Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2905-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1.Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-iyul,
13-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi A. IKRAMOV
2021-yil 23-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 26-iyuldagi 13-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-bob quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Tibbiy xizmat koʻrsatish “mobil tibbiyot” shaklida tashkil qilinganda maxsus avtotransport vositasi (tirkama) tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnika bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Bunda tibbiyot xodimlari uchun belgilangan ish oʻrinlari avtotransport vositasiga (tirkamaga) moslashtirilishi mumkin.
Tibbiyotda qoʻllaniladigan sterillangan tibbiy toʻplamlar soni bir ish kuni uchun 25 tadan kam boʻlmaganda, sterillash va distillashga moʻljallangan tibbiyot asbob-uskunalari talab etilmaydi.”.
2. 6-bob nomidan “(dermatologiya)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3. 8-bandda:
yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“dermatoskop yorugʻlik osti lupasi (dermatovenerologiya uchun);”;
quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shirma (dermatovenerologiya uchun);
shilliq qavatni koʻrish uchun fonarikli ruchka (dermatovenerologiya uchun);”;
yigirma uchinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma beshinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 9-bandda:
yigirma beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ginekologik kreslo, dermatoskop yorugʻlik osti lupasi (dermatovenerologiya uchun);”;
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shirma (dermatovenerologiya uchun);
shilliq qavatni koʻrish uchun fonarikli ruchka (dermatovenerologiya uchun);
vuda lampasi (dermatovenerologiya uchun);”;
yigirma oltinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma toʻqqizinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. Quyidagi mazmundagi 304-bob bilan toʻldirilsin:
“304-bob. Oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt” boʻyicha
546. Oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat boʻlgan ambulator tipdagi “tibbiy punkt”da quyidagilar boʻlishi lozim:
tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
oʻrta tibbiyot xodimlari uchun ish stoli;
stullar;
kushetka;
shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga moʻljallangan) kamida 2 dona;
sovutgich (xolodilnik);
muolaja oʻtkaziladigan xonalarda statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
tonometr va fonendoskop;
shpatel
bir marta qoʻllaniladigan shpritslar;
bir martalik choyshablar, qoʻlqoplar, bint, tampon, sochiqlar;
leykoplastr;
dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar;
ishlatib boʻlingan material uchun idishlar;
tibbiyot termometri.”.
6. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 10/21/2905-5/0778-son)