23.09.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3030-7
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3030-7]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 27-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20/7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 24-avgustdagi 20/7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“181. Banklar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida jismoniy shaxslarga moʻljallangan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 27-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek isteʼmolchi-jismoniy shaxslar murojaat qilgan sanadagi kreditning toʻliq qiymati. Bunda jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini hisoblash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 301-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“301. Isteʼmolchi-jismoniy shaxs kredit olish yoki omonat hisobvaragʻi ochish uchun bankka murojaat qilganida (bank binosiga isteʼmolchi tashrif buyurganda) bank mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq kreditning hamda 3-ilovasiga muvofiq muddatli omonatning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini (bundan buyon matnda Axborot varaqasi deb yuritiladi) isteʼmolchi — jismoniy shaxs bilan birgalikda toʻldiradi va isteʼmolchi — jismoniy shaxsga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank oʻzining rasmiy veb-saytida isteʼmolchilarga taqdim etilayotgan omonat va kredit mahsulotlari boʻyicha Axborot varaqasining interaktiv shaklini mustaqil ravishda toʻldirish va undan nusxa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot varaqasi isteʼmolchi — jismoniy shaxsga bepul tarzda taqdim etiladi va kredit olish yoki omonat hisobvaragʻi ochish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning talablari miqroqarz munosabatlariga ham qoʻllanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidan “shart.” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“isteʼmolchi — jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kredit shartnomasida kreditning toʻliq qiymati miqdorini koʻrsatishi shart. Bunda kreditning toʻliq qiymati miqdori shartnomaning birinchi varagʻining oʻng yuqori burchagida, kvadrat shakldagi ramka ichiga, oq fonda qora rang bilan, “Times New Roman” 14 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda, raqam va soʻzlar bilan yoziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 2 va 3-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymatini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib jismoniy shaxslar — isteʼmolchilarga (bundan buyon matnda “qarz oluvchilar” deb yuritiladi) ajratilgan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati (bundan buyon matnda “KTQ” deb yuritiladi) — kredit (mikroqarz) olish bilan bogʻliq toʻlovlarning haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) shartnomasi — bank tomonidan qarz oluvchiga pul mablagʻlarini toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarishlilik shartlari asosida berish haqidagi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit (mikroqarz) ajratilishi bunday toʻlovlarning amalga oshirilishiga bogʻliq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlanadigan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit (mikroqarz) olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kreditlarni (mikroqarzlarni) qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi kredit (mikroqarz) shartnomasi muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarz oluvchining uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 2-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bajarish majburiyati kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlaridan emas, balki qonunchilik talablaridan kelib chiqadigan, qarz oluvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz oluvchining kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi bilan bogʻliq toʻlovlar, shu jumladan neustoyka va/yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank plastik kartalaridan foydalangan holda ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlar, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasini chiqarish bilan bogʻliq komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va/yoki toʻlov tashkilotlari mobil ilovasi, bankomatlari va infokiosklari orqali kredit toʻlovlari amalga oshirilganda undiriladigan komissiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (mikroqarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlanadigan komissiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarz oluvchilar bilan kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit (mikroqarz) olish shartlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish vaqtida. Agar maʼlumotlar taqdim etish vaqtida mazkur Tartibning 2-bandida nazarda tutilgan ayrim toʻlovlar miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa, u holda bank tomonidan unga maʼlum boʻlgan shu turdagi toʻlovlarga amal qilishi hamda kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga shu toʻlovlarning manbalarini oshkor qilishi lozim (masalan, KTQni hisoblashda tariflaridan foydalanilgan sugʻurta kompaniyasining nomi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KTQni hisoblashda qarz oluvchining kredit (mikroqarz) boʻyicha amalga oshirib boʻlgan toʻlovlari ular haqiqatda toʻlangan vaqtda, kelajakda amalga oshiradigan toʻlovlari esa kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilgan sanada maʼlum boʻlgan kredit (mikroqarz) ajratish shartlariga asosan toʻlovlarni toʻlash jadvali boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov predmetini sugʻurtalanishi kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilgan sanadan keyin amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda bank qarz oluvchidan sugʻurta kompaniyasiga amalga oshirilishi moʻljallanayotgan toʻlov summasini aniqlashi va shu summadan kelib chiqqan holda KTQni hisoblab chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kreditning toʻliq qiymatini hisoblashda quyidagi shartlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar kredit (mikroqarz) shartnomasiga muvofiq isteʼmolchi kredit (mikroqarz) mablagʻlarini qismlarga boʻlib olishi yoki kredit (mikroqarz) olish vaqtini tanlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, unda kredit (mikroqarz) summasi isteʼmolchiga kredit (mikroqarz) shartnomasini tuzish vaqtida toʻliq oʻtkazilgan deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit (mikroqarz) olish shartlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish vaqtida, kreditning toʻliq qiymati tarkibidagi sugʻurta xarajatlarini hisoblashda sugʻurta tashkilotlarining joriy davrda amalda boʻlgan stavka va mukofot miqdorlaridan eng yuqorisi olinadi. Shuningdek, isteʼmolchilar kelgusida sugʻurta tashkilotlarining stavka va mukofot miqdorlari oʻzgarishi ehtimoli kreditning toʻliq qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilinishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar kreditning (mikroqarzning) foiz stavkasi bazaviy koʻrsatkichlarga (Markaziy bankning asosiy stavkasi, inflatsiya darajasi va boshqalar) bogʻlangan boʻlsa, u holda bank KTQni hisoblashda shu kundagi bazaviy koʻrsatkichlarning miqdoridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklar KTQni dasturiy vositalardan foydalangan holda hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTQ quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — kreditor tomonidan qarzdorga ajratiladigan kreditning (mikroqarzning) summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R1 — mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlov summasi; (Pi kreditni soʻndirish grafigidagi pul oqimlarini anglatadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
APR — kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati (KTQ);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m — mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan toʻlovlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Masalan, isteʼmolchi kredit (mikroqarz)ni 3 yil davomida har oyda bir marta soʻndirib borsa, m — 36 ga teng boʻladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i — mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlovining tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Masalan, kreditni soʻndirish grafigiga asosan isteʼmolchi har oy soʻndirib borsa va joriy toʻlovi 5-chi oyga toʻgʻri kelsa, i — 5 ga teng boʻladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ti — kredit (mikroqarz) ajratilgan kundan boshlab mijoz tomonidan soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan navbatdagi toʻlovga qadar boʻlgan muddat (kunlarda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Agar isteʼmolchi har oy soʻndirilib boriladigan kredit (mikroqarz) boʻyicha 5-chi oy uchun toʻlov qilishi kerak boʻlsa t5 — 150 kunni tashkil etadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi “5” ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda verguldan keyingi birinchi belgi bir birlikka oshiriladi. Masalan, KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach — 18,7 hosil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Banklar isteʼmolchi — jismoniy shaxsga uning talabiga koʻra KTQ miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan birga kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, yaʼni kreditning (mikroqarzning) asosiy qiymati, foizlari va boshqa toʻlovlar, shu jumladan amaldagi taʼriflar boʻyicha uchinchi shaxs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlarni, agar bunday toʻlovlar isteʼmolchi — jismoniy shaxsning majburiyati boʻyicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa, ularni alohida koʻrsatgan holda yozma maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Banklar ommaviy axborot vositalari orqali kredit (mikroqarz) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilganlarida, ushbu eʼlonda bankka murojaat etilganida mijozlarga kredit (mikroqarz) olish bilan bogʻliq KTQni hisoblab berilishi haqida axborot berishlari lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA

“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida”gi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VARAQASI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat bankining nomi,
‎ rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari

1-boʻlim. Kredit boʻyicha maʼlumotlar

1. Kreditning turi
2. Kreditning maqsadi
3. Kreditning miqdori
4. Kreditdan foydalanish muddati
5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda) va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa _________________
‎(foiz koʻrinishida)

___________
‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida)

6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa
‎____________________ _______________________ ________________________
‎ (kreditning miqdori) + (hisoblanadigan foizlar) = (jami toʻlanadigan summa)
7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa)
8. Toʻlovlarning davriyligi (har oyda, har chor�kda va h.k.)

9. Kreditni soʻndirish usuli
‎‎(annuitet usulida (teng miqdorlarda), differensial usulida)

10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi:
‎‎annuitet usulida
‎differensial usulida
‎______________________________ ‎______________________________ ‎(oraliq toʻlovlaridan eng koʻp miqdordagi toʻlov)
11. Kreditni ajratish shakli
‎(mahsulot/xizmat taʼminotchisi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish, naqd pul, bank kartasiga oʻtkazish, va h.k.)
12. Kredit bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, jumladan (agar bunday xarajatlar mavjud boʻlsa): __________________________‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)
Turlari boʻyicha bankning komissiya va yigʻimlari (alohida koʻrsatilsin) __________________________ ‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)
uchinchi shaxslar xizmati (alohida koʻrsatilsin) __________________________ ‎(kreditning toʻliq muddatiga pul koʻrinishida, jami)
13. Kreditning toʻliq qiymati
‎(nominal foiz stavkasini va kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlarini oʻz ichiga oladi)
14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati

2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq muhim shartlar

1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa) _____________________________________________
‎(foiz yoki qatiy belgilangan summa koʻrsatiladi, shuningdek neustoyka (jarima, �enya) hisoblash uchun asos boʻluvchi shartnoma shartlari keltiriladi)
2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori
‎(agar bunday shart mavjud boʻlsa)

‎_‎_____________
‎(foizda)

3. Kreditning taʼminoti
‎(taʼminot predmetiga qoʻyiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)

Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Siz kreditning shartlari va qiymati toʻgʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻgʻrisida, kredit shartnomasi boʻyicha yuza?a k?l?shi mumkin boʻlgan xatarlar va javobgarliklar toʻgʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.
AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI
‎VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.
________________________________________________________ __________________
(bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi) (toʻldirilgan sana)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida”gi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli omonatning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VARAQASI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari

1-boʻlim. Omonatning asosiy shartlari

1. Omonat nomi
2. Omonatning valyutasi
3. Omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi (agar omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi differensiallashgan yoki omonatni rasmiylashtirish usuliga bogʻliq boʻlsa, har biri alohida koʻrsatiladi)
4. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablagʻga qoʻshib qayta foiz hisoblash)
5. Omonatning muddati
6. Omonatga qoʻyiladigan mablagʻning eng kam miqdori (agar mavjud boʻlsa)
7. Omonat boʻyicha foizlarni toʻlash davriyligi
8. Omonatni rasmiylashtirish usuli
‎ (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)
9. Qoʻshimcha mablagʻ kiritish imkoniyati
10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)
11. Boshqa shartlar

2-boʻlim. Boshqa muhim shartlar

1. Omonatga qoʻyilgan pul mablagʻlarini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi
2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi

Omonat qoʻyishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!

Siz omonatning shartlari, omonat boʻyicha foiz daromadlari va hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil maʼlumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.

AXBOROT VARAQASINING TOʻGʻRILIGI VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.
_________________________________________________

____________________

(bank mutaxassisining F.I.Sh. va lavozimi)

(toʻldirilgan sana)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 10/21/3030-7/0907-son)