Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgaltyerlarning xalqaro sertifikatlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3321]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-son “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgaltyerlarning xalqaro sertifikatlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-sentabr,
56-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi J. MIRZAYEV
2021-yil 20-sentabr
Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi A. BABAMUXAMEDOV
2021-yil 15-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2021-yil 24-sentabrdagi 56-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgaltyerlarning xalqaro sertifikatlari
ROʻYXATI
|
T/r |
Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgaltyerlarning xalqaro sertifikatlari |
|
1. |
“Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)” sertifikati |
|
2. |
“Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CRA)” sertifikati |
|
3. |
“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” sertifikati |
|
4. |
“Birlashgan diplomli buxgaltyerlar (ACA)” sertifikati |
|
5. |
“Moliya va biznesni boshqarish boʻyicha diplom (ACCA)” sertifikati |
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2021-y., 10/21/3321/0913-son)