Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Surxondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Milliy merosimizning ajralmas qismi boʻlgan Qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish hamda ularni ot sportiga keng jalb etish, mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Milliy gvardiya huzurida Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etilsin.
Surxondaryo viloyati Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududidagi 64,6 ga yer maydoni bino va inshootlari bilan birga Milliy gvardiyaning balansiga oʻtkazilsin va unda Qorabayir otlari mahorat maktabi joylashtirilsin.
Milliy gvardiya (R. Djurayev), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) va Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi (B. Gaziyev) Qorabayir otlari mahorat maktabi faoliyatini 2021-yil 1-oktabrdan boshlab toʻliq yoʻlga qoʻysin.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) ikki oy muddatda Qorabayir otlari mahorat maktabi otlariga ozuqa bazasini yaratish maqsadida 100 ga sugʻoriladigan yer maydonini belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrsin.
2. Quyidagilar Qorabayir otlari mahorat maktabining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda Qorabayir zotli otlardan foydalanishni ommalashtirish hamda milliy ot sportining xalqaro dovrugʻini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yoʻli bilan Qorabayir zotli otlar bosh sonini koʻpaytirish;
Qorabayir zotli otlarni saqlash va sifatli veterinariya xizmati koʻrsatish ishlarini yaxshilashga koʻmaklashish, shuningdek, jahon bozorida ot zotlari orasida Qorabayir ot zotining raqobatbardoshligini taʼminlash;
aholining keng qatlamini, ayniqsa yoshlarni, Qorabayir otlari mahorat maktabidagi seksiya va klublarga jalb etish.
3. Qorabayir otlari mahorat maktabi xodimlarining cheklangan soni 50 nafardan iborat tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Qorabayir otlari mahorat maktabining shtat birliklari (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) Milliy gvardiyaga ajratilgan umumiy shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
Qorabayir otlari mahorat maktabining direktori lavozimi ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchi bilan jamlanuvchi lavozim sifatida belgilanadi hamda mazkur lavozim uchun 16,3 tarif razryadi va “podpolkovnik” harbiy unvon pogʻonasi oʻrnatiladi;
Qorabayir otlari mahorat maktabining rahbar xodimlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot (veterinariya) xizmati, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi va taqachi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
Qorabayir otlari mahorat maktabining moddiy-texnika bazasini dastlabki mustahkamlash, jumladan texnika, anjomlar va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Qorabayir otlari mahorat maktabining moddiy-texnika bazasini keyinchalik mustahkamlash va uning moliyaviy taʼminoti (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal xizmatlar, otlarga ozuqa va dori-darmonlar sotib olish hamda boshqa xarajatlar) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qorabayir otlari mahorat maktabining hamda uning seksiya va klublari faoliyatini tashkiliy-metodik taʼminlash Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi hamda Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Qorabayir otlari mahorat maktabi uchun Qorabayir zotli otlar Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi mutaxassislarining xulosasiga asosan tanlab olinadi.
Qorabayir otlari mahorat maktabiga oʻz faoliyati ixtisosligi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga ruxsat berilsin.
5. Surxondaryo viloyati hokimligining Qorabayir otlari mahorat maktabida shugʻullanuvchilar keyinchalik bepul foydalanishlari uchun Qorabayir zotli otlarni Surxondaryo viloyatining mahalliy budjeti va harbiy-maʼmuriy sektorlarning mablagʻlari hisobidan sotib olish tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
6. Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi hamda Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasining:
Surxondaryo viloyatini respublikada Qorabayir zotli otlar naslchiligi va sportini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hudud sifatida belgilash;
Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida Qorabayir zotli otlardan foydalanishga ixtisoslashgan seksiya va ot sporti klublarini tashkil etish hamda yuqori malakali trenerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) ikki oy muddatda viloyatning tumanlarida Qorabayir zotli otlardan foydalanishga ixtisoslashgan seksiya va ot sporti klublarini tashkil etish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga bepul foydalanish uchun tegishli bino va inshootlarni taqdim etsin, zarur hollarda, mazkur bandni amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
bir oy muddatda Qorabayir zotli otlardan foydalanishni ommalashtirish uchun kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
Milliy gvardiya, manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassis-chavandoz, instruktor-chavandoz va boshqa xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etsin;
Qorabayir otlari mahorat maktabini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish, zarur oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, shuningdek, oʻquv-mashq jarayonini lozim darajada tashkil etish uchun oʻquv binolarini jihozlashning zarur choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda Qorabayir otlari mahorat maktabi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmat koʻrsatish tartibini mazkur xizmatlar hajmini koʻrsatgan holda tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili “Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida Qorabayir zotli otlar ishtirokida xalqaro chavandozlar musobaqasini oʻtkazsin;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
har yili Qorabayir zotli otlar ishtirokida milliy ot sporti turlari, zamonaviy beshkurash, polo boʻyicha mahalla, tuman, viloyat va respublika miqyosida musobaqalar tashkil etsin;
2022-yil 1-yanvarga qadar Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida Qorabayir otlari mahorat maktabining seksiya va klublarini tashkil etsin.
8. Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
2021-yilda Milliy gvardiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Qorabayir otlari mahorat maktabini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar taʼminoti uchun Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin;
2022-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida ushbu qaror doirasida Qorabayir otlari mahorat maktabi moliyaviy taʼminoti hamda uni moddiy-texnik jihozlash, shu jumladan otlarni parvarishlash uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
9. Milliy gvardiya (R. Djurayev) Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda Qorabayir otlari mahorat maktabi Qorabayir zotli otlarining seleksiyasiga eʼtibor bergan holda harbiy xizmatga yaroqli xizmat otlarini tayyorlash va ularni kelgusida xizmat maqsadlarida foydalanish choralarini koʻrsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) markaziy asab tizimi kasalliklari va ot yordamida davolash mumkin boʻlgan boshqa kasalliklarning roʻyxatini shakllantirsin va kasallarni Qorabayir otlari mahorat maktabiga yoʻnaltirish boʻyicha dastur ishlab chiqsin.
11. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Qorabayir otlari mahorat maktabida turizm infratuzilmasini barpo etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Milliy gvardiya bilan birgalikda:
Qorabayir otlari mahorat maktabining faoliyatini namoyish etuvchi koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlasin, bunda Qorabayir zotli otlarning xususiyatlariga alohida eʼtibor qaratsin;
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid turkum maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin;
qorabayir zotli otlarni ommalashtirish maqsadida maxsus veb-saytlar tashkil etsin va uning faoliyatini doimiy yoʻlga qoʻysin;
“Har bir yigitning uyida oti boʻlsin” shiori ostida Qorabayir zotli otlarning targʻibotini amalga oshirsin.
13. Milliy gvardiya bir oy muddatda:
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan birgalikda Qorabayir otlari mahorat maktabi ustavining belgilangan tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev, Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov hamda turizm va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov belgilansin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-avgust,
PQ-5213-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5213-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qorabayir otlari mahorat maktabining
tuzilmasi
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar va yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari |
Direktorning innovatsion rivojlanish, turizm va menejment boʻyicha oʻrinbosari |
Yuridik guruh 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Oʻquv-metodik guruh 2 |
Innovatsion rivojlanish va hamkorlik guruhi 1 |
Kadrlar guruhi 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Trener-oʻqituvchilar tarkibi* 8 |
Moliya guruhi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moddiy-texnik taʼminot va xoʻjalik guruhi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tibbiy punkt 1 |
Press-guruh 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar** 25 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Veterinariya xizmati 2 |
Kanselyariya 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qorabayir otlari mahorat maktabining Surxondaryo viloyati tuman (shahar)lardagi seksiya va klublari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xodimlarning umumiy soni — 50 nafar.
* Qoʻshimcha trener-oʻqituvchilar shartnoma asosida ishga jalb qilinishi mumkin.
** Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni amaldagi meʼyorlarga asosan belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5213/0764-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)