Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish, amaliy tusdagi loyihalar bajarilishini yoʻlga qoʻyish orqali nanotexnologiyalar sohasida innovatsiyalarni yaratish hamda ilmiy tadqiqotlarning taʼlim bilan integratsiyasini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahqamasi qaror kiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Oʻzbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bulgan davlat muassasasi shaklidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish;
nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning shakllantirilgan ustuvor yoʻnalishlarida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti fakultetlari, laboratoriyalari va boshqa boʻlinmalarining ilmiy hamda pedagogik xodimlaridan vaqtincha ijodiy jamoalar tashkil qilish orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
xorijiy oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarishda hamkorlikni tashkil qilish hamda Markazda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarga xorijiy olimlarini jalb qilish;
Markaz mutaxassislarining xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida stajirovkasini, halkaro ilmiy konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil qilish hamda oʻtkazish orqali nanotexnologiyalar rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
fundamental va amaliy ilm-fanning taʼlim jarayoni bilan integratsiyasi buyicha loyihalarni ishlab chiqish va bajarish, shu jumladan, nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarga va ishlanmalarni yaratishga talabalarni jalb etish hamda Markaz laboratoriyalarining ilmiy asbob-uskunalarida oʻquv-tadqiqot, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, bakalavriat va magistratura talabalarining ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotlarini utkazish, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarni bajarishini taʼminlash.
3. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansii.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektoriga, zarur xollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Markaz direktori Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Markazning ilmiy va rahbar xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy muassasalarning ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshiga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, xoʻjalik faoliyati va shartnomalar asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun tanlovlar asosida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
bir oy muddatda Markazning yangilangan ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
uch oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining ilmiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
7. Markaz Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 4-uy manzilidagi Fizika fakulteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirilsin.
Belgilab quyilsinki, Mirzo Ulugbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hududida amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetining 2 500 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurib bitkazilganidan sung, Markaz ushbu binoda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
8. Markazga bitta yengil xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
9. Vazirlar Mahqamasining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-apreldagi 311-son karori oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
640-son
Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 640-son karoriga
ILOVA
ILOVA
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlardan tashqari) — 19 nafar.
* Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oliy taʼlim muassasalarida belgilangan meʼyorlarga koʻra aniqlanadi.
Ilmiy xodimlar bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlar hajmidan kelib chiqqan holda shartnoma asosida jalb qilinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 09/21/640/0957-son)