Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKSIYALAR PAKETLARINI JOYLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA DAVLAT MULKI NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOShQARIShDA AKSIYADORLAR ROLINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmonini bajarish yuzasidan, mulkning davlat ulushini boshqarish mexanizmini takomillashtirish, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar bilan birgalikda:
davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan har bir aksiyadorlik jamiyati boʻyicha aksiyalarni joylashtirish (sotish)ning joriy ahvolini shu yilning 31-dekabrigacha qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni 1-bandi qoidalariga muvofiq xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari paketining zarur hollarda qayta taqsimlanishini taʼminlasin;
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda (emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida) xususiylashtirilgan korxonalarning joylashtirilmagan aksiyalarini, davlat mulki sifatida qoldirilgan aksiyalardan tashqari, yuridik va jismoniy, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokidagi erkin bozorda sotishga qoʻysin;
1998-yil va keyingi yillarga moʻljallangan xususiylashtirish dasturini shakllantirishda tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari emissiya prospektlarida aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida koʻrsatilgan Farmoniga qatʼiy muvofiq ravishda joylashtirilishini nazarda tutsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ustav jamgʻarmasida 25 foizdan ortiq aksiyalar paketi davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan tarmoqlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini tasdiqlash uchun ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda 25 foizdan ortiq aksiyalar paketini ulush sifatida davlat ixtiyorida saqlab qolishga faqat mamlakatning kelajakdagi ilmiy-texnika imkoniyatlarini belgilovchi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlovchi tarmoqlar va korxonalar boʻyicha yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, davlat ulushi aksiyalar paketining 25 foizidan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi tomonidan tayinlanadigan ishonchli vakil tomonidan Kuzatuvchi kengashda davlat vakilligi taʼminlanadi. Ishonchli vakilga aksiyadorlik jamiyati ustav jamgʻarmasidan davlat ulushiga muvofiq uni boshqarishda ishtirok etish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar paketini qayta taqsimlash qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan ularning ustav jamgʻarmasini belgilangan tartibda koʻpaytirish asosida amalga oshiriladi.
Bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasidan davlat ulushini koʻpaytirish:
aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining butun davrida qoʻshilgan va uning ixtiyorida qoldirilgan, ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish paytigacha indeksatsiya qilingan dividendlar summasi;
aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining butun davrida moddiy-texnika bazasini rivojlantirish yoki oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun davlat tomonidan berilgan, ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish paytigacha indeksatsiya qilingan mablagʻlar;
aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatishining butun davrida uni rekonstruksiya qilish uchun va texnik qayta jihozlash uchun Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan, ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish paytigacha qaytarilmagan maqsadli kreditlar;
ustav jamgʻarmasini koʻpaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻnaltiriladigan xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati ustav jamgʻarmasiga ilgari kiritilmagan, Vazirlar Mahkamasining “Idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 453-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berilmaydigan uning balansidagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari qiymati;
korxona tomonidan aylanma mablagʻlar hisobiga xarid qilingan va haqi toʻlangan, lekin qonun hujjatlarida belgilangan muddatda joylashtirilmagan uning aksiyalari (shu jumladan mehnat jamoasi aksiyalari)ni qayta taqsimlash.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 96-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga sezilarli iqtisodiy imkoniyatga ega boʻlmagan, asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi 50 foizdan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarini zarur hollarda, belgilangan tartibda xususiy korxonalarga aylantirish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoni qoidalariga muvofiq emitent korxonalar tomonidan sotib olingan aksiyalar ulushini toʻliq joylashtirish jarayoni, aksiyalar korxonalarning aylanma mablagʻlari hisobiga sotib olingan hollarda esa bu mablagʻlarning korxonalar schyotiga qaytarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari oʻz aksiyalarini sotib olmaydilar (mehnat jamoasi ulushi bundan mustasno), investitsiya tashkilotlari esa aksiyalarni sotish yuzasidan bitishuvlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ruxsatisiz roʻyxatdan oʻtkaza olmaydilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tarkibida Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mulkning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasi, shuningdek mahalliy moliya organlari tarkibida tegishli boʻlimlar tashkil etilsin, Ular xodimlarining umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq 63 nafar, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni 11 nafar etib belgilansin.
Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan Boshqarma va boʻlimlar xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari xarajatlari uchun belgilangan budjet mablagʻlarini tegishli summaga qisqartirgan holda, respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat mulki ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
davlat mulkidan tushadigan daromadlar barcha turlarini hisobga olish va ularning monitoringi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ulushi aksiyalari (paylari) boʻyicha dividendlar (daromadlar) toʻgʻri va toʻliq hisoblanishi, shuningdek aksiyalar davlat ulushi boʻyicha dividendlardan maqsadli (korxonalarni rivojlantirish va texnik qayta jihozlash) foydalanilishi ustidan muntazam nazorat qilish, davlat ulushi boʻyicha maqsadli foydalanilmagan dividendlarni belgilangan tartibda davlat budjetga olib qoʻyish huquqi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat badali (ulushi) mavjud boʻlgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda korxonalar tomonidan davlat paylari, aksiyalar paketi boʻyicha dividendlardan foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat mulki ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasiga va uning hududiy boʻlimlariga ular oʻzlariga yuklangan funksiyalar bajarilishini taʼminlashlari uchun xususiylashtirilgan korxonalar toʻgʻrisidagi axborotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Quyidagilar:
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotish boʻyicha investitsiya tendyerlarini oʻtkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini trast asosida boshqarish, shu jumladan ularning ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun xoʻjalik uyushmalariga berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim masalalarini hal qilishda aksiyadorlar huquqlarini, uning ijro etuvchi apparati rahbariyatining aksiyadorlarga hisob berishini taʼminlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va joriy etsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar qoʻyish, shuningdek sarmoyani va qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan investitsiyalardan olingan dividendlarni olib chiqib ketish tartibi toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya tashkilotlari sifatidagi faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom” hamda “Investitsiya tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy normativlari toʻgʻrisida Nizomlarni ikki hafta muddatda tayyorlasin va tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi aksiyadorlik jamiyatlarida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish boʻyicha tavsiyanomalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va eʼlon qilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 1997-1998 oʻquv yilidan boshlab korxonalar va ularning xoʻjalik birlashmalari rahbarlari uchun aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv asoslari toʻgʻrisida maxsus kurslar tashkil etsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-avgust,
404-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xoʻjalik yurituvchi tomonidan mulkning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va ulardan foydalanishini nazorat qilish boshqarmasining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish
Keyingi tahrirga qarang.
TARTIBI
I. Umumiy foydalar
1.1. Ushbu Tartib “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va birja va birjadan tashqari savdolarda (sotuvlarini oʻtkazish tartibi alohida normativ hujjatlar bilan tartibga solinadigan xususiylashtirilgan investitsiya fondlari tomonidan aksiyalarni sotish boʻyicha kimoshdi savdolaridan tashqari) xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotish tartibini belgilaydi.
1.2. Ushbu Tartib maqsadlari uchun quyidagi iboralardan foydalaniladi:
* birja savdosi — fond birjasida (tovar-xomashyo yoki valyuta birjasi fond boʻlimida) qonunchilikka muvofiq birja tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi jarayoni;
* birjadan tashqari savdo — fond birjasidan tashqarida qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi jarayoni;
* bitishuv qatnashchilari — bitishuv boʻyicha tomonlar yoki ularning bitishuvni tuzish topshirigʻini bajarishni bevosita xohlagan yoki bajaruvchi va bitishuvni tuzish shartlarini belgilash vakolatiga ega boʻlgan vakillari;
* lot — Davlat mulki qoʻmitasi nomidan aksiyalar qoʻyilganda va sotilganda vakil qilingan agent tomonidan bitishuvlarda belgilanadigan oʻlchov birligi;
Keyingi tahrirga qarang.
* taklif narxi — sotuvchi tomonidan savdoga qoʻyilgan 1 ta aksiyaning narxi;
* bitishuv narxi — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq 1 ta aksiyaning narxi;
* bitishuv summasi — amalga oshirilgan bitishuv asosida sotilgan (sotib olingan) barcha aksiyalarning umumiy qiymati;
* aksiyaning kurs qiymati (aksiya kursi) — agar birja yoki birjadan tashqari savdolar qoidalari bilan narx belgilashning boshqacha usuli belgilanmagan boʻlsa, qimmatli qogʻozlarning birja yoki birjadan tashqari bozorlarida tuzilgan bitishuvning oxirgi narxi (bitishuvning miqdoriy hajmi emitent tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar umumiy miqdorining kamida 5 foizini tashkil qilgan taqdirda);
* Davlat mulki qoʻmitasining xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini savdoga qoʻyish boʻyicha vakil qilingan agenti (vakil qilingan agent) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyat koʻrsatishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) yoki Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan vakil qilingan boshqa organ;
Keyingi tahrirga qarang.
* savdo faolligi koeffitsiyenti — investitsiya vositachisi (broker) tomonidan sotilgan aksiyalar miqdoriy hajmining vakil qilingan agent topshirigʻiga binoan birja savdolariga qoʻyilgan aksiyalar boʻyicha aniqlanadigan oxirgi kalendar oy mobaynida qoʻyilgan aksiyalar umumiy miqdoriy hajmiga nisbatan teng boʻlgan koʻrsatkich.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini savdoga qoʻyish tartibi
2.1. Davlat mulki qoʻmitasining yoki u vakil qilgan organning quyidagilarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi) xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini birja va birjadan tashqari savdolarga qoʻyish uchun asos hisoblanadi:
— davlat ulushi paketlari (emitent ustav jamgʻarmasining koʻpi bilan 25 foizi), mehnat jamoasi ulushi (koʻpi bilan 26 foiz), xorijiy investor ulushi (kamida 25 foizi), shuningdek erkin sotiladigan ulushi (yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq aksiyalarni boshqacha taqsimlash) belgilangan holdagi aksiyalar emissiyasi prospekti;
— aksiyalarni joylashtirish va sotish tartibi, muddatlari;
— xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini quyish huquqiga ega boʻlish yuzasidan buyurtmanoma (tender)lar tanlovini oʻtkazish bayonnomasi (1-ilovaga muvofiq).
Keyingi tahrirga qarang.
2.2. Emissiya prospekti boʻyicha taqsimlangan va sotib olinmagan ulushlarni (davlat ulushidan tashqari) sotish qiymatli qogʻozlar chiqarilishi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach amalga oshiriladi. Aksiyalarning davlat ulushini sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi.
2.3. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini tender shartlarida taqsimlashning alohida tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
2.4. Birja va birjadan tashqari bozorlarda aksiyalarni sotish qoʻyilayotgan aksiyalar miqdoriga koʻra lotlar bilan amalga oshiriladi:
* 1 mingtagacha — aksiyalar paketi 1 ta lot bilan qoʻyiladi;
* 1 mingdan 3 mingtagacha — aksiyalar paketi 2 ta lotga boʻlinadi;
* 3 mingdan 5 mingtagacha — aksiyalar paketi 3 ta lotga boʻlinadi;
* 5 mingdan koʻp — aksiyalar paketi 4 ta lotga boʻlinadi.
2.4.1. 1 ta lotdagi aksiyalar miqdori emitent ustav jamgʻarmasidan 35 va undan koʻp foizga oshgan taqdirda lot qoʻshimcha ravishda boʻlinadi.
Aksiyalar birja savdolarida sotilgan taqdirda lot xaridor talabiga qarab boʻlinishi mumkin.
III. Mablagʻlarni deponentga qoʻyish tartibi
3.1. Bitishuvlar boʻyicha barcha toʻlovlar Davlat mulki qoʻmitasining yoki Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazishga vakil qilingan tashkilotning hisob-kitob schyotlariga oʻtkaziladi.
3.2. Aksiyalarni qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari bozorida sotishda, bitishuv tuzish uchun xaridor, kafolat sifatida pul mablagʻlarini Davlat mulki qoʻmitasining yoki uning hududiy boshqarmalari hisob-kitob schyotiga deponentga qoʻyishga majburdir. Deponentga qoʻyiladigan mablagʻlarning eng kam miqdori bitishuv summasining kamida 30 foizini tashkil qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
3.3. Aksiyalarni birja bozorida sotishda investor nomidan ish koʻradigan broker, agar bitishuv xaridor tomonidan deponentga qoʻyilgan haqiqiy mablagʻlar miqdori aksiyalar boʻyicha amalga oshirilgan bitishuv summasining 30 foizidan kam boʻlsa, aksiyalarni narxi boʻyicha sotib olish yuzasidan buyurtmanoma berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aks holda broker — xaridor barcha zarur toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha toʻliq javob beradi.
3.4. Pul mablagʻlari ushbu foydalar asosida 15 bank kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Qimmatli qogʻozlarni sotib oluvchi deponentga mablagʻlarni emitent nomini koʻrsatgan holda ham va koʻrsatmasdan ham qoʻyish huquqiga egadir.
3.5. Aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitishuv tuzilgandan keyin qimmatli qogʻozlarni sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha mablagʻlarning qolganini qonunchilikda koʻrsatilgan muddat mobaynida toʻlashga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
3.6. Bitishuv xaridor aybi bilan bekor qilingan taqdirda qimmatli qogʻozlarni sotuvchi deponentga qoʻyilgan mablagʻlardan fond birjasidagi vositachilik yigʻimi toʻlash va brokerga toʻlov boʻyicha koʻrilgan zararlarni, shuningdek shartnomada koʻzda tutilgan jarimalar sanksiyalarini, mablagʻlarning qolganini xaridorga qaytargan holda, mustaqil ravishda ushlab qolish huquqiga egadir.
3.7. Bitishuv tuzilmagan taqdirda, pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish muddati tugagandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning pulni deponentga qabul qilgan hududiy boshqarmasi deponentga qoʻyilgan mablagʻlarni xaridorga 5 bank kuni mobaynida qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qimmatli qogʻozlarning birja bozorida aksiyalarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
4.1. Birja savdolariga aksiyalarning quyidagi paketlari qoʻyiladi:
a) erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining cheklashlariga ega boʻlmagan boshqa ulushlar aksiyalari paketlari, aksiyalar emissiyasi prospektida belgilangan joylashtirish muddatlari tugagandan keyin.
Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketlarini birja savdosida sotish va bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
* xususiylashtirilayotgan korxonalarning belgilab qoʻyilgan bahosi boʻyicha summasi 500 ta eng kam oylik ish haqi miqdoridan oshadigan aksiyalari paketlarini birja savdolariga qoʻyish uchun investitsiya vositachilari oʻrtasida qoʻyish huquqiga ega boʻlish uchun buyurtmanomalar tanlovi oʻtkaziladi, soʻngra Davlat mulki qoʻmitasi va broker oʻrtasida aksiyalar paketini sotish yuzasidan shartnoma-topshiriq tuziladi (2-ilova);
Keyingi tahrirga qarang.
* belgilab qoʻyilgan qiymati boʻyicha summasi 500 ta eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan aksiyalar paketlarini sotish yuzasidan shartnoma-topshiriqlar vakil qilingan agent tomonidan savdo faolligi eng yuqori boʻlgan brokyerlarga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
* sotish uchun moʻljallangan aksiyalar paketlarini brokyerlar uchun zaxirada saqlash muddati 15 ish kunini tashkil qiladi (vakil qilingan agent tomonidan keyinchalik koʻpi bilan 2-marta uzaytirish huquqi bilan). Ushbu muddat tugagandan keyin tuzilgan shartnoma-topshiriqlar bajarilmagan qismi (yaʼni aksiyalarning sotilmagan miqdori) boʻyicha albatta bekor qilinishi, sotilmagan qimmatli qogʻozlar esa Davlat mulki qoʻmitasining “Vaqt” milliy depozitariysidagi schyotida tiklanishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
* bitishuv tuzilgandan va toʻlov mablagʻlari sotuvchining hisob-kitob schyotiga tushgandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi fond birjasiga vositachilik haqini birja qoidalari bilan belgilangan miqdorda 5 bank kuni mobaynida toʻlashga majburdir;
* aksiyalar paketini sotish yuzasidan shartnoma-topshiriqlar brokyerlar bilan, ular tomonidan aniq xaridor — kutiladigan investor jalb qilingan va belgilab qoʻyilgan bahosi boʻyicha aksiyalar summasining 100 foizi Davlat mulki qoʻmitasi schyotiga deponent qilingan, shuningdek qolgan toʻlov mablagʻlarining aynan qonunchilikda koʻrsatilgan muddatlarda tushishi taʼminlangan taqdirda, buyurtmanoma (tender)lar tanlovini oʻtkazmasdan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Qimmatli qogʻozlar birja bozorida bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish savdolarda bitishuvlar tuzilgan kunda fond birjasining tegishli tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.
4.3. Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini fond birjasi orqali oʻzaro harakati 3-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari bozorida aksiyalarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
5.1. Xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalar paketlari birjadan tashqari bozorda yuridik shaxslarga muqarrar ravishda tender asosida, jismoniy shaxslarga esa — fond doʻkonlari orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.2. Tender oʻtkazish shartlari va muddatlarini belgilaydigan Davlat mulki qoʻmitasi yoki u vakil qilgan organ tender tashkilotchisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. Tender savdolarida oʻtkazish shartlariga binoan tenderda qatnashish huquqiga ega boʻlgan va tender tashkilotchisiga qatnashish uchun buyurtmanoma bergan har qanday yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishlari mumkin.
5.4. Aksiyalar paketining aynan bir paketiga bir nechta buyurtmanoma mavjud boʻlgan taqdirda tenderning qatnashchi — gʻolibi bitishuv tomoni boʻladi.
5.5. Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari paketlarini birjadan tashqari bozorda joylashtirish va tuzilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
* tenderga qoʻyiladigan aksiyalar paketlari “Vaqt” milliy depozitariysi tomonidan, zaxiraga qoʻyish muddatini belgilaydigan vakil qilingan agentning yozma topshirigʻi asosida Davlat mulki qoʻmitasining “Depo” schyotida yoki uning hududiy boshqarmalarining “Depo” schyotida zaxiraga qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
* tender tashkilotchisi belgilaydigan shartlarda va muddatlarda tender gʻolibi aniqlanadi;
* tender gʻolibi aniqlanmagan taqdirda tender kechroq muddatga qoldirilishi mumkin. Tender tashkilotchisi belgilagan muddat mobaynida tender gʻolibi tomonidan sotib olinmagan aksiyalarni Davlat mulki qoʻmitasi birja savdolariga qoʻyadi;
* oldi-sotdi shartnomalari depozitariyga bitishuv tuzilgandan keyin taqdim etiladi. Tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari amalda boʻlish muddati tugagach bajarilmagan qismi boʻyicha muqarrar ravishda bekor qilinishi kerak;
* tuzilgan bitishuv toʻlangandan keyin va xaridor tomonidan depozitar xizmatlari (bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazish, “Depo” schyotlari boʻyicha pul oʻtkazish va shu kabilar) haqi toʻlangan vakil qilingan agent aksiyalarni xaridor schyotiga 5 ish kuni mobaynida oʻtkazishga majburdir;
Keyingi tahrirga qarang.
* koʻrsatiladigan depozitar xizmatlar toʻlovi qimmatli qogʻozlar xaridori tomonidan amalga oshiriladi.
5.6. Birjadan tashqari bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish Milliy depozitariy yoki boshqa investitsiya institutlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5.7. Xususiylashtiriladigan korxona mehnat jamoasiga aksiyalar ulushini sotish tartibi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Davlat mulki qoʻmitasining vakil qilingan agenti
Keyingi tahrirga qarang.
6.1. Markaz yoki Davlat mulki qoʻmitasi vakil qilgan boshqa organ Davlat mulki qoʻmitasining xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini savdoga qoʻyish boʻyicha vakil qilingan agenti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6.2. Quyidagilar vakil qilingan agent vazifalari jumlasiga kiradi:
* davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish yoʻli bilan tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari dastlabki emissiyasini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida joylashtirishni tashkil etish boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasining vakil qilingan agenti boʻlish;
* birja va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli qogʻozlarni dastlabki joylashtirish huquqi uchun investitsiya institutlari oʻrtasida tendyerlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
* aksiyalarni narxlash doimiy monitoringini amalga oshirish;
* birinchi joylashtirish chogʻida qimmatli qogʻozlarning bozor narxini aniqlash;
* savdo faolligi koeffitsiyentlarini va boshqa koʻrsatkichlarni aniqlash;
* qimmatli qogʻozlarning birja va birjadan tashqari bozorida oʻtkazilgan savdolar yakunlari boʻyicha har haftada Davlat mulki qoʻmitasiga axborotlar taqdim etish.
6.3. Vakil qilingan agent quyidagi huquqlarga egadir:
* bitishuv barcha qatnashchilari hisobotlarining shakli va davriyligini belgilash;
* sotuvga qoʻyiladigan aksiyalar paketlari hajmi va roʻyxatini tartibga solish;
* bozor konyunkturasini va Hukumatning aksiyalarni sotish boʻyicha topshiriqlari bajarilishini hisobga olgan holda aksiyalarning taklif narxini aniqlash;
* amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrish.
6.4. Birjadan tashqari bozorda aksiyalarning taklif narxi Davlat mulki qoʻmitasi yoki u vakil qilgan agent tomonidan belgilanadi. Xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalari belgilab qoʻyilganidan past narxda sotilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Savdoga qoʻyiladigan aksiyalar va ularning emitentlari toʻgʻrisidagi axborotlarni eʼlon qilish
7.1. Birja va birjadan tashqari bozorlardagi savdolar quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirilishi kerak:
* huquqiy taʼminlash;
* oshkoralik;
* barcha investorlarning teng holda kirishini taʼminlash;
* raqobatni taʼminlash va ragʻbatlantirish;
* oʻzaro hisob-kitoblar kafolati;
* bitishuvlarni amalga oshirish uchun barcha qulayliklarni yaratish.
7.2. Vakil qilingan agent, aksiyalar savdoga qoʻyilgungacha, emitentlar toʻgʻrisidagi dastlabki axborotlar boʻyicha ham, ular tomonidan chiqariladigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha ham teng qulayliklarni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7.3. Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari savdoga qoʻyilishidan kechi bilan 15 kun oldin, vakil qilingan agent tomonidan emitentlar toʻgʻrisidagi axborot (aksiyadorlik jamiyatlarining nomi va yuridik rekvizitlari, sotuvga qoʻyiladigan aksiyalar paketlari va boshqa zarur maʼlumotlar) eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Aksiyalarning qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirilishini taʼminlash tartibi
8.1. Sotuvchi yoki xaridor yoki ularning vakillari (investitsiya institutlari), agar bitishuvlar yakunlari qonunchilikda belgilangan qoida va normalarning buzilishiga olib kelsa, bitishuvlar tuzish, oldi-sotdi shartnomasi tomoni boʻlish, uni imzolash huquqiga ega boʻlmaydi.
8.2. Bitishuvlar tuzishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi investitsiya instituti, agar bitishuvlar qonunchilikni buzgan holda tuzilgan boʻlsa yoki bitishuvlar yakunlari qonunchilikda belgilangan tartib va normalarning buzilishiga olib kelsa, ularni roʻyxatdan oʻtkazmaslikka majburdir.
8.3. Depozitariy (va yoki reyestr egasi) quyidagilarga majburdir:
* agar bitishuvlar qonunchilikni buzgan holda tuzilgan boʻlsa yoki bitishuvlar yakunlari qonunchilikda belgilangan qoida va normalarning buzilishiga olib kelsa, bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazmaslik va “Depo” schyotlari boʻyicha pul oʻtkazishlarni amalga oshirmaslik;
* qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarining, investorlarning bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazish, natijasi qonunchilikda belgilangan qoida va normalar buzilishiga olib keluvchi “Depo” schyotlari boʻyicha pul oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati haqida Markazga darhol xabar qilish.
8.4. Bitishuvlarning barcha aʼzolari amaldagi qonunchilikning buzilishi hollari toʻgʻrisida Markaziy buzilishlar aniqlangan vaqtdan boshlab 2 kun muddatda xabardor qilishga majburdirlar.
IX. Qatnashchilarning majburiyatlari
9.1. Depozitariy quyidagilarga majburdir:
* aksiyalar egalarining aksiyalarga boʻlgan huquqlarini saqlash va soʻzsiz tasdiqlash;
* deponentlar schyotlari boʻyicha yozuvlarni saqlash va yuritish, ularga asosli oʻzgarishlarni kiritish funksiyasini zarur darajada amalga oshirish;
* xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini investitsiya vositalari va vakil qilingan agent oʻrtasidagi shartnoma-topshiriqlar asosida sotish uchun zaxiraga qoʻyishni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
* toʻliq toʻlov tasdiqlangandan keyin va faqat vakil qilingan agent farmoyishi boʻyicha aksiyalarni “Depo” schyotlari boʻyicha sotuvchidan xaridorga oʻtkazishni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
9.2. Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan hisob-kitob kliring operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha vakil qilingan tijorat banki (yoki boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilot) quyidagilarga majburdir:
* oʻzaro majburiyatlarni aniqlashda tayyorlangan toʻlov vositalarini va buxgalteriya hujjatlarini ularning qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari bilan (hisob-kitoblar shular uchun qilinadi) shartnomalari asosida ijro etishga qabul qilish;
* xaridorning toʻlov qobiliyatini, sotuvchida sotiladigan qimmatli qogʻozlarning mavjudligini va bitishuv boshqa parametrlarining muvofiqligini aniqlash maqsadida qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomalari shartlarini koʻrib chiqishni taʼminlash;
* tuziladigan bitishuvlar natijalarini tezkorlik bilan umumlashtirish va vakil qilingan agentni qimmatli qogʻozlar bozori konyunkturasining joriy holati toʻgʻrisida xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
* bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
* qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni oʻzaro inobatga olish yoʻli bilan bitishuvlarning oʻz vaqtida bajarilishini va bitishuv tomonlarining toʻlovlarni amalga oshirishini taʼminlash.
9.3. Fond birjasi quyidagilarga majburdir:
* qimmatli qogʻozlarning normal muomalada boʻlishi, ularning bozor narxlarini aniqlash va ular toʻgʻrisidagi axborotlarni zarur darajada tarqatish, qimmatli qogʻozlar qatnashchilarining kasb-hunar darajasini yuqori darajada tutish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash;
* sotuvga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarning emitentlarning moliya-xoʻjalik va birja tomonidan belgilangan talablar boʻyicha boshqa koʻrsatkichlarining muvofiqligini nazarda tutuvchi ekspertizasini oʻtkazish, emitentning ishchanlik nufuzini hamda uning moliyaviy ishonchliligi toʻgʻrisida axborot beruvchi boshqa majburiyatlarni baholash;
* savdoga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarning moliyaviy jihatdan barqaror emitentlar narxlanadigan aksiyalari roʻyxatini oʻz ichiga oluvchi birja listingini muntazam yuritish;
* qimmatli qogʻozlarning birjadagi savdosi yakunlari asosida qimmatli qogʻozlarni narxlashni (aksiyalar kursini, eng past va eng yuqori narxlarini, kurs qiymati oʻzgarishini va shu kabilarni) amalga oshirish;
* investitsiya institutlari nomidan vakillik qiluvchi birja savdolari operatorlari (treydyerlar) oʻquvini oʻtkazish;
* qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha kelishmovchiliklarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish.
X. Qatnashchilarning javobgarligi
10.1. Aksiyalar pulini toʻlashning qonunchilikda nazarda tutilgan muddati oʻtib ketgan taqdirda vakil qilingan agent oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga va registrga tegishli ravishda yozib qoʻyish uchun bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazuvchiga shartnomaning haqiqiy emas deb topilgani toʻgʻrisida xabar qilishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazuvchi vakil qilingan agentning bitishuv haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi arizasini yoki bitishuvning bekor qilingani toʻgʻrisidagi sud qarorini olgandan keyin, tegishli yozuvlar qayd etilgach, Davlat mulki qoʻmitasi schyotida aksiyalarni tiklash uchun bu haqda ikki kun muddatda depozitariyga xabar qilishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
10.2. Aksiyalarni sotib oluvchi bitishuv summasini bitishuv tuzilgan kundan boshlab 5 bank kuni mobaynida toʻlamagan taqdirda oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinadi va aybdor tomon boshqa tomonga bitishuv summasining 12 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10.3. Ushbu Tartib talablarini bajarmaganlik, toʻliq va (yoki) oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun, shuningdek amaldagi qonunchilik buzilgan taqdirda bitishuv qatnashchilari qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Aksiyalarni sotishga qoʻyish huquqi uchun buyurtmanomalar tanlovini oʻtkazish
QOIDALARI
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida raqobatni ragʻbatlantirish, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini “Toshkent” respublika fond birjasida savdolarga qoʻyishda barcha investitsiya vositachilariga teng sharoitlar yaratish maqsadida Davlat mulki qoʻmitasining Vakil qilingan agenti xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotish huquqini olishga brokerlik idoralari buyurtmanomalari tanlovini oʻtkazadi.
2. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalar xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalar paketini Davlat mulki qoʻmitasi nomidan qoʻyish xohishini bildirgan brokerlik idoralari tomonidan vakil qilingan agentga beriladi.
3. Tanlovga vakil qilingan agent tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini sotishga buyurtmanomalar beriladi.
Mazkur roʻyxat boʻyicha axborot tanlov oʻtkazilishidan kamida bir hafta oldin ochiladi va Respublika birja markazi binosida maxsus stendlarda yoritiladi.
4. Buyurtmanomalar tanloviga “Toshkent” respublika fond birjasida akkreditatsiya qilingan brokerlik idoralari qoʻyiladi.
5. Bir buyurtmanomani sotib olishning dastlabki narxi eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoriga tengdir. Tanlovda qadam dastlabki narxning 10 foizi miqdorida belgilanadi. Olib boruvchi kimoshdi savdosi mavjud boʻlgan taqdirda qadamni oshirish huquqiga egadir.
6. Tanlov quyidagi tartibda oʻtadi:
olib boruvchi birinchi buyurtmanomaning boshlangʻich dastlabki bahosini eʼlon qiladi. Ushbu narx boʻyicha buyurtmanomani sotib olishni xohlovchi kimoshdi savdosi qatnashchisi oʻz tartib raqamini koʻtaradi, shundan keyin olib boruvchi ovoz chiqarib ushbu tartib raqamini uch martagacha qayd etadi. Qatnashchilardan hech biri narxni koʻtarmasa, “uch” deb sanalgandan keyin bitishuv tugallangan hisoblanadi, bu birja bongiga zarb urib qayd etiladi;
bahoni oshirishni xohlagan qatnashchi olib boruvchi “uch” deb eʼlon qilishigacha oʻz tartib raqamini koʻtarishi kerak;
bir buyurtmanomaga bir necha qatnashchilar boʻlgan taqdirda olib boruvchi kimoshdi savdosini va qadamni eʼlon qiladi. Buyurtmanomani sotib olish uchun eng yuqori narxni taklif qilgan qatnashchi bitishuv tomoni boʻladi.
7. Tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi, unda:
brokerlik idorasi tartib raqami;
brokerlik idorasi vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi;
aksiyadorlik jamiyatlarining nomi;
lotlar va aksiyalar soni;
kimoshdi savdosida buyurtmanomaga toʻlov mablagʻi summasi aks ettiriladi.
8. Toʻlov tanlovdan keyin ikki kun muddatda vakil qilingan agentning hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi.
9. Agar toʻlov belgilangan muddatlarda oʻtkazilmasa, buyurtmanomalarni sotib olishga bitishuv bekor qilinadi.
10. Brokerlik idoralari tanlovdan keyin bir kun ichida Markaz yoki uning hududiy boʻlimlari bilan belgilangan shaklda aksiyalar paketlarini sotishga shartnoma-topshiriqni rasmiylashtirishlari kerak.
11. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotuvga qoʻyish huquqini olgan investitsiya vositachisi mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda:
oʻzi qoʻyish huquqini olgan aksiyalar paketini belgilangan muddatda Milliy depozitoriyga zaxiraga qoʻyishga;
Keyingi tahrirga qarang.
ularni sotish huquqini olgan aksiyalarning barcha paketini shartnoma-topshiriqda belgilangan muddatlarda “Toshkent” respublika fond birjasi savdosiga qoʻyishga;
shartnoma-topshiriqda qayd etilgan muddat davomida oʻz huquqidan foydalanishga;
oldi-sotdi bitishuvini tuzishda vakil qilingan agentning manfaatlari va topshiriqlariga muvofiq harakatni amalga oshirishga;
shartnoma-topshiriqda nazarda tutilgan shartlarning zarur darajada bajarilishi uchun javob berishga;
zaxiraga qoʻyish muddati tamom boʻlgandan keyin aksiyalar paketini majburiy tartibda Davlat mulki qoʻmitasining “Depo” schyotida tiklashga majburdir.
Quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
aksiyalarning oʻzi egalik qilish huquqini olgan paketining sotuvchisi boʻlish va ayni vaqtda, boshqa investitsiya vositachilari tomonidan birjaga qoʻyiladigan aksiyalar paketlari xaridori boʻlish;
vakil qilingan agentning va “Toshkent” respublika fond birjasining roziligisiz, biroq sotuvga qoʻygunga qadar majburiy tartibda maʼlum qilgan holda uchinchi shaxsga sotish huquqini berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibiga
2-ILOVA
2-ILOVA
___-son namunaviy shartnoma-topshiriq
Toshkent shahri 199 __ yil “__” _________
Keyingi oʻrinlarda “Mijoz” deb ataladigan, Nizom asosida ish koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi nomidan, raisning birinchi oʻrinbosari ____________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Broker” deb ataladigan, Ustav va 199__ yil “___” __________dagi ___-son litsenziya asosida ish koʻruvchi ___-son BK nomidan _______________ ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. Shartnoma mavzusi
1.1. Mazkur shartnoma shartlariga, “Toshkent” respublika fond birjasida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari”ga va “Xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalarini birja va birjadan tashqari sotuvlarga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalar”ga muvofiq mazkur shartnoma (uzaytirish huquqi bilan, biroq 2-martadan koʻp emas) imzolangan kundan boshlab 15 ish kunida Mijozning nomidan va uning hisobidan quyidagi aksiyalarni sotish boʻyicha bitishuv tuzishni Mijoz topshiradi, Broker esa oʻz zimmasiga oladi:
1.1.1. Emitent ________________________;
1.1.2. Toifa _________________________;
1.1.3. Nominal ______________ soʻm;
1.1.4. Aksiyalar soni ___________________ dona;
1.1.5. Ustav jamgʻarmasidagi foiz __________________________;
1.1.6. Sotiladigan ulush __________________________;
1.1.7. Taklif narxi (1 donasi uchun) _______________ soʻm;
1.1.8. _______soʻmdan kam boʻlmagan narxda sotish;
1.1.9. Mazkur chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilish sanasi ________
1.2. Bitishuv turi __________ muddatli
1.3. Aksiyalarni berish muddati _______ pul mablagʻlari Mijozning hisob-kitob schyotiga tushgandan keyin 5 kun ichida.
1.4. Topshiriq turi: limitli.
1.4.1. Sotilgan aksiyalar haqini toʻlash muddati; sotishga bitishuv tuzilgandan kundan boshlab 5 ish kuni ichida.
1.5. Birjadan tashqari bozorda bitishuv tuzishda Broker-Xaridordan talab qilinishi zarur boʻlgan kafolatlar: pul mablagʻlari Mijozning hisob-kitob schyotiga deponentga qoʻyilganligi haqida koʻchirma yoki qarz majburiyatlari bitishuv summasining kamida 30% miqdorida vakil qilingan banklarga qoʻyilganligi haqida koʻchirma.
2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Broker quyidagilarga majburdir:
2.1.1. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin ikki kun ichida shartnomada koʻrsatilgan aksiyalar sotuvga qoʻyilishi haqida “Toshkent” respublika fond birjasiga buyurtmanoma berish.
2.1.2. 2 nusxada yozma xabar (xaridorning kafolati, brokerning hisoboti)ni va mazkur shartnomaning 1.5.-bandiga muvofiq mablagʻlar haqiqatda deponentga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish yoʻli bilan Mijozga topshiriqning qanday bajarilayotganligi, shu jumladan bitishuv tuzilgan paytdan boshlab bir sutka davomida bitishuvlar tuzilishi haqida Mijozga maʼlum qilish.
2.1.3. Oldi-sotdi shartnomasida mazkur shartnomaning birinchi boʻlimida bayon qilingan shartlar hamda quyidagilar bayon qilinsin:
sotilgan aksiyalar uchun pul mablagʻlari Mijozning schyotiga tushgan paytdan boshlab u toʻliq bajarilgan deb hisoblanishi koʻrsatilsin;
bitishuv xaridorning aybi bilan bekor qilingan taqdirda sotuvchining fond birjasiga vositachilik yigʻimi toʻlash va Brokerga mukofot puli toʻlash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan jazo jarimalarini toʻlash boʻyicha koʻrilgan zararlarni, keyinchalik qolgan mablagʻlarni xaridorga qaytargan holda, deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlaridan mustaqil ushlab qolishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi alohida shartlar nazarda tutilsin.
2.1.4. Bitishuvlar belgilangan muddatda tuzilmagan taqdirda mazkur bitim asosida Davlat mulki qoʻmitasining “Depo” schyotida zaxiraga qoʻyilgan aksiyalar paketi darhol tiklansin.
2.2. Broker quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
2.2.1. Mijozdan mazkur shartnoma shartlari bajarilishini talab qilish;
2.2.2. Topshiriq zarur darajada bajarilgandan keyin shartnoma boʻyicha unga tegishli boʻlgan mukofot pulini talab qilish;
2.2.3. Uning tomonidan aksiyalari qoʻyiladigan emitentlar toʻgʻrisidagi zarur dastlabki axborotni olish.
2.3. Mijoz quyidagilarga majburdir:
2.3.1. Topshiriq zarur darajada bajarilganda Brokerga tuzilgan bitishuv summasining 1 foizi miqdorida mukofot puli va bitishuv bahosi taklif bahosidan oshishining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha mukofot toʻlash;
2.3.2. Bitishuv tuzilgan paytdan boshlab 5 bank kuni ichida bitishuv summasining 1 foizi miqdorida fond birjasiga vositachilik haqi toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
2.3.3. Toʻlov mablagʻlari bitishuvga haq toʻlash uchun Mijozning buxgalteriyasiga tushishini kuzatish;
2.3.4. Toʻlov mablagʻlari tushgandan keyin aksiyalarning 5 kun ichida berilishini taʼminlash.
2.4. Mijoz quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
2.4.1. Brokerdan mazkur shartnoma shartlari zarur darajada bajarilishini talab qilish.
2.4.2. Mazkur shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda mukofot puli toʻlamaslik.
2.4.3. Broker tomonidan sotilgan qimmatli qogʻozlar uchun pul mablagʻlari muddatida tushmagan taqdirda Broker bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish.
3. Tomonlarning javobgarligi
3.1. Mazkur shartnomada bayon qilingan topshiriq shartlari Broker tomonidan zarur darajada bajarilmagan taqdirda, Broker Mijozga koʻrilgan zararlarni, shu jumladan quyidagilarni toʻlaydi:
mazkur shartnomaning 1.5.-bandi bajarilmagan taqdirda Broker deponentga qoʻyilgan mablagʻlardan toʻlash nazarda tutilgan barcha toʻlovlar amalga oshirilishi uchun javob beradi;
“Toshkent” respublika fond birjasiga savdolarga buyurtmanomalar berish muddati kechiktirilganda Brokerga kechiktirilgan har bir kun uchun topshiriq summasining 0,2 foizi miqdorida penya solinadi;
mazkur shartnoma bajarilishi muddati tamom boʻlgandan keyin zaxiraga qoʻyilgan aksiyalar Davlat mulki qoʻmitasi schyotiga tiklash kechiktirilganda Brokerga kechiktirilgan har bir kun uchun topshiriq summasining 0,2 foizi miqdorida penya solinadi;
Broker tomonidan mazkur shartnoma 6.2-bandining 3-qismida belgilangan muddat buzilganda Brokerga kechiktirilgan har bir kun uchun topshiriq summasining 0,2 foizi miqdorida penya solinadi.
3.2. Mijoz tomonidan Brokerga mukofot puli toʻlanmagan taqdirda Mijozga kechiktirilgan har bir kun uchun topshiriq summasining 0,2 foizi miqdorida penya solinadi.
4. Tomonlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar tartibi
4.1. Broker tomonidan mazkur shartnomaning 2.1.2.-bandiga muvofiq hujjatlar taqdim etilgach, mijoz besh bank kuni ichida Brokerga tuzilgan bitishuv summasining 1 foizi miqdorida mukofot toʻlash va bitishuv bahosi taklif bahosidan oshishining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlash majburiyatini oladi.
5. Kelishmovchiliklarni hal qilish tartibi
5.1. Tomonlar oʻzlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrishga ahdlashdilar.
5.2. Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda kelishmovchiliklar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
6. Shartnomaning amal qilish tartibi
6.1. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va 15 kun ichida amal qiladi. Tomonlarning kelishuviga koʻra shartnoma xuddi shunday muddatga uzaytirilishi mumkin, biroq 2-martadan koʻp emas.
6.2. Shartnoma:
zarur darajada bajarilgach;
topshiriq Mijoz tomonidan bekor qilinsa;
mazkur shartnoma imzolangandan keyin 2 kun ichida Mijozga yozma ravishda taqdim etiladigan topshiriqni Broker rad etsa;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatilishi mumkin.
7. Alohida shartlar
7.1. Shartnoma-topshiriq Brokerga aksiyalarni “Toshkent” respublika fond birjasida savdoga qoʻyish uchun mazkur shartnomaning 6.1.-bandida nazarda tutilgan muddatda depozitariyga zaxiraga qoʻyish huquqini beradi.
7.2. Oldi-sotdi shartnomasi va Brokerning hisobotlari, ilovalari bilan birgalikda, nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Bosh moliya boshqarmasiga taqdim etilishi kerak.
8. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari
| | |
|
Mijoz: |
Broker: |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi |
|
| Manzil: Toshkent shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 53 | |
| Hisob-kitob schyoti | |
| 2150600500100004001 Toshkent shahar Qimmatli qogʻozlar boshqarmasi | |
| Toshshahar Hisob-kitob-kliring palatasida FO 00014 | |
|
M.Oʻ. |
M.Oʻ. |
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibiga
3-ILOVA
3-ILOVA
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini fond birjasi orqali joylashtirishda bozor qatnashchilari oʻzaro harakatlari
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini fond birjasi orqali joylashtirishda bozor qatnashchilari oʻzaro harakatlari sxemasi
1. Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini joylashtirish boʻyicha huquqlarni qimmatli qogʻozlar sifatidagi davlat aktivlarini sotish boʻyicha Vakil qilingan agentga berish.
2, 2a. Vakil qilingan agent tomonidan aksiyalari paketlari sotuvga qoʻyiladigan emitentlar toʻgʻrisida investorlarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish.
3. Investitsiya vositachilari oʻrtasida xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalarini sotishga qoʻyish huquqiga tanlov oʻtkazish. Buyurtmanomalar tanlovini oʻtkazish yakunlari asosida investitsiya vositachilari (brokyerlar) bilan xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalarini birja savdolariga qoʻyishga shartnoma-topshiriqlar tuzish. Shartnoma-topshiriq 15 ish kuniga, uzaytirish huquqi bilan, biroq ikki martadan koʻp emas, tuziladi.
4. Sotuvchining brokeri tomonidan aksiyalar paketini depozitariyga zaxiraga qoʻyish.
5. Investor (xaridor) bilan investitsiya vositachisi (broker) oʻrtasida xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini sotib olishga shartnoma-topshiriqlar tuzish.
6. Xaridor tomonidan bitishuvning moʻljallanayotgan summasining kamida 30 foizi miqdoridagi pul mablagʻlarini Hisob-kitob-kliring palatasiga oldindan deponentga qoʻyish.
6a. Bitishuvning qolgan summasi va vositachilik haqini investor tomonidan qonunchilikda belgilangan muddat ichida (5 kun) toʻlash.
7. Sotuvchining brokeri tomonidan xususiylashtiriladigan korxona aksiyalari paketini sotuvga qoʻyish;
Sotuvchining brokeri tomonidan xususiylashtiriladigan korxona aksiyalari paketini sotib olishga buyurtmanoma berish;
Davlat mulki qoʻmitasi nomidan investitsiya vositachilari bilan investor nomidan uning oʻrtasida olti-sotdi shartnomasi tuzilishi.
8. 8a. Qimmatli qogʻozlarning Davlat mulki qoʻmitasi schyotidan investorning schyotiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida topshiriq va depozitariyga vositachilik haqi toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Aksiyalarni Davlat mulki qoʻmitasi “Depo” schyotidan bitishuv summasi toʻliq toʻlangandan keyin investorning “Depo” schyotiga oʻtkazish.
10. Brokyerga va birjaga vositachilik haqi ushlab qolingan holda bitishuv summasini Davlat mulki qoʻmitasiga toʻlash.
11. Sotuvchining brokeriga bitishuv summasining 1 foizi miqdorida va qoʻshimcha ravishda bitishuv bahosining taklif bahosidan ortiq summasining 5 foizi miqdorida mukofot toʻlash.
12. Davlat mulki qoʻmitasi nomidan birjaga vositachilik haqi toʻlash.
13. Investor nomidan birjaga vositachilik haqi toʻlash.
14. Investor bilan broker oʻrtasidagi shartnoma-topshiriqqa muvofiq sotuvchining brokeriga mukofot toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotish boʻyicha tendyerlar oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
TARTIBI
I. Umumiy foydalar
1. Mazkur Tartib xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalarini kutiladigan investorlarga sotish boʻyicha tendyerlarni tayyorlash, eʼlon qilish va oʻtkazish tartibini, shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xususiylashtiriladigan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun tender tizimi oʻzida xususiylashtiriladigan korxonaning oldindan aytib oʻtilgan aksiyalar paketini qayta sotib oluvchi va ular tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihasining (korxonani rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, uni moliyaviy qayta tuzish boʻyicha) bajarilishini kafolatlovchi strategik investorni tanlov asosida tanlash usulini ifodalaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Tartibning maqsadi uchun quyidagi iboralardan foydalaniladi:
tender — strategik investorni tanlab olishning tanlov shaklidir, u oʻzida daʼvogarlar tomonidan taqdim etilgan takliflarning ularning nuqtai nazarida tender hujjatlari mazmunining mezonlarga muvofiqligini ifodalaydi;
tender obyekti — xususiylashtiriladigan korxona;
tenderning maqsadi — savdolar oʻtkaziladigan xususiylashtiriladigan korxonaning aniq, oldindan aytib oʻtilgan aksiyalar paketi;
Keyingi tahrirga qarang.
tender ishtirokchisi (daʼvogar) — tender shartlariga koʻra tanlovda qatnashish uchun qoʻyilgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari;
tender tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki tender oʻtkazishga uning tomonidan vakil qilingan organ;
tender hujjati — Tender oʻtkazish toʻgʻrisida bildirishnoma, Tender oʻtkazish qoidasi va Axborot memorandumdan iborat hujjatlar majmui, ular obyekt va tender maqsadining texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa xil tavsiflari toʻgʻrisidagi, shuningdek, tender shartlari va tartibotlari haqidagi dastlabki axborotlardan iborat boʻladi;
tender komissiyasi — tashkilotchi tomonidan tenderni tashkil etish va uni oʻtkazish uchun tuziladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
tender taklifi — tender hujjatlarida belgilanadigan shartlarda aniq tender maqsadiga nisbatan shartnoma tuzish taklifi.
4. Oʻtkazilish usuliga koʻra tender ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin.
Ochiq tenderda xohish bildirgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari qatnashadilar.
Yopiq tender respublikaning oldindan belgilangan tashkilotlari va korxonalari, maxsus xabarnomalar yuboriladigan xorijiy korxonalar va firmalar ishtirokida oʻtkaziladi.
5. Tender obyektlari va maqsadi, tender qatnashchilari doirasi va uni oʻtkazish usuli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Tendyerlarni tayyorlash va ularni oʻtkazish ilovaga muvofiq sxemaga koʻra amalga oshiriladi.
II. Tenderni tayyorlash va uni eʼlon qilish
6. Tenderni tayyorlash tender tashkilotchisi yoki uning topshirigʻiga koʻra maxsus tashkil etiladigan tender komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Tender komissiyasi tarkibiga manfaatdor davlat boshqaruvi organlari vakillari, tender obyekti vakillari, shuningdek, kontrakt asosida, mustaqil mutaxassislar, ekspertlar va konsultantlar kiritiladi.
Tender komissiyasining tarkibi tashkilotchi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning tarkibiy soni kamida 7 kishi boʻlishi kerak.
7. Tashkilotchi yoki uning topshirigʻiga koʻra tender komissiyasi tayyorgarlik davrida:
tender hujjatlarini ishlab chiqadi;
tenderda daʼvogarlar boʻlib qatnashishni xohlovchilar tomonidan buyurtmanomalar berilishi uchun muddatlarni belgilaydi;
daʼvogarlarning takliflarini baholash mezonini va kontraktlar tuzish tartibini belgilaydi;
savdolar (ochiq yoki yopiq) oʻtkazish usullarini belgilaydi;
tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qiladi va tarqatadi.
Tender hujjati uni barcha daʼvogarlar bir xilda tushunadigan qilib tuzilishi kerak. Ishlarni tavsiflashda umumiy qabul qilingan belgilar va nomlar qoʻllanilishi zarur.
8. Ochiq tender oʻtkazishda eʼlon ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, bevosita kutiladigan daʼvogarlarga takliflar joʻnatish yoʻli bilan eʼlon qilinadi.
9. Ochiq tender toʻgʻrisidagi eʼlon tender oʻtkazilgunga qadar kamida 6 oy oldin va kamida 3 ta respublika davriy nashrlarida eʼlon qilingan boʻlishi kerak va u tender maqsadi hamda obyekti toʻgʻrisidagi asosiy zarur maʼlumotlardan va qoʻshimcha axborot olish manbalaridan iborat boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Yopiq tender oʻtkazishda tashkilotchi yoki uning vakili oldindan boʻlajak daʼvogarlarni tanlab oladi va boʻlajak tenderda qatnashish taklifi bilan ularga axborot xati yuboradi. Bunday hollarda tender toʻgʻrisidagi eʼlon matbuotda eʼlon qilinmaydi.
11. Yopiq tender oʻtkazishda qatnashchilar soni tender komissiyasi tomonidan belgilanadi, biroq kamida 3 qatnashchi boʻlishi kerak.
III. Tenderga oid takliflarni koʻrib chiqish va ularni baholash
12. Daʼvogarlar tomonidan tender taklifini taqdim etish tartiblari va muddatlari tenderga oid hujjatlar bilan belgilanadi. Toʻldirilgan tender hujjatlaridan tashqari korxona (tashkilot) uning ishlab chiqarish va moliya imkoniyatlari, ushbu korxona (tashkilot) tomonidan ilgari amalga oshirilgan oʻxshash loyihalar roʻyxatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar ham taqdim etiladi.
13. Belgilangan muddatdan keyin tushgan tenderga oid takliflar koʻrib chiqilmaydi. Tender taklifini joʻnatish sanasi pochta shtempeliga koʻra belgilanadi.
14. Daʼvogar komissiya tomonidan tenderga oid takliflar koʻrib chiqilishining belgilangan muddatiga qadar, bu haqda yozma holda yoki faks boʻyicha xabar berib, oʻz taklifini qaytarib olishga haqlidir.
15. Tenderga oid takliflarni koʻrib chiqish va ularni baholash uch bosqichda oʻtkaziladi:
1-bosqich: tenderga oid takliflarning hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha tender hujjatlarida belgilangan talablarga va tender obyektini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini baholash. Shakl boʻyicha taqdim etilmagan va ikkinchi turga qoʻyilmagan takliflar rad etilishi sabablari koʻrsatilgan holda tender komissiyasining bayonnomasida alohida hisoblab chiqiladi.
2-bosqich: takliflarni ekspert jihatidan baholash va ularning eng istiqbollilarini tanlab olish. Tushgan takliflarni baholash uchun tender tashkilotchisi tomonidan tender komissiyasida ishlash uchun ekspertlar qoʻshimcha jalb qilinishi mumkin.
3-bosqich: investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarining asosiy parametrlarini kelishib olish. Tenderga oid takliflarni koʻrib chiqishda tender komissiyasi, tender hujjatlarida ifodalangan baholash mezonlariga muvofiq, ikki-uch tashkilotning eng mos keladigan takliflarini tanlab oladi va ular bilan muzokaralar olib boradi.
16. 3-bosqich yakuni va tender gʻolibini tanlash ekspertlarning xulosalari asosida, tender komissiyasi tomonidan oldindan ishlab chiqilgan har bir loyihaning sifatini miqdoriy baholashga imkon beruvchi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishib olingan boʻlishi kerak.
17. Har bir bosqich natijalari boʻyicha tender komissiyasi barcha aʼzolari imzolagan, tender tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
18. Tender komissiyasi har bir bosqichdan soʻng, tender takliflari rad etilganligi sabablari koʻrsatilgan holda, tender takliflari rad etilganligi toʻgʻrisida daʼvogarlarga xabar berishga majburdir.
19. Tender komissiyasi tenderni yopish muddatini keyinga surishga yoki tenderni bekor qilishga haqlidir.
20. Tender hujjatlarini tekshirishda aniqlangan xatolar mavjud boʻlganda tender komissiyasi daʼvogarga hujjatlarga tuzatishlar kiritish imkoniyatini berishi mumkin.
21. Tender gʻolibi bilan tender predmetini sotib olish uchun shartnoma tuziladi. Ushbu shartnoma tomonlarning investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarini albatta oʻz ichiga olishi kerak.
IV. Tenderni oʻtkazish va unda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlar, tomonlarning masʼuliyati
22. Tenderni tashkil etish va uni oʻtkazish tashkilotchi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Cheklanmagan qatnashchilar soni bilan ochiq tender oʻtkazishda tender hujjati daʼvogarlarga, qoidaga koʻra, tashkilotchi tomonidan belgilanadigan miqdordagi pulga beriladi.
24. Cheklangan qatnashchilar soni bilan yopiq tender oʻtkazishda daʼvogar komissiya tender hujjatlarini taqdim etgunga qadar kafolat puli qoʻyadi, tender shartlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar u qaytarib soʻrab olinishi mumkin emas.
Tenderda yutgan hollarda kafolat puli shartnoma summasiga qoʻshiladi, yutqazilganda daʼvogarga qaytariladi.
Kafolat pulining miqdori tender tashkilotchisi tomonidan belgilanadi va moʻljallanayotgan bitishuvning umumiy summasining 3-7 foizini tashkil etadi.
25. Daʼvogarlar tenderning shartlari bilan oldindan belgilangan muddat tugagunga qadar takliflar asossiz ravishda qaytarib olingan hollarda, shuningdek tenderda yutganda shartnoma tuzishni rad etganda kafolatli garov summasini yoʻqotadilar.
26. Tender natijalari boʻyicha paydo boʻladigan daʼvolar va tender natijalari haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi bahslar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda sud organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
27. Tashkilotchi, tender komissiyasi va savdoning boshqa qatnashchilari mazkur Nizom bilan belgilangan qoidalarga va tender oʻtkazish tartibotlariga rioya qilinishi uchun va tender natijalarining obyektivligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotish boʻyicha tendyerlar oʻtkazish tartibiga
ILOVA
ILOVA
Xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotish boʻyicha tendyerlarni tayyorlash va oʻtkazish
Keyingi tahrirga qarang.
SXEMASI
1. Korxonalar roʻyxatini tasdiqlash, tender oʻtkazish yoʻli bilan sotiladigan aksiyalar paketini, tender shakllarini, kutilayotgan investorlar doirasini belgilash.
2. Tenderni tayyorlash va oʻtkazish guruhini, tender komissiyasini tuzish, tender oʻtkazish muddatlarini belgilash.
3. Tender hujjatlari loyihasini kelishib olish.
4. Tender hujjatlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoki toʻgʻridan toʻgʻri kutilayotgan investorlar oʻrtasida tarqatish.
5. Investitsiya dasturlarini va tender takliflarini ishlab chiqish, ularni tender komissiyasiga taqdim etish.
6. Tender takliflarini uch bosqichda ekspertizadan oʻtkazish, unga quyidagilar kiradi:
1-boskich — tender takliflarining tashkilotchi talablariga va obyektni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini baholash. 1-bosqichdan oʻtmaganlarni ular takliflarining rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda chiqarib yuborish.
2-bosqich — tender komissiyasi tomonidan oldindan ishlab chiqilgan mezonlarga muvofiq ekspert baholash va 2-3 ta eng istiqbolli tender takliflarini tanlab olish.
3-bosqich — loyihaning asosiy parametrlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini kelishib olish, tender gʻolibini tanlash.
7. Davlat mulki qoʻmitasiga eng eʼtiborga loyiq tender takliflarini taqdim etish, DMQning taklif mualliflari bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralari, taqdim etilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha shartlarni va tomonlarning majburiyatlarini kelishib olish.
8. Sotilishi rejalashtirilayotgan tender predmetini, investitsiya dasturini va investitsiya dasturini amalga oshirish boʻyicha tomonlar majburiyatlarini Hukumat bilan kelishib olish.
9. Tender predmetini sotish toʻgʻrisidagi, investitsiya dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzolash, investitsiya dasturining bajarilishi monitoringi.
Keyingi tahrirga qarang.