31.08.2021 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini bevosita O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida o‘tashini tizimli ravishda tashkil etish mexanizmini yaratish, shuningdek, xalqaro munosabatlar sohasida yuqori malakali va raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ushbu qaror maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari deganda — O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlar deganda — “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini (keyingi o‘rinlarda — amaliyot) tashkil etishning bosqichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyotga yuborilayotgan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ularni saralash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot o‘tash jarayoni, talabalarni qabul qiluvchi tashkilotlarning vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot o‘tashni moliyalashtirish, talabalarning xarajatlarini qoplash masalalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyoti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida shartnoma asosida tizimli ravishda o‘tkazilishi hamda amaliyotning tegishli dasturlarga muvofiq tashkil qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari talabalarning amaliyot davridagi faoliyatiga shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin. Bunda ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot dasturiga muvofiq talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot natijasiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga xulosa taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi milliy reyslarda xorijiy davlatlarga amaliyot o‘tashga yuborilayotgan talabalar uchun Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasi asosida borish va qaytish aviachiptalariga yiliga bir marotaba 20 foizli chegirma berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 31-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 551-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichlarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan, umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabalarning O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarida (keyingi o‘rinlarda — xorijdagi muassasalar) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot rahbari — talabalarni amaliyot davomida texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish, amaliy ko‘nikma va malakani shakllantirishga ko‘maklashish, amaliyot davrida talaba egallagan ko‘nikmalarni baholashga mas’ul etib belgilangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish amaliyoti (keyingi o‘rinlarda — amaliyot) — talabalarda amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishni nazarda tutuvchi, nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalda qo‘llashga qaratilgan ta’lim jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchi tashkilot — O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlar — “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Amaliyotni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amaliyot tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishiladigan dastur asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliyot bir o‘quv yilida bir marta 10 kundan kam bo‘lmagan va 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatlarda o‘tkaziladi. Qabul qiluvchi tashkilot imkoniyatlaridan kelib chiqib, talaba tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan tuzilgan uch tomonlama shartnomada amaliyotning aniq muddati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabaning amaliyotga shaffof va xolisona tanlov asosida saralab olinishi hamda amaliyot dasturining shakllantirilishi talaba tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasining rektori zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Amaliyotni tashkil etish uchun ta’lim muassasasining amaliyot rahbari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Amaliyot ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining ro‘yxati tuziladi hamda ularga berilgan tavsiyanomalar bilan birga har yili 1-iyuldan kechikmagan holda, Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saralab olishda talabalardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CEFR tizimining kamida S1 darajasiga mos keladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy reyting (o‘zlashtirish) ko‘rsatkichlari 80 ball va undan yuqori bo‘lishi, fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tomonidan taqdim qilingan nomzodlar Tashqi ishlar vazirligida qabul qiluvchi tashkilotning talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqsimotdan so‘ng nomzodlar Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillaridan tuzilgan komissiya tomonidan 20-iyulgacha suhbatdan o‘tkaziladi. Komissiya tarkibi tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayonida komissiya a’zolari tomonidan talabaning hujjatlari (tegishli darajada chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat, oliy ta’lim muassasasining tavsiyanomasi) o‘rganib chiqiladi, shuningdek, talabaning o‘z ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlariga aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suhbat natijalari yuzasidan komissiya bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bayonnomada talabalarning suhbat natijasiga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxati tasdiqlanadi va saralash ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amaliyot o‘taladigan davlatga borib kelishda aviachiptalarga 20 foizli chegirma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun “Uzbekistan Airways” AJga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni o‘tashga tavsiya etilgan talabalar dastlab, Tashqi ishlar vazirligining mintaqaviy va funksional boshqarmalarida qisqa muddatli (uch kundan besh kunga qadar) amaliyot o‘taydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur amaliyot jarayonida vazirlikning tegishli boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan talabaga u taqsimlangan xorijiy davlatning tashqi siyosati va qonunchiligiga oid umumiy ma’lumotlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturi ijrosini ta’minlaydi va tashkilotning ichki tartib qoidalari, ishlash rejimining xususiyatlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Amaliyotning samarali tashkil etilishiga qabul qiluvchi tashkilot rahbari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchi tashkilot rahbariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot dasturiga muvofiq talabalarga zarur shart-sharoitlarni (amaliyot o‘tash uchun joy ajratish, barcha xavfsizlik qoidalari talablariga javob beradigan turar joy yoki mehmonxonaga joylashtirilishiga ko‘mak berish) yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarga maxsus adabiyotlar va hujjatlardan foydalanish imkoniyatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida Tashqi ishlar vazirligi orqali oliy ta’lim muassasasi rektoriga xabar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot yakuni yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga xulosa taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabaning amaliyotni o‘tash uchun yo‘l xarajatlari, turar joy, kundalik va boshqa xarajatlari quyidagi tartibga binoan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaning o‘z hisobidan yoki homiylar xayriyalari hisobidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot o‘tashga yuboriladigan talabalar ro‘yxatida eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga talabalarning ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlari tegishli oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Amaliyotni o‘tash davrida talabaning belgilangan tartibda stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/551/0841-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)