20.09.2021 yildagi PQ-5247-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.09.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OHTM):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni (keyingi oʻrinlarda — taʼlim berish) yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTMning ilmiy, oʻquv-tarbiyaviy boʻlinmalariga tarbiyaviy va oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etish, nazorat va monitoring qilishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni tashkil etishning mazmuni, shakllari va texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida respublikaning boshqa sohalardagi yetakchi taʼlim muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining Oʻzbekiston sharoitiga moslashishida har tomonlama koʻmaklashish va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishining nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari oʻrtasida madaniyatlararo almashinuv boʻyicha tadbirlar, shuningdek, madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning sifatli oʻtkazilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun birgalikdagi tadbirlarni oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining sanʼat, madaniyat va sport sohasidagi taniqli namoyandalari va davlat (mahalliy) tashkilotlarining faollarini jalb etgan holda, davlat va jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari vaqtincha yashashi uchun uy-joy ijarasi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorgarlik natijadorligi, madaniy tadbirlar samaradorligini baholash, madaniyatlararo almashinuvning yangi shakllarini qoʻllash hamda oʻqishning tahlilini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining taʼlim olishi xorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq begʻaraz, imtiyozli hamda toʻlov asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) umumiy cheklangan soni doirasida OHTMning Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimi tashkiliy-shtat tuzilmasiga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha kursantlar umumiy cheklangan shtat birliklaridan tashqari ajratiladigan kvotalar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturi boʻyicha OHTMga ajratilgan kvotalardan tashqari kvotalar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish OHTMning kursantlari, tinglovchilari, doktorantlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy davlatlardan harbiy kadrlarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar Mudofaa vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, harbiy-texnik mulkni sotib olish va modernizatsiya qilish, bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish ishlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlimning bakalavriat, magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturlari boʻyicha xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni begʻaraz, imtiyozli hamda toʻlov asosida tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTMda xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat taʼlim standartlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bitiruvchilarning harbiy-kasbiy tayyorgarligining malaka talablari asosida mutaxassislar tayyorlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan soʻrovnomalarga asosan xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini oʻqishga qabul qilishni rejalashtirish hamda mutaxassislik va oʻqitish turi boʻyicha har yilgi kvotalarni taqsimlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga dastlabki “leytenant” va “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvonlari hamda mutaxassislik boʻyicha diplom va koʻkrak nishonlarini berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni moliyalashtirish va ularning tibbiy taʼminoti hamda Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olish davomida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining huquq va majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tizimidagi OHTM tomonidan harbiy kadrlarga taʼlim berish tartibi va muddatlari boʻyicha doimiy ravishda tegishli xorijiy davlatlarni xabardor qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida OHTMning oʻquv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralarning soha boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda, xorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun oʻzbek tilini oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi buyurtmasiga binoan xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga belgilangan tartibda vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi Mudofaa vazirligining buyurtmasiga asosan xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining farzandlarini yashash manzili (vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyi) boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi qabul qilish imkoniyati mavjud boʻlgan umumtaʼlim muassasalariga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish, shu jumladan xorijiy davlatlarning harbiy kadrlarini tayyorlash bilan bogʻliq tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5247-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-avgustdagi PQ-5247-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — OHTM) xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini (keyingi oʻrinlarda — xorijiy harbiy kadrlar) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (keyingi oʻrinlarda — taʼlim berish) tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OHTMda xorijiy harbiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy harbiy kadrlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan murojaatga asosan rejalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlarining xorijiy harbiy kadrlar taʼlim olishi uchun murojaat qilish muddati, ularni koʻrib chiqish va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror oʻqish boshlangunga qadar toʻrt oydan kam boʻlmagan muddatda kvotalar miqdorini aniqlashni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy davlatlar kesimidagi har yilgi kvota, mutaxassislik va oʻqitish turi boʻyicha taqsimot Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha kursantlar umumiy cheklangan shtat birliklaridan tashqari ajratiladigan qoʻshimcha kvotalar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura va doktorantura dasturi boʻyicha OHTMga ajratilgan kvotalardan tashqari qoʻshimcha kvotalar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish xarajatlari quyidagi tartibda qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begʻaraz asosda — taʼlim va taʼminot (kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul taʼminoti, kommunal xizmat) xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan pul mablagʻlari hisobidan, oʻqish davri mobaynida turarjoy xarajatlari (bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitiladigan kursantlardan tashqari), oʻquv dasturi boʻyicha amalga oshirilgan uchish soatlari va uchish mashq trenajyorlaridan foydalanganlik (ishlatganlik) uchun xarajatlar yuboruvchi tomonlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli asosda — taʼlim xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan pul mablagʻlari hisobidan, taʼminot (kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul taʼminoti, kommunal xizmat), oʻqish davri mobaynida turarjoy xarajatlari (bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqitiladigan kursantlardan tashqari), oʻquv dasturi boʻyicha amalga oshirilgan uchish soatlari va uchish mashq trenajyorlaridan foydalanganlik (ishlatganlik) uchun xarajatlar esa yuboruvchi tomonlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov asosida — taʼlim va taʼminotning barcha xarajatlari yuboruvchi tomonlar hisobidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. OHTMga xorijiy harbiy kadrlar kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura dasturi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning operativ-strategik darajasi dasturi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim darajasiga muvofiq keluvchi doktorantura dasturi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorgarlik kurslarining yakka taʼlim va fakultativ dasturlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kasbiy dasturlar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bitiruvchilar harbiy-kasbiy tayyorgarligining malaka talablariga tatbiq etilgan asosiy taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish oliy harbiy taʼlimning taʼlim dasturlari boʻyicha oʻzbek va rus tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. OHTM tomonidan xorijiy harbiy kadrlarga mavjud (shartnoma (bitim)larda koʻrsatilgan) mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy harbiy kadrlarga oʻzbek va rus tilini oʻrgatish OHTMdagi tillar (chet tillar) kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xorijiy harbiy kadrlarga til oʻrgatish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy harbiy kadrlarni OHTM asosiy kurslarida taʼlim olish uchun yetarli darajada til bilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTM tinglovchi va kursantlariga qoʻyilgan talablar va xorijiy harbiy kadrlarning tayyorgarlik darajasi oʻrtasidagi til bilish boʻyicha tafovutni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy harbiy kadrlarga oʻzbek va rus tilida taʼlim berish hamda ularni OHTM mutaxassisligiga muvofiq taʼlim olishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy harbiy kadrlarni oʻzbek madaniyati, urf-odatlari va Oʻzbekiston tarixi bilan yaqindan tanishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijiy harbiy kadrlarni tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talab etilgan hajmdagi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki “leytenant” harbiy unvoni, mutaxassisligi boʻyicha toifa beriladi, belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining bakalavriat bosqichini tamomlagan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vrach” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom va koʻkrak nishonlari taqdim etiladi, harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegishli mutaxassisligi boʻyicha guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiy taʼlimning magistratura darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlim (operativ-taktik, operativ-strategik darajasi) dasturi boʻyicha talab etilgan hajmdagi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga tegishli magistr darajasi hamda belgilangan davlat namunasidagi diplom va koʻkrak nishonlari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonlari uchun belgilangan toʻlov xorijiy harbiy kadrlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim darajasiga muvofiq keladigan doktorantura dasturini tugatgan va belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan xorijiy harbiy kadrlarga tegishli fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli kurslarni tamomlagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan namunadagi guvohnomalar (sertifikatlar) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. OHTM xorijiy harbiy kadrlarni begʻaraz, imtiyozli va toʻlov asosida tayyorlash tartibi, ularning pul taʼminoti, moddiy-texnika va boshqa taʼminot turlarining oʻziga xosligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro harbiy hamkorlik doirasida tuzilgan shartnoma (bitim)lariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xorijiy harbiy kadrlarga taʼlim berish bilan bogʻliq xarajatlarning yuboruvchi tomon hisobidan toʻlanadigan qismi oʻquv yili boshlanguniga qadar OHTM hisob-kitoblari asosida yuboruvchi tomondan Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari hisobvaragʻiga pul oʻtkazish orqali oldindan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻqishga qabul qilingan vaqtda ofitserlik unvoniga ega boʻlmagan, begʻaraz asosda taʼlim oluvchi xorijiy harbiy kadrlarga “oliy harbiy taʼlim muassasasi kursanti” lavozimi boʻyicha pul taʼminoti toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻqishga qabul qilingan vaqtda ofitserlik unvoniga ega boʻlgan, begʻaraz asosda taʼlim oluvchi xorijiy harbiy kadrlarga, taʼlim olish muddati va kursidan qatʼi nazar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) malaka oshirish kurslarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mayor” harbiy unvoni boʻyicha harbiy unvon maoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“motooʻqchi batalyon komandiri” lavozimi boʻyicha lavozim maoshi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlim (magistratura) dasturi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” harbiy unvoni boʻyicha harbiy unvon maoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“motooʻqchi batalyon komandiri” lavozimi boʻyicha lavozim maoshi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) magistratura oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keluvchi oliy harbiy taʼlim (operativ-strategik darajasi) dasturi, doktorantura dasturi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” harbiy unvoni boʻyicha harbiy unvon maoshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“motooʻqchi brigadasi komandiri” lavozimi boʻyicha lavozim maoshi toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan toʻlovlar oʻqishga qabul qilingan kundan boshlab, oʻqishni yakunlagan kunigacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ofitserlik unvoniga ega boʻlmagan xorijiy harbiy kadrlar oʻqish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilariga belgilangan meʼyorlar asosida oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlik unvoniga ega boʻlgan xorijiy harbiy kadrlarning oʻqish davrida oziq-ovqat taʼminoti oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xorijiy harbiy kadrlarning kiyim-kechak taʼminoti (begʻaraz asosda oʻqitiladigan kursantlardan tashqari) yuboruvchi tomon hisobidan qoplanadi va taʼlim olayotgan OHTM hududlarida oʻz armiyasining kiyim rusumi qoidalarini buzmagan holda kiyib yuradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ofitserlik unvoniga ega boʻlgan xorijiy harbiy kadrlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar toifasi uchun nazarda tutilgan meʼyorlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlarning alohida turlarini oʻtkazish uchun maxsus kiyim-kechak bilan taʼminlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻqish davrida xorijiy harbiy kadrlarning turarjoy taʼminoti quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqish davrida begʻaraz asosda OHTM yotoqxonalarida turarjoy bilan taʼminlanadi. Toʻlov asosida oʻqitiladigan kursantlarning turarjoy xarajatlari yuboruvchi tomon hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlim darajasiga muvofiq keladigan oliy harbiy taʼlimning magistratura, harbiy internatura, klinik ordinatura, doktorantura, malaka oshirish kurslari dasturi boʻyicha oʻqish davrida turarjoy ikkilamchi ijaraga olish yoʻli bilan taʼminlanadi. Bunda ikkilamchi ijaraga olish xarajatlari yuboruvchi tomon hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yuboruvchi tomondan xorijiy harbiy kadrlar oʻqish davrida oʻquv rejalarida belgilangan meʼyorlardan tashqari qoʻshimcha akademik soatlar talab qilinganda, oʻtkazilgan qoʻshimcha darslar uchun amalga oshirilgan sarf-xarajatlar yuboruvchi tomon hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xorijiy harbiy kadrlar uchuvchi mutaxassisligi yoʻnalishida taʼlim olishda havo transportlarini parvozda boshqarish, yerdan koʻtarish, qoʻndirish hamda aeroport inshootlari va uskunalarini yoki foydalanishda boʻlmagan aeroport hududida joylashgan havo transportlarini ishdan chiqarish va mashgʻulotlar jarayonida yoki mashgʻulotdan tashqari vaqtlarda foydalanish natijasida ularga zarar yetkazgan hollarda, ularning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalalar xalqaro shartnomalar (bitimlar) va xalqaro huquq normalarida boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi va yetkazilgan zarar yuboruvchi tomon hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xorijiy harbiy kadrlarning tibbiy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xorijiy harbiy kadrlar oʻquv rejalari va taʼlim dasturlariga muvofiq bir OHTM (harbiy qism)dan boshqasiga yuborilganda va qaytarilayotganda, ularni tashish bilan bogʻliq xarajatlar qabul qiluvchi tomon hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy harbiy kadrlarning taʼtilda boʻlish davrida doimiy yashash joyiga borishi va qaytishi bilan bogʻliq xarajatlar yuboruvchi tomon hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olish davomida xorijiy harbiy kadrlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xorijiy harbiy kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTM ilmiy-tadqiqot ishlarida (maxfiy grifdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bundan mustasno), talabalarning ilmiy jamiyatlari va toʻgaraklarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTM maxfiy boʻlmagan kutubxonalari, sport majmualari, klublari va madaniyat saroylaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dam olishning uyushtirilgan turlarida qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xorijiy harbiy kadrlar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qilish, mahalliy urf-odatlar va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, respublikada xorijiy fuqarolarning boʻlishi va harakatlanishi boʻyicha belgilangan qoidalarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy intizomga qatʼiy rioya qilish, mashgʻulotlar va oʻquvlarda qatnashish, oʻquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan oʻquv ishlarining barcha turlarini bajarish, imtihon va sinovlarni belgilangan muddatlarda topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OHTM ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, OHTM rahbarlari va komandirlarning koʻrsatma hamda farmoyishlarini bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. OHTMda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etmagan, oʻquv fani dasturini oʻzlashtirmagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan tartibda oʻqishdan chetlashtirish choralar koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun xorijiy harbiy kadrlar belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan respublika hududidan chiqarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan xorijiy harbiy kadrlar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻqishni tugatgan yoki OHTM roʻyxatidan chetlashtirilgan xorijiy harbiy kadrlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, jamoaviy va shaxsiy shartnomalar hamda kontraktlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2021-y., 07/21/5247/0902-son; 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)