Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
FERMER XOʻJALIKLARINING DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN PAXTA VA GʻALLA YETIShTIRISh XARAJATLARINI TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-noyabrda 1295-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 110, 242-v-2-sonli “Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1295-2, 04.01.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli “Oʻzdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporatsiyasini “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 31-son, 358-modda) qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga (2004-yil 6-yanvar, roʻyxat raqami 1295 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. yanvar, 1-2-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-noyabr,
117-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi v.v.b. M. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-noyabr,
242-B-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining
2004-yil 1-noyabrdagi
117, 242-V-1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining
2004-yil 1-noyabrdagi
117, 242-V-1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Fermer xoʻjaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band birinchi xatboshidagi “Oʻzdonmahsulot” DAK” soʻzlari “Oʻzdonmahsulot” AK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 7-band ikkinchi xatboshidagi “5 foiz” va “2,5 foiz” soʻzlari tegishlicha “3 foiz” va “2 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 11-banddagi “1,25 foiz” soʻzlari “0,75 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-oktabr
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi P. KAZIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-oktabr
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBULOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,45-46-son, 477-modda)