ILOVA
|
20___ y. “___” ________________ |
|
____________-son |
| ___________ tumani (shahri) | ||||||
| ______________________________________________ tumani (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini | ||||||||||
|
(tuman (shahar) nomi) |
| | | | | | ||||
| metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi nomidan nizom asosida faoliyat yurituvchi boʻlim mudiri _________________________________________________________________________ (bundan buyon matnda | ||||||||||
|
(familiyasi, ismi va otasining ismi) |
| | ||||||||
| Vasiylik va homiylik organi deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro(lar)________________________________ ___________________________________________________________________________________________ | ||||||||||
|
(er-xotin yoki alohida fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi) | ||||||||||
|
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||
|
___________________________________________________________________________________________ | ||||||||||
|
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ | ||||||||||
| (bundan buyon matnda Tutingan ota-onalar deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb yuritiladi, mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdilar: | ||||||||||
|
1-bob. Bitim predmeti | ||||||||||
| 1. Vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan 20__ yil “___” ________ da tugʻilgan____________________________________________________________________________________ | ||||||||||
| |
(voyaga yetmaganning familiyasi, ismi va otasining ismi) | |||||||||
| ___________________________________________________________________________ ning (bundan buyon matnda Tutingan bola deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlagan holda Tutingan o�a-onalarga tarbiyalash uchun topshirish majburiyatini, Tutingan ota-onalar esa mazkur Bitim shartlariga asosan Tutingan bolaning barcha huquqlarini taʼminlagan holda tarbiyalash uchun oilaga qabul qilib olish majburiyatini oladi. | ||||||||||
|
2-bob. Umumiy shartlar | ||||||||||
| 2. Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. | ||||||||||
| 3. Tutingan ota-onalar tomonidan Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllaridan biri hisoblanadi. | ||||||||||
|
3-bob. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari | ||||||||||
| 4. Vasiylik va homiylik organi quyidagi huquqlarga ega: | ||||||||||
| a) mazkur Bitimning 16-bandida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda uni muddatidan oldin bekor qilish; | ||||||||||
| b) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida istalgan vaqtda bolaning sogʻligʻi, taʼlim-tarbiyasi va turmush sharoitini borib oʻrganish; | ||||||||||
| v) Tutingan ota-onalardan oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni qabul qilish; | ||||||||||
| g) Tutingan ota-onalar oʻz huquqlaridan gʻarazgoʻylik yoki boshqa niyatlarda, Tutingan bolaga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek uni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, ularni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qoʻzgʻatish; | ||||||||||
| d) mazkur Bitim boʻyicha kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudda ishtirok etish. | ||||||||||
| 5. Vasiylik va homiylik organining majburiyatlari: | ||||||||||
| a) bir yilda kamida ikki marotaba Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini borib oʻrganish; | ||||||||||
| b) Tutingan ota-onalarni sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilash lozimligi haqida joriy yil tugashidan bir oy oldin ogohlantirish; | ||||||||||
| v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Tutingan bolani har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash va Tutingan ota-onalarga har oyda nafaqa toʻlab borish choralarini koʻrish; | ||||||||||
| g) mazkur Bitim tuzilayotganda Tutingan ota-onalarga Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1189, 2002-yil 18-noyabr) talablarini tushuntirish. | ||||||||||
|
6. Tutingan ota-onalar quyidagi huquqlarga ega: | ||||||||||
| a) mazkur Bitimning 15-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda uni muddatidan oldin bekor qilish yuzasidan Vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish; | ||||||||||
| b) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) huquqlariga ega boʻlish; | ||||||||||
| v) Tutingan bola nomidan hamda uning manfaatlarini koʻzlab qonun hujjatlari talablariga zid boʻlmagan barcha zarur bitimlarni tuzish; | ||||||||||
| g) Tutingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlarni naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan olish; | ||||||||||
| d) Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida har oylik nafaqa olish. | ||||||||||
| 7. Tutingan ota-onalarning majburiyatlari: | ||||||||||
| a) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) majburiyatlarini bajarish; | ||||||||||
| b) qonuniy vakil sifatida Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, unga oʻz huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratib berish; | ||||||||||
| v) Tutingan bolani keyingi yil uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning 15-dekabrigacha Vasiylik va homiylik organiga buyurtma taqdim etish; | ||||||||||
| g) oʻz majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish; | ||||||||||
| d) Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobot bilan birga, mazkur mahsulotlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (kassa cheki yoxud tovarga haq toʻlanganligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) taqdim etish; | ||||||||||
| e) oʻzining sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish. | ||||||||||
| 8. Tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin. | ||||||||||
|
4-bob. Tutingan bolani taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berish | ||||||||||
| 9. Tutingan bolani taʼminlash, tarbiyalash va uning taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Tutingan ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi. | ||||||||||
| 10. Tutingan bola tarbiyalanayotgan oiladagi bolalarning umumiy soni, oʻz bolalari va Tutingan bolalar bilan birgalikda, qoida tariqasida, 8 nafardan oshmasligi kerak. | ||||||||||
| 11. Tutingan bolalar Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1189, 2002-yil 18-noyabr) muvofiq zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlanadi. Tutingan ota-onalarga Tutingan bolaning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. | ||||||||||
| 12. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning taʼminoti, unga taʼlim-tarbiya berish va uning sogʻligʻini saqlash boʻyicha tegishli davlat organlari va mu�ssasalaridan huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olishi mumkin. | ||||||||||
| 13. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning maktabgacha taʼlim (ixtiyoriy), umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishi uchun barcha sharoitlarni taʼminlaydi. | ||||||||||
| 14. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qiladi. | ||||||||||
|
5-bob. Bitimni bekor qilish asoslari va oqibatlari | ||||||||||
| 15. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 196-moddasiga muvofiq, mazkur Bitim quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin: | ||||||||||
| uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining oʻzgarishi, Tutingan bola bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, Tutingan ota-ona tashabbusi bilan; | ||||||||||
| Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan; | ||||||||||
| Tutingan bola ota-onasiga qaytarilganda; | ||||||||||
| Tutingan bola farzandlikka olinganda. | ||||||||||
| 16. Mazkur Bitim quyidagi hollarda Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin: | ||||||||||
| Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizomning ikkinchi boʻlimi 4-bandiga muvofiq, Tutingan ota-ona bundan keyin Tutingan ota-ona vazifasini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar paydo boʻlsa; | ||||||||||
| Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini kuzatib borish jarayonida Tutingan ota-ona mazkur Bitim shartlariga rioya qilmayotganligi aniqlansa. | ||||||||||
| 17. Mazkur Bitimni Tutingan ota-ona tashabbusi bilan bekor qilish ularning arizasi asosida uch kun ichida Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. | ||||||||||
| 18. Mazkur Bitimning 15-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Bitimni bekor qilish Tutingan ota-onalarni kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. | ||||||||||
| 19. Mazkur Bitim bekor qilingan kundan boshlab Tutingan ota-ona Tutingan bolaga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yoʻqotadi, Tutingan ota-ona orqali Tutingan bolani zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash hamda uning manfaatlari yoʻlida sarflash uchun har oylik nafaqa toʻlash toʻxtatiladi. Bunda Tutingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilingan ashyolar Tutingan bolaning oʻzida qoldiriladi. | ||||||||||
| 20. Mazkur Bitim uning 15-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilingan hollarda Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uni joylashtirish choralarini koʻradi. | ||||||||||
|
6-bob. Nizolarni hal qilish | ||||||||||
| 21. Tutingan ota-ona Vasiylik va homiylik organining mazkur Bitimni tuzish, ijro etish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. | ||||||||||
| 22. Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. | ||||||||||
|
7-bob. Yakuniy qoidalar | ||||||||||
| 23. Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tutingan bola oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi. | ||||||||||
| 24. Mazkur Bitimga qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan va/yoki Tomonlarning kelishuviga muvofiq yozma shaklda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bitimning qonun hujjatlari asosida belgilangan shartlari oʻzgartirilishi mumkin emas. | ||||||||||
| 25. Mazkur Bitimda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. | ||||||||||
| 26. Mazkur Bitim ikki nusxada tuzildi, Vasiylik va homiylik organi hamda Tutingan ota-onalarda bir nusxadan saqlanadi. | ||||||||||
|
8-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va boshqa rekvizitlari | ||||||||||
| Tutingan ota-onalar | | Vasiylik va homiylik organi | ||||||||
| Yashash manzili:____________________________ __________________________________________________________________________________ |
| Yuridik manzili:__________________________ __________________________________________________________________________________ | ||||||||
|
Pasport maʼlumotlari: _____________________ |
|
Bank rekvizitlari:_________________________ | ||||||||
|
_________________________________________ |
|
_________________________________________ | ||||||||