Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3153-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 805-son “Baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 01/10-12/49-son “Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3153, 2019-yil 15-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/3153/2939-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati” jamoat birlashmasi va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-avgust,
01/11-14/11-son
Kelishildi:
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
2021-yil 25-avgust
“Oʻzbekiston baholovchilar Jamiyati” JB raisi N. MIRZARAXIMOVA
2021-yil 27-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2021-y., 10/21/3153-1/0847-son)