ILOVA
1-ILOVA
|
1. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi |
|
2. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi |
|
4. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasasi rektori |
|
5. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
Kelishuvga asosan |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputati |
|
7. |
Kelishuvga asosan |
— |
fuqarolik jamiyati instituti (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiya va harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari va boshqalar) vakili |
|
8. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh yuristkonsulti |
|
9. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining xotin-qizlar boʻyicha maslahatchisi — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Komissiya kotibi |
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Subyekt |
Bajarish muddati | |||
|
1-bosqich |
Oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlari doirasida budjet va toʻlov-kontrakt asosida oʻtish ballarini eʼlon qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi |
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab | |||
|
2-bosqich |
Belgilangan mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyasiga moddiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilish. |
Davlat oliy taʼlim muassasalari |
Test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida | |||
|
3-bosqich |
Bazaviy toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-bosqichlarda tahsil olayotgan, belgilangan mezonlarga mos talabgorlar roʻyxatini shakllantirish, umumlashtirish, tegishliligiga qarab doimiy yashash joyi boʻyicha hokimliklarga taqsimlash va yozma ravishda yuborish. |
Davlat oliy taʼlim muassasalari |
5 kalendar kun mobaynida | |||
|
4-bosqich |
Oliy taʼlim muassasalaridan tushgan murojaatlarni umumlashtirish, Komissiya tomonidan koʻrib chiqish, tanlab olingan 100 nafar talabgorlar roʻyxatini shakllantirish, oliy taʼlim muassasalariga Komissiya xulosasi yuzasidan javob xatlarini yuborish, oliy taʼlim muassasalari bilan toʻlovlar yuzasidan shartnomalarni rasmiylashtirish. |
Komissiya hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat oliy taʼlim muassasalari |
har yili 15-sentabrga qadar | |||
|
5-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan koʻrib chiqilib tavsiya etilmagan talabgorlar orasidan oliy taʼlim muassasalari Kengashlari qarori bilan 50 nafargacha boʻlgan xotin-qizlarni tanlab olish. |
Moliyaviy barqaror davlat oliy taʼlim muassasalari kengashlari |
Barcha javob xatlari olingandan soʻng 5 kalendar kuni davomida | |||
|
6-bosqich |
Tanlovdan oʻta olmagan talabgorlarga murojaatlari natijasi yuzasidan xabar berish. |
Davlat oliy taʼlim muassasalari |
1 kalendar kun davomida | |||
|
7-bosqich |
Talabgorlarga ikkinchi va undan keyingi oʻquv yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlaridagi tijorat banklari tomonidan beriladigan taʼlim kreditlarini rasmiylashtirish uchun uchinchi shaxs sifatida kafillik berish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari, davlat oliy taʼlim muassasalari |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 1-sentabrga qadar | |||
|
8-bosqich |
Talabgorlar oʻqishni tamomlagandan soʻng ularni ish joyi bilan taʼminlash. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat oliy taʼlim muassasalari |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab har yili 1-avgustga qadar | |||