Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh BYuROSINING FAOLIYATINI TOʻXTATISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan kelishuv boʻyicha 2004-yil 31-martda tugallanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi huzuridagi Banklarni xususiylashtirish byurosini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Banklarni xususiylashtirish byurosini tugatishga doir zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
2. Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi tugatilsin, uning funksiyalari Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 19-fevraldagi 82-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Banklar aksiyalarining davlatga tegishli paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 3-maydagi 205-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-sentabr,
433-son
(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 93-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)