15.10.2021 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismlaridan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish hamda ushbu jarayonni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini (keyingi oʻrinlarda — yertoʻla) foydalanishga berish va saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan va mumkin bulmagan faoliyat turlari, shuningdek, yertoʻladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik va nizolarni hal etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanish koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan joylar faqat yertoʻlada shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan faoliyat turini yongʻinga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlab beriladigan ijara toʻlovlari ushbu koʻp kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi, “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasidan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjatda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy — koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoxud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yoʻlaklariga ega boʻlgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmuidir. Koʻp kvartirali uy ulushli mulk huquqi asosida joylarning mulkdorlariga tegishli boʻlgan umumiy mulk elementlarini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻla — koʻp kvartirali uydagi joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanuvchi — koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini shartnoma asosida ijaraga yoki tekin foydalanishga olgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanish maqsadi — koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida yertoʻladan foydalanuvchi shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uyni boshqarish organi — koʻp kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi subyekt (boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi, uy kengashi, joylarning mulkdorlari shirkati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasini foydalanishga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yertoʻla yoki uning bir qismini yertoʻladan foydalanuvchiga berish koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda foydalanishga berilayotgan umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi yertoʻladan foydalanuvchi bilan tuzilgan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qoʻyilishini taʼminlaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy va yuridik shaxslar yertoʻlani foydalanishga olish uchun koʻp kvartirali uyni boshqarish organiga yozma ravishda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yozma murojaatga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (jismoniy shaxs boʻlsa uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turi, yertoʻladan foydalanish maqsadi, yertoʻladan talab etilayotgan maydon oʻlchami toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yertoʻlani faoliyat turiga moslashtirish hamda qulayligini yanada oshirish maqsadida joyni taʼmirlash va qayta rejalashtirish ishlari talab etilgan taqdirda, bu toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yertoʻlani ijaraga olish toʻgʻrisida yozma murojaatni qabul qilgan koʻp kvartirali uyni boshqarish organi uch kundan kechiktirmasdan ushbu masalani muhokama qilish toʻgʻrisida joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida eʼlonni yigʻilish oʻtkazilish kunidan kamida oʻn kun oldin har bir kirish yoʻlagiga osib qoʻyish yoki eʼlonni mulkdorlarga imzo qoʻydirib topshirish yoxud umumiy yigʻilishda soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish uchun umumiy yigʻilish qarorining loyihasini har bir mulkdorga yuborish orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda yigʻilish oʻtkazish joyi, sanasi, vaqti va umumiy yigʻilish kun tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yigʻilishda soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish uchun yuborilgan umumiy yigʻilishning qarori loyihasida yigʻilish tashabbuskori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qaror yuborilishi lozim boʻlgan joy va manzil, ovoz berish uchun nazarda tutilgan, besh kundan kam boʻlishi mumkin boʻlmagan muddat, shuningdek, boshqa zarur axborot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismini foydalanishga berish yuzasidan umumiy yigʻilishda qaror qabul qilinishi uchun barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan koʻprogʻi hozir boʻlishi kerak. Umumiy yigʻilishning qarori, agar uni yoqlab umumiy yigʻilishda hozir boʻlgan joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan koʻprogi ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yigʻilish qarori soʻrovnoma oʻtkazish orqali qabul qilinganda mulkdorlarning kun tartibidagi masala boʻyicha qaror loyihasining asliga qoʻyilgan imzo (ovoz)lar soni qaysi qaror loyihasi masalasi boʻyicha tegishli ovozlar (yoqlab, qarshi yoki betaraf) soni koʻp toʻplangan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvorum mavjud boʻlmaganda yoki umumiy yigilish qarorini qabul qilish uchun ovozlar soni yetarli boʻlmagan taqdirda, koʻp kvartirali uyning yertoʻla qismini foydalanishga berish masalasi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yertoʻladan foydalanuvchi uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlari ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlariga mutanosib ravishda ushbu koʻp kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yertoʻlani foydalanishga berish yuzasidan qabul qilingan umumiy yigʻilish qarori qabul qilingan kundan boshlab koʻp kvartirali uyni boshqarish organi besh ish kunidan kechiktirmasdan umumiy yigʻilishda qabul qilingan qarorga muvofiq yertoʻladan foydalanuvchi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish chorasini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlab beriladigan ijara toʻlovlarining alohida hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritilib, ijara toʻlovlari ushbu tizim orqali yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning yertoʻlani foydalanishga olish uchun yozma murojaati, umumiy yigʻilish bayoni, faoliyat turi, ijaraga olingan maydon hamda yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Mening uyim” billing tizimiga kiritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida mazkur Nizomning 11-bandidagi cheklovlarga rioya qilgan holda quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʻkonlar, kioskalar, doʻkonchalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) maishiy xizmat koʻrsatish (sartaroshxonalar, poyabzal tikish va taʼmirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bank xizmatlari koʻrsatish (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) aloqa xizmatlari koʻrsatish (pochta boʻlimi) va kuryerlik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) gulchambarlar, sunʼiy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) rassomchilik va haykaltaroshlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) xizmat koʻrsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) video va fotosuratga olish hamda kompyuter xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) tarjima va tahrir xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) rieltorlik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) davlat tashkilotlarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) sugʻurta tashkilotlarini joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻuldanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyni qurishda oʻtiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar va materiallar bor boʻlgan mahsulotlarni sotuvchi doʻkonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qoʻllovchi kimyoviy tozalash xonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hammomlar va saunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan soʻzlashuv punktlari va telegraf;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat hojatxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marosimlar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki koʻpaytirishga moʻljallangan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yertoʻladan mazkur Tartibning 10-bandida belgilangan faoliyat turlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasidan foydalanish uchun qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kirish joylari aholining uyga kirish eshiklaridan alohida boʻlgan va balandligi 2,2 metr va undan yuqori boʻlgan yertoʻlani foydalanishga berishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yertoʻladan foydalanish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan qulay hamda xavfsiz foydalanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yertoʻlani taʼmirlash va saqlash uchun xarajatlar hamda ijara haqi koʻp kvartirali uyni boshqarish organi bilan yertoʻladan foydalanuvchi oʻrtasida umumiy yigʻilish qarori asosida tuzilgan shartnomaga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yertoʻlani saqlash uning texnik va sanitariya holatini saqlab turish, unga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash hamda yertoʻlani asrashga va undan foydalanish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yertoʻladan foydalanish boʻyicha shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yertoʻladan foydalanuvchi foydalanib turgan joyning tegishli taʼmirlash xarajatlarini oʻz hisobidan amalga oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, tayanch va tayanch boʻlmagan devorlarni buzish, kavlash, muhandislik kommunikatsiyalarining sxemasi buzilishiga olib keladigan har qanday oʻzgartirishlarni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid boʻlmagan yengil materiallardan foydalanib, muhandislik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklab qoʻymasdan, yertoʻla ichki qismida orayopma devorlarni faqat belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari asosida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylarning yertoʻla qismining jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini toʻldirish uchun taʼmirlash ishlari bajarilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyasi yertoʻladan foydalanish uchun qoʻyiladigan talablar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yertoʻlani oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirgan, qayta rejalashtirgan yoki rekonstruksiya qilgan, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari joylashuvini oʻzgartirgan yoxud qoʻshimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalari va boshqa qurilmalarni oʻrnatgan yertoʻladan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining majburiy koʻrsatmasiga binoan uni oʻz holatiga qaytarishi hamda sudning qaroriga koʻra yetkazilgan zararni qoplashi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yertoʻladan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uyning yon-atrofidagi yoʻlaklarda, fasad qismlarida, umumiy foydalanish hududlarida har xil koʻrsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, meʼmorchilik detallari, reklamalar, palatkalar, turli yozuvlar, afishalar, plakatlar, har xil eʼlonlar va boshqalarni koʻp kvartirali uyni boshqarish organining yozma roziligisiz oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻladan foydalanish natijasida maishiy va boshqa chiqindilarni belgilanmagan joylarga toʻkish, tashlash va yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda yertoʻladagi oʻtiladigan joylar, umumiy yoʻlaklar, qoʻshimcha oʻtish va chiqish joylarini turli buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻla evakuatsiya yoʻllari, zinapoyalar va yoʻlaklarda yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, aerozol idishdagi tovarlarni hamda boshqa portlash va yonish xavfi bor modda va materiallarni saqlash va ulardan foydalanish, xoʻjalik xonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻlada binoning konstruktiv qismlariga zarar yetkazuvchi ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uyning loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan hollarda yertoʻlada transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻlada oʻzboshimchalik bilan isitish qozonlari, radiatorlarni oʻrnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, quvurlarga kranlar oʻrnatish, elevator uzellarini sozlash, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini oʻzgartirish, umumiy foydalanishga moʻljallangan joylarni egallab olish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga borish imkoniyatini cheklab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soat 23.00dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45dBAdan ortiq boʻlgan televizorlar, radiopriyomniklar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan, shuningdek, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga, mol-mulkiga yoki atrof muhitga xavf tugʻdiradigan yertoʻlaning yoki uyning konstruktiv qismlari tayanch qobiliyati hamda zilzilaga bardoshliligini buzuvchi, shovqin va tebranish hosil qiluvchi hamda havoni iflos qiluvchi ishlarni amalga oshirish yoki boshqa harakatlarni sodir etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yertoʻlaning kirish joylari aholi uylariga kirish eshigidan alohida boʻlishi, evakuatsiya yoʻllari yonuvchan qurilish materiallari bilan pardozlanmasligi, avtomatik yongʻindan darak berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlari bilan jihozlanishi, tutun tortish tizimlari nazarda tutilishi hamda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Ayrim hollarda davlat yongʻin nazorati organining tavsiyasiga muvofiq avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yertoʻlada havo va tutun tortish ventilyatsiya tizimi boʻlishi shart. Bunday ventilyatsiya tizimi mavjud boʻlmagan yertoʻlaning tashqi devorlari yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq havo va tutun tortish tuynuklari bilan jihozlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yertoʻladan foydalanuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish joyini, yertoʻladan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, umumiy foydalaniladigan joylarning, shuningdek, umumiy mol-mulkning lozim darajadagi texnik va sanitariya holatini saqlashga, ularga oid xarajatlarni qoplashda ishtirok etishga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik kommunikatsiyalariga (elektr tarmoqlari, ichimlik suv, oqova suv, issiqlik hamda gaz taʼminoti quvurlari, jihozlari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv va elektr energiyasidan foydalanganda hisoblagichlarni oʻrnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yertoʻlaning muhandislik kommunikatsiyalarida nosozliklar aniqlangan taqdirda, darhol avariyalarni bartaraf etishning mumkin boʻlgan chora-tadbirlarini koʻrishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-dispetcherlik xizmatiga xabar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya holatlari yuz berganda kecha-kunduzning istalgan soatida foydalanib turgan joyiga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-dispetcherlik xizmati xodimlarining kirishini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yertoʻladan foydalanuvchi tomonidan yertoʻlani boshqa shaxslarga sotishga, hadya etishga, garovga qoʻyishga va ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari yertoʻladan umumiy yigʻilish qarori asosida mazkur Nizomda shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish hamda uy-joy qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandidagi “oʻtkazilgan joylar” degan soʻzlardan keyin, qayta jihozlangan yertoʻla va yarim yertoʻla hamda texnik maqsadlarga moʻljallangan joylar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilovaning 6-bandi oʻn uchinchi xatboshidan “va qayta jihozlangan yertoʻlalar va yarim yertoʻlalarda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-maydagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavining 4.2-bandidagi “podvallar” soʻzi “yertoʻlalar” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 18.01.2025-y., 09/25/17/0045-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)