Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Davlat xaridlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3057-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 11-iyuldagi 219-son “Davlat xaridlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3057, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3057/1783-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-oktabr,
59-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2021-y., 10/21/3057-1/0948)