26.08.2002 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAMARQAND, NAVOIY VA BUXORO VILOYATLARIDA ZARAFSHON DARYOSINING SUVNI MUHOFAZA QILISH ZONALARINI VA QIRGʻOQ BOʻYI MINTAQASINI BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qaroriga muvofiq va Zarafshon daryosining suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoq boʻyi mintaqasining umumiy maydoni tegishli ravishda 1-ilovaga* muvofiq 29789,3 gektar va tumanlar boʻyicha 3710,2 gektar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002—2004-yillar mobaynida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek daryo suvlari ifloslanishiga qarshi kurash boʻyicha qirgʻoqni mustahkamlash, oʻrmon-meliorativ tadbirlari va boshqa suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 2-ilovaga* muvofiq 3710,2 gektar maydonda Zarafshon daryosining qirgʻoq boʻyi mintaqasi yerlarini belgilangan tartibda yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻysinlar va foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlariga bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan tartibda yer ajratsinlar va ularga yerdan doimiy ravishda foydalanish huquqini beruvchi Davlat dalolatnomalarini bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda, 2003-yilgacha potensial ekologik xavfli obyektlarni suvni muhofaza qilish zonalaridan, istisnosiz barcha obyektlarni qirgʻoq boʻyi mintaqasidan chiqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻrmon plantatsiyalari barpo etish uchun suvni muhofaza qilish zonalaridan yer ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303-son