Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.1997 10.10.1991 yildagi 370-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY KENGAShI RAYoSATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARINI TAYYORLASh, MUHOKAMA QILISh VA ULARNING BAJARILIShI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL ETISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30-avgust 1997-yildagi 482-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqidagi qaroriga asosan oʻz koʻchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, muhokama qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish Qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining komissiyalari, qoʻmitalari, Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, respublika vazirliklari va idoralari qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish chogʻida ushbu Qoidalarning talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-XII-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Kengashi Rayosatining
1991-yil 10-oktabrdagi
Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash,
muhokama qilish va ularning bajarilishi ustidan
nazoratni tashkil etish

QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob.

UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qoidalarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar qonun loyihasi taklif etish huquqiga ega boʻlgan idoralar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun loyihalarini, shuningdek normativ xarakterdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qarorlarining loyihalarini tayyorlash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, uning Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga yoki tavsiyasiga binoan yoxud oʻz tashabbusi bilan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlovchi Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari hamda idoralari, boshqa davlat va jamoat idoralarining faoliyatiga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashning demokratik asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari loyihalari oshkoralik, jamoat fikrini oʻrganish va hisobga olish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat va jamoat idoralarining, xalq deputatlari mahalliy sovetlarining, mehnat jamoalari va jamoatchilikning faol ishtirokida tayyorlanadi. Loyihalarni tayyorlash ishiga ilmiy muassasalar, olimlar, mutaxassislar va xalq xoʻjaligi tegishli tarmoqlarining yuridik xizmatlari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibga muvofiq, xalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Loyihalar respublika qonunlarining qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boʻlishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalarini tayyorlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlarini alohida-alohida qilib belgilab qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Kengashi va uning Rayosatining vakolatlari, Respublika qonunchiligining sistemasi va qoidalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Loyihalarning sifatli boʻlishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalari ustida ishlayotgan davlat va jamoat idoralari ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq loyihaning sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha har tomonlama asoslangan boʻlishi, jamiyatning talab ehtiyojlaridan kelib chiqishi, shaxs va davlatning manfaatlarini mumkin qadar toʻlaroq aks ettirishi kerak. Loyihalarda davlat va jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquq hamda vazifalari, normativ koʻrsatmalarni buzganlik uchun javobgarlik choralari aniq nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonunlarning samaradorligini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlariga topshirilgan tarmoq yoki boshqaruv sohasida, jamoat birlashmalarining respublika idoralari oʻzlarining ustav vazifalariga muvofiq qonunlarni koʻllash tajribasini va ularning samaradorligini oʻrganishni tashkil etadilar, zarurat paydo boʻlganida esa qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARI LOYIHALARINI TAYYORLASh BORASIDAGI IShLARNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining loyihalarni tayyorlash borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash borasidagi ishlarni tashkil etish munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ish tartibiga muvofiq loyihalarni tayyorlash borasidagi ishlarning rejalashtirilishini tashkil etadi, rejalar bajarilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoʻmitalari va komissiyalariga, davlat va jamoat idoralariga loyihalarni ishlab chiqish toʻgʻrisida topshiriq hamda tavsiyalar beradi; qonun hujjatlarining loyihalariga doir konsepsiyalarni qarab chiqadi; qoʻmitalar va komissiyalar, davlat va jamoat idoralarining loyihalarni tayyorlashning borishiga doir axborotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlariga qonun loyihalarini tayyorlash borasidagi ishda zarur yordam va koʻmak beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qonunga muvofiq loyihalarni xalq muhokamasiga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) loyihalarni dastlabki tarzda yoxud qoʻshimcha tarzda qarab chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qoʻmitalari va komissiyalariga va ayni bir vaqtda Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari qoʻmitasiga topshiradi, bunda xulosa tayyorlash uchun bosh qoʻmita yoki komissiyani belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat va jamoat idoralarining amaldagi qonunlarni koʻllash tajribasi va ularning samaradorligi, ularni takomillashtirishga doir ishlar toʻgʻrisidagi axborotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining muhokamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari loyihalari bilan, loyihalarga doir boshqa zarur materiallar bilan oʻz vaqtida taʼminlanishini nazorat qiladi; deputatlardan olingan mulohazalar va takliflarni tegishli qoʻmitalar va komissiyalarga yoxud qonun hujjatining loyihasini kiritgan idoraga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) ushbu Qoidalarning talablari buzilgan taqdirda qonun hujjati loyihasini muhokamaga kiritgan idoraga qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) zarur hollarda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha tanlov eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) loyihalarning tayyorlanishi tashkil etilishi munosabati bilan boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoʻmitalari va komissiyalarining loyihalarni tayyorlash borasidagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qoʻmitalari va komissiyalari loyihalarni tayyorlash munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻz tashabbusiga koʻra qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqadilar va ularni Respublika Oliy Kengashining muhokamasiga kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oliy Kengash Rayosati yoki Oliy Kengash rahbariyati bilan kelishib, loyihalar tayyorlash yoki ularni dastlabki tarzda qarab chiqish uchun maxsus komissiyalar yoxud ishchi guruhlari tuzadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, Respublikaning davlat va jamoat idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda boshqa ilmiy muassasalarning loyiha boʻyicha fikrini soʻraydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) loyihalar boʻyicha tushgan takliflarni umumlashtiradilar va qarab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining loyihalar tayyorlash bilan bogʻliq faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi loyihalarni tayyorlash munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻz tashabbusi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati topshirigʻiga binoan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralariga loyihalar tayyorlash toʻgʻrisida topshiriqlar beradi, loyihalarni tayyorlashga doir ishlarni birlashtirib va yoʻnaltirib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, boshqa davlat va jamoat idoralarining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalari boʻyicha fikrini soʻraydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga loyihani xalq muhokamasiga qoʻyish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) taqriz olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari loyihalarini Respublika Fanlar akademiyasi va boshqa ilmiy muassasalarga joʻnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini qoʻllash tajribasi va bu qonunlar samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini tinglaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatining loyihalarni tayyorlash bilan bogʻliq faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalq deputati loyihalarni tayyorlash munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Kengashining Rayosati yoki Oliy Kengashning qoʻmitalari va komissiyalariga loyihalar tayyorlash toʻgʻrisida takliflar kiritishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) loyihani tayyorlash chogʻida tegishli davlat va jamoat idoralariga yordam soʻrab murojaat qilishga haqlidir (bu idoralar loyihani, boshqa zarur hujjatlarni ishlab chiqishda, axborot va maʼlumotnoma materiallarini olishda yordam koʻrsatishlari shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati yoxud Oliy Kengashning qoʻmitalari va komissiyalari loyihalar tayyorlash uchun tuzadigan komissiyalar va ishchi guruhlarining ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qonunlarni takomillashtirish masalalari xususida saylovchilardan oʻziga tushgan takliflarni umumlashtiradi, bu takliflarni oʻz ishida hisobga oladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maʼlum qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) saylovchilarni loyihalar ustidagi ishlarning borishidan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining loyihalar tayyorlash bilan bogʻliq faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi loyihalarni tayyorlash munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuqori idoralarning topshirigʻiga binoan va oʻz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalarini tayyorlaydi, boshqa davlat va jamoat idoralari bilan birgalikda loyihalarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga, komissiyalar va qoʻmitalarning soʻrovlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) topshiriqlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining ishini muvofiqlashtiradi; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari loyihalarini, jumladan oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlarining roʻyxatini tayyorlayotgan davlat va jamoat idoralariga metodik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasini Oʻzbekiston Respublikasining yangi qonun hujjati qoʻllanilishi munosabati bilan normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARI LOYIHALARINI TAYYORLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. “Loyihalarni tayyorlash boʻyicha komissiyalar yoki ishchi guruhlari tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjati loyihasi ustida ishlash uchun tayyorlov komissiyalari, ishchi va tahrir guruhlari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, uning Rayosati yoki Oliy Kengash qoʻmitalari va komissiyalari tuzadigan tayyorlov komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari, davlat, jamoat va boshqa idoralar hamda tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, boshqa mutaxassislar, Oliy Kengash Kotibiyati va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjati loyihasini tayyorlash ishlarini tashkil etish masʼuliyati yuklatilgan davlat yoki jamoat idorasi loyihani tayyorlashda ishtirok etayotgan idoralarning, boshqa manfaatdor davlat va jamoat idoralarining, mehnat jamoalari va ilmiy muassasalarining vakillaridan, mutaxassislar va olimlardan iborat komissiya tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani tayyorlayotgan komissiya yoki idoralar (idora) loyiha ustida ish boshlangunga qadar loyihaning konsepsiyasini ishlab chiqadi, maqsadini, tatbiq etiladigan sohasini, tuzilishini, tayyorlanayotgan hujjatning qonunchilik tizimida tutadigan oʻrnini aniqlab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarni tayyorlayotgan idoralarning iltimosiga koʻra vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihadagi oʻzlariga daxldor boʻlgan ayrim masalalar boʻyicha xulosalar beradilar, maslahat berish uchun mutaxassislar ajratadilar, loyiha ishlab chiqilishi davomida yuzaga keladigan muammolar yuzasidan zarur materiallar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Loyihani tayyorlash chogʻida qonunlarni qoʻllash tajribasi va jamoat fikrini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qoʻmitalari va komissiyalari davlat va jamoat idoralari qonun hujjati loyihasini tayyorlash chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) loyiha mavzusi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini qoʻllash tajribasini oʻrganadilar va hisobga oladilar, jamiyatning huquqiy tartibga solishga boʻlgan ehtiyojini, qonunlarning samarador boʻlishiga taʼsir etuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qonunlarni takomillashtirishga doir davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining, mehnat jamoalari va fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoat fikrini oʻrganuvchi boshqa vositalarning maʼlumotlarini umumlashtiradilar hamda ulardan foydalanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) boshqa davlatlardagi qonun bilan tartibga solish tajribasini hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining turini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinayotgan munosabatlarning saviyasi va xususiyatiga qarab qonun hujjatining loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengash Rayosati qarorining loyihasi shaklida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Loyihani kelishib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha uni tayyorlashni tashkil etish uchun masʼul idora tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor davlat va jamoat idoralariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga, xalq deputatlari mahalliy Sovetlariga, ilmiy muassasalarga taqriz berish uchun yuborilishi mumkin, ular loyiha yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini maʼlum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani dastlabki tarzda muhokama etish chogʻida bildirilgan taklif mulohazalar yoki bu loyiha yuzasidan taqrizda bayon etilgan fikrlar keyinchalik loyiha ustida ish olib borilganda qarab chiqiladi va umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tayyorlangan loyihani asoslash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining loyihasini kiritish bilan bir vaqtda uni qabul qilish zaruratini hamda koʻllashdan moʻljallanayotgan natijalar asoslab beriladi, loyiha kelishib olingan davlat va jamoat idoralari sanab oʻtiladi. Amalga oshirish uchun qoʻshimcha moddiy va boshqa xil sarf-xarajatlar talab qilinadigan loyihalarni taqdim etganda moliya –iqtisodiy asoslar ilova etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani tayyorlashda qatnashgan va bu loyihaga eʼtirozi boʻlgan davlat yoki jamoat idorasining rahbari oʻzi rozi boʻlmagan qoidalarning mohiyati yuzasidan fikrini asosli ravishda bayon etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Qonun hujjati qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining loyihasini tayyorlash hamda uni koʻllash uchun zarur normativ hujjatlarning loyihalarini (amalga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi hujjatlar, hukumat va idoralarning normativ hujjatlari va h.k.), ilgari qabul qilingan qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki ular oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish odatda ayni bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi. Bu normativ hujjatlar yangi qonun hujjati bilan bir vaqt, yoki uni amalga kiritguncha yoxud tasdiqlanganidan keyin mumkin qadar qisqa muddat ichida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi hujjat qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish va bu hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi takliflar ana shu hujjat loyihasining matniga norma yoʻsinida kiritiladi, shuningdek yangi hujjatga ilova tariqasida rasmiylashtirilishi ham mumkin. Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlash ancha vaqt talab etadigan hollarda ushbu masala yuzasidan alohida qonun hujjati qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatiga ancha oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan taqdirda bu hujjatning yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Qonun hujjati loyihasini xolis ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarining loyihalari zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan ekspertlar hukmiga havola etilishi kerak. Qoʻmitada komissiyada loyiha ustidagi ishlar tugallanib barcha manfaatdor tashkilotlardan fikr olinganidan, qoʻmitalarda, komissiyalarda loyiha kelishilgan va muhokama etilganidan, uni matbuotda eʼlon qilib, boʻlib oʻtgan muhokama yakunlari chiqarilganidan keyingina ekspertiza oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishga mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishda qatnashmagan va loyiha yuzasidan fikr bermagan olimlar, amaliyotchi xodimlar, boshqa shaxslardan, shu jumladan mamlakatning boshqa mintaqalarida yashayotgan va ishlayotgan kishilardan iborat yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani ekspertiza qilish natijalari boʻyicha ekspertlar guruhi oʻzining tegishli xulosasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosalariga rozi boʻlmagan taqdirda qonun loyihasini koʻrib chiqqan qoʻmita, komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati majlisida va Oliy Kengashda oʻz nuqtai nazarini himoya etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlangan qonun loyihasi oʻz yoʻnalishi, mazmuni, shakli, boshqa sifat koʻrsatkichlari jihatidan uni ishlab chiquvchilar oldiga qoʻyilgan vazifalarga javob berolmaydi deb topilgan taqdirda Oliy Kengash Rayosati mazkur qonun loyihasini tayyorlash yuzasidan tuzilgan ishchi guruhini tarqatib yuborish toʻgʻrisida va bunday guruhni yangi tarkibda tuzish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qonunni tajriba tariqasida qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati oʻz tashabbusi bilan yoki qonun loyihasini taklif etish huquqiga ega boʻlgan idoralar, tashkilotlar va shaxslarning taklifiga koʻra qonunning samaradorligini oʻrganish maqsadida yangi qonunni ayrim hududda yoki xalq xoʻjaligining biron tarmogʻida tajriba tariqasida vaqtincha joriy etish toʻgʻrisidagi masalani hal etishi mumkin. Shunday hollarda Oliy Kengash Rayosati bu tajribani oʻtkazishi tegishli davlat idoralariga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba natijalarini hisobga olgan holda tegishli qonun hujjatining loyihasi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARI LOYIHALARINING MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Loyihaning mazmuni va tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining loyihasida normativ koʻrsatmalar modda shaklida bayon etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari va boshqa qonunlarining moddalariga odatda sarlavha qoʻyiladi. Bir moddaga bitta yoki bir-biriga oʻzaro chambarchas bogʻliq bir nechta koʻrsatma jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yirik qonun hujjatlari loyihalari boʻlim va boblarga, moddalar esa qism va bandlarga boʻlinadi. Loyihaning boʻlimlari, boblari, moddalari, moddalarning qism va bandlari loyiha mavzui mantiqan rivojlanib borishini taʼminlaydigan darajada izchil joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining maqsadi va uni chiqarish sabablarini tushuntirish uchun normativ koʻrsatmalarni bayon etishdan oldin kirish qismi (muqaddima) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjati loyihasidagi qoidalar aniq va ravshan boʻlishi lozim. Loyihada ishlatilgan tushuncha va atamalarni turlicha sharhlash imkoniyatlarini istisno etish uchun amaldagi qonunlarda qabul etilgan maʼnoga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi; zarur hollarda esa maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi berib oʻtiladi, umum tomonidan qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha mantida amaldagi qonun hujjatlariga havola etishga istisno tariqasidagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat idoralari qonun loyihasi ustidagi ishlarni tugallash bosqichida uning matni umumiy tahrir etilishini hamda qonun matnini avtomatlashtirilgan axborot sistemalariga kiritish uchun belgilangan talablarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Loyihaga ilova qilinadigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjati loyihasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart: hujjatning turi — Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori ekanligi koʻrsatilishi, uning asosiy mazmunini aks ettiruvchi sarlavhasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining loyihasida zarur hollarda uni amalga kiritishning muddati va tartibi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN HUJJATLARINING LOYIHALARINI KIRITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Loyihalarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini taklif etish tashabbusi huquqiga ega boʻlgan idoralar, tashkilotlar va shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va boshqa qonun hujjatlarining loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi muhokamasiga kiritadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ish tartibiga muvofiq ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa idoralar tomonidan topshiriqqa muvofiq, shuningdek oʻz tashabbusi bilan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining loyihalari, agar loyiha tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatining loyihasi dastlabki suratda qarab chiqish natijalarini hisobga olgan holda, shuningdek ushbu Qoidalarning talablari buzilgan taqdirda tegishli vazirlikka, davlat qoʻmitasiga yoki idoraga qayta ishlash uchun qaytarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qonun loyihalarini dastlabki tayyorlashning yakunlovchi bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlanishi poyoniga yetkazilgan qonun loyihasi ishchi guruh tomonidan uni ishlab chiqishda ishtirok etgan bosh qoʻmita va boshqa qoʻmitalar hamda komissiyalarning yalpi majlisi muhokamasiga kiritiladi. Zarur hollarda bunday muhokama Oliy Kengashning barcha qoʻmitalari va komissiyalari yoki ular vakillarining qoʻshma majlisida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Kengash Rayosati bosh qoʻmita va xolis ekspert guruhi maʼruzasi asosida qonun loyihasi muhokamasini Oliy Kengash sessiyasining kun tartibiga kiritishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga tavsiya etish haqida yoki loyiha ustidagi ishlarni davom ettirish yoxud loyihani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga qonun loyihasi muhokamasini sessiya kun tartibiga kiritishni tavsiya etish haqida qaror qabul qilish bilan bir vaqtda Rayosat Oliy Kengash sessiyasida qonun loyihasini taqdim etadigan maʼruzachi masalasini ham hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob

LOYIHALARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ DEPUTATLARI TOMONIDAN OLDINDAN MUHOKAMA QILINIShINI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlarining qonun loyihasini muhokama etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjati loyihasini maʼqullash toʻgʻrisida Rayosat qaror qabul qilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasi ochilgunga qadar boʻlgan davrda qoʻmitalar va komissiyalar Kotibiyat bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga borib Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari loyihalarni muhokama qilishini kuyidagi tartibda tashkil etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki viloyatga borgandan keyin loyiha koʻpaytiriladi va tanishib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlariga, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining rahbarlariga, zarur hollarda esa boshqa muassasalarning rahbarlari va mutaxassislariga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasidan yoki muayyan viloyatdan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari bilan uchrashuv oʻtkaziladi, uchrashuvga manfaatdor mansabdor shaxslar ham taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita, komissiya aʼzosi yigʻilganlarni qonun hujjati loyihasining asosiy gʻoyasi bilan, undan koʻzlangan maqsadlar, amaldagi qonunlardan farq qiluvchi yangi qoidalar bilan, shuningdek qonun loyihasini tayyorlash vaqtida amalga oshirilgan ishlar va loyihani tayyorlagan qatnashchilar bilan tanishtiradi. Deputatlar huzurida soʻzlanadigan maʼruzaning qaydlarini bosh qoʻmita va Kotibiyatning tegishli boʻlimi tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilganlar loyiha bilan chuqur tanishishga, unga nisbatan oʻz munosabatlarini aniqlashga, qonun qabul etilganidan soʻng uni amalga oshirish uchun qanday choralar koʻrish lozimligi toʻgʻrisida oʻylab koʻrishga chaqiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 2-3 kunlik tanaffus eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari shu vaqt ichida saylovchilar bilan uchrashadilar, mehnat jamoalarida boʻlib, aholiga loyiha toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashida uning muhokama etilishi haqida axborot berib, bildirilgan fikr va mulohazalarni hisobga oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tanaffusdan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Sovetlarining raislari qonun hujjatining loyihasini muhokama qilishni tashkil etadi. Muhokama chogʻida tushgan barcha taklif va mulohazalar sinchiklab oʻrganiladi va hisobga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) loyiha yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar Kotibiyat xodimlari tomonidan umumlashtiriladi va jadvalga tushiriladi. Viloyatdan qaytilganidan soʻng jadval bosh qoʻmitaga topshiriladi, bu qoʻmitada har bir taklif tahlil etilib, tegishli qaror qabul qilinadi. Keyinchalik bu material sessiya qatnashchilarining eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShIDA QONUN HUJJATLARINING LOYIHALARINI MUHOKAMA ETISh. QONUNLARNI, BOShQA NORMATIV HUJJATLARNI EʼLON QILISh VA ULARNI IJROChILARGA YETKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashida qonun hujjatlarining loyihalarini muhokama etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilgan qonun hujjatlarining loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ish tartibi qoidalariga muvofiq muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Qonunlarni eʼlon qilish va ularni ijrochilarga yetkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa hujjatlari ular qabul etilganidan keyin hammaning eʼtiboriga yetkazish uchun oʻzbek, rus tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa qoraqalpoq tilida respublika matbuotida eʼlon qilinadi, televideniye va radio orqali oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun matni bilan bir vaqtda qonunni amalga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qaror ham eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning eʼlon qilinishi ularni qoʻllashning muqarrar sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Kengash Kotibiyatining tegishli boʻlinmalari Oliy Kengash qabul qilingan qonunlarning va boshqa hujjatlarning matnlarini ommaviy axborot vositalarida vaqtida eʼlon qilish va ijrochilarga yetkazish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar, komissiyalar, Kotibiyat boʻlimlari zarur hollarda qonunlarning asosiy qoidalari hamda ularni bajarishning amaliy choralarini vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining, boshqa tashkilotlar xodimlarining tegishli toifalari oʻrtasida tushuntirilishini, shuningdek qabul qilingan qonunlarni tushuntirish maqsadida xalq deputatlari, mutaxassislar, olimlarning matbuotda, televideniye va radioda chiqishlarini uyushtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob

QONUNLARNING IJROSI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nazoratni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qoʻmitalari va komissiyalari, Kotibiyat boʻlimlari qonun hujjati loyihasining uzil-kesil nusxasi bilan bir vaqtda Oliy Kengash Rayosatiga qonun hujjati qabul etilganidan soʻng uning ijrosini tashkil etish tadbirlari rejasini ham taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijrosi ustidan nazoratni qoʻmita, komissiya tarkibiga kiruvchi xalq deputatlari, shu jumladan Oliy Kengashda doimiy asosda ishlamaydigan xalq deputatlari, shuningdek Kotibiyatning tegishli boʻlimlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita, komissiya qonunning amalga oshirilishini nazorat qilib borishni qoʻmita, komissiya aʼzolaridan shu maqsadda maxsus tuzilgan guruhga topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Nazoratni amalga oshirishning shakl va usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari va Kotibiyat xodimlari nazoratni amalga oshirish asnosida xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining, boshqa davlat idoralari va yuridik shaxslarning qonun hujjatini qoʻllashga doir, shuningdek uning mazmunidan kelib chiquvchi topshiriqlar ijrosiga oid faoliyatini oʻrganadilar, bu ishda mavjud boʻlgan kamchiliklarni aniqlaydilar va hisobga oladilar, ularni bartaraf etish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoʻmitalari, komissiyalari, Kotibiyatining boʻlimlari qonun hujjatlarini amaliyotda qoʻllash va uning samaradorligi toʻgʻrisida davlat va jamoat idoralaridan axborot talab qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Qonun hujjatlari ijrosini oʻrganish yakunlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijrosi qanday borayotganligiga taalluqli masalalarni oʻrganish yakunlari, davlat idoralarining maʼlumotlari, shuningdek tegishli tavsiyanomalar qoʻmita, komissiyaning amaliy ishida foydalaniladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, qoʻmitasi yoki komissiyasi muhokamasiga kiritilishi mumkin. Zarur hollarda respublika qonunlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 12-son, 290-modda)