31.07.2021 yildagi SQ-361-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimi joriy etilsin va bunda quyidagilar reyting baholashning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar sogʻligʻini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar uchun zamonaviy va sifatli taʼlimni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishini reyting baholash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasiga hududlarni reyting baholash va monitoring qilish jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlislarida muhokama etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda faol va tashabbuskor yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlarini muntazam shakllantirib borish hamda ularning rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida tavsiya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tashkil etiladigan Yoshlar parlamenti vakillari maktabining namunaviy Nizomi va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda Oliy Majlis Senati Kengashi muhokamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyasi asosida yosh, gʻayratli, fidoyi oʻgʻil-qizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolariga biriktirish hamda ularning oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borishiga doir tavsiyalar ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumat dasturini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda reyting baholashga koʻra eng yuqori natija koʻrsatgan 3 ta (1, 2 va 3-oʻrin) hudud rahbarlari hamda ularning yoshlar masalalariga masʼul boʻlgan oʻrinbosarlarini moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirish tartibi va manbalari yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududlarni reyting baholash boʻyicha ishchi organ etib belgilansin va uning zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat dasturi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlari ijrosi boʻyicha har chorakda Senatga axborot kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash uchun zarur boʻlgan umumlashtirilgan maʼlumotlarni Senatga muntazam taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan reyting baholashga doir maʼlumotlarni markazlashgan yagona elektron tizim orqali qabul qilish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash natijalariga asosan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan hududda har yili 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan respublika yoshlar va talabalar forumini tashkil qilish hamda ushbu hududning yoshlar bilan samarali ishlash tajribasini respublika boʻyicha tatbiq etish choralarini koʻrish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda hududlarni indikatorlar asosida reyting baholash metodikasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Senatiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati doirasidagi reyting baholashga oid rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlarni markazlashgan yagona elektron tizimga muntazam ravishda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili yoshlarga oid hududiy dasturlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholashga doir maʼlumotlarni markazlashgan yagona elektron tizimga kiritib borish boʻyicha masʼul xodim biriktirilishini hamda mazkur xodimning Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosatini tuman va shaharlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida baholab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash natijalarini mahalliy Kengashlar majlislarida muntazam ravishda muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududlarni reyting baholash tizimi 2021-yilning sentyabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etilsin va Respublika komissiyasi har yili 1-iyun sanasiga qadar reyting baholash natijalarini eʼlon qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati hududlarni reyting baholash jarayonlarining ommaviy axborot vositalari va Senatning rasmiy veb-saytida muntazam yoritilishini hamda reyting baholashning mazmun-mohiyatini tushuntirishga hamda bu borada bajarilayotgan ishlarni keng yoritishga qaratilgan media-reja ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-361-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-361-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash (bundan buyon matnda — hududlarni reyting baholash) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting baholash — reyting koʻrsatkichlari va indikatorlari yordamida yoshlar bilan ishlash holatini baholash orqali hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha boʻlgan oʻrnini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikator — hududlarning yoshlar bilan ishlash holatini reyting baholash uchun zarur boʻlgan asosiy ustuvor koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subindikator — indikatorlar boʻyicha baholarni shakllantirishda foydalaniladigan aniq soha boʻyicha koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda ularning tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib hudud — yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash natijalariga koʻra eng yuqori oʻrinni egallagan hudud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarni reyting baholash ushbu Nizom 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reyting baholashga oid asosiy indikatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyting baholash quyidagi indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida yosh deputatlarning ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.2. Hududlarda faoliyat olib borayotgan yosh rahbarlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.3. Yoshlarga oid hududiy dasturlarning ijro holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.4. Profilaktik roʻyxatda turuvchi yoshlar koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.5. Yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1.6. Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan profilaktik ishlarning olib borilganligi va bandligi taʼminlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Yoshlar sogʻligʻini saqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2.1. Yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qamrovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2.2 Yoshlarda ortiqcha vazn toʻplanishining oldini olish choralari koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2.3. Yoshlarni yuqumli kasalliklar va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklardan himoya qilish holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilalarga joylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.2. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining uy-joy bilan taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.3. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.4. Inklyuziv taʼlimning yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.5. Viloyat, tuman va shaharlar kutubxonalarida nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kutubxona xizmatlarining joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.6. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining toʻgaraklarga imtiyoz asosida jalb qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3.7. Imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Yoshlar uchun zamonaviy va sifatli taʼlimni taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4.1. Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4.2. Maktablarda axborot texnologiyalari darslarining zamonaviy dasturlar (“Kembrij” dasturlari) asosida yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4.3. Yoshlarning xalqaro va respublika fan olimpiadalarida erishgan natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4.4. Yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4.5. IT-markazlarining tashkil etilganligi holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5.1. Yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarining tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5.2. Tuman, shahar va viloyat darajasida bitiruvchilar bandligini taʼminlashga oid dasturlarning ijro holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5.3. Yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʻoyalari tanlovida ishtiroki va gʻoliblarga grantlar ajratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5.4. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5.5. “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi loyihalar soni va yaratilgan yangi ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5.6. Yoshlarning hududlarda tadbirkorlikka oʻrgatish boʻyicha tashkil etilgan yangi biznes maktablariga jalb etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli va isteʼdodlilarini ragʻbatlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.1. Ilm-fan, madaniyat, sport sohasida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.2. Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovlar va gʻolib boʻlganlarning taqdirlanganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.3. Viloyat, tuman va shahar kutubxonalarining oʻz binosiga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.4. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish va isteʼdodini yuzaga chiqarish borasida tashkil etilgan toʻgaraklar soni va undagi yoshlar qamrovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.5. Yoshlar ishtirokida festivallar, koʻrik-tanlovlar va forumlarning tashkil etilganligi va ularda yoshlar ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.6. Yoshlarni sport bilan qamrab olinganlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.7. Davlat-xususiy sheriklik asosida sport inshootlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.8. Hududlarda mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” maydonchalari hamda velosport, yurish va yugurish yoʻlakchalarining toʻliq tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6.9. Yoshlar turizmining yoʻlga qoʻyilganligi, xususan, Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum qoʻriqxonalariga sayohatlar uyushtirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7.1. Yosh oilalarga uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7.2. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8.1. Yoshlardan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8.2. Yoshlarning “Yoshlar daftari”dan chiqarilganligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8.3. Viloyat, tuman va shahar hokimlari va yoshlar uchrashuvlarida koʻtarilgan yoshlar muammolarining ijobiy hal qilinganligi darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyasi asosida yoshlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga biriktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9.2. Faol yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatiga jalb etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9.3. Mahalliy Kengashlarda Yoshlar parlamenti vakillari maktablari tashkil etilganligi va ularning faoliyat samaradorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida hisoblash va reyting baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Indikatorlar oʻn toʻrtta maʼmuriy hudud boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishini reyting baholash boʻyicha Respublika komissiyasi (bundan buyon matnda — Respublika komissiyasi) tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika komissiyasi hududlarni reyting baholash va monitoring qilish jarayonlarini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Indikatorlarni hisoblashda hududlar tomonidan taqdim etilgan rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida baholash ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilish holati indikatorlarning miqdoriga qarab, noldan yuz ballgacha reytingda baholanadi va shu tartibda eng yuqori ball toʻplagan hudud aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududlarni indikatorlar asosida reyting baholash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan baholash metodikasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, hududlarda bajarilgan ishlar natijadorligi oʻsha hududdagi yoshlar umumiy soniga nisbatan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Reyting baholashga doir hujjatlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududlar tomonidan reyting baholashga doir rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlar har chorakda Ishchi organga taqdim etib boriladi. Bunda hududlar maʼlumotlarni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan joriy etilgan markazlashgan yagona tizim orqali masofadan elektron shaklda kiritadi. Har bir hudud masʼul vakiliga tizimga kirish uchun ruxsat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy maʼlumotlar har yili 1-maygacha tizimga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri joriy yilning 1-mayidan keyingi yilning 1-mayigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir hududning birinchi rahbari tizimga kiritgan maʼlumotning toʻgʻriligi va aniqligi uchun javobgar hisoblanadi. Hududlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar Senat ishchi guruhi tomonidan joylarga chiqib oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Reyting baholash natijalari boʻyicha hudud rahbarlarini ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyting natijalariga asosan eng yuqori ball toʻplagan 3 ta (1, 2 va 3-oʻrinni egallagan) hudud rahbarlari va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari keyingi hisobot davri uchun reyting baholash natijalari eʼlon qilinguniga qadar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyting natijalariga asosan eng yuqori ball toʻplagan hududga gʻoliblik bayrogʻi berilib, ushbu hudud navbatdagi reyting baholash natijalari eʼlon qilingunga qadar gʻolib hudud hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Gʻolib hududda har yili 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan respublika yoshlar forumini tashkil etish hamda ushbu hududning yoshlar bilan samarali ishlash tajribasini respublika boʻyicha tatbiq etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reyting natijalariga koʻra eng past ball toʻplagan hudud rahbarlari va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Senat tomonidan eng past natija koʻrsatgan hududga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda eng samarali usullar va ish tajribalari tavsiya etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ushbu Nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi hamda reyting baholash tartibi takomillashtirilib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hududlar tomonidan ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning berilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, tegishli rahbarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni reyting baholashni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimlari

Davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlimlari tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-ilovasini tegishliligi boʻyicha toʻldirilishini taʼminlaydi va umumiy maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul doimiy komissiyasiga hamda Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Har oyda

2-bosqich

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul doimiy komissiyasi

Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.

Har chorakda

3-bosqich

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari

Yoshlar masalalariga masʼul doimiy komissiya kiritgan maʼlumotlarni muhokama qilib, tegishli qaror qabul qiladi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul qoʻmita va doimiy Komissiyasiga taqdim etadi.

Har chorakda

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul qoʻmita va doimiy komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari

1. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan yuborilgan maʼlumotlarni umumlashtiradi.

2. Umumlashgan maʼlumotlarni biriktirilgan masʼul xodim tomonidan markazlashgan elektron tizimga kiritilishini nazorat qiladi.

Har chorakda

3. Yoshlarga oid davlat siyosatining tuman (shahar)larda amalga oshirilishini reyting baholash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi muhokamasiga kiritadi.

Har chorak yakunida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari

1. Yoshlar masalalariga masʼul qoʻmita va doimiy komissiya kiritgan maʼlumotlarni muhokama qiladi hamda Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan baholash metodikasiga asosan yoshlarga oid davlat siyosatining tuman (shahar)larda amalga oshirilishini reyting baholaydi va tegishli qaror qabul qiladi.

Hisobot davri yakunida

2. Reyting baholash natijalariga koʻra eng yuqori natijaga erishgan 3 ta (1, 2 va 3-oʻrin) tuman (shahar) hokimlari va ularning yoshlar masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosarlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi.

Navbatdagi yil gʻolibi aniqlangunga qadar

6-bosqich

Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

1. Reyting baholash uchun zarur maʼlumotlarni kiritib borish uchun tashkil etilgan markazlashgan elektron tizimning doimiy ishlashini hamda unga oʻz vaqtida doimiy maʼlumotlar kiritilib borilishini taʼminlaydi.

Doimiy

2. Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini bevosita hududlarga chiqib oʻrgandi.

Reja asosida

3. Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan baholash metodikasiga muvofiq markazlashgan elektron tizimga kiritilgan rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlar asosida Yoshlarga oid davlat siyosatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishi reyting baholaydi hamda gʻoliblarni eʼlon qilib boradi.

Har yili

1-iyunga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida reyting baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikatorlar

T/r*

Subindikatorlar

Baholash mezonlari

Statistik maʼlumotlar

(raqam va foizlarda)

Ball**

Maʼlumotlarni taqdim etishga masʼul vazirlik va idoralar

Hudud nomi ________________________________

18 yoshdan 30 yoshgacha yoshlar soni: ___

Ish bilan band yoshlar soni: ___

Ishsiz yoshlar soni ___

Xorijda ishlayotgan yoshlar soni: ___

1.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish

4.1.1.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida yosh deputatlarning ulushi

Xalq deputatlari Kengashlaridagi yoshlar soni

Mahalliy hokimlik, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi

4.1.2.

Hududlarda faoliyat olib borayotgan yosh rahbarlar soni

Yosh rahbarlar soni

4.1.3.

Yoshlarga oid hududiy dasturlarning ijro holati

Samaradorlik foiz hisobida

4.1.4.

Profilaktik roʻyxatda turuvchi yoshlar koʻrsatkichi

Profilaktik roʻyxatda turuvchi yosh�ar soni

4.1.5

Yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar koʻrsatkichi

Yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar soni

4.1.6.

Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan profilaktik ishlarning olib borilganligi va bandligi taʼminlanganligi

Yoshlar bilan olib borilgan profilaktik ishlar va bandligi taʼminlanganlar soni

2.

Yoshlar sogʻligʻini saqlash

4.2.1.

Yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qamrovi

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan yoshlar soni

Mahalliy hokimlik, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

4.2.2.

Yoshlarda ortiqcha vazn toʻplanishining oldini olish choralari koʻrilganligi

Ortiqcha vazndan xolos etilgan yoshlar soni

4.2.3.

Yoshlarni yuqumli kasalliklar va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklardan himoya qilish holati

Yuqumli kasalliklar va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklar aniqlangan va davolangan yoshlar soni

3.

Nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish

4.3.1.

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilalarga joylashtirilganligi

Oilalarga joylashtirilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soni

Mahalliy hokimlik, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sport va turizm vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

4.3.2.

Mehribonlik uylari bitiruvchilarining uy-joy bilan taʼminlanganligi

Mehribonlik uylari bitiruvchilariga berilgan uy-joy soni

4.3.3.

Mehribonlik uylari bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi

Ishga joylashtirilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari soni

4.3.4.

Inklyuziv taʼlimning yoʻlga qoʻyilganligi

Inklyuziv taʼlimga jalb etilgan yoshlar soni

4.3.5.

Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kutubxona xizmatlarining joriy etilganligi

Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun sharoit yaratilgan kutubxonalar soni

4.3.6.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sport toʻgaraklariga imtiyoz asosida jalb qilinganligi

Imtiyoz asosida sport toʻgaraklariga jalb etilgan yoshlar soni

4.3.7.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinganligi

Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilingan imkoniyati cheklangan yoshlar soni

4.

Yoshlar uchun zamonaviy va sifatli taʼlimni taʼminlash

4.4.1.

Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi

Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb va hunarlarga oʻqitilgan 10-11-sinf oʻquvchilari soni

Mahalliy hokimlik, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi

4.4.2.

Maktablarda axborot texnologiyalari darslarining zamonaviy dasturlar (“Kembrij” dasturlari) asosida yoʻlga qoʻyilganligi

Axborot texnologiyalari darslarining “Kembrij” dasturlari asosida yoʻlga qoʻyilgan maktablar soni

4.4.3.

Yoshlarning xalqaro va respublika fan olimpiadalarida erishgan natijalari

Olimpiadalarda gʻolib boʻlgan yoshlar soni

4.4.4.

Yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan yoshlar soni

4.4.5.

IT-markazlarining tashkil etilganlik holati

Tashkil etilgan IT-markazlarining soni

5.

Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish

4.5.1.

Yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarining tashkil etilganligi

Yoshlar uchun tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari soni

Oliy Majlis Senati, Mahalliy hokimlik, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi

4.5.2.

Tuman, shahar va viloyat darajasida bitiruvchilar bandligini taʼminlashga oid dasturlarning ijro holati

Dasturlarning bajarilish koʻrsatkichi (%)

4.5.3.

Yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʻoyalari tanlovida ishtiroki va gʻoliblarga grantlar ajratilganligi

Tanlovda ishtirok etgan yoshlar soni va ajratilgan grantlar miqdori

4.5.4.

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holati

Tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan yoshlar soni

4.5.5.

“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi loyihalar soni va yaratilgan yangi ish oʻrinlari

Ushbu zonalardagi loyihalar va yaratilgan ish oʻrinlari soni

4.5.6.

Yoshlarning hududlarda tadbirkorlikka oʻrgatish boʻyicha tashkil etilgan yangi biznes maktablariga jalb etilganligi

Yangi biznes maktablariga jalb etilgan yoshlar soni

6.

Yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli va isteʼdodlilarini ragʻbatlantirish

4.6.1.

Ilm-fan, madaniyat, sport sohasida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalar natijalari

Ushbu yoʻnalishlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar soni

Mahalliy hokimlik, Madaniyat vazirligi Turizm va sport vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi, Hunarmand uyushmasi

4.6.2.

Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovlar va gʻolib boʻlganlarning taqdirlanganligi holati

Ushbu yoʻnalishda oʻtkazilgan tanlovlar va taqdirlangan yoshlar soni

4.6.3.

Viloyat, tuman va shahar kutubxonalarining oʻz binosiga egaligi

Oʻz binosiga ega kutubxonalar soni

4.6.4.

Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlarig? qiziqishlarini oshirish va isteʼdodini yuzaga chiqarish borasida tashkil etilgan toʻgaraklar soni va undagi yoshlar qamrovi

Ushbu yoʻnalishlarda tashkil etilgan toʻgaraklar va ularga jalb qilingan yoshlar soni

4.6.5.

Yoshlar ishtirokida festivallar, koʻrik-tanlovlar va forumlarning tashkil etilganligi va ularda yoshlar ishtiroki

Yoshlar ishtirokida tashkil qilingan festivallar, koʻrik-tanlovlar va forumlar va unda ishtirok etgan yoshlar soni

4.6.6.

Yoshlarning sport bilan qamrab olinganligi darajasi

Sport bilan qamrab olingan yoshlar soni

4.6.7.

Davlat xususiy sheriklik asosida sport inshootlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi

Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan sport inshootlari soni

4.6.8.

Hududlarda mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” maydonchalari hamda velosport, yurish va yugurish yoʻlakchalarining toʻliq tashkil etilganligi

Tashkil etilgan mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” maydonchalari hamda velosport, yurish va yugurish yoʻlakchalari soni (har bir sport turi boʻyicha)

4.6.9.

Yoshlar turizmining yoʻlga qoʻyilganligi, xususan, Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum qoʻriqxonalariga sayohatlar uyushtirilganligi

Taʼtil paytida sayohatga yuborilgan yoshlar soni

7.

Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish

4.7.1.

Yosh oilalarning uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratilganligi

Imtiyozli kredit asosida uy-joylar bilan taʼminlangan yosh oilalar soni

Mahalliy hokimlik, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi

4.7.2.

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratilganligi

Yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun ajratilgan garovsiz kreditlar miqdori

8.

Yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish

4.8.1.

Yoshlardan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilganligi

Ijobiy hal etilgan yoshlar murojaatlari soni

4.8.2.

Yoshlarning “Yoshlar daftari”dan chiqarilganligi holati

Hisobot davrida “Yoshlar daftari”dan chiqarilganlar soni

4.8.3.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari va yoshlar uchrashuvlarida koʻtarilgan yoshlar muammolarining ijobiy hal qilinganligi darajasi

Uchrashuvlar natijasida muammolari hal etilgan yoshlar soni

9.

Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish

4.9.1.

Xalq deputatlari Kengashlari tavsiyasi asosida yosh, gʻayratli, fidoyi oʻgʻil-qizlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va senatorlarga biriktirilganligi

Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktirilgan yoshlar soni

Oliy Majlis Senati, xalq deputatlari Kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi

4.9.2.

Faol yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatiga jalb etilganligi

Mahalliy Kengashlar faoliyatiga jalb etilgan yoshlar soni

4.9.3.

Mahalliy Kengashlarda Yoshlar parlamenti vakillari maktablari tashkil etilganligi va ularning faoliyat samaradorligi

Yoshlar parlamenti vakillari maktablariga jalb etilgan yoshlar soni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Subindikatorlarning Nizomdagi tartib raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu ball Yoshlarga oid davlat siyosatini hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-361-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishini reyting baholash Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ism-sharifi

Lavozimi

1.

Narbayeva Tanzila Kamolovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Komissiya raisi

2.

Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich

—

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Sadullayev Alisher Zafar oʻgʻli

—

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

Gadoyev Erkin Fayziyevich

—

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi

5.

Umarov Narimon Madjidovich

—

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

6.

Burxonov Qudbiddin Nukriddinovich

—

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi

7.

Iminov Odiljon Karimovich

—

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

8.

Kadirxanova Malika Akbarovna

—

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

9.

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

—

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi

10.

Alixanov Boriy Batirovich

—

Senatning Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi

11.

Boqiyev Farhod Esonovich

—

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

12.

Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

13.

Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri

14.

—

Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri

15.

Bobobojonov Poʻlat Razzaqovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

16.

Nazarbekov Ozodbek Axmadovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

17.

Sodiqov Shuhrat Muhammadjanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

18.

Mamatov Rahmat Toshnazarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani koʻllab quvvatlash vaziri

19.

Xusanov Nozim Baxtiyorovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

20.

Xadjayev Asadjon Azatbekovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

21.

Xodjimatov Minxojiddin Mirzajonovich

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori

22.

Yunusov Alisher Bobomurodovich

—

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori oʻrinbosari

23.

Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilhom qizi

—

Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi

24.

Sharipov Sherzod Shavkatovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi, Komissiya kotibi