Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XONJIZA POLIMETALL KONINI OChISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-avgustdagi PQ-442-sonli “Xonjiza va Uchquloch konlari polimetall rudalari mineral-xomashyo bazasidan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida rangli metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish va geologiya-razvedka ishlari samaradorligini toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻli bilan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oksus Resorsis Korporeyshn” (Buyuk Britaniya) kompaniyasiga 1-ilovaga* muvofiq Xonjiza polimetall konini (Surxondaryo viloyati) ochishga eksklyuziv huquqlar berilsin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Xonjiza polimetall konini texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash uchun “Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi bilan bitimni imzolashga vakil qilinsin.
3. Quyidagilar:
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilingan paytdan boshlab 24 oy mobaynida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishni tugallashi;
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasiga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishi va ekspertiza oʻtkazilishi davrida geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish uchun eksklyuziv huquq berilishi;
loyihaning ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi natijalari boʻyicha “Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi Xonjiza konini ishga tushirishda hamkorlikning aniq shaklini (konsessiya shartnomasi yoxud mahsulotni boʻlish toʻgʻrisidagi bitim) aniqlash boʻyicha muzokaralar olib borishda, shuningdek loyihani amalga oshirishning moliyaviy va boshqa shartlari boʻyicha eksklyuziv huquqlarga ega boʻlishi;
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasiga 1-ilovada koʻrsatilgan hududda foydali qazilmalarni ishlash uchun iqtisodiy samarali konlar aniqlanmagan taqdirda geologiya-razvedka ishlarini davom ettirish uchun yer ostining yangi uchastkalarini olishda ustunlik huquqi berilishi;
“Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi geologik oʻrganishning toʻliqligi, yer ostidan oqilona foydalanish va uni saqlashni taʼminlash boʻyicha oʻz zimmasiga majburiyatlar olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. “Oksus Resorsis Korporeyshn” kompaniyasi va uning “Oksus Servises Limited” shuʼba kompaniyasi texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish davrida geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan 2-ilovaga* muvofiq texnologiya uskunalari va moddiy-texnika resurslarini import qilishda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda kirish vizalari bilan taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oksus Resorsis Korporeyshn” va “Oksus Servises Limited” kompaniyalarining buyurtmanomalari boʻyicha, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga bir yillik koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha — roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan xolda, taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 17-oktabr,
359-son