Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2004 19.02.2001 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDA MOLIYAVIY SEKTORNI INSTITUTSIONAL RIVOJLANTIRISh LOYIHASI DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARINI XUSUSIYLAShTIRISh TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-sentabrdagi 433-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika moliya va bank tizimini isloh qilishni davom ettirish, tijorat banklarini xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va bank sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 19-iyuldagi 348-son qaroriga qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida imzolangan qarz bitimi (Moliyaviy sektorni institutsional rivojlantirish loyihasi) shartlariga muvofiq bir qancha tijorat banklarini xususiylashtirish va qayta tarkibini oʻzgartirish komponentini amalga oshirish nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarni xususiylashtirish va tarkibini oʻzgartirish komponentini amalga oshirishda “Asaka” banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda oʻz ustav sarmoyalarida davlat ulushi boʻlgan boshqa tijorat banklari qatnashayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish byurosini (keyinchalik “Byuro” deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Banklarni xususiylashtirish byurosi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot beradi, unga joriy rahbarlik qilish Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning ustav fondi 35 mln soʻmni tashkil etadi, u davlat budjeti mablagʻlari hisobiga, shuningdek kompyuter va tashkiliy texnika sifatidagi mulkiy ulush qoʻshish yoʻli bilan Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro xodimlarining cheklangan soni (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 6 nafarni tashkil etadi va u 1-ilovaga muvofiq tuzilmaga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash ustav fondi va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi, xodimlar mehnatiga koʻrsatib oʻtilgan manbalardan milliy valyutada haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar ustuvorliklarini hisobga olgan holda tijorat banklarini xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarni yakka tartibda xususiylashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik investorlarni jalb qilgan holda banklarni xususiylashtirish masalalari boʻyicha Hukumat qarorlari amalga oshirilishini nazorat qilish va uning monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun xalqaro maslahatchilarni, xorijiy tashkilotlar va moliyaviy institutlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro maslahatchilar, xorijiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar, shuningdek qarz berish shartlariga muvofiq xorijiy investorlar jalb etilishi uchun texnik topshiriqlarni tayyorlash va tenderlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilayotgan banklarning moliyaviy ahvoli tekshirilishini tashkil etish va uni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik banklarning aksiyalarini keyinchalik chet elda joylashtirish uchun investitsiya ehtiyojlarini oʻrganib chiqish va xususiylashtirilayotgan banklarni yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilayotgan banklar samarali ravishda taqdimotdan oʻtkazilishini tashkil etish va uni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy sektorni isloh qilishga jalb etilgan mamlakatimizning va xorijiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar oʻrtasida ishlarni muvofiqlashtirishni va hamkorlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Byuroni joylashtirish uchun joy ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Banklarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq tarkibda davlat tender komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Davlat tender komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganlari taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Davlat tender komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar paketlarini sotish oldidan tayyorlash va ularni potensial investorlarga sotish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari va xususiylashtirilayotgan banklarning, shuningdek, jalb qilingan ekspert kompaniyalar hamda vositachilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar paketlarini sotish oldidan tayyorlash va ularni sotish uchun texnik, moliyaviy va boshqa maslahatchilar va ekspertlarni jalb qilish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli aksiyalar paketlarini sotib olish uchun daʼvogarlarning foydaliroq takliflarini ekspertiza qilish va tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashning oshkoraligi, halolligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda Banklarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini potensial investorlarga sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Byuroning buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy maslahatchilarga, ularni davlat poshlinalari toʻlashdan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalarni belgilangan tartibda berish va ularning muddatlarini uzaytirishni, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini uzaytirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi va Byuroning buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.S.Azimov va Markaziy bank raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 19-fevraldagi 82-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi banklarini xususiylashtirish Byurosining shtatdagi xodimlari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor‎

— 1‎

Direktor oʻrinbosari‎

— 1‎

Baholash va banklarni tahlil qilish boʻyicha ekspert‎

— 1‎

Xususiylashtirish boʻyicha mutaxassis‎

— 2‎

Yurist‎

— 1 ‎

Jami:

— 6