Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZKEYSSERVIS” OʻZBEKISTON — AMERIKA KOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Yuqori unum bilan ishlaydigan texnika va asbob-uskunalarga servis xizmati koʻrsatishni hamda ularni tuzatishni, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Keys korporeyshn” kompaniyasi (AQSH) oʻrtasidagi Bitimni amalda roʻyobga chiqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Oʻzbekiston banklari uyushmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining “Keys Ekvipment xoldingz Limited” (AQSH) firmasi bilan birgalikda 4.117.500 AQSH dollari miqdorida va ilovaga* muvofiq taqsimlangan ustav jamgʻarmasi boʻlgan yuqori unum bilan ishlaydigan texnika va asbob-uskunalarga servis xizmati koʻrsatish hamda ularni tuzatish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat turidagi “OʻzKeysservis” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
* Ilova berilmaydi.
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga ishlab turgan viloyat texnika markazlarining bir qismi hisoblangan binolar, imoratlar va asbob-uskunalar uchun 20 yil davomidagi ijara haqi qiymatini qoʻshma korxonaning ustav jamgʻarmasiga oʻz ulushi sifatida (27,5 foiz) qoʻshishiga ruxsat etilsin.
3. “OʻzKeysservis” qoʻshma korxonasi faoliyatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari maʼqullansin:
ham kafolatli davrda, ham kafolatli davrdan keyin qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis hamda texnika xizmati koʻrsatish va ularni tuzatish;
ehtiyot qismlarni yetkazib berishning markazlashtirilgan tizimini tashkil etish;
“OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasi buyumlarini va yangidan tashkil etiladigan qoʻshma korxonalar mahsulotlarini kafolatli kuzatib borilishini taʼminlash.
4. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “OʻzKeysservis” qoʻshma korxonasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “OʻzKeysservis” qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida xorijiy valyutada schyot ochish, qarz olish va ularni uzish uchun ruxsatnomalar berilishini taʼminlasin,
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 4-sentabr,
423-son