29.09.2021 yildagi SQ-389-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qashqadaryo viloyati hokimining hisobotini eshitib, viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash orqali turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi besh yil davomida Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori qabul qilinib, tasdiqlangan dasturlar doirasida qator ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish yoʻnalishlarida qariyb 8,1 trln soʻmlik 6,3 mingta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 28 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha 122 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida, 210 ta umumtaʼlim maktabida, 81 ta tibbiyot muassasasida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 10 mingdan ortiq xonadonga ega boʻlgan 250 dan ziyod koʻp kvartirali uylar hamda qariyb 4,9 mingta yangi namunaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infratuzilmani yaxshilash maqsadida 2,4 ming km dan ziyod avtomobil yoʻllarida qurish-taʼmirlash ishlari olib borilgan, 3 ming km dan ortiq elektr uzatish tarmogʻi va 858 dona transformator punktida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari natijasida 275 mingdan ziyod aholi va 900 ga yaqin tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 667 km gaz quvurlari yangidan montaj qilinishi evaziga jami 10 mingga yaqin aholi xonadonlari tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlangan, 315 ming aholi uchun ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 968 km ichimlik suvi quvurlari rekonstruksiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 3,7 ming km kollektorlarda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilgan, 58 ta irrigatsiya obyektini qurish va rekonstruksiya qilish evaziga 61 ming gektar yer maydonining suv taʼminoti yaxshilangan. Viloyatda ishlab chiqarilgan paxta tolasini qayta ishlash darajasi 11,9 foizdan 52,2 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yil 1-iyul holatiga koʻra, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari soni 31 ming 937 tani tashkil etib, soʻnggi toʻrt yilda qariyb 2 barobarga koʻpaygan, kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 70 foizga yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2017 — 2020-yillar mobaynida yalpi hududiy mahsulotning oʻsish surʼatlari oʻrtacha 109,8 foizni tashkil etgan, viloyat iqtisodiyotiga barcha manbalar hisobidan 73 trln soʻm miqdorida investitsiya jalb etilib, shundan xorijiy investitsiyalar hajmi 980 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida 2021-yilda ham qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2021-yil I yarim yilligida yalpi hududiy mahsulot hajmi 19,3 trln soʻmni, oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 107,7 foizni tashkil etgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,8 mln soʻmdan iborat boʻlib, yil yakunida 10,7 mln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda mahalliy budjet daromadlarining 2021-yil I yarim yilligi uchun prognoz rejasi 1 039,4 mlrd soʻm boʻlib, amalda 1 187,3 mlrd soʻmga yoki rejaga nisbatan 114,2 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy investitsiya dasturiga muvofiq joriy yilning oʻtgan davri mobaynida umumiy qiymati 1,9 trln soʻmlik jami 709 ta loyiha ishga tushirilgan va 4,4 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar asosan Xitoy, Turkiya, Singapur, Eron, Rossiya, Kanada, Niderlandiya davlatlaridan jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda 4 ta tumanda (Qarshi, Koson, Kitob, Shahrisabz) jami 47 ming 850 tonna tolani qayta ishlash quvvatiga ega 5 ta ip kalava ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi natijasida tolani qayta ishlash darajasini 88 foizga (120,5 ming tonnaga) yetkazish kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 19 ming gektardan ortiq bogʻ, 7,6 ming gektar tokzor, 14 ming gektardan ziyod sabzavot maydonlarida har yili oʻrtacha 165 ming tonna meva, 94 ming tonna uzum, 510 ming tonna sabzavot yetishtirilmoqda, 15 ta meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda 28 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan boʻlib, ularda 56 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilgan, mazkur korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar — avgust oylarida 19,8 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, ushbu mahsulotlarning qariyb 55 foizi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha joriy yilgi eksport prognozi rejasi 165,6 mln AQSH dollari boʻlib, shundan sanoat mahsulotlari eksporti 108,2 mln AQSH dollarini, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 57,4 mln AQSH dollarini tashkil etadi. 2021-yilning yanvar — avgust oylarida 129,3 mln AQSH dollari miqdorida sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan va belgilangan reja ijrosi 125 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan oʻrganish jarayonida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida oʻz yechimini kutib turgan bir qator muammoli masalalar mavjudligi aniqlangan. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida ayrim loyihalar tashabbuskorlarning imkoniyatlari oʻrganilmasdan dasturga kiritilganligi bois ijro muddati kelmasdan “istiqbolsiz” deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mavjud kichik sanoat zonalarining imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti, Nishon, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Mirishkor, Muborak, Shahrisabz, Qarshi tumanlari va Shahrisabz shahridagi 10 ta kichik sanoat zonasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash boʻyicha qurilish-montaj ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda tadbirkorlik subyektlarining mulklari buzilishi natijasida yetkazilgan zararlarning kompensatsiya qilinmayotganligi, davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini noqonuniy tekshirish holatlari mavjud, soʻnggi ikki yilda 164 ta raqobatga zid qonun hujjatlari va harakatlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish boʻyicha belgilangan tadbirlar ijrosi taʼminlanmagan, suv tejovchi texnologiyalarni va yomgʻirlatib sugʻorishni joriy etish rejalari toʻliq bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 95 ta mahallada maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas, 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida taʼmirlanib, foydalanish uchun topshirilgan 7 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini mebel va jihozlar bilan taʼminlash ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 13-sentabr holatiga koʻra, viloyatdagi umumtaʼlim maktablari uchun 2021-yilda nashr qilinishi rejalashtirilgan darsliklarning 46 foizi yetkazib berilgan, xolos, 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida jihozlanishi belgilangan 93 ta umumtaʼlim maktabidan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa yetkazib berish kechikmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ortgan, jinoyat sodir etish holatlari Qarshi, Dehqonobod, Qamashi, Kasbi tumanlarida 2 — 2,8 barobarga oshgan. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar soni ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 80 foizga koʻpaygan, mazkur turdagi jinoyatlar Kasbi tumanida 4 barobar, Qamashi tumanida 3 barobar ortishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda joriy yilning yanvar — avgust oylarida korrupsiya va budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish bilan bogʻliq 374 ta jinoyat sodir etilgan va natijada 44 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2021-yil 13-sentabrda boʻlib oʻtgan sessiyasida oʻrganish natijalari tanqidiy muhokama etilib, tegishli idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar rahbarlarining hisobotlari eshitilgan, viloyat darajasidagi muammoli masalalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 322-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimi Z. Mirzayevning viloyatni kompleks ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Qashqadaryo viloyatini kompleks oʻrganish yakunlari haqidagi axboroti (ilova) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qashqadaryo viloyatini har tomonlama rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi muammolarini bartaraf etish borasidagi ishlarni oʻrganish yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi oʻtkazilganligi hamda tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq Chiroqchi tumanida tashkil etiladigan “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi uchun gaz taqsimlash stansiyasini va gaz tarmogʻini qurish, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz, Qarshi tumanlari va Shahrisabz shahridagi kichik sanoat zonalariga tashqi gaz tarmoqlarini qurish boʻyicha ssuda mablagʻlarini ajratish masalasini oʻrganib chiqsin hamda tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2021-yil yakuniga qadar Muborak, Gʻuzor, Qamashi, Mirishkor, Nishon tumanlari va Qarshi, Shahrisabz shaharlarida soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi mavjud boqimonda qarzdorligini (umidsiz hamda toʻlov muddati uzaytirilgan soliqlarsiz) kamaytirish choralarini koʻrsin, yuridik shaxslarning budjet toʻlovlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalari qaytarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya vazirliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Talimarjon” suv omborini toʻldirish maqsadida Qarshi nasos stansiyalari kaskadidagi 4 qator nasos agregatlari toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash uchun yil yakuniga qadar qoʻshimcha elektr energiyasi limiti hamda zarur mablagʻ ajratish masalasini batafsil oʻrganib chiqib, tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda koʻp yillik tajribaga ega malakali xodimlarni saqlab qolish maqsadida Qarshi nasos stansiyalari kaskadi xodimlarining oʻrtacha ish haqini oshirish masalasini oʻrgansin va natijasiga binoan tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov) Moliya, Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi vazirliklari, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Shahrisabz tumanining Sarchashma qishlogʻini suv bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida 7,3 km uzunlikdagi dastlabki qiymati 2 mlrd soʻm boʻlgan kanal qurish loyihasini oʻrganib chiqib, oʻrganish natijalari asosida tegishli takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Energetika vazirligi (A. Sultanov), “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isaqulov) joriy yilgi kuz-qish mavsumida zarurat boʻlmagan hollarda elektr taʼminoti boʻyicha cheklovlar kiritmaslik, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning sutkalik elektr energiyasi isteʼmol limitini oshirish masalalarini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida kartoshka urugʻchiligi boʻyicha belgilangan tadbirlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratsin, suv tejovchi texnologiyalarni, yomgʻirlatib sugʻorishni joriy etish, suv sarfini aniqlovchi gidropostlar tashkil etish borasida belgilangan tadbirlarning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muborak tumani markazida oqova suv nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan 6,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻuzor tumanida ichimlik suvi taʼminotini bosqichma-bosqich yaxshilash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi belgilangan 28 mlrd soʻm mablagʻning qolgan qismini oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Suv xoʻjaligi vazirliklari, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning Koson, Kasbi, Muborak, Mirishkor va Qarshi tumanlari aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak” suv omboridan diametri Ø 1020 ÷ 1200 mm boʻlgan yangi quvur tarmogʻini tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud artezian quduqlarini taʼmirlash, yer osti suvini ichimlik suvi darajasida tozalovchi uskuna va inshootlarni oʻrnatish hamda aholini lokal suv taʼminoti tizimlariga ulash jarayoniga davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida hamda imtiyoz va preferensiyalar berish orqali tadbirkorlik subyektlarini jalb etish masalalarini oʻrganib chiqib, natijalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya vazirliklari, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Koson tumanining Olachabob va Raximsoʻfi qishloqlaridan oʻtgan “Eski anhor” kanali ustiga yangi koʻprik qurish masalasini 2022-yilgi Investitsiya dasturiga kiritish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Qashqadaryo viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari ortib borayotganligini inobatga olgan holda, ularning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilasin va amalga oshirsin, bunda jinoyatchilik holatlari keskin oshgan hududlarga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish jarayonida mahalliy imkoniyatlarni inobatga olsin, oʻqitilgan fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish choralarini koʻrsin, xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish boʻyicha aniqlangan har bir holat yuzasidan javobgarlik choralari qoʻllanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-noyabrga qadar 2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan 7 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga mebel va jihozlar toʻliq yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlmagan mahallalar va ulardagi maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar sonidan kelib chiqqan holda mavjud ehtiyojni oʻrgansin hamda ushbu mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha manzilli reja ishlab chiqib, ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-oktabrga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilingan oʻquvchilar uchun “Prezident sovgʻasi”ning toʻliq yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-dekabrga qadar umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar toʻplamlarini, shuningdek 2021-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan maktablar uchun mebel va jihozlarni toʻliq yetkazib berish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kitob tumanining “Varganza” mahallasida taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktabga ehtiyoj mavjudligini, shuningdek togʻli hududda joylashgan 63-sonli umumtaʼlim maktabi foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolganligini inobatga olgan holda, amaliyot poligoni sifatida foydalanish uchun Qarshi davlat universitetiga va Oʻzbekiston Milliy universitetiga berilgan, ammo bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq Kitob sanoat qurilish kolleji va Kitob agrobiznes kolleji binosida yangi maktab tashkil etish masalasini atroflicha oʻrganib chiqib, tegishli takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Kitob tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi binosida joylashgan 10-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining ijara toʻlovisiz faoliyat olib borishini taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya vazirliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali quvvatini 220 oʻrindan 300 oʻringa koʻpaytirish, Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali negizida 15 — 20 oʻrinli bolalar kardio-jarrohlik boʻlimini tashkil etish masalalarini batafsil oʻrganib chiqsin, zarurat mavjudligi boʻyicha xulosa qilinganda tegishli takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-noyabrgacha Chiroqchi tumanida aholi soni koʻpligini va hududiy jihatdan kattaligini inobatga olib, tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish maqsadida “Langar”, “Umakay”, “Gʻallakor”, “Qahramon” mahallalarida birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (N. Yoʻldoshev) viloyatdagi tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari buzilishi holatlarini oʻrganib, ularning faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan noqonuniy tekshiruvlarga huquqiy baho bersin hamda natijasi yuzasidan 2021-yilning 1-noyabriga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov) 2021-yil yakuniga qadar viloyatning borish qiyin boʻlgan chekka hududlarida “Uzcard” va “Humo” tizimida ishlovchi bank kartalari xizmatini amalga oshirish imkonini beruvchi bankomat va infokiosklarni ishga tushirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatda mobil aloqa kompaniyalari tomonidan qoʻshma mobil aloqa baza stansiyalarini oʻrnatish, chekka tumanlardagi aholi maskanlarini keng polosali mobil internet bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2021-yilning 10-oktabriga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qarshi nasos stansiyalari kaskadining Turkmaniston davlati hududida joylashgan obyektlarida ishlaydigan hamda unga texnik xizmat koʻrsatadigan xodimlarining Turkmaniston davlati hududiga “Talimarjon” chegara posti orqali oʻtib qaytishini yoʻlga qoʻyish masalasida Turkmaniston tomoni bilan muzokaralar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Mirzayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida loyihalarni chuqur tahlil etsin, istiqbolsiz loyihalarni kiritishga chek qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha ortda qolish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlaridan foydalanishdan oldin amalga oshiriladigan xarajatlar tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga qoʻyilishi boʻyicha talabga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda oʻta taʼmirtalab 34 ta koʻp kvartirali uyni taʼmirlash ishlari amalga oshirilishini, Qarshi tumanining “Quyi-Beshkent” mahallasidagi avariya holatidagi 10-koʻp kvartirali uyning toʻliq oʻrganib chiqilib, natijasi boʻyicha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob tumanidagi 12, 16, 18-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini taʼmirlash, “Obod qishloq” dasturi asosida taʼmirlangan 21, 25-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini jihozlash, Mirishkor tumanidagi 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati toʻxtatilgan kichik biznes subyektlarini tuman (shahar)lar hamda tarmoqlar kesimida tahlil qilgan holda, ularning oʻz faoliyatlarini qayta tiklashlari uchun har tomonlama yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolari tizimli hal etilishini davom ettirgan holda, ularni doimiy ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlar ajratish, uy-joyini taʼmirlash, sogʻlomlashtirish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida tashkil etilishi belgilangan kichik sanoat zonalari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishini, ularning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanishini chuqur tahlil etsin hamda natijasi yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy soha muassasalarini tashkil etish maqsadida qabul qilingan qarorlarni chuqur tahlil etgan holda, ijro muddati oʻtgan yoki kelgusi yil etib belgilangan tadbirlarning 2022-yilgi Investitsiya dasturida aks ettirilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qaror ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan kiritilgan takliflarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqib, natijalari boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash jarayonida moliyaviy manbalari aniq boʻlgan tadbirlarning oʻrin olishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror bilan vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar bajarilishini nazorat qilib borsin, har bir band ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi dastlabki axborotni 2022-yil 15-yanvargacha, yakuniy axborotni 2022-yil 15-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet qoʻshimcha manbalari mablagʻlarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni hal etishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tasdiqlangan dasturlar, xususan, investitsiya dasturi, “yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan doimiy ravishda deputatlik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitib, tanqidiy muhokama qilib borish hamda ular faoliyatiga tegishli baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatning oʻz saylov okrugida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” asosida aholi muammolarining hal etilishi ustidan deputatlik nazorati oʻrnatishini, bu borada faol va masʼuliyatli boʻlishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Qashqadaryo viloyatidagi mavjud muammolar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan kelib chiqib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini yoʻlga qoʻyish, bu borada muntazam mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib, muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi (O. Iminov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim vazirliklari bilan birgalikda oʻquv darsliklari nashr etilishi, taʼlim muassasalarining zarur mebel va jihozlar bilan taʼminlanishi mexanizmlarini chuqur tahlil qilgan holda, natijalarini Qoʻmita yigʻilishida muhokama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi taʼminlanishini nazorat qilsin hamda natijalari boʻyicha axborotlarni belgilangan muddatlarda Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyaga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi Qaror ijrosi yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirib borsin hamda natijalari boʻyicha 2022-yilning 1-mayiga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga tahliliy axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-389-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 29-sentabrdagi SQ-389-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7 — 12-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar viloyatda hududlarni kompleks ravishda rivojlantirish, aholi muammolari bilan ishlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash borasida muayyan ishlar olib borilganligini koʻrsatdi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi besh yil davomida Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta qarori va Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori qabul qilinib, tasdiqlangan dasturlar doirasida qator ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish yoʻnalishlarida qariyb 8,1 trln soʻmlik 6,3 mingta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 28 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha 122 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida, 210 ta umumtaʼlim maktabida, 81 ta tibbiyot muassasasi, 3 ta madaniyat muassasasida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 10 ming 274 xonadonli 251 ta koʻp kvartirali uy hamda 4 ming 893 ta yangi namunaviy uy-joy qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infratuzilmani yaxshilash maqsadida 2 ming 409 km yoʻllarda qurish-taʼmirlash ishlari olib borilgan, 3 ming 48,5 km elektr uzatish tarmogʻi va 858 dona transformator punktida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari natijasida 275 mingdan ziyod aholi hamda 900 ga yaqin tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 667 km gaz quvurlari yangidan montaj qilinishi evaziga jami 10 mingga yaqin aholi xonadonlari tabiiy gaz taʼminoti bilan taʼminlangan, 315 ming aholi uchun ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 968 km ichimlik suvi quvurlari rekonstruksiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 3,7 ming km kollektorlarda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilgan, 58 ta irrigatsiya obyektini qurish va rekonstruksiya qilish evaziga 61 ming gektar yer maydonining suv taʼminoti yaxshilangan. Viloyatda ishlab chiqarilgan paxta tolasini qayta ishlash darajasi 11,9 foizdan 52,2 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yil 1-iyul holatiga koʻra, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari soni 31 ming 937 tani tashkil etib, soʻnggi toʻrt yilda qariyb 2 barobarga koʻpaygan, kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 70 foizga yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2017 — 2020-yillar mobaynida yalpi hududiy mahsulotning oʻsish surʼatlari oʻrtacha 109,8 foizni tashkil etgan, viloyat iqtisodiyotiga barcha manbalar hisobidan 73 trln soʻm miqdorida investitsiya jalb etilib, shundan xorijiy investitsiyalar hajmi 980 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududida jami 114 ta mineral xom-ashyo konlari aniqlangan boʻlib, ushbu konlarning 88 tasi oʻzlashtirilgan, mavjud mineral va ishlab chiqarish resurslaridan kelib chiqib Kitob va Dehqonobod tumanlari qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida 2021-yilda ham qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2021-yil I yarim yilligida yalpi hududiy mahsulot hajmi 19,3 trln soʻmni, oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 107,7 foizni tashkil etgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,8 mln soʻmdan iborat boʻlib, yil yakunida 10,7 mln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda mahalliy budjet daromadlarining 2021-yil I yilligi uchun prognoz rejasi 1 trln 39,4 mlrd soʻm boʻlib, amalda 1 trln 187,3 mlrd soʻmga yoki rejaga nisbatan 114,2 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy investitsiya dasturiga muvofiq joriy yilning oʻtgan davri mobaynida umumiy qiymati 1,9 trln soʻmlik jami 709 ta loyiha ishga tushirilgan va 4,4 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar asosan Xitoy, Turkiya, Singapur, Eron, Rossiya, Kanada, Niderlandiya davlatlaridan jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda 4 ta tumanda (Qarshi, Koson, Kitob, Shahrisabz) jami 47 ming 850 tonna tolani qayta ishlash quvvatiga ega 5 ta ip kalava ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi natijasida tolani qayta ishlash darajasini 88 foizga (120,5 ming tonnaga) yetkazish kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 19 ming gektardan ortiq bogʻ, 7,6 ming gektar tokzor, 14 ming gektardan ziyod sabzavot maydonlarida har yili oʻrtacha 165 ming tonna meva, 94 ming tonna uzum, 510 ming tonna sabzavot yetishtirilmoqda, 15 ta meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya sharoitida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar doirasida 26 mingta tadbirkorlik subyektiga 366 mlrd soʻmlik soliq, 580 nafar tadbirkorga 2,5 trln soʻmdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan, 5 ming 786 nafar tadbirkorning 576 mlrd soʻmlik kredit toʻlovi muddati uzaytirilgan, 4 ming 129 ming nafar tadbirkorga 725 mlrd soʻmlik kompensatsiya, 3,2 trln soʻmlik kafillik berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda 28 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan boʻlib, ularda 56 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilgan, mazkur korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar — avgust oylarida 19,8 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, ushbu mahsulotlarning qariyb 55 foizi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar bilan alohida ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilishi natijasida 2017-yilda 270 ta, 2018-yilda 301 ta, 2019-yilda 307 ta, 2020-yilda 1 ming 99 ta korxona faoliyati qayta tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha joriy yilgi eksport prognozi rejasi 165,6 mln AQSH dollari boʻlib, shundan sanoat mahsulotlari eksporti 108,2 mln AQSH dollarini, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 57,4 mln AQSH dollarini tashkil etadi. 2021-yilning yanvar — avgust oylarida 129,3 mln AQSH dollari miqdorida sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan hamda belgilangan reja ijrosi 125 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda xizmat koʻrsatish sohasiga talab ortib borayotganligi bois joriy yilning I yarim yilligida xizmat koʻrsatish hajmi 6,9 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 120,7 foizga oshgan. Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 11 ta tuman va shahar hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari atrofida komleks shaklda 500 ta xizmat koʻrsatish obyekti tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida 69 ta loyihani amalga oshirish orqali 587 mlrd soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan boʻlib, joriy yilning I yarim yilligida 28 ta loyihani amalga oshirish orqali 40,7 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda kambagʻallikni qisqartirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bilan tizimli ish olib borilmoqda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, birinchi bosqichda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 32 ming 260 nafar xotin-qizning muammosi hal etilgan, ikkinchi bosqichda 38 ming 894 nafar xotin-qiz mazkur daftarga kiritilgan. 2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra, 2-bosqichda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 42,2 foizining muammolari hal etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda viloyat aholisi toʻliq tibbiy xatlovdan oʻtkazilib, hududlarning tibbiy xaritasi ishlab chiqilgan. Xatlov natijalariga koʻra, aholi salomatligi koʻrsatkichlariga asosan aholi 4 ta guruhga boʻlingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda viloyat boʻyicha 3 va 4-guruhga kiruvchi jami 770 ming 102 nafar aholi toʻliq chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan va koʻrsatmaga asosan tuman, viloyat va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida davolash ishlari tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, viloyatni oʻrganish davomida koʻplab ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, ayrim muammolar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar mavjudligi ham kuzatildi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni shakllantirish hamda ularning ijrosini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish jarayonida ayrim loyihalar tashabbuskorlarning imkoniyatlari oʻrganilmasdan dasturga kiritilganligi bois ijro muddati kelmasdan “istiqbolsiz” deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Qarshi tumanini 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi 19 ta loyiha 2020-yilning oʻzida “istiqbolsiz” deb topilib, tashabbuskorlar tomonidan rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida ayrim qurilish-taʼmirlash ishlarining belgilangan muddatdan ortda qolish holatlari mavjud. Masalan, 10-sentabrga qadar yakunlanishi belgilangan Qarshi tumanidagi 26-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida rekonstruksiya ishlari 29 foizga bajarilgan, 10-oktabrga qadar foydalanishga topshirilishi belgilangan Qarshi tumanining “Botosh” dahasida 4 qavatli yangi maktab qurilishi boʻyicha hanuzgacha obyektning birinchi qavatini qurish ishlari yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz tumanidagi “Gʻilon” mahallasida faoliyat yuritmayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari joriy yilning 10-sentabriga qadar yakunlanishi belgilangan boʻlsa-da, amalda qurilish ishlari 70 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Eksport prognozi rejasi ijrosi, mahalliylashtirish dasturi, kichik sanoat zonalari faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning I yarim yilligida 28 ta loyiha doirasida import oʻrnini bosuvchi 40,7 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan boʻlishiga qaramasdan 14 ta loyiha toʻliq quvvatda ishlamagan, natijada import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 60 foizga ham yetmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — avgust oylari uchun belgilangan eksport prognozi rejasi Mirishkor tumanida 83 foizga, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarida 78 foiz bajarilgan. Mahalliylashtirish dasturiga Chiroqchi va Kasbi tumanlaridan birorta ham loyiha kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi kichik sanoat zonalarining mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti, xususan, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod tumanida yetarli shart-sharoitlar mavjud boʻlsa-da, bugungi kunga qadar kichik sanoat zonasini tashkil etish choralari koʻrilmagan, Chiroqchi tumanining “Ayritom” xududidagi kichik sanoat zonasi 2018-yilda tashkil etilgan, biroq ushbu sanoat zonasida bugungi kunda faoliyat yuritayotgan korxona mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qaroriga asosan viloyatdagi 10 ta kichik sanoat zonasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash belgilangan boʻlib, ushbu maqsadda 28,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq Nishon, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Mirishkor, Muborak, Shahrisabz, Qarshi tumanlari va Shahrisabz shahrida tashkil etilgan ushbu sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash boʻyicha qurilish-montaj ishlari amalda boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda joriy yilning yanvar — avgust oylari davomida 12 ming 237 ta yangi kichik biznes subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, 1 ming 368 ta kichik biznes subyekti oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini kengaytirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda mahalliy hokimliklar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xususiy mulklari buzilishi natijasida yetkazilgan zararlarning kompensatsiya qilinmayotganligi, davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini noqonuniy tekshirish holatlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha 2020-yil va 2021-yilning I choragida tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlarning 322 tasini ruxsatnoma va litsenziya olishdagi, 281 tasini infratuzilma tarmoqlariga ulanishdagi muammolar, 406 tasini soliq, 3,4 mingdan ortigʻini buzilgan mol-mulk uchun kompensatsiya undirish masalalari tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan soʻnggi ikki yilda 164 ta raqobatga zid qonun hujjatlari va harakatlar amalga oshirilgan. Xususan, mahalliy hokimliklar tomonidan Nishon tumanida 31 ta, Dehqonobod tumanida 29 ta, Kasbi tumanida 22 ta, Gʻuzor tumanida 17 ta, Kitob tumanida 13 ta, Yakkabogʻ tumanida 11 ta raqobatga zid qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda isteʼmol bozorining mahalliy mahsulotlar bilan toʻyinganlik darajasi past, isteʼmol qilinayotgan oziq va nooziq-ovqat mahsulotlarining 60 — 65 foizi import qilinadi, tovar bozorlarida raqobat muhiti yetarli rivojlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari doirasidagi savdolarda raqobatni cheklovchi omillar saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2021-yilning oʻtgan davri davomida oʻtkazilgan 413 ta tanlov (tender) savdolarida 486 ta monopoliyaga qarshi talablar buzilishi holatlari aniqlangan. Ularning 232 tasini savdolar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish, 114 tasini savdolarning tashkilotchilari yoki buyurtmachilari tomonidan ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, 79 tasini ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik holatlari kabi masalalar tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda aholi boʻsh turgan mablagʻlarini banklarga omonat sifatida joylashtirishga jalb etish yuzasidan amaliy choralar koʻrilmayapti, bu esa ushbu mablagʻlarning xavf ancha yuqori boʻlgan, “yashirin iqgisodiyot”ga olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari yoki turli moliyaviy piramidalarga oʻtkazilishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chekka hududlarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha choralar koʻrilmasligi davlat dasturlari orqali moliyalashtirilayotgan kredit mablagʻlari bozorining toʻyinishini, raqobatni rivojlantirishni, aholi moliyaviy toʻyinganligini cheklamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda yirik bank muassasalari hisoblangan “Asakabank” tomonidan 8 ta, “Aloqabank” tomonidan 11 ta, “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan 15 ta, Milliy bank tomonidan 17 ta, “Hamkorbank” tomonidan 17 ta bankomat faoliyatini yoʻlga qoʻyilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mahalliy budjetning shakllantirilishi va mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi mavjud boqimonda qarzdorligi (umidsiz hamda toʻlov muddati uzaytirilgan soliqlarsiz) 2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra, 204,2 mlrd soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 19,8 mlrd soʻmga yoki qariyb 8,9 foizga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo ushbu koʻrsatkich yil boshiga nisbatan Muborak tumanida 2,4 barobar, Gʻuzor tumanida 2,3 barobar, Shahrisabz shahrida 2,2 barobar, Qamashi tumanida 1,8 barobar, Qarshi shahrida 1,6 barobarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarning budjet toʻlovlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalari joriy yilning I yarim yilligi holatiga 4 mlrd 164 mln soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalaridan foydalanishdan oldin amalga oshiriladigan xarajatlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga qoʻyilishi boʻyicha talabga toʻliq rioya etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Gʻuzor tumanida 3 mlrd 651,7 mln soʻm, Qarshi shahrida 3 mlrd 512,9 mln soʻm, Mirishkor tumanida 1 mlrd 576,2 mln soʻm, Kasbi tumanida 830,5 mln soʻm, Chiroqchi tumanida 324 mln soʻm qoʻshimcha manbalar hisobidan mablagʻlar tegishli tuman (shahar) hokimlarining farmoyishlariga asosan sarflangandan keyingina mahalliy Kengashlarning qarorlari qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) budjetlarining joriy yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hamda choraklar yakuni bilan daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi hisobidan jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan 10,6 mlrd soʻm mablagʻning 5,4 mlrd soʻmi ushbu tadbirlar uchun yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil davomida choraklar yakuni bilan daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi hisobidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga Qarshi shahri, Chiroqchi, Nishon, Muborak, Gʻuzor tumanlarida mablagʻ yoʻnaltirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod tumani budjetidan 2020-yil I choragida 260 mln soʻmni jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish maqsadida berilgan eʼlon yuzasidan eng koʻp ovoz olgan 2 ta tadbirga mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil III choragi yakunlariga koʻra, qoʻshimcha manbalarning kamida 10 foizini yoʻnaltirish boʻyicha Kitob tumanida 350,2 mln soʻm mablagʻ ajratish oʻrniga 150 mln soʻm, Kasbi tumanida 340 mln soʻm oʻrniga 139 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Aholini ish bilan taʼminlash tadbirlari samaradorligi, majburiy mehnatning oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda viloyat boʻyicha ishsizlar soni 145,1 ming kishini, ishsizlik darajasi 10,9 foizni tashkil etadi. Bandlik dasturlari samaradorligi past, masalan, Chiroqchi tumanida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida ish soʻrab murojaat etgan 11 ming 986 nafar ishsiz fuqaroning 4,3 foizi, Dehqonobod tumanida 4 ming 212 nafar ishsizning 7,1 foizi, Kasbi tumanidagi 12 ming 409 nafar fuqaroning 9,2 foizi ishga joylashtirilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — avgust oylarida 8 ming nafardan ortiq kasbga oʻqitilgan ishsiz fuqarolarning 35 foizi ishga joylashtirilmagan, masalan, Kasbi tumanida kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tamomlagan 432 nafar fuqaroning 85 foizi, Kitob tumanida 328 nafar fuqaroning 74 foizi, Muborak tumanida 484 nafar fuqaroning 65 foizi, Dehqonobod tumanida 634 nafar fuqaroning 55 foizi ishga joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat yarmarkalari rasmiyatchilik uchungina tashkil etilayotganligi sababli kutilgan natijani bermayapti. Masalan, Qarshi tumanida oʻtkazilgan mehnat yarmarkalarida 89 ta tashkilot tomonidan jami 1 ming 635 ta boʻsh ish oʻrni taklif etilgan boʻlsa-da, amalda bor-yoʻgʻi 32 nafar (1,9 foiz) ishsiz fuqaro boʻsh ish oʻrniga joylashtirilgan. Oʻtkazilgan yarmarkalarda taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlariga nisbatan ishga joylashtirilganlar miqdori Qarshi shahrida 2,6 foizni, Yakkabogʻ va Qamashi tumanlarida 3,4 foizni, Gʻuzor tumanida 4,7 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona va tashkilotlar tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlarini yashirish yoki maʼlumot taqdim etmaslik holatlari boʻyicha jami 326 ta holat aniqlanib, ushbu qonunbuzilish holatlari boʻyicha mansabdor shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 229-moddasiga asosan jami 753,7 mln soʻm miqdorida jarimalar qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari boʻyicha jami 17 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, oʻrganishlar davomida 16 ta holat oʻz tasdigʻini topgan va tashkilot rahbarlariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan jarima jazo choralari qoʻllanilgan (eng koʻp holatlar qurilish taʼmirlash ishlarida 7 ta, obodonlashtirish sohasida 6 ta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Aholini uy-joy bilan taʼminlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmoniga asosan joriy yilda jami 2 ming 800 ta xonadonga ega boʻlgan 107 ta koʻp kvartirali uyni qurish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tartib asosida Qarshi (25 ta) va Shahrisabz (12 ta) shaharlarida qurilishi rejalashtirilgan 37 ta koʻp kvartirali uydan 20 tasida bugungi kunga qadar tanlov savdolari oʻz nihoyasiga yetkazilmagan, shundan 9 ta koʻp kvartirali uyni qurish boʻyicha yer maydonlari sotuvga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qarshi tumanini 2020-2020-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan 2021-2022-yillar davomida “Qarshi — Beshkent” avtomobil yoʻlining tuman markazidan oʻtgan qismida infratuzilma obyektlarini oʻz ichiga olgan 72 ta zamonaviy koʻp kvartirali uy qurish belgilangan boʻlib, bugungi kunda ulardan 61 tasida qurilish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha jami 2 ming 27 ta koʻp kvartirali uydan 408 tasi (20 foizi) taʼmirtalab ahvolda, koʻp kvartirali uylarning tutash hududlarida 126 ta bolalar oʻyingohini qurish, 4794 p/m irrigatsiya tarmoqlarini taʼmirlash, 70 ming m2 uy oldi yoʻlaklarini (trotuar) beton qorishmasi bilan qoplash, 972 ta tungi yoritish chirogʻini oʻrnatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-2022-yillarda koʻp kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan ularning tom qismini mukammal taʼmirlash boʻyicha Kitob, Chiroqchi, Kasbi, Yakkabogʻ tumanlarida ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish yoʻlaklarini taʼmirlash boʻyicha ishlar rejaga nisbatan Qarshi tumanida 63 foizga (49 tadan 31 ta), Nishon tumanida 67 foizga (93 tadan 62 ta), Yakkabogʻ tumanida 68 foizga (37 tadan 25 ta) bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish davomida jami 34 ta (Nishon tumanida 5 ta, Qarshi, Yakkabogʻ tumanlari va Shahrisabz shahrida 3 tadan, Gʻuzor, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Qamashi, Mirishkor, Muborak, Chiroqchi, Shahrisabz tumanlarida 2 tadan) koʻp kvartirali uy oʻta taʼmirtalab ahvolda ekanligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuz-qish mavsumi yaqinlashganligini inobatga olib, 30 ta uyning tom qismini mukammal taʼmirlash, 94 ta kirish yoʻlagini taʼmirlash, 71 ta temir eshik oʻrnatish, 79 ta elektr taqsimlovchi shchitni taʼmirlash, 4 ta uyning yertoʻlasini va 33 ta uyning fasad qismini taʼmirlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi tumanini 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida aholi turar joy binolari holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ijrosi ham taʼminlanmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “A.Navoiy”, “Bodomzor”, “Rovot”, “Doʻstlik”, “Quyi Beshkent” mahallalaridagi 20 ta koʻp kvartirali uyning 1 ming 557 m2 tom qismini mukammal va joriy taʼmirlash, mazkur mahallalardagi koʻp kvartirali uylarga 12 dona tandirxona qurish boʻyicha hech qanday amaliy ish qilinmagan, 5 ta koʻp kvartirali uyni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyi Beshkent” mahallasidagi 36 xonadonli 10-koʻp kvartirali uy avariya holatida boʻlib, har qanday darajadagi texnogen holatda qulab tushish xavfi mavjud. “A. Navoiy” mahallasidagi 30-koʻp kvartirali uyning faqat markaziy koʻchaga qaragan orqa tomoni taʼmirlangan, uy oldidagi noqonuniy qurilishlar tartibga keltirilmagan, sanitariya-gigiyena talablariga mutlaqo javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yoʻl infratuzilmasi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi taʼminoti, oqova suv xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati qariyb 23 mlrd soʻm boʻlgan 5 ta koʻprikni rekonstruksiya qilish boʻyicha tender savdolari nihoyasiga yetkazilmagan, 2 ta koʻprikni rekonstruksiya qilish boʻyicha dastlabki avans toʻlovlari moliyalashtirilmaganligi sababli qurilish-taʼmirlash ishlari hanuzgacha boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish dasturi doirasida Koson, Yakkabogʻ, Shahrisabz, Kasbi tumanlari va Qarshi shahridagi kichik sanoat zonalarida 9,1 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha 7 ta obyektdan 3 tasida tanlov savdolari nihoyasiga yetkazilmagan, qolgan 4 ta obyektning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida “Qarshi — Shahrisabz — Kitob” yoʻnalishi boʻyicha avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish, “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik avtomobil tonnelini qurish loyihalari amalga oshirilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Coʻnggi yillarda bahor mavsumida Koson tumanining Olachabob va Raximsoʻfi qishloqlaridagi adirliklardan sel kelishi aholi qatnoviga va hayotiga xavf tugʻdirayotganligi sababli mazkur qishloqlardan oʻtgan “Eski anhor” kanali ustiga yangi koʻprik qurish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi “2020 — 2022-yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 519-son qaroriga asosan tuman aholisining elektr taʼminotini yaxshilashga qaratilgan jami 40 ta tadbirdan 28 tasi 2020-yildan buyon bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tumanida tashkil etiladigan “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi uchun “Oʻztransgaz” AJ tomonidan gaz taqsimlash stansiyasini qurish va 0,5 km gaz tarmogʻini qurish, Yakkabogʻ tumanidagi “Jambul”, Gʻuzor tumanidagi “Chaqar”, Shahrisabz shahridagi “Xoʻjamurod Baxshi”, Shahrisabz tumanidagi “Pillakashlik”, Qarshi tumanidagi “Rovot” kichik sanoat zonalariga 8,8 km tashqi gaz tarmoqlarini qurish uchun 1,2 mlrd soʻm budjet ssudasi ajratilishi rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan 2021-yil 24-avgustda talabnoma kiritilib, ssuda mablagʻlarini maqsadli ajratish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtirilgan va Moliya vazirligiga kiritilgan, ammo bugungi kunga qadar budjet ssudasi ajratilmaganligi bois amaliy ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-29-yanvar kunlari viloyatga tashrifi hamda Chiroqchi tumanida oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha bayonnomaning 7-bandiga muvofiq “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ tomonidan Muborak tumani markazida oqova suv nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish uchun yetarli mablagʻ ajratilmaganligi (10 mlrd soʻm ajratilishi belgilangan, amalda 3,4 mlrd soʻm ajratilgan) sababli boshlangan ishlar yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-14-noyabr kunlari viloyatga tashrifi yakunlari boʻyicha bayonnomaning 11-bandiga muvofiq Gʻuzor tumanida ichimlik suvi taʼminotini bosqichma-bosqich yaxshilash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 28 mlrd soʻm homiylik mablagʻi Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi belgilangan, ammo bugungi kunga qadar ushbu mablagʻning 2,8 mlrd soʻmi oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning Koson, Kasbi, Muborak, Mirishkor va Qarshi tumanlari aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak” suv omboridan diametri Ø 1020 ÷ 1200 mm boʻlgan yangi quvur tarmogʻini tortib kelish, mavjud artezan quduqlarini taʼmirlash, yer osti suvini ichimlik suvi darajasida tozalovchi uskuna va inshootlarni oʻrnatish masalalarini oʻrganib chiqish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning Shahrisabz tumani markazidan 80 km olisda va dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan Sarchashma qishlogʻida aholi va qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan taʼminlashda 1975-yilda qoʻl kuchi bilan 4,2 km uzunlikda qazilgan kanaldan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hududda aholi sonining oʻsishi natijasida suv yetishmasligi fuqarolarning yashash tarziga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda, shu bois 7,3 km uzunlikdagi dastlabki qiymati 2 mlrd soʻm boʻlgan kanal qurish loyihasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 519-son qaroriga asosan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan joriy yilda Beshkent shahridagi “Mevazor”, “Mustaqillik”, “Batosh”, “Yakkayogʻoch”, “Mirmiron” mahallalarida oqova suv tarmogʻini qurish loyihasi boʻyicha amalda qurilish-taʼmirlash ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Agrosanoat sohasi boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirib borish borasidagi ishlar yetarli emasligi bois Nishon va Mirishkor tumanlarida paxtadan hosildorlik yildan yilga pasayib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Mirishkor tumanida paxta xom-ashyosini yetishtirish boʻyicha shartnomaviy reja 2018-yilda 54 foizga (30,7 ming tonna), 2019-yilda 51 foizga (27,1 ming tonna), 2020-yilda 76 foizga (40,7 ming tonna) bajarilgan. Gʻalla boʻyicha shartnomaviy reja keyingi uch yilda bajarib kelinayotgan boʻlsa-da, yalpi ishlab chiqarish 12 foizga, hosildorlik 3-4 sentnerga pasayib bormoqda, bunday holat Nishon tumanida ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra, viloyat boʻyicha jami 50,4 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish belgilangan boʻlib, amalda reja 74 foizga (37,5 ming gektar), xususan, Mirishkor tumanida 39 foizga, Nishon tumanida 46 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha 14,1 ming gektar maydonida yomgʻirlatib sugʻorishni joriy etish boʻyicha belgilangan reja amalda bor-yoʻgʻi 2 foizga (293 gektar) ijro etilgan. Oʻrganilgan Mirishkor, Nishon, Kitob, Shahrisabz tumanlarida yomgʻirlatib sugʻorishni joriy etish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv sarfini aniqlaydigan gidropostlar joriy etish boʻyicha Nishon va Mirishkor tumanlarida 30 — 35 foiz maydonlarga gidropostlar umuman oʻrnatilmagan, Kitob va Shahrisabz tumanlarida ushbu koʻrsatkich 70-75 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 2018 — 2020-yillarda kartoshka yetishtirish Shahrisabz tumanida 1000 gektarga, Kitob tumanida 930 gektarga kamaygan boʻlib, oʻrganish davomida 2021-yil hosili uchun takroriy ekin sifatida deyarli kartoshka ekinlari ekilmaganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4704-son qarori ijrosi yuzasidan biror-bir amaliy ish qilinmagan yoki keyingi ikki yilda kartoshka urugʻchiligi oʻz holiga tashlab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili ishlab chiqiladigan meva-sabzavot va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlarining bor-yoʻgʻi 5 — 7 foizi eksport qilingan, 10 — 12 foizi qayta ishlovchi korxonalarga sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligi tomonidan 2021-yilda 45 ming gektar oborotdan chiqqan yerlarni oʻzlashtirish belgilangan boʻlib, tuman hokimlari oʻz vaqtida qaror qabul qilmaganligi bois ijrosi toʻliq taʼminlanmagan. Masalan, Kitob tumanida oʻzlashtirilishi belgilangan 225 gektar maydondan 35 gektar oʻzlashtirilgan boʻlsa, Mirishkor tumanida 597 gektar, Shahrisabz tumanida esa 4 ming 501 gektar maydondan bir gektar ham oʻzlashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Ijtimoiy soha (maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash masalalari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 792 ta mahalladan 95 tasida birorta ham maktabgacha taʼlim tashkiloti (MTT) mavjud emas. Masalan, Chiroqchi tumanidagi “Toshli” mahallasida bogʻcha yoshidagi bolalar soni 500 nafardan ortiqni tashkil etsa-da, ushbu mahalla hududida MTT faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi Chiroqchi tumanida 21,6 foizni, Qamashi tumanida 32,7 foizni, Dehqonobod tumanida 38 foizni, Kitob tumanida 44 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob tumanidagi 3 ta MTT (12, 16, 18-sonli) kapital taʼmirga muhtoj, binolarda yoriqlar paydo boʻlgan, isitish tizimi ishlamaydi. Tumanning “Obod” mahallasidagi 180 oʻrinli, “Oqsuv” mahallasidagi 210 oʻrinli boʻsh turgan MTT binolari taʼmirlanmaganligi bois faoliyat yuritmayapti. “Obod qishloq” dasturi asosida taʼmirlangan 21, 25-sonli MTT jihozlanmay qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirishkor tumanidagi 6-sonli MTT 2019-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan boʻlib, shu kunga qadar amaliy ishlar boshlanmagan, muassasa oshxonasida sovutgich yetishmayotganligi sababli goʻsht va sut mahsulotlari sanitariya qoidalariga zid ravishda bitta muzlatgichda saqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida taʼmirlanib, foydalanish uchun topshirilgan 7 ta MTTni mebel va jihozlar bilan taʼminlash ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 163 tasi kapital taʼmirga, 167 tasi rekonstruksiyaga muhtoj, 809 tasi tashkillashtirilgan ichimlik suvi tizimiga ulanmagan. Masalan, Gʻuzor tumanidagi 78 ta maktabdan 19 tasi kapital taʼmirga, 18 tasi rekonstruksiyaga muhtoj, 74 tasi markazlashgan ichimlik suvi tizimiga ulanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakkabogʻ tumanida 102 ta maktabdan 62 tasi, Qamashi tumanida 95 ta maktabdan 83 tasi markazlashgan ichimlik suvi tizimiga ulanmagan. Kitob tumanida 95 ta maktabdan 24 tasining isitish tizimi ishlamaydi, buning oqibatida yilning qish oylarida qoʻlbola usulda yasalgan isitish moslamalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob tumanining “Varganza” mahallasidagi 52, 53, 54-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim tojik tilida olib borilib, hududda taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablarga ehtiyoj mavjud. Boisi hududdagi 600 nafar oʻquvchi tuman markazidagi (35 km masofada) taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan maktablarga qatnab oʻqimoqda (vaholanki, hududdagi sobiq sanoat qurilish kolleji Qarshi davlat universitetiga amaliyot poligoni sifatida foydalanish uchun berilgan boʻlib, amalda esa bugungi kunda umuman foydalanilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tumanning togʻli hududida joylashgan 260 oʻrinli 63-sonli maktab 1964-yilda umumiy ovqatlanish shoxobchasi sifatida qurilgan boʻlib, foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan, mazkur maktabda bugungi kunda 455 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda, hududdagi sobiq Kitob agrobiznes kolleji binosi amaliyot poligoni sifatida foydalanish uchun Oʻzbekiston Milliy universitetiga berilgan boʻlib, amalda foydalanilmay kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 13-sentabr holatiga koʻra, viloyatda 2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilingan 62 ming 640 nafar oʻquvchidan 26 ming 415 nafariga (42 foiz) “Prezident sovgʻasi” hanuzgacha yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi umumtaʼlim maktablari uchun 2021-yilda nashr qilinishi rejalashtirilgan darsliklarning 46 foizi yetkazib berilgan xolos, ushbu darsliklar toʻplamlarining 24 foizi toʻliq boʻlmaganligi bois respublika “Transport va logistika xizmati” DUKning viloyat filiali omborxonasida saqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilgi Investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 93 ta umumtaʼlim maktabini jihozlash belgilangan boʻlib, shundan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa yetkazib berish kechikmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida viloyatning Chiroqchi tumanida aholini yuqori texnologiyali tekshirish uchun MSKT apparati boʻlmaganligi sababli fuqarolar ushbu xizmatdan foydalanish uchun viloyat markaziga yoki Samarqand va Toshkent shaharlariga borishga majbur boʻlayotganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tumanda 18 yoshgacha boʻlganlar soni 180 ming nafarni tashkil etib, yil boshida aholi salomatligini xatlovdan oʻtkazish jarayonida 23,3 ming nafar bolalarda surunkali kasalliklar aniqlangan, ulardan 7 ming 308 nafari shifoxona sharoitida davolanishga muhtoj, dispanser nazoratdagi 22 ming 890 nafar boladan 760 nafari bolalikdan nogiron, shu bois tumanda bolalar shifoxonasi qurish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tumanda aholi soni koʻpligini hamda hududning kattaligini hisobga olgan holda tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish maqsadida “Langar”, “Umakay”, “Gʻallakor”, “Qahramon” mahallalarida birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasasiga ehtiyoj mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali tashkil etilgandan buyon viloyat aholisi soni 1 mln nafarga koʻpaygan (2 mln 361 mingdan 3 mln 367 mingga), filialga murojaatlar soni keskin koʻpayishi natijasida filial quvvati yuklamasi ham ortib bormoqda, shu bois filial quvvatini 300 oʻringa koʻpaytirish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida 2019-2020-yillarda 1 ming 999 nafar, joriy yilning oʻtgan davrida 1 ming 798 nafar bemorga yuqori texnologik amaliyotlar oʻtkazilgan boʻlib, shundan 214 nafar bemorda ochiq usulda kardio-jarrohlik amaliyotlari bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha yurak tugʻma nuqsoni bilan 1 ming 217 nafar bola dispanser hisobida turadi, bir yilda dispanser hisobida turgan bolalarning 94 nafari jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun order asosida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning mavjud imkoniyatlari va yaratilgan shart-sharoitlardan foydalangan holda, uning negizida 15 oʻrinli bolalar kardio-jarrohlik boʻlimini tashkil etish maqsadga muvofiq, bu esa bir yilda 460 nafarga yaqin bolalarda kardio-jarrohlik amaliyotini oʻtkazish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga (1 ming 280 taga) ortgan, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar soni 1 ming 872 tani tashkil etib, 64,2 foizga (732 taga) koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etish boʻyicha eng koʻp oʻsish holatlari Kasbi (2,8 barobarga), Qamashi (2,3 barobarga), Dehqonobod (2,2 barobarga), Qarshi (2 barobar) tumanlarida kuzatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarlik koʻrsatkichlari boʻyicha 336 ta mahalla “yashil” hudud etib belgilangan boʻlsa, 298 ta mahalla “qizil”, 158 tasi esa “sariq” toifaga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 80 foizga (425 tadan 762 taga) koʻpaygan, ushbu turdagi jinoyatlarning 28,5 foizi Qarshi shahrida sodir etilgan. Mazkur turdagi jinoyatlar Kasbi tumanida 4 barobarga (8 tadan 34 taga), Qamashi tumanida 3 barobarga (11 tadan 34 taga), Shahrisabz tumanida 2,6 barobarga (14 tadan 36 taga), Mirishkor tumanida 2,4 barobarga (9 tadan 22 taga), Shahrisabz shahrida 2 barobarga (24 tadan 50 taga) koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilgan jinoyatlardan 1 ming 828 tasining (shundan 963 tasi mahallada sodir etilgan) yoki 58,8 foizining oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar tashkil etgan, jinoyatlarning 5,6 foizi (173 ta) muqaddam sudlangan, 26,3 foizi (817 ta) ishlamaydigan shaxslar tomonidan sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 32 foizga (158 tadan 209 taga), voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi jinoyatlar soni esa 82 foizga (23 tadan 42 taga) koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda joriy yilning yanvar — avgust oylarida korrupsiya va budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish bilan bogʻliq 374 ta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 212 taga (2,3 barobarga) ortgan, mazkur jinoyatlar oqibatida 44 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari bank tizimida 18 mlrd soʻmni, qurilish sohasida 5,4 mlrd soʻmni, xalq taʼlimi tizimida 5,2 mlrd soʻmni, qishloq xoʻjaligida 1 mlrd 285 mln soʻmni, sogʻliqni saqlash tizimida 870 mln soʻmni, maktabgacha taʼlim tizimida 580,5 mln. soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiya holatlari asosan xalq taʼlimi (56 nafar), qurilish (45 nafar), bank (22 nafar), maktabgacha taʼlim (17 nafar), tibbiyot (9 nafar), ichki ishlar (8 nafar) tizimidagi shaxslar tomonidan sodir etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2020-yilda 1 ming 215 nafar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 2 ming 951 nafarni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur koʻrsatkich Qarshi tumanida 18,4 barobarga (17/313), Gʻuzor tumanida 18,1 barobarga (7/127), Dehqonobod tumanida 14 barobarga (19/267), Chiroqchi tumanida 13 barobarga (16/197), Muborak tumanida 11,5 barobarga (15/172), Yakkabogʻ tumanida 10,5 barobarga (20/210) koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabr holatiga koʻra, “Ayollar daftari”ga 2-bosqichda kiritilgan 38 ming 894 nafar xotin-qizning muammolarini bartaraf etishda ayrim yoʻnalish boʻyicha olib borilayotgan ishlar talab darajasida emas. Xususan, xotin-qizlarga kredit ajratish 21,7 foizga, ularning bandligini taʼminlash 16,2 foizga, kasb-hunarga oʻqitish 4,2 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanlarida kredit olish istagidagi boʻlgan xotin-qizlarga kredit ajratish ishlari bugungi kunga qadar boshlanmagan, Yakkabogʻ tumanida bor-yoʻgʻi 1 nafar ayolga kredit ajratilgan. Kredit ajratish koʻrsatkichi “Mikrokreditbank” tomonidan 4,2 foizga, “Agrobank” tomonidan esa 2,9 foizga bajarilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyi taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan ayolning muammolarini hal etish 14,4 foizga bajarilgan, bu boradagi ishlar Gʻuzor, Qamashi, Mirishkor, Muborak, Chiroqchi, Yakkabogʻ tumanlarida boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlash ishlari Shahrisabz shahri, Qamashi, Qarshi, Kitob, Kasbi, Mirishkor, Chiroqchi, Shahrisabz tumanlarida shu kunga qadar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand ayollar muammolarini hal etish, ularni sogʻlomlashtirish ishlari ham talab darajasida olib borilmayapti. Xususan, tibbiy himoyaga muhtoj 7 ming 773 nafar xotin-qizning 30 foiziga zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan. Bu boradagi ishlar Koson, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Nishon tumanlarida 20 foizga ham yetmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish davomida ayrim tumanlarda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi maʼlum boʻldi. Jumladan, Mirishkor tumanida 1-bosqichda 1 ming 188 nafar xotin-qizdan 1 ming 175 nafari daftardan chiqarilgan boʻlsa-da, aksariyat holatlarda ularning muammolari tizimli hal etilmagan. Masalan, noturar joyda istiqomat qilayotgan 92 nafar xotin-qizdan 61 nafarining muammosi hal etilmasdan “yer uchastkasiga ariza olindi” tarzida roʻyxatdan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tumanida 1-bosqichda daftarga kiritilgan xotin-qizlar tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida oʻrganmasdan roʻyxatdan chiqarib yuborilgan, vaholanki, ishsiz 511 nafar xotin-qizdan 72 nafarining bandligi taʼminlanmaganligi sababli ushbu daftarga takroran kiritilgan. Kitob tumanida 1-bosqichda daftarga kiritilgan ishsiz 497 nafar xotin-qizdan 338 nafari bir martalik mavsumiy ishlarga jalb etilgani holda roʻyxatdan chiqarilgan.