30.07.2021 yildagi SQ-345-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini (keyingi oʻrinlarda — Hukumat hisoboti) oʻrganib chiqib, muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Dasturning 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi boʻyicha Hukumat hisoboti haqidagi Oliy Majlis Senatining qarori (keyingi oʻrinlarda — Senat qarori) Vazirlar Mahkamasining Rayosatida muhokama qilingan hamda dasturda belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarmagan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlari jiddiy ogohlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2021-yilning birinchi yarimida ijrosi taʼminlanishi belgilangan 116 ta banddagi topshiriqning 89 tasi toʻliq bajarilgan, 2 ta bandning ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 7 ta bandidagi vazifalar muddatidan avval bajarilib, yil davomida ijro etilishi belgilangan 82 ta band yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni tashkil etgan. Savdo aylanmasi hajmi 104 trln 400 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan 109,0 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari 74 trln 900 mlrd soʻmga ijro etilgan, jami xarajatlari 79 trln 300 mlrd soʻmni, shundan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 40 trln 400 mlrd soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida 2021-yilda jami 7794 ta qishloq va mahallada 20 trln 800 mlrd soʻmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilning 30-iyun holatiga 209,2 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan, 78,5 ming nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitilgan, 24 mingdan ortiq fuqarolarga subsidiyalar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 4 mlrd 800 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan, eksport hajmlari 7 mlrd 55 mln dollarni — oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,3 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, yangi ustuvor vazifalar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi barcha sektorlar va mahallalar kesimida alohida rejalar tasdiqlangan hamda jami 425 ming 662 nafardan ortiq yoshlarning bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni, 5 ta qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini samarali tashkil etish uchun 660 ming doza AstraZeneca, 6 mln 500 ming doza ZF-UZ-VAK 2001, 370 ming doza “Sputnik-V” vaksinalari olib kelingan hamda hisobot davrida aholi jami 5 mln 300 ming doza vaksina bilan emlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — 10 yoshdagi 6 mln 100 ming nafar bolaga gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar yetkazib berilgan va degelmintizatsiya tadbirlari oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, salomatlik koʻrsatkichlari 4 ta guruh boʻyicha tasniflanib, 32 mln 458 ming 30 nafar fuqaro xatlovdan oʻtkazilib, maqsadli skrining va patronaj ishlari yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning 211 ta hududiy filiali hamda yoʻnalish boʻyicha ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatuvchi boʻlim va dispanserlarda telemeditsina aloqasi oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, har bir hududda tashqi qarz hisobiga amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga axborot kiritish amaliyoti talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2021-yilning birinchi yarmida bajarilishi qayd etilgan 7 ta, jumladan, 30, 142, 231, 234, 237, 242-bandlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari belgilangan muddatlarda qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada Dasturning quyidagi muhim vazifalari ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar boʻyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseylarning oliy taʼlim muassasalari bilan uzviy bogʻlanishini taʼminlash, 187 ta texnikumni oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliy taʼlim muassasalari va tarmoq korxonalariga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga taʼlim krediti berish tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Dasturda yil davomida bajarilishi nazarda tutilgan ayrim vazifalar ijrosi yuzasidan ishlar talab darajasida olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Dasturning 209-bandida sportning yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida aholi punktlarida, har bir mahalla va tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilish belgilangan. Bu borada ijrochilar tomonidan 2021-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Hukumat qarori loyihasi bugungi kunga qadar qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda joriy yilning birinchi yarmida bajarilishi belgilangan, biroq ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan 7 ta banddagi normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2021-yilning uchinchi choragida ijrosi belgilangan topshiriqlarning hamda yil davomida bajariladigan vazifalarning oʻz vaqtida ijro qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni kuchaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 2021-yil uchinchi chorakdagi ijrosi boʻyicha hisoboti doirasida ushbu Qarorning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kompleksi (A. Ramatov) joriy yilda jami 7794 ta qishloq va mahallada 20 trln 800 mlrd soʻmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining hududlardagi ijrosi yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha Senatga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi (S. Umurzakov) hududlarga hukumat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish natijalari, ularni qaytarish muddatlari va kafolatlari haqida Hukumat hisobotlarida alohida maʼlumotlar tahlilini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kompleksi (J. Kuchkarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tizimi shaffofligini oshirish maqsadida budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining depozitlar, berilgan qarzlar hamda qarz majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oʻz veb-saytlarida izchil eʼlon qilib borishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, jumladan, 900 nafar chin yetimga uy-joy ajratilishini qatʼiy nazoratga olish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kompleksi (B. Musayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar boʻyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston mehnat migrantlariga xizmat koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, jumladan, hayoti, sogʻligʻi, mehnat sharoitlari va shartnomada belgilangan ish haqi oʻz vaqtida berilayotganligi haqida doimiy monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseylarning oliy taʼlim muassasalari bilan uzviy bogʻlanishini taʼminlash, 187 ta texnikumni oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliy taʼlim muassasalari va tarmoq korxonalariga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga taʼlim krediti berish tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida joriy etilgan karantin cheklovlariga amal qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish, aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonini xalqaro talablar va standartlarga mos ravishda tashkil etish hamda jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda ogʻir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi boʻlgan ayollarga yordam berish yuzasidan Dasturda belgilangan ishlar oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A. Abduhakimov) sportning yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida aholi punktlarida, har bir mahalla va tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda Dasturdagi oʻz vaqtida bajarilmagan bandlar ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2021-yilning uchinchi choragida ijrosi belgilangan topshiriqlarning hamda yil davomida bajariladigan vazifalarning oʻz vaqtida ijro qilinishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarining joylardagi ijrosini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan qoʻshma tadbirlarda muhokama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududlarda tashqi qarz hisobiga amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborotlarini har chorakda eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-345-IV-son