ta’lim tashkilotlarida talabgorlarni saralash ta’lim tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda, talabgorni saralash bilan bog‘liq jarayon uchun ta’lim tashkiloti mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taklifga rozilik bildirgan talabgorlar haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti tomonidan kadrlar buyurtmachisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kadrlar buyurtmachisi talabgorlar ro‘yxatini o‘rganib chiqib, ular bilan suhbat o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan talabgor bilan kadrlar buyurtmachisi, talabgor va ta’lim tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomada kadrlar buyurtmachisi, ta’lim tashkiloti va talabgorning huquq va majburiyatlari, shuningdek shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda tomonlar uchun javobgarlik nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat buyurtmasini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgorlarni o‘qitish xarajatlari uchun mablag‘lar kadrlar buyurtmachilariga har yili O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan kadrlar buyurtmachisiga davlat buyurtmasi asosida ajratilgan mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan alohida shaxsiy hisob varag‘ida ko‘zda tutiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan kadrlar buyurtmachisiga davlat buyurtmasi asosida ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va unga o‘zgartirishlar kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kadrlar buyurtmachilari etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilangan taqdirda ushbu buyurtmalarni qoplash xarajatlarini moliyalashtirish tegishli budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Talabgorning kadrlar buyurtmachisi tizimida ishlashini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ta’lim tashkiloti talabgorning o‘qishi tamomlangan kundan boshlab 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda uning o‘qishni tamomlanganligi to‘g‘risida kadrlar buyurtmachisiga yozma shaklda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kadrlar buyurtmachisining yozma roziligi asosida talabgor o‘z hisobidan o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirishi mumkin. Bunda, talabgorning kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish majburiyati, u magistratura bosqichini tamomlaganidan keyin yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kadrlar buyurtmachisi tomonidan talabgorning ish haqidan uni o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarni qoplash uchun mablag‘lar ushlab qolishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3326/0974-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)