Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2749-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 16-dekabrdagi 20, 39 va 105-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2749, 2016-yil 6-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 1-son, 9-modda) Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-sentabr,
37-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-sentabr,
52-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-sentabr,
55qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021-yil 20-sentabrdagi 37-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 55qq-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-sentabrdagi 52-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan fuqarolar roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “hujjatlar” degan soʻz “maʼlumot hamda hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari;”;
v) oltinchi xatboshidan “fuqarolik pasporti,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaroning yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat hamda biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlarini tegishli organlardan belgilangan tartibda soʻrab oladi;”.
3. 3-ilova matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/2749-1/0917-son)