06.08.2021 yildagi 503-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadrlar boʻlimi mudiri J.B. Xaydarov oʻn kun muddatda Boʻlim mudiri, uning oʻrinbosari va mutaxassisning funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
503-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 503-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi apparati) funksional tarkibiy boʻlimi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda kadrlarni sifatli tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish masalalari toʻgʻrisida hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarini talab etilgan mutaxassislik, malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan masʼul hamda texnik xodimlar bilan oʻz vaqtida va sifatli toʻldirish, shuningdek, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ular bilan alohida suhbatlashish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari masʼul xodimlari lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha uning tarkibini muntazam ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar zaxirasi bilan ishlash monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining kasbiy saviyasi va malakasini oshirish, shuningdek, ularni qayta tayyorlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul va texnik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning kasbiy saviyasi hamda ishchanlik malakasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari, davlat boshqaruvi organlarining, xoʻjalik birlashmalarining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va markaziy apparatlari mutaxassislarining sifatli tarkibini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar boʻyicha vakant lavozimlarni tahlil qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlar Mahkamasi apparati shaxsiy tarkibining hisobini yuritish, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini hisobga olish hujjatlarini muntazam yangilab borish va toʻldirish, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlarini kadrlar masalalari boʻyicha zarur axborot hamda maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tanlash, kelishish, oʻrganish va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar boʻyicha tegishli hujjatlar tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, markaziy apparatlari masʼul xodimlarining sifat tarkibi tahlil etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan vakant lavozimlar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi natijalari toʻgʻrisida axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtashini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tegishli lavozimlarga tavsiya qilish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishda tegishli hujjatlarni (qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar) belgilangan tartibda tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining kadrlar tarkibi toʻgʻrisida tahliliy materiallar va ularning sifatini yaxshilashga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari masʼul xodimlari rotatsiyasi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga belgilangan tartibla takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan bitiruvchilarni Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga taqsimlashni tahlil qilish va rejalashtirish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar salohiyatining kasbiy saviyasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy uslublardan foydalangan holda jamoada kulay maʼnaviy-ruhiy muhitni shakllantirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari uchun treninglarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar hisobini yuritadi, ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishni va ularning kasbiy saviyasini baholashni tashkil etadi, attestatsiya komissiyalari qarorlarini bajarish tadbirlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, ragʻbatlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa organlar va tashkilotlarining rahbar xodimlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi, topshiradi va hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim unga yuklangan boshqa vazifalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar majlislari hamda yigʻilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni puxta ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda kiritilgan hujjatlarni belgilangan tartibda qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim tomonidan zarur materiallar va maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha talablar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boʻlim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini taʼminlash talablarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar bilan ishlash hisobi va hisobotini yuritish, hujjatlarni saqlash kadrlar boʻyicha ish yuritish holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Boʻlim tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boʻlim tuzilmasi Boʻlim mudiri, Boʻlim mudirining oʻrinbosari (xodimlarning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli yuritish masalalari), mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha hujjatlarni va kadrlarga oid maʼlumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis va inspektorni (ish yuritish va apparat xodimlari maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha) oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boʻlim mudiri, Boʻlim mudirining oʻrinbosari (xodimlarning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli yuritish masalalari), mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha hujjatlarni va kadrlarga oid maʼlumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis, inspektor (ish yuritish va apparat xodimlari maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha) belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Apparat faoliyatini tashkil etishning umumiy masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizom, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimning ish rejasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassisning shaxsiy ish rejasi Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boʻlim mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimga bevosita rahbarlik qiladi, xodimlar ishini tashkil etadi, boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi boʻyicha toʻliq javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan takliflar tayyorlaydi va kiritishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xodimlar kasbiy saviyasi va ishchanlik malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlaydi, zarur hollarda xodimlarni attestatsiyasi bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassisliklari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtashini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, ragʻbatlantirish, va ularni jazolash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq tayinlash va tasdiqlash boʻyicha hujjatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar boʻyicha kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini tashkil etadi va ularni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkazadigan majlislarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim xodimlari oʻrtasida majburiyatlar taqsimotini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim xodimlari ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, kelib tushgan hujjatlar va xatlarni xodimlar oʻrtasida taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ijro intizomiga toʻliq amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boʻlim mudirining oʻrinbosari (xodimlarning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli yuritish masalalari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan oʻtishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkaga jalb etish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning masʼul xodimlaridan boʻlgan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi. Nomzodlarning shakllantirilgan roʻyxati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi va kelishish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar monitoringi natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlik lavozimlari va mutaxassislari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtashini tashkil etishga doir takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali xodimlarga boʻlgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar ishini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakant lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlarning hujjatlarini tayyorlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari xodimlariga va ishga qabul qilinayotgan shaxslarga maslahatlar beradi, ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyatini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etadi, xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari boʻyicha Boʻlim mudiriga takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar xodimlar lavozimlari boʻyicha zaxira kadrlar bazasini shakllantiradi va maqsadli oʻqitish kurslarida oʻqiydigan nomzodlar hujjatlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimda belgilangan tartibda axborot xavfsizligi va maxfiylik rejimiga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimga ijroga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi va hal etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim mudirining topshiriqlariga binoan tegishli chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifalarini Boʻlim mudiri oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Boʻlimning mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha hujjatlarni va kadrlarga oid maʼlumotlar bazasini tizimli yuritish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati masʼul xodimlarining sifatli tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati uchun tegishli takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarda, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar boʻyicha vakant lavozimlar toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomenklaturasiga kiradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari bilan belgilangan tartibda kelishiladigan lavozimlar boʻyicha kadrlar harakatlanishi hisobini yuritadi, ularning shaxsiy maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va uning muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda xodimlarning mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar masalalari yuzasidan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan seminarlar va tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda xodimlarning mehnat taʼtiliga chiqish grafigini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlaydi, mukofotlar, ragʻbatlantirish va jazo choralari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimga ijroga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va tegishli javob xatlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Boʻlim inspektori (ish yuritish va apparat xodimlari maʼlumotlar bazasini yuritish boʻyicha):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritadi, Boʻlimda hujjatlar oʻtishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi tayinlangan xodimlarini hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtiradi, ularning shaxsiy hujjatlarini shakllantiradi va muntazam yangilab borishni taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa davlat organlar va tashkilotlar rahbarlari uchun xizmat guvohnomalari, shuningdek, texnik xodimlar uchun ruxsatnomalar tayyorlaydi hamda ularni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining xizmat guvohnomalari blankalari hisobini yuritadi va ularni roʻyxatga oladi, ushbu hujjatlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida dalolatnomalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlar kiritadi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni arxivda saqlash uchun tayyorlaydi va oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim mudirining topshiriqlariga binoan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash, qoidaga koʻra, xodimlarning amaldagi tarkibi, tasdiqlangan kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar hamda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash va tavsiya etishda, qoidaga koʻra, kamida uch nafar mutaxassisning nomzodlari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nomzodlarni bir vaqtning oʻzida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari, Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan oldindan kelishish hamda nomzodga maʼlumotnoma va tarkibiy boʻlinma rahbarining yozma tavsiyasini taqdim etish Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tavsiya etiladigan nomzodlarning ilova qilingan kelishish yakunlari hujjatlari haqida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan maʼqullangan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganish uchun Kadrlar boʻlimiga va Birinchi boʻlimga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻrganish natijalari boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan Kadrlar boʻlimi bilan birgalikda tavsiya qilingan nomzodlarga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlash taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tayyorlangan hujjatlar asosida zarurat boʻlganda bajariladigan funksional vazifalar mavzusi boʻyicha tavsiya etiladigan nomzodlar tomonidan axborot (maʼlumotnoma) tayyorlangan holda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki Bosh vazirning maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tavsiya etilgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Suhbat yakunlari boʻyicha Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasiga tegishli lavozimga nomzodni tavsiya qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga qoʻshma taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taqdimnomani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan maʼqullangan taqdirda tavsiya etiladigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosatida kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tavsiya qilinadigan nomzodlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼqullanganda — xodimni tayinlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi imzolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod rad etilganda — materiallar Boʻlimga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Apparatda kadrlarni tanlash, kelishish, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga, Boʻlim mudiriga va Birinchi boʻlim mudiriga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosarlari, kotibiyatlar mudirlari, ularning oʻrinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, boʻlimlar mudirlari, xizmatlar mudirlari (matbuot kotibi) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bosh mutaxassislar, Bosh vazir va uning oʻrinbosarlarining yordamchilari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Inspektorlar va boshqa texnik xodimlar belgilangan tartibda apparat boshqaruvchisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlarini mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy bosqichida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar talablaridan kelib chiqib ularning egallab turgan lavozimga muvofiqligini baholash yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Apparat xodimlarini stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun mutaxassislarni stajirovkadan oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkaga jalb etish uchun tarkibiy boʻlinmalar apparatning tarkibiy boʻlinmalariga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning masʼul xodimlaridan boʻlgan nomzodlar roʻyxatini shakllantiradilar. Nomzodlarning shakllantirilgan roʻyxati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beriladi va u bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shakllantirilgan roʻyxatlar asosida stajirovkaning aniq davri koʻrsatilgan holda stajirovkalarni oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mutaxassislarni stajirovkadan oʻtkazish quyidagi tadbirlarni bajarish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni Vazirlar Mahkamasi apparatida ishni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni hujjatlarning tegishli loyihalarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishi uchun kiritiladigan axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash ishiga, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni xizmat safarlariga chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini maqsadli oʻrganish ishiga jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining malakasini oshirish mavzuli seminarlar, kurslar, davra suhbatlari oʻtkazish, iqtisodiy oʻqishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining maʼruzalarini eshitish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Iqtisodiy oʻqishni tashkil etish va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining maʼruzalarini eshitish Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadigan yarim yillik jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni tanlash, kelishish, oʻrganish va ularning nomzodlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritishda ishga qabul qilinadigan yangi xodimlar boʻyicha hisobga olish hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi rahbari

Nomzodlarni tanlash.

Har bir lavozimga tasdiqlangan kadrlar zaxirasidan (kamida 3 nomzodni) tegishli lavozimlarga nomzodlarni tanlash.

Zarurat boʻlganda

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi rahbari

Dastlabki kelishuv.

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi nomiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan dastlab kelishilgan nomzod uchun taqdimnoma kiritadi.

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tasdiqlagan jadvalga muvofiq

3-bosqich

Tarkibiy boʻlinma rahbari, Vazirlar Mahkamasi apparati Kadrlar boʻlimi

Suhbatlashish.

Birgalikda oʻrganish natijalari boʻyicha tavsiya etilgan nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan suhbatga puxta tayyorlashni taʼminlaydi.

Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tasdiqlagan jadvalga muvofiq

4-bosqich

Kadrlar boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida (ushbu masala toʻgʻrisida tavsiya etilgan nomzodlar ishtirokida) tavsiya qilingan nomzodlarni tayinlash toʻgʻrisidagi masala haqida axborot beradi.

Suhbatdan soʻng keyingi dushanba

5-bosqich

Kadrlar boʻlimi

Tayinlash.

Rayosat tomonidan maʼqullanganda — Kadrlar boʻlimi xodimi lavozimga tayinlash toʻgʻrisida hujjat loyihasini tayyorlaydi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri imzolashi uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga taqdim etadi.

Tayinlash toʻgʻrisidagi hujjat imzolangandan soʻng buyruqni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovka oʻtash jadvalini tayyorlaydi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosatidan soʻng ikki kun davomida

6-bosqich

Kadrlar boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari bilan alohida suhbat oʻtkazish komissiyasi

Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari bilan alohida suhbat oʻtkazish:

6 oydan soʻng — Vazirlar Mahkamasi apparatiga qabul qilingan yangi masʼul xodimlar bilan;

yil oxirida — Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari bilan.

Yil davomida

7-bosqich

Kadrlar boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari

Vazirlar Mahkamasi apparatida attestatsiya oʻtkazish.

Ikki yilda bir marta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida kadrlar zaxirasi shakllantirilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi rahbari

Nomzodlarni kadrlar zaxirasiga kiritish uchun aniqlash va tanlash.

Har bir lavozimga tegishli maʼlumot, professional tayyorgarlik, mutaxassisligi va egallaydigan lavozimi boʻyicha yetarli ish tajribasi, boshqaruv faoliyati koʻnikmalariga ega kamida uch nafar nomzod taklif etiladi.

1-yanvardan 30-oktabrgacha

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi rahbari

Kadrlar zaxirasini tuzish. kelishish. himoya qilish va tasdiqlash.

Kadrlarni tanlash natijalari boʻyicha kadrlar zaxirasi roʻyxatini tuzish.

1-noyabrdan 20-dekabrgacha

3-bosqich

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmasi rahbari, Kadrlar boʻlimi

Kadrlar zaxirasi bilan ishlash. kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarni tayyorlash.

Kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar tizimli ravishda tayyorlanishini taʼminlaydi.

Kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar kuyidagi shakllarda tayyorlanadi:

Vazirlar Mahkamasi apparatining muayyan ish uchastkalarida bir oylik, ikki oylik va uch oylik stajirovka oʻtash;

Vazirlar Mahkamasining majlislari va yigʻilishlariga tahliliy materiallar tayyorlashga jalb qilish;

vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, hududiy boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini maqsadli oʻrganishda ishtirok etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish, xorijiy stajirovkalarni tashkil etish.

Kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslarning professional oʻsishi, ishchanlik malakasi oshishining muntazam monitoringi olib borilishini taʼminlash.

Yil davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 503-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 16-martdagi 221-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari)” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qarori 1-ilovasining 50-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2021-y., 09/21/503/0771-son)