24.08.2021 yildagi 539-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini yanada ragʻbatlantirish, Vatan oldidagi sharafli burchini ado etishdagi xizmatlari uchun ularni munosib taqdirlash, xodimlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oʻz kasbining eng yaxshilarini aniqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” nominatsiyalari (keyingi oʻrinlarda — nominatsiyalar) boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi xodimlarni har yili “25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”ni nishonlash chogʻida eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan gʻoliblarni har oylik pul taʼminotining 100 foizigacha miqdorda bir yil davomida moddiy ragʻbatlantirish tartibini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli nominatsiyalar boʻyicha ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarini oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni aniqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov natijalari asosida tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan tegishli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash tartibi hamda ularga beriladigan imtiyozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovining tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy qoʻmita) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovi (keyingi oʻrinlarda — tanlov) “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” nominatsiyalari boʻyicha hududiy saralash va respublika final bosqichlarida tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati sohalarida kamida bir yil, “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” nominatsiyasi boʻyicha hududiy ichki ishlar organi rahbarlik lavozimlarida kamida ikki yil amaliy ish tajribasiga ega ichki ishlar organlarining xodimlari ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari bir oylik pul taʼminotining 50 foizi miqdorida, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan xodimlar tegishlicha bir oylik pul taʼminotining 20 va 10 foizi miqdorida bir yil davomida moddiy ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari va sovrindorlari har yili “25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirida tantanali ravishda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy qoʻmita tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga vazirliklar va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilikni jalb etish, xodimlarning tanlovga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish va koʻtarinki ruhda oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning adolatli va shaffof oʻtkazilishi, shuningdek, nomzodlar sifatli va xolisona tanlab olinishi, qoʻyiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik tashkiliy qoʻmitaga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tanlovning yuqori darajada tashkil etilishi va oʻtkazilishi boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblari va sovrindorlarini taqdirlash hamda ularga yil davomida toʻlanadigan moddiy ragʻbatlantirish pul mablagʻlari, shuningdek, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblari va sovrindorlarning fotosuratlari hamda ular haqidagi maʼlumotlarni bir yil davomida barcha ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida joylashtirish, xizmat vazifalarini bajarish jarayoni va erishgan yutuqlarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻidagi axborot resurslari orqali keng targʻib etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvargacha joriy yildagi tanlov natijalaridan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlari tizimida boshqa nominatsiyalar boʻyicha respublika tanlovlarini tashkil etish tartibini belgilovchi ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqsin va bu boradagi ishlarni doimiy ravishda ragʻbatlantirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
539-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 539-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — IIV) tegishli tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida xizmat olib borayotgan xodimlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlovda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi boʻyicha — IIVning barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi tergovchi” nominatsiyasi boʻyicha — IIV huzuridagi Tergov departamentida, uning barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida tergov (surishtiruv) sohasida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi tezkor xodim” nominatsiyasi boʻyicha — IIV markaziy apparatida, uning barcha tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida tezkor-qidiruv faoliyati sohasida xizmat qilayotgan hamda mazkur sohada kamida bir yil amaliy ish tajribasiga ega xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” nominatsiyasi boʻyicha — hududiy ichki ishlar organi boshligʻi lavozimida xizmat qilayotgan hamda mazkur lavozimda kamida ikki yil amaliy ish tajribasiga ega rahbar xodimlar qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovda yoshi, jinsi, lavozimi va unvonidan qatʼi nazar, mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan barcha xodimlar qatnashishi mumkin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi xodimlarning tanlovda qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar tarkibining maxsus unvonlariga ega boʻlgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV markaziy apparatining departamentlari, bosh boshqarmalari va boshqarmalari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari lavozimida xizmat qilayotgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va uning oʻrinbosarlari lavozimida xizmat qilayotgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari lavozimida xizmat qilayotgan xodimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yoki hududiy komissiya aʼzolari, savollarni tuzishga masʼul shaxslar hamda tanlovni oʻtkazishga bevosita daxldor boʻlgan xodimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlovda hududiy komissiya aʼzolari bir vaqtning oʻzida respublika komissiyasi tarkibida qatnashishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlovdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimlari ongi va qalbida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!” konseptual gʻoyasini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik hislarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining aholi orasidagi nufuzini yanada oshirish, xodimlarda vijdonan va sadoqat bilan xizmat qilish tuygʻularini kuchaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik kasb mahorati va sanʼati samarali oʻzlashtirilishi, shaxsiy tarkibning individual kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning intellektual va professional salohiyatini oshirish hamda bu boradagi faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xodimlarda tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak bilimli va professional kasb mahoratiga ega boʻlgan isteʼdodli yosh kadrlarni aniqlash hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash maqsadida istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazishning umumiy talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovining tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy qoʻmita) tomonidan har yili iyun-iyul oylari davomida tanlov oʻtkazilishi haqida IIVning “www.iiv.uz” rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar IIVning “www.iiv.uz” rasmiy veb-sayti orqali mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan muddat davomida roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatdan oʻtish yilning 31-iyul kuni yakunlanadi va roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar haqidagi barcha maʼlumotlar tashkiliy qoʻmita tomonidan tegishli hududiy ichki ishlar organlariga tanlovni tashkil etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarning boshqacha tarzda roʻyxatdan oʻtishiga yoki hududiy saralash bosqichida ishtirok etmasdan keyingi bosqichda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov har yili 1-avgustdan 30-sentabrga qadar quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy saralash bosqichi — avgust oyida IIV markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika final bosqichi — sentyabr oyida hududiy saralash bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida respublika miqyosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlovning hududiy saralash bosqichini oʻtkazish uchun har yili iyul oyida ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat yoʻnalishlari boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiya rais, uning oʻrinbosari, tegishli sohaviy xizmatning 4 nafar malakali xodimlari va komissiya kotibidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyalar tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlovning respublika final bosqichini oʻtkazish uchun har yili iyul oyida sohaviy xizmat yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi tarkibda respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — respublika komissiyasi) tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tegishli sohaviy xizmatga rahbarlikni amalga oshiruvchi oʻrinbosari, bundan rahbar xodimlar boʻyicha tanlovni oʻtkazishga masʼul respublika komissiyasi mustasno boʻlib, mazkur komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri raislikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais oʻrinbosarlari — IIVning tegishli departament yoki bosh boshqarma boshliqlari (2 nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzolar — IIV markaziy apparatining tegishli sohaviy xizmatlari xodimlari (8 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotib — IIV markaziy apparatining tegishli sohaviy xizmati xodimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hududiy va respublika tanlov komissiyalari oʻz faoliyatini har yili 1-iyuldan 20-oktabrga qadar olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov quyidagi sinovlar asosida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning jangovar tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari (bunda tezkor-qidiruv faoliyati boʻyicha test sinovlari qogʻoz shaklida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning IQ (intellektual koeffitsiyent) va individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar bilan yakka tartibdagi suhbat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika komissiyalari tomonidan mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan sinovlar asosida tanlovni oʻtkazish tartibi, mashgʻulotlar turi va baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda tanlov boshlanishidan kamida 15 kun oldin tashkiliy qoʻmita bilan tegishli tartibda kelishgan holda hududiy komissiyalarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlari ishtirokchilarining sinov natijalari 100 balli tizim asosida tegishli respublika komissiyalari tomonidan belgilangan tartib boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tanlov ishtirokchilari oʻzaro teng huquqli boʻlib, ustunlik yoki imtiyozlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov oshkora tartibda oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari kuzatuvi ostida amalga oshirilishi hamda tegishli tartibda texnik vositalar orqali qayd etib borilishi mumkin, tezkor-qidiruv faoliyati sohasi xodimlari bilan oʻtkaziladigan test va yakka tartibdagi suhbat sinovlari bundan mustasno, mazkur sinovlar yopiq tarzda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarida ishtirokchilaridan mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan sinovlar qabul qilinadi va koʻp balli tizim asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sinovlar natijasi boʻyicha toʻplangan ballar qoʻshilib, har bir ishtirokchining yakuniy bali respublika komissiyasi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Gʻolib va sovrindorlar ballar yigʻindisi yakuni boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ikki va undan ortiq ishtirokchining toʻplagan yakuniy ballari teng boʻlgan hollarda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlovning hududiy saralash bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etishga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyaning umumiy yigʻilishi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etishga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan ishtirokchilarning roʻyxati koʻrsatiladi hamda respublika komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlovning respublika final bosqichi tegishli nominatsiyalar boʻyicha hududiy saralash bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Respublika komissiyasining umumiy yigʻilishi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda tanlovning respublika final bosqichida gʻolib boʻlgan, shuningdek, sovrinli oʻrinlarni egallagan va faol ishtirok etgan xodimlarning roʻyxati koʻrsatiladi hamda tashkiliy qoʻmitaga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tanlovning respublika final bosqichining yakuniy natijalari tashkiliy qoʻmita qarori bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib hamda sovrindorlar roʻyxati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichlarida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar gʻolib, 2 va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar sovrindorlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tanlovning gʻolib va sovrindorlari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududiy saralash bosqichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oʻrin uchun — I darajali diplom va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-oʻrin uchun — II darajali diplom va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-oʻrin uchun — III darajali diplom va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika final bosqichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oʻrin uchun — I darajali diplom va har oylik pul taʼminotining 50 foizi miqdorida bir yil davomida toʻlanadigan pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-oʻrin uchun — II darajali diplom va har oylik pul taʼminotining 20 foizi miqdorida bir yil davomida toʻlanadigan pul mukofoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-oʻrin uchun — III darajali diplom va har oylik pul taʼminotining 10 foizi miqdorida bir yil davomida toʻlanadigan pul mukofoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tanlovning respublika final bosqichida faol ishtirok etib oʻzining bilim va kasbiy mahoratini yuksak darajada koʻrsatgan, biroq gʻolib yoki sovrindor boʻlmagan ishtirokchilar tashkiliy qoʻmita qarori bilan qoʻshimcha ravishda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoxud qimmatbaho sovgʻa bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tanlovning hududiy saralash va respublika final bosqichi gʻolib hamda sovrindorlariga diplom, pul mukofotlari va boshqa qimmatbaho sovgʻalar har yili “25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbirida tantanali ravishda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tanlovning respublika final bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi intizomiy jazolarini muddatidan oldin bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar kadrlarni tayyorlash boʻyicha kurslar va taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilish yuzasidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid taʼlim muassasalari va tashkilotlarida oʻqish yoki malaka oshirishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va davlat mukofotlariga tavsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan xodimlar natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab 1 kun davomida apellatsiya komissiyalariga apellatsiya arizasi berish huquqiga ega. Apellatsiya arizasi 1 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tanlovning hududiy saralash bosqichi apellatsiya komissiyalari tegishli hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari, respublika final bosqichi apellatsiya komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyalari tarkibiga tanlov komissiyalari faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan xodimlarning apellatsiya arizalarini koʻrib chiqishda ularning oʻzi ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellatsiya komissiyalari xodimlarning apellatsiya arizalarini koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligining “www.iiv.uz” rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.

Iyun-iyul oylari davomida

2-bosqich

Ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmat xodimlari

Nomzodlar Ichki ishlar vazirligining “www.iiv.uz” rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Iyun-iyul oylari davomida

3-bosqich

Hududiy komissiya

(hududiy saralash bosqichi)

1. Tanlovning “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” hamda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” nominatsiyalari boʻyicha hududiy saralash bosqichi oʻtkaziladi.

2. Hududiy saralash bosqichi natijalari boʻyicha ishtirokchilarni tanlovning respublika final bosqichida ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

3. Tegishli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarning umumlashtirilgan roʻyxati tuziladi hamda Respublika komissiyasiga taqdim etiladi.

Avgust oyida

4-bosqich

Respublika komissiyasi

(respublika final bosqichi)

1. Tanlovning hududiy saralash bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasida belgilangan normativlar boʻyicha sinovlar oʻtkaziladi.

2. Toʻplangan ballarni qoʻshish orqali har bir ishtirokchining yakuniy ballari yigʻindisi chiqariladi.

3. Ballar yigʻindisi yakuniga koʻra gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Sentyabr oyida

5-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Tanlovning “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim” hamda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib va sovrindorlar taqdirlanadi.

25-oktabr kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 539-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash boʻyicha respublika tanlovining tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

P.R. Bobojonov

—

ichki ishlar vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

Sh.U. Sobirov

—

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari

A.I. Ikramov

—

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

Y.A. Abdulxakov

—

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

Sh.I. Norgitov

—

Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti boshligʻi

A.A. Abidjanov

—

Ichki ishlar vazirligining Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti boshligʻi

F.Y. Badalboyev

—

Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi

M.A. Mirziyayev

—

Ichki ishlar vazirligining Oʻz xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi

Sh.K. Giyasov

—

Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi

X.V. Maxsumov

—

Ichki ishlar vazirligining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan xodimlar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2021-y., 09/21/539/0824-son)