Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.08.2002 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003 — 2007-YILLAR DAVRIDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASIDA QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI BARQAROR RIVOJLANTIRILIShINI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekin maydonlarining maqbul tuzilmasini taʼminlash va mintaqaning suv taʼminoti cheklangan sharoitlarda qishloq xoʻjaligini oqilona ixtisoslashtirish, qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni takomillashtirish boʻyicha taklifi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish, makkajoʻxori, joʻxori, ozuqa ekinlari, moyli ekinlar va boshqa ekinlar urugʻi yetishtirish boʻyicha urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etishga doir taklifi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish boʻyicha taklifi 3-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzgidromet” markazi har yili, Tuyamoʻyin suv omboridagi mavjud suv resurslarini hisobga olgan holda, sholi ekin maydonlariga tuzatish kiritish haqida 1-aprelgacha, kuzgi boshoqli don ekinlari maydonlariga tuzatish kiritish haqida 1-sentabrgacha taklif kiritsinlar.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Amudaryo” havza-suv xoʻjaligi birlashmasi bilan birgalikda har yili quyi Taxiatosh gidrouzelining sanitariya suv oʻtkazishini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun belgilangan talab etiladigan suv hajmi taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir birinchi navbatdagi tadbirlar roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5, 5a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Respublika komissiyasiga 2004—2007-yillarda fermer xoʻjaliklariga aylantiriladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari roʻyxatini har yili 1-dekabrgacha kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida bayon qilingan qoidalar va talablarga qatʼiy amal qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Markaziy banki, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzneftmahsulot” kompaniyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish uchun 6-ilovaga* muvofiq ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari barpo etilishi va tashkil qilinishini taʼminlasinlar.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 370-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yangidan tashkil etilayotgan mini-banklarni aloqaning tegishli turlari va liniyalari bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, tijorat banklariga, “Mikrokreditbank”ka hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga boshlangʻich sarmoyani shakllantirishga kredit mablagʻlari ajratish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni ishlab chiqish va tasdiqlashda koʻrsatib oʻtilgan kreditlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangidan tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga ustuvor tartibda ajratilishini nazarda tutish tavsiya qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-iyundagi 117-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 219-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyalari va “Oʻzagromashservis” uyushmasi 2003—2007-yillar davrida 7-ilovaga* muvofiq traktorlar, qishloq xoʻjaligi va ozuqa yigʻishtirish texnikasi ishlab chiqarilishi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2003—2007-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishini zamonaviylashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S.Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-son