23.08.2021 yildagi PQ-5228-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish boʻyicha “mahallabay” ishlash tizimining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi mablagʻlar ajratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shu jumladan aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida 100 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 10 foiz stavkada, 7 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida amalga oshiriladigan loyihalarga kredit berish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng boʻlgan yillik foiz stavkasida kreditlar ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar “Turonbank” ATB ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini oshirish orqali Surxondaryo viloyatida limonchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 7 foiz stavkada, 7 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahalla hududlarida “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga har bir mahalla uchun 2 mlrd soʻmgacha mablagʻni yillik 10 foiz stavkada ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 50 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 2,5 foiz stavkada, 10 yil muddatga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyatiga va ushbu bank tomonidan boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali viloyatda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish hamda eksportyorlarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda 2022-2023-yillarda viloyatda yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va ish oʻrinlarini yaratish prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda “xonadonbay” ishlash tizimi asosida “ogʻir” mahallalardagi aholining turmush sharoiti, istak-xohishi va imkoniyatlarini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ogʻir” mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni tasdiqlasin. Bunda, har bir mahallada aholining azaldan shakllangan mehnat koʻnikmasidan kelib chiqib, eng samarali “oʻsish nuqtalari” sifatida chorvachilik, parrandachilik, tomorqa va issiqxona xoʻjaligi, hunarmandchilik, kosibchilik va kichik ishlab chiqarish kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikki oy muddatda tijorat banklari bilan birgalikda “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda tanlab olsin va ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarga biriktirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalardagi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlgan aholini “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga biriktirish yoki oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xalqaro moliya institutlaridan qoʻshimcha jalb qilinayotgan 50 mln AQSH dollari ekvivalentidagi qarz mablagʻlari hisobiga Surxondaryo viloyatida 2021-2022-yillarda tashkil etiladigan zamonaviy issiqxona loyihalarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati hokimligining xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladigan viloyatning togʻli va yerlari shoʻrlangan hududlarida yangidan tashkil etiladigan va shu hududlarda roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlari uchun (klasterlar bundan mustasno) 2021-yil 10-sentabrdan 2024-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻining amalda belgilangan stavkasini 50 foizga pasaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bir oy muddatda Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida, shuningdek, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladigan togʻli va yerlari shoʻrlangan hududlarda yangi tashkil etiladigan va shu hududlarda roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlarini (klasterlar bundan mustasno) 2024-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan miqdorini toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surxondaryo viloyatining mahalliy sanoat korxonalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan hamda faqat oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan 2024-yil 1-iyulga qadar ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga muvofiq Surxondaryo viloyatining past rentabelli 136,3 gektar yer maydonlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandixon tumani “Bandixon” MFY hududidagi 47G, 47B, 47Q va 46-konturlarda joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 34 gektar yer maydonlari tuman markazining ishlab chiqilayotgan yangi bosh rejasiga muvofiq koʻp qavatli turar joylar majmuasi, aholining dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun yashil sayilgoh, madaniy va maʼrifiy markaz hamda koʻngilochar obyektlar barpo etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan aholi punktlarining yerlari toifasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz tumani “Surxon doʻstlik sarhadi” massividagi 454 gektar yaylov yerlari oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Surxondaryo viloyati hokimligi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan yer uchastkalarining toifalari oʻzgarishi bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish, yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, mazkur qarorning 9-bandiga muvofiq 170,3 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va 454 gektar oʻrmon fondi yerlari boshqa yerlar toifasiga oʻtkazilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hisob palatasi Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, toʻlovlar asoslanganligi va loyiha xarajatlari maqbullashtirilganligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolovga — ushbu qarorga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va manzilli foydalanilishini taʼminlash, “ogʻir” mahallalarda “xonadonbay” ishlash tizimi asosida ishlarni yoʻlga qoʻyish va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha samarali natijalarga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga — Markazlar faoliyatini toʻliq va samarali yoʻlga qoʻyish, mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning oʻrinbosari S.U. Umurzakovga — vazirliklar, idoralar va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi bilan bogʻliq jarayonlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 10-noyabr va 2022-yil 10-fevralga qadar axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5228-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5228-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida sanoat yerlari toifasiga oʻtkazilayotgan past rentabelli, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Kontur raqami

Yer maydoni, ga

shundan:

Qishloq xoʻjaligi yerlarining ball boniteti

qishloq xoʻjaligi yerlari

shundan:

sugʻoriladigan yerlar

yaylovlar

Jami:

136,3

136,3

116,0

20,4

1.

Angor tumani

102

10

10

10

33,2

10

6,3

6,3

6,3

34,4

12

1,2

1,2

1,2

34,4

30

4,7

4,7

4,7

38

28

10

10

10

38

224

4

4

4

60,8

2.

Bandixon tumani

1456

14

14

14

45

315

27

27

27

49,9

3.

Boysun tumani

80

2

2

2

44

4.

Jarqoʻrgʻon tumani

4

4

4

yaylov

101

4

4

4

yaylov

5.

Qiziriq tumani

23, 23 a, 19, 19 a, 19 b, 19 v, 9 a

10

10

10

40,2

795

2

2

2

29

6.

Qumqoʻrgʻon tuman

224-q

1

1

1

41

528

7

7

7

43,5

70

0,9

0,9

0,9

yaylov

7.

Muzrabot tumani

455

5,3

5,3

5,3

38

8.

Termiz tumani

37

2

2

2

yaylov

80 a

1,5

1,5

1,5

yaylov

82-83 k

3

3

3

41

9.

Termiz shahri

214

6,3

6,3

6,3

58

10.

Oltinsoy tumani

321

5

5

5

73

Oltinsoy tumani

478-500

1

1

1

36

11.

Sherobod tumani

791, 792

4,2

4,2

4,2

31

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 07/21/5228/0814-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)