Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 8-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1708-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-avgust,
01/11-22/09-son
Kelishildi:
Rais Sh. ShARAXMETOV
2021-yil 2-avgust,
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 16-avgust,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi V. BEGALOV
2021-yil 2-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 26-avgustdagi 01/11-22/09-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 13-iyuldagi 01/16-712-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1708, 2007-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y, 35-36-son, 366-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 22-iyundagi 01/14-26/17-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1708-1, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y, 27-son, 361-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 01/14-26/42-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1708-2, 2016-yil 4-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y, 44-son, 519-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 10/21/1708-3/0865-son)