Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2003 30.12.1996 yildagi 466-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2003
Hujjat 01.01.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA YOʻL JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1993 YIL 5 IYuNDAGI 334-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek yoʻl ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarorining 3-bandi “a” kichik bandiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini tuzatish hamda saqlashga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan mablagʻlar ajratish quyidagi miqdorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, transport, qishloq, xoʻjaligi va boshqa korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan — hisobot yilida bajarilgan ishlar va xizmatlarning, shu jumladan ekspertning haqiqiy jamgʻarmalaridan — 1,2 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar tomonidan — hisobot yilida bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmidan — 1,2 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlov, vositachilik, savdo, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari, taʼminot-sotish tashkilotlari va korxonalari tomonidan — hisobot yilidagi haqiqiy tovar oborotidan — 0,4 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar (Markaziy bank muassasalari bundan mustasno), sugʻurta tashkilotlari (Davlat sugʻurta tashkilotlari bundan mustasno) va ularning boʻlinmalari tomonidan — hisobot yilidagi haqiqiy daromaddan — 1,2 foiz miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videosalonlar (videokoʻrsatuv punktlari), kimoshdi savdolari, kazinolar, video va audiokasettalarni koʻpaytirish, ijaraga berishdan, pul yutugʻi boʻlgan oʻyin avtomobillaridan foydalanishdan, lotereya oʻyinlari, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishdan daromad oladigan korxonalar tomonidan — hisobot yilidagi haqiqiy daromaddan — 1,2 foiz miqdorida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sotib olingan transport vositalari qiymatidan yigʻimlar yengil avtomobillarni sotish qiymatidan 5 foiz miqdorida va yuk avtomobillari hamda avtobuslarni, shu jumladan maxsus va texnologik maqsaddagi avtomobillarni sotish qiymatidan 15 foiz miqdorida”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qaror quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yoʻl organlariga yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini yigʻishda hamma joyda yordam koʻrsatsinlar. Bunda yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga taalluqli boʻlmagan maqsadlarga ajratish man etilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining koʻrsatib oʻtilgan qarori bilan tasdiqlangan Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida Nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qurilish, sanoat, transport, tayyorlov korxonalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan, taʼminot-sotish va boshqa tashkilotlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, banklar (Markaziy bank muassasalaridan tashqari), sugʻurta tashkilotlari va ularning boʻlinmalari (Davlat sugʻurta tashkilotlaridan tashqari) tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilangan miqdorlarda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-bandning ikkinchi xatboshi 1 foiz miqdoridagi ajratma 1,2 foizga oʻzgartirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 19 bandda yuk, maxsus avtomobillar va avtobuslarning roʻyxatdan oʻtkazilishi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun yigʻim miqdori ular narxining 10 foiz miqdoridan 15 foizga oʻzgartsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 261-f-son farmoyishi 1-bandi oltinchi xatboshining yoʻllarni saqlash va qurishga yigʻimlar toʻlashdan ozod etish boʻyicha imtiyozlarga doir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qaroriga 7-ilovaning 5-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 31-dekabrdagi 615-son qarorining 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror 1997-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
466-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 39-modda)