11.08.2021 yildagi PQ-5220-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuygʻusini yuksaltirish, milliy oʻzlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qoʻllab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yoʻnaltirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ular muassisligidagi nodavlat notijorat tashkiloti — “Vatandoshlar” jamoat fondini (keyingi oʻrinlarda — Fond) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fond faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, vatandoshlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarning qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda yurtimizning boy ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini keng targʻib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini ragʻbatlantirish, ularga xorijda oʻzbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning taʼlim oʻzbek tilida olib borilayotgan muassasalarida pedagog kadrlarga boʻlgan mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlarimizning respublika oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlariga koʻmak koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarimizning yurtimiz nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda vatandoshlar tomonidan tashkil etiladigan nufuzli tadbirlarda mamlakatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari, fan arboblari, diniy ulamolari, madaniyat va sanʼat vakillari, sportchilari ishtirokini taʼminlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Oʻzbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishga faol jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid maʼlumotlar bilan taʼminlashga qaratilgan interfaol elektron portalni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar duch kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya va taʼlim sohalarida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond Ustaviga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatandoshlar” jamoat fondining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Fondning Vasiylik kengashi) — Fondning oliy organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan Fond Boshqaruvi — Fondning ijro organi hisoblanishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Vatandoshlar” jamoat fondining vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fondning Vasiylik kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Fondning Ustavi, tashkiliy tuzilmasi va Fond Boshqaruvi aʼzolarini tasdiqlash, shuningdek, Fond Boshqaruvini malakali kadrlar bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Fond mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini, daromad va xarajatlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun manfaatdor davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, homiylarni jalb etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Fond mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat subsidiyasi va davlat ijtimoiy buyurtmalaridan kelib tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlarini tijorat banklarida depozitga qoʻyishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga har yili asoslangan buyurtmanoma asosida Fondning asosiy vazifalarini bajarish doirasidagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish uchun subsidiya shaklida zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fondni tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻ sifatida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 5 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Moliya vazirligi tomonidan muassislardan biri sifatida oʻz nomidan Fondga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond joylashtiriladigan xizmat xonalarini taʼmirlash, ularning zarur texnika bilan jihozlanishi, avtotransport vositalari, ofis anjomlari, mebel va aloqa vositalari bilan taʼminlanishi, shu jumladan keng polosali Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishi, shuningdek, tijorat banklari depozitlariga mablagʻ qoʻyib, daromad olish uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish shartlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda mazkur bandni amalga oshirish maqsadida qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari Sh.Sh. Minovarov va A.A. Abduvaxitov — Fondning faoliyatini samarali tashkil etish, ushbu masalada barcha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri (B.A. Musayev) — Fondning xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarini amalga oshirishda;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi (F.N. Arziyev) — Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali Fondning xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish hamda xorijdagi tadbirlarni tashkil etishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi (R.J. Kurbanov) — Fondning vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan aloqalarini yoʻlga qoʻyishda, shuningdek, xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan oʻzbek milliy madaniy markazlari va jamiyatlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishda;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh.X. Shermatov) — Fond mablagʻlari hisobidan xorijda oʻzbek tilida taʼlim olib boriladigan maktab oʻquvchilarini darslik va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda maktablarni qurish, taʼmirlash va jihozlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) — xorijda vatandoshlar bilan birgalikda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda hamda ularda madaniyat va sanʼat vakillari, taniqli yozuvchi va shoirlarning ishtirok etishini Fond mablagʻlari hisobidan taʼminlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (B.N. Abidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshkulov) — Fond tomonidan respublika hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishga jalb qilingan vatandoshlarga tegishli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashqi ishlar vazirligi boshqa muassislar va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Fondning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fondning Vasiylik kengashiga ikki oy muddatda Fondning 2021-yilga moʻljallangan faoliyat dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fond Tashqi ishlar vazirligi binosiga vaqtinchalik tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fondning murojaatiga asosan, uni telekommunikatsiya xizmatlari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashqi ishlar vazirligi boshqa muassislar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar qilib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.A. Xayriddinov va tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari F.N. Arziyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari Sh.Sh. Minovarov va A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5220-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PQ-5220-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatandoshlar” jamoat fondi Vasiylik kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Baxtiyor Saidov

tashqi ishlar vaziri

4.

Kongratbay Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

5.

Ozodbek Nazarbekov

madaniyat vaziri

6.

Adxam Ikramov

sport vaziri

7.

Bexzod Musayev

Migratsiya agentligi direktori

8.

Umid Shadiyev

Turizm qoʻmitasi raisi

9.

Alisher Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

10.

Qudratilla Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

11.

Shavkat Ayupov

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

12.

Sirojiddin Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

13.

Adxam Bekmurodov

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori v.b.

14.

Bobur Bekmurodov

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

15.

Eldor Tulyakov

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

16.

Akmal Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

17.

Olimjon Davlatov

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori, adabiyotshunos olim

18.

Yodgor Sagdiyev

Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori

19.

Mahmud Toir

Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari

20.

Erkin Komilov

Oʻzbekiston xalq artisti

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi qarori bilan uning tarkibiga xorijdagi vatandoshlar kiritilishi mumkin.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 07/21/5220/0786-son; 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)