OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
buyrugʻi
“Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi namunaviy bitimni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2831-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 16-sentabrdagi 11-mh-son “Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish toʻgʻrisidagi namunaviy bitimni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2831, 2016-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 41-son, 475-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-sentabr,
16-mh-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
2021-yil 20-avgust
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 26-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 10/21/2831-1/0863-son)