ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar boʻyicha yaratilgan axborot tizimida maʼlumotlarni toʻliq shakllantirgan holda Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ushbu tizimdan foydalanish huquqini berish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
2. |
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarida (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-tarbiya muassasalari) tarbiyalanuvchi bolalarga tarbiya berish, ularni fan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, boshlangʻich harbiy tayyorgarlik va sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish boʻyicha yangi tizimni amaliyotga tatbiq etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
3. |
Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholagan holda, oʻquv-tarbiya muassasalarining reyting tizimini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.Toshkulov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
4. |
Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-yanvar |
Milliy gvardiya (R. Djurayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Jamoat xavfsizligi universiteti (M. Rustambayev) |
|
5. |
Har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oʻqishdan boʻsh vaqtlarida Oʻzbekiston boʻylab (Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qoʻqon, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlarga) sayohatga olib chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
6. |
Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun yakka kurash, ot sporti, futbol, suzish, tennis, shaxmat kabi sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Oʻquv-tarbiya muassasalarining Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT-parklar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishini taʼminlash hamda ular tomonidan oʻquv kurslari tashkil etilishi choralarini koʻrish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
8. |
Oliy taʼlim muassasalari yetakchi professor-oʻqituvchilarining “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga oʻqitish boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlarini, “davra suhbatlarini”, fan musobaqalarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
Har yili 1-sentabrga qadar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) |
|
9. |
Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oʻqitish bilan shugʻullanuvchi yetakchi professor-oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
10. |
Oʻquv-tarbiya muassasalarini zarur sport anjomlari (bolalarning sport bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan holda), 20 tadan zamonaviy kompyuter toʻplami (uzluksiz tezkor Internet tarmogʻiga ulagan holda), tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik va boshqa sohadagi toʻgaraklarni tashkil etishga ixtisoslashgan xonalarning zarur moddiy-texnik bazasi hamda avtobuslar va mikroavtobuslar bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Maxsus maktab va maktab-internatlar faoliyatini va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning holatini oʻrganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 15-oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining faoliyatini qayta koʻrib chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 15-oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
“Raqamli Avlod” loyihasi bilan “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish. Bunda, “Mehribonlik” uylarida axborot texnologiyalari (IT) boʻyicha zamonaviy kasblarga yoʻnaltiruvchi “Raqamli Avlod” sinf xonalarini tashkil etish va dasturlash, 2D va 3D dizayn, robototexnika, raqamli media-marketing va frilansing boʻyicha darslarni yoʻlga qoʻyish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil 1-oktabr |
Prezident taʼlim muassasalari agentligi (X. Umarova), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
14. |
Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ushbu muassasalar joylashgan hududdagi oilaviy tibbiyot poliklinikalarida alohida hisobi yuritilishini, ularga tibbiyot brigadasi biriktirilishini va har yili ikki marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 15-oktabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) |
|
15. |
Oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini har oyda kamida ikki marotaba teatr, konsert va muzeylarga tashrif buyurishini hamda sanʼat ustalarining, taniqli yozuvchi va adiblarning “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga kelib, madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishini tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi (Q. Rafikov) |
|
16. |
Har yili oʻquv-tarbiya muassasalarining 25 nafar tarbiyachilarini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov) Milliy gvardiya (R. Djurayev) |
|
17. |
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 10-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
18. |
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori |
2021-yil 1-noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Milliy gvardiya talabnomasiga asosan “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalari uchun IP tarmoqlararo video qayd etish jihozlari (VPN) hamda idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi tarifi boʻyicha L3-VPN aloqa kanallarini ajratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Talabnomaga binoan |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
20. |
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda bir-birini takrorlovchi, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan va mazkur qarorga zid normalarni bekor qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) |
|
21. |
2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb koʻrsatilgan 610 nafar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joylari holatini oʻrganib chiqqan holda, ulardan belgilangan sanitariya meʼyorlariga va texnik meʼyorlarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarga javob bermaydigan uy-joylarda yashayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni boshqa uy-joylarga ijara asosida koʻchirish va ularga uy-joy uchun ijara toʻlovlarini mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-noyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
22. |
“Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalariga ikki nafardan hududiy moliya organlarining malakali xodimlarini biriktirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-sentabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
23. |
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 10-oktabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
24. |
Qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritish boʻyicha media-reja tasdiqlash. |
Media-reja |
1 kun muddatda |
Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) |