Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.07.2002 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OILADA TIBBIY MADANIYATNI OShIRISh, AYoLLARNING SOGʻLIGINI MUSTAHKAMLASh, SOGʻLOM AVLOD TUGʻILIShI VA UNI TARBIYALAShNING USTUVOR YOʻNALIShLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ayollar va oʻsib kelayotgan avlod sogʻligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, ayollar salomatligini mustahkamlash, bolalar tugʻilishi va ularni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilada sogʻlom muhit va xotirjamlikni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻlom avlod, ayollar sogʻligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar ishtirokida ishlab chiqilgan Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining maqsadli dasturi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maqsadli dasturda nazarda tutilgan ayollar va bolalarning sogʻligini muhofaza qilishni kuchaytirishning quyidagilar asosida kompleks chora-tadbirlarini amalda toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash davlat, jamoat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar va tuzilmalar, barcha darajalardagi rahbarlarning ustuvor vazifasi etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayollarga va bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish uchun bolalar va tugʻishga yordam berish muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklar belgilarini barvaqt aniqlash hamda oʻsmir qizlarni va bola tugʻish yoshidagi ayollarning ekstragenital kasalliklarini davolash, ayollarning tibbiy koʻrsatkichlarga zid boʻlgan istalmagan homiladorligi hollarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgʻun muassasalarda kamqonlik kasaliga yoʻliqqan barcha homilador ayollarni temir moddasiga boy preparatlar va dori-darmonlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning reproduktiv sogʻliq masalalari boʻyicha bilimlarini va tibbiy madaniyatini oshirish, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olishning, tugʻishlar oʻrtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning dolzarbligi masalalarini aholining keng qatlamlariga yetkazish ishlarini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning yetakchi klinikalari negizida pediatriya, akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari boʻyicha akusher-ginekologlar, bolalar ginekologlari, pediatrlar, anesteziolog-reanimatologlar va umumiy amaliyot vrachlari malakasini oshirishni tashkil etish, shu jumladan tugʻishga yordam berish va bolalar muassasalari xodimlarining yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida har yilgi tajriba orttirishini tashkil etish hisobiga kadrlar tayyorlashni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va viloyat qon quyish stansiyalarini qon tayyorlash, uni qayta ishlash va saqlash apparatlari bilan jihozlash yoʻli bilan respublikaning gematologiya xizmatini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, mintaqalarning oʻziga xos shart-sharoitlarini hisobga olgan, mahalliy imkoniyatlardan yuqori darajada foydalangan holda, maʼqullangan Maqsadli dasturda nazarda tutilgan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan tumanlar boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqsinlar va ularning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maqsadli dasturni amalga oshirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq tuzilgan sogʻlom avlod, ayollar sogʻligini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi Hukumat komissiyasi va mintaqaviy komissiyalar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli dasturning amalga oshirilishi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini keng yoritishni taʼminlasinlar, turli tuzilmalar va alohida rahbarlar, mutaxassislar va fuqarolarning ijobiy natijalarga erishishdagi roli va hissasini, shuningdek ishlarning ahvoli yuzasidan ularning masʼuliyatini alohida aks ettirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi
242-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligʻini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/R‎ Tadbirlar nomi‎‎‎‎
Bajarish muddati ‎ Xarajatlar (mln soʻm) ‎ Mablagʻ bilan taʼminlash manbalari‎ Kutilayotgan natija‎ Bajarish uchun masʼullar‎

I. Aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish‎‎

1.‎ Fertil yoshdagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan reproduktiv salomatligini muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish:
barcha tumanlar va shaharlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish muassasalari tomonidan muntazamlilik asosida;
togʻli, choʻl va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek alohida eʼtiborni va ustuvor harakatlar qilish talab etiladigan tumanlarda sogʻliqni saqlash organlarining koʻchma vrachlik-maslahat brigadalari va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining tibbiyot-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan maxsus dastur boʻyicha. ‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 10866,8 shundan: 2002-yilda —214,4

‎2287,9 shu jumladan 30,0 —“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari ‎
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari‎ Keyinchalik dispanserga joylashtirgan va sogʻlomlashtirgan holda bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash. Chaqaloqlar va onalar kasalligi va oʻlimini pasaytirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
2.‎ Bolalar ginekologlari tomonidan barcha oʻsmir qizlarni majburiy profilaktik koʻrikdan oʻtkazish.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 2203,2 shundan: 2002-yilda —550,8‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari‎ Oʻsmir qizlar sogʻligʻini yaxshilash‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
3.‎ Quyidagilar:
‎— nikohgacha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimi;
‎— yoshlarni sogʻlom oila barpo etishga tayyorlash boʻyicha FHDY boʻlimlari huzuridagi doimiy ishlovchi oʻquv kurslari ishlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish. ‎‎
Har yili‎ 1.5‎ Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet, homiylarning mablagʻlari‎ Yoshlarda sogʻlom oila barpo etish uchun bilimlarni, talab va masʼuliyatni shakllantirish‎ Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, barcha darajalardagi hokimliklar, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi‎
4‎ Tugʻishga yordam berish muassasalarida turgʻun davolanayotgan kamqonlik kasalligiga duchor boʻlgan homilador ayollarni temir moddasiga boy preparatlar bilan har yili 100% taʼminlash.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 3200,0 shu jumladan 2002-yilda —800,0 ‎ Jalb etiladigan muruvvat dasturlari doirasida “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari‎ Temir moddasi taqchilligi holatining oldini olish‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
5.‎ Bandixon, Baxmal, Chiroqchi va Qoʻshrabot tumanlarida �ertil yoshdagi ayollarning reproduktiv salomatligini tibbiy-demografik tadqiq etish.‎‎‎‎
2002-yil‎ 5,0‎ Bajaruvchilarning mablagʻlari‎ Kasalliklarni aniqlash, dispanserga joylashtirish va oʻz vaqtida sifatli sogʻlomlashtirish. Kasalliklarning oldini olish. Ayollarning reproduktiv salomatligini yaxshilash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan va texnologiyalar markazi, Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti, “Oila” markazi‎
6.‎ Quyidagi maxsus dasturlarni amalga oshirish yoʻli bilan patronaj qilinayotgan oilalarga yangi tugʻilgan chaqaloqlar va emizikli bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash boʻyicha profilaktik va davolash yordami koʻrsatish:
‎— “Oʻn ikki qadam”;
‎— “Betoqat bola”;
‎— “Vazni yengil bola”;
‎— “Yangicha qarash”. ‎‎
‎‎
2002-yil mobaynida‎ 2,5‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari va homiylarning mablagʻlari‎ Chaqaloqlar va emizikli bolalar hayotini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
7.‎ Ayniqsa Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Namangan viloyatlarida homilador boʻlishi maqbul boʻlmagan fertil yoshdagi ayollarni kontratseptiv vositalarning har xil turlari bilan qamrab olinishini kengaytirish (ehtiyojga nisbatan %larda):
‎— bachadon ichki vositalari bilan — 66,7%;
‎— tabletkalar bilan — 10,7%;
‎— inyeksiya bilan — 10%; — baryer bilan — 10%;
‎— jarrohlik — 2,6%. ‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 29126,0 shundan: 2002-yilda 6526,0 shu jumladan budjet—455 muruvvat yordami —4616,0 “Dori-darmon” DAU va boshqa dorixona muassasalari —1455‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro tashkilotlarning grantlari, “Dori-darmon” DAU va boshqa dorixona muassasalari‎ Onalar va bolalar kasalligi va oʻlimini pasaytirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
8.‎‏
‎‏
2002—2005-yillarda 1036 qishloq vrachlik punkti tashkil etish (qoloqlikni toʻldirishni hisobga olgan holda), shu jumladan: 2002—2005-yillar‎ 37000, shu jumladan davlat budjeti hisobiga 20000, 2002-yilda — 9400, shu jumladan budjet hisobiga —. 5000‎ Viloyatlar budjetlari mablagʻlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va homiylarning mablagʻlari‎ Qishloq aholisi shart-sharoitlarini yaxshilash va ularga tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari‎
Yillar ‎ Ulardan yangi qurilish hisobiga ‎ Hammasi‎
2002-y.
‎2003-y.
‎2004-y.
‎2005-y. ‎
171
‎207
‎233
‎219 ‎
296
‎271
‎250
‎219 ‎
9.‎ Barcha mahallalarda sport komplekslari qurishni tashkil etish, shu jumladan:
‎2002-y. — 1070 ta;
‎2003-y. — 1110ta;
‎2004-y. — 1050 ta;
‎2005-y. — 1050 ta
‎(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qolgan 2100 mahallada sport komplekslari barpo etilgan). ‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ 3210,0 shu jumladan 2002-yilda —802,0‎ Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻlari‎ Mahallalarda sport—sogʻlomlashtirish ishlarini rivojlantirish, bolalar va yoshlarning jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash‎ “Mahalla” jamgʻarm�si, Qoraqalp�gʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari‎
10.‎ “Sogʻlom avlod uchun” sovrini uchun qizlar oʻrtasida sport musobaqalari, shu jumladan tennis va badiiy gimnastika musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.‎‎
‎‎
Har yili‎ 16,0

‎shu jumladan 2002-yilda — 4,0 ‎
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi oʻz mablagʻlari va homiylarning mablagʻlari‎ Qizlarning jismoniy rivojlanishini yaxshilash‎ “Sogʻlom avlod uchun jamgʻarmasi, Davlat sport qoʻmitasi, MOQ, Badiiy gimnastika federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari‎
11.‎ Uzluksiz sport musobaqalari tizimida qatnashuvchi bolalar, yigitlar va qizlarning salomatligi monitoringini olib borish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.‎‎
‎‎
Ishlab chiqish —2002-yilning III choragi, joriy etish —2002-yilning IV choragi.‎ 0,8‎ Bajaruvchilarning mablagʻi‎ Oʻquvchi yoshlarning salomatligi ustidan muntazam kompleks nazorat olib borish. Sogʻlom avlodni shakllantirish‎ Davlat sport qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi‎

II. “Ona va bola skriningi” chaqaloqlar va homilador ayollardagi tugʻma va avloddan avlodga oʻtuvchi patologiyani erta aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish‎‎

12.‎ Tugʻma gipotireoz (TG), fenilketonuriya neonatal skrining va mukovissidoz galaktozemiyaga selektiv skrining oʻtkazish.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ —‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida‎ TG va FKU, mukovissidoz va galaktozemiyadan bolalar nogironligini pasaytirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
13.‎ Skrining oʻtkazish boʻyicha biomaterial olish uchun maxsus filtrlangan qogʻozli blankalar bilan taʼminlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 279,5 ming AQSh dollari (2795 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda — 44,5 ming AQSh dollari

‎2,0 ming AQSh dollari (20 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda — 0,5 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablagʻlari





‎“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎
TG va FKU, mukovissidoz va galaktozemiyadan bolalar nogironligini pasaytirish‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
14.‎ Skrining tadqiqotlari oʻtkazish uchun reagentlar bilan taʼminlash (VG, FKU, mukovissidoz, galaktozemiyaga).‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 4791,3 ming AQSh dollari (4691 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda —762,8 ming AQSh dollari

‎161,9 ming AQSh dollari (158 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda — 9,9 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablagʻlari





‎“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎
TG va FKU, mukovissidoz va galaktozemiyadan bolalar nogironligini pasaytirish‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi ‎
15.‎ Navoiy va Urganch shaharlarida skrining markazlari tashkil etish.‎‎
‎‎
2003-yil II chorak‎ — ‎ Hokimliklar, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari‎ Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar tugʻilishining oldini olish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
16.‎ Tugʻma gipotireoz, fenilketonuriya, mukovissidoz va galaktozemiyali bolalarni bepul shifobaxsh ovqat va preparatlar bilan taʼminlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 660,0 ming AQSh dollari (11905 oʻram va 21446 banka), shu jumladan 2003-yilda — 11,7 ming AQSh dollari

‎102,0 ming AQSh dollari, shu jumladan 2003-yilda — 20,0 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablagʻlari






‎“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎
Ularning nogiron boʻlishning oldini olish maqsadida FKV, TG, mukovissidoz, galaktozemiya bilan kasallangan bolalarni davolash‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
17.‎ Skrining markazlarini ultratovush skanyerlari bilan jihozlash (12 ta).


‎‎Nukus shahridagi skrining markazini homilaning xromosoma kasalligiga, nerv trubkalari nuqsoniga va avloddan avlodga oʻtadigan kasalliklariga perinatal skrining oʻtkazish uchun “Viktor” biokimyo analizatori bilan jihozlash.‎‎
‎‎
2003-yildan boshlab ‎ 1200 ming AQSh dollari









‎270,0 ming AQSh dollari ‎
Sogʻliqni saqlash sohasiga jalb etiladigan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlash hisobiga
‎“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎
Tugʻma bolalar nogironligi va oʻlimini pasaytirish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi





‎“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi ‎
18.‎ Perinatal skrini�g oʻtkazish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar ‎ 1505,0 ming AQSh dollari (2200 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda — 278,4 ming AQSh dollari

‎24,2 ming AQSh dollari (35 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda — 6,0 ming AQSh dollari ‎
Budjet mablagʻlari







‎‎“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎
Nogiron bolalar tugʻilishining oldini olish ‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi ‎
19.‎ Oʻziga xos xususiyatli yuqumli kasalliklarni (TORCN) aniqlash uchun xavfli guruhga kiruvchi ayollarni skrining tekshirish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan taʼminlash.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ 159,8 ming AQSh dollari (750 toʻplam), shu jumladan 2003-yilda —32,0 ming AQSh dollari‎ Budjet mablagʻlari‎ Bolalar nogironligi va oʻlimini pasaytirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
20.‎ Avloddan avlodga oʻtuvchi patologiyali va rivojlanishida tugʻma nuqsonlari boʻlgan bemorlarni roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish.‎‎
‎‎
2003-yildan boshlab‎ — ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida‎ Statistika hisobotini joriy etish‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
21.‎ Avloddan avlodga oʻtuvchi kasalliklar va rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar boʻyicha maʼlumotlar bankini tashkil etish.‎‎
‎‎
2003-yildan boshlab‎ — ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida‎ Statistika hisobotini joriy etish‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
22.‎ Davlat genetik registrini tashkil etish uchun skrining markazlarini telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash.‎‎
‎‎
2003-yil‎ 206,5 ming AQSh dollari (11 komplekt), shu jumladan 2003-yilda — 16,2 ming AQSh dollari‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari‎ Avloddan avlodga oʻtuvchi va tugʻma patologiya davlat registrini tashkil etish uchun shart—sharoitlar yaratish‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
23.‎ Avloddan avlodga oʻtuvchi patologiyali bolalar uchun metabolik buzilishni tuzatish boʻlimlari tashkil etish.‎‎
‎‎
2003—2007-yillar‎ — ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida ‎ Avloddan avlodga oʻtuvchi almashinuvchi kasalliklardan bolalar nogironligi va oʻlimining oldini olish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎
24.‎ Respublika skrining markazini butlovchi materiallari boʻlgan tandem mass—spektrometr bilan jihozlash.‎‎
‎‎
2005-yildan boshlab ‎ 825,0 ming AQSh dollari ‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎ Avloddan avlodga oʻtuvchi va almashib turadigan kasalliklar tashxisi ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi ‎

III. Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, mutaxassislarning malakasini va reproduktiv sogʻliqni muhofaza qilish sohasida aholi bilimlari darajasini oshirish, tibbiy ma�aniyatni yaxshilash‎‎

25.‎ Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari va akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitishning 2-3 yillarida tibbiyot sohasidagi mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan “Sogʻlom turmush tarzi asoslari va oila” mavzusi boʻyicha maxsus fakultativ kursning 16 soatlik oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish.‎‎
‎‎
2002-yil 1-avgustgacha ishlab chiqish, 2002—2003 oʻquv yilidan boshlab oʻquv dasturiga kiritish‎ 6,5 ‎ Budjet mablagʻlari doirasida ‎ Oʻsmirlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish ‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi‎
26.‎ Reproduktiv sogʻliq, sogʻlom oilani shakllantirish va tibbiy madaniyat masalalari boʻyicha respublika oliy oʻquv yurtlarida oʻqitishning uchinchi yilida talabalarning tibbiy tayyorgarligi kurslarini joriy etish. ‎‎
‎‎
2002-2003 oʻquv yilidan boshlab ‎ Budjet mablagʻlari doirasida ‎ Oliy oʻquv yurtlari talabalarining reproduktiv sogʻliq va sogʻlom oilani shakllantirish masalalari boʻyicha bilimini oshirish ‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ‎
27.‎ Reproduktiv sogʻliq, sogʻlom turmush tarzini yuritish va sogʻlom oilani shakllantirish masalalarida armiyada va militsiyada xizmat qiluvchi oʻrta va oliy oʻquv yurtlari kursantlarining tibbiy bilimlari va madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ Hammasi 6,0, undan 2002-yilda —1,5 ‎ Bajaruvchilar va homiylarning mablagʻlari ‎ Oila aʼzolarining reproduktiv sogʻligʻi uchun erkaklarning bi�imlari va masʼuliyatini oshirish ‎ Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston reproduktiv salomatlik uyushmasi ‎
28.‎ Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida tinglovchilarni reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyat asoslariga oʻqitish boʻyicha 4 soatlik kurslar joriy etish.‎‎
‎‎
2002—2005-yillar ‎ 11,0 undan 2002-yilda — 2,75 ‎ Bajaruvchilarning budjet mablagʻlari doirasida ‎ Xalq taʼlimi xodimlarining tibbiy bilimlarini oshirish‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti‎
29.‎ Har yili magistratura orqali 20 nafar akusher-ginekolog, 10 nafardan anesteziolog-reanimatolog va neonatolog tayyorlash. ‎
‎‎
2002-2003 oʻquv yilidan boshlab‎ 10,4‎ Budjet mablagʻlari (grant —4,16; kontrakt —6,24)‎ Tugʻilish yuqori boʻlgan mintaqalarda akusher-ginekolog vrachlar, bolalar ginekologlari, anesteziologlar—reanimatologlar bilan taʼminlanganlikni yaxshilash‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30.‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Akusher-ginekologlar (3458), bolalar ginekologlari (200), pediatrlar (7019), anesteziologlar-reanimatologlar (750) va pediatriya va akusherlik-ginekologiya boʻyicha umumiy amaliyot vrachlari (1349), shu jumladan chet el klinikalarida har yili 50 nafardan akusher-ginekologlar va 50 nafardan pediatrlar malakasini uzluksiz oshirishni taʼminlash.‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
2002—2005-yillar‎ Hammasi 431,2 shundan 2002-yilda — 107,8‎ Budjet mablagʻlari doirasida‎ Akusher-ginekologlar, pediatrlar va sogʻliqni saqlash boshlangʻich boʻgʻini vrachlari (umumiy amaliyot vrachlari) malakasini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining malaka oshirish fakultetlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar‎
2002‎ 2003‎ 2004‎ 2005‎
Akusher-ginekologlar‎ 842 902 692 1022
Pediatrlar‎ 1641 1750 1859 1969
Umumiy amaliyot vrachlari‎ 293 323 352 381
31.‎ Har yili tibbiy-genetika xizmati uchun kadrlar tayyorlash (2003-yil — 22 kishi, 2004-yil — 22 kishi, 2005-yil — 8 kishi, 2006-yil — 4 kishi, 2007-yil — 4 kishi.) Shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda 5 yilda 34 mutaxassis.‎‎ 2003—2007-yillar‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari ‎ Mutaxassislar malakasini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32.‎ Tibbiyot xodimlari uchun reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirishning dolzarb masalalari boʻyicha respublika, viloyat ilmiy-amaliy konferensiyalarini, seminarlarini muntazam oʻtkazish.‎‎ 2002-yil 3,0 ‎ Homiylar mablagʻlari‎ Tibbiyot xodimlarining reproduktiv salomatlikning dolzarb masalalari boʻyicha bilim darajasini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, VOZ, YUNFPA, YUNISEF, YuSAID, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
33.‎ Toshkent shahrida va mintaqaviy markazlarda teleradio jurnalistlar uchun, kamida 40 kishini qamrab olgan holda yosh oilalar, qizlar va ayollarning reproduktiv salomatligi va tibbiy madaniyati masalalari boʻyicha har yili turkum seminarlar‎‎ 2002—2005-yillar‎ 0,1‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida‎ Reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar sifatini yaxshilash‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi‎
34.‎ Islom Universitetida, har yili 400 kishini qamragan holda, imom-xatiblar malakasini oshirish kurslarida reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish asoslarini oʻqitish.‎‎ 2002—2005-yillar‎ 0,1‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻi‎ Reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish masalalari boʻyicha imom-xatiblarning bilimlarini oshirish‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Toshkent Islom Universiteti‎
35.‎ Reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish masalalarini keng yoritish boʻyicha telekoʻrsatuvlar va radio-eshittirishlarni tayyorlash va amalga oshirish uchun “Oʻzteleradio” kompaniyasi va respublika mintaqalaridagi teleradiokompaniyalar huzurida doimiy ishlaydigan maxsus ijodiy guruhlar tashkil etish.‎‎ 2002—2005-yillarda muntazam ravishda‎ —‎ Bajaruvchilarga ajratilgan budjet mablagʻlari‎ Aholi oʻrtasida maʼrifiy ishlarni yaxshilash‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi, sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, “Maxalla” jamgʻarmasi‎
36.‎ Har bir oʻquv yurtida va mahallalarda sogʻliqni saqlash va ZAGSlar xodimlari ishtirokida quyidagi mavzularda muntazam ravishda seminarlar, kechalar va uchrashuvlar tayyorlash va oʻtkazish:
‎— “Erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish”;
‎— “Yosh va keksa, tez-tez va koʻp tuqqan ayollarning noxush homiladorligining oldini olish”;
‎— “Tugʻruqlar orasidagi maqbul oraliqqa rioya etish zaruriyati”;
‎— “Homila oldirish profilaktikasi”;
‎— “Kontratseptivlarning zamonaviy turlari” va hokazo
2002—2005-yillar‎ Hammasi 21,7 shundan 2002-yilda — 5,4‎ Bajaruvchilar mablagʻi‎ Qizlar, ayollar, erkaklar va yosh oilalarning maqbul tarkibli oilani shakllantirish, tugʻma nuqsonli bolalar tugʻilishining oldini olish, homila oldirishni kamaytirish masalalari boʻyicha bilimlarini va tibbiy madaniyatini oshirish‎ Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla”, “Ibn Sino”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, Salomatlik instituti, Oʻzbekiston reproduktiv salomatlik uyushmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, YUNISEF‎
37.‎ Texnika vositalaridan foydalanilgan holda, kechki vaqtlarda reproduktiv salomatlik, oilaning tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom bolalar tugʻish va ularni tarbiyalashning dolzarb masalalari boʻyicha maxsus maʼrifiy telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash hamda muntazam ravishda (har oyda 2-marta) amalga oshirish;
‎— koʻrsatuvlar va eshittirishlar mavzularini va ssenariylarini ishlab chiqish;
‎— qisqa metrajli va multfilmlar, radioinssenirovkalar tayyorlash;
‎— mutaxassis shifokorlar, namunali oilalar, maxalla, taʼlim muassasalari va jamoat tashkilotlari vakillari chiqishlarini tayyorlash va oʻtkazish. ‎‎
2002—2005-yillar‎ 85,0 ming AQSh dollari, shundan 2002-yilda —21,0 ming AQSh dollari‎ Bajaruvchilar va homiylar mablagʻi‎ Sogʻlom oilaviy munosabatlarni targʻib qilish, aholining bilim darajasini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekkino”, “Oʻzteleradio” kompaniyalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, “Mahalla”, “Ibn Sino” jamgʻarmalari xalqaro tashkilotlar ishtirokida‎
38.‎ Imom-xatiblar tomonidan aholi oʻrtasida sogʻlom bola tugʻish, chaqaloqni emizish, tugʻruqlar orasidagi oraliqqa rioya qilish, qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari masalalari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borishni tavsiya etish.‎‎ Doimo‎ 0,1‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻi‎ Reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish masalalari boʻyicha erkaklarning bilimlarini oshirish‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
39.‎ Shifokorlar uchun reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va sogʻlom oilani shakllantirish boʻyicha metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.‎‎ 2002-yil‎ 35,0 ming AQSh dollari‎ YUNFPA mablagʻlari‎ Shifokorlarning reproduktiv salomatlik boʻyicha bilimlarini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, YUNFPA‎
40.‎ Oʻsmirlar, yoshlar va ota-onalar uchun reproduktiv salomatlik, sogʻlom oilani shakllantirish va sogʻlom turmush tarzini yuritish masalalari boʻyicha bukletlar, savol va javoblar toʻplamlari, esdaliklar, plakatlar tarzidagi tavsiyanomalar turkumlarini va boshqa koʻrgazmali axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etish.‎‎ Har yili‎ Hammasi 253,3 shundan 2002-yilda — 63
‎10,0 ming AQSh dollari
Bajaruvchilar, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, YUNFPA va boshqa homiylar mablagʻlari‎ Sogʻlom oilani shakllantirish va reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha aholining tibbiy bilimlarini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sogʻlom avlod uchun”, “Ibn Sino”, “Bolalar” jamgʻarmalari xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda‎
41.‎ “Sogʻlom oila”, “Ibratli ona”, “Ibratli ota” unvoni uchun tanlovlarni muntazam ravishda tayyorlash va oʻtkazish.‎‎ Har yili‎ 0,2‎ Bajaruvchilar va homiylar mablagʻi‎ Sogʻlom va bilimdon bolalar oʻstirgan ibratli oilalarni targʻib qilish‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi. “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

‎‎IV. Ayollarning reproduktiv salomatligini, bola tugʻish va tarbiyalashni yaxshilash boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish

42.‎ Xalqaro tashkilotlar bilan quyidagilar boʻyicha qoʻshma dasturlarni amalga oshirish:
‎— xavfsiz onalik;
‎— chaqaloqni emizishni ragʻbatlantirish va targʻib qilish;
‎— bolalar kasalliklarini birgalikda davolash;
‎— reproduktiv salomatlikni yaxshilash
2002—2004-yillar‎ 8000,0 ming AQSh dollari, shu jumladan 2002-yilda —2000,0 ming AQSh dollari‎ Homiylar mablagʻlari‎ Chaqaloqlar va onalar kasalliklari va oʻlimini kamaytirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, VOZ, “Ibn Sino” jamgʻarmasi, YUNFPA, YUNISEF, YuSAID, YUNESKO‎
43.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida fertil yoshdagi ayollar anemiyasi profilaktikasi boʻyicha YUNISEF bilan birgalikda qoʻshma dasturni amalga oshirish.‎‎ 2002-yil‎ 465,7 ming AQSh dollari‎ YUNISEF mablagʻi‎ Ayollardagi anemiya profilaktikasi‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ginekologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti, YUNISEF‎
44.‎ Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda “Oʻtish davridagi Osiyo mamlakatlarida kam taʼminlangan onalar va bolalar uchun ovqatlanishni yaxshilash” KETA 9005 dasturini amalga oshirish.‎‎ 2002-yil‎ 1200 ming AQSh dollari‎ Osiyo taraqqiyot banki mablagʻi‎ Temir va yod moddalari yetishmasligi holatlari rivojlanishi profilaktikasi‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki‎
45.‎ “AmeriKers”, “Kaunterpart interneyshnl”, “Siti Xoup”, “Bristol Mayers Skvib” va boshqa Amerika xayriya tashkilotlarining zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar, dori-darmonlar va tibbiy buyumlardan iborat muruvvat yordamini jalb eti�.‎‎ 2002-yil‎ 3,0
‎5150 ming AQSh dollari‎
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi va uning sheriklari mablagʻlari‎ Sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
46.‎ Fertil yoshdagi ayollarga yodli preparatlar bilan muruvvat yordami koʻrsatish.‎‎ 2002-yil‎ 60 ming AQSh dollari‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi va “Merk” firmasi mablagʻlari‎ Endokrin kasalliklarining oldini olish‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎
47.‎ Skrining markazlari uchun reagent toʻplamlari va fenilketonuriya (FKU) bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus bolalar ovqatlari sotib olish. 2002-yil‎ 1620 ming AQSh dollari 140 ming AQSh dollari ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻlari‎ Tugʻma kasalliklarning oldini olish va barvaqt profilaktikasi‎ “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎

V. Bolalar va tugʻruqqa yordam berish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

48.‎ Bolalar va tugʻruqqa yordam berish muassasalarini tibbiy asbob—anjomlar va apparatlar bilan jihozlash. 2002—2004-yillar‎ 30940 ming AQSh dollari‎ Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti‎ Bolalarga, homiladorlarga, yaqinda tugʻadigan xotinlarga va endigina tuqqan xotinlarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalqaro moliya tashkilotlari‎
49.‎ Qishloq vrachlik punktlarini Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) loyihalari boʻyicha tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlash: 1. “Salomatlik—1” ‎‎ 2002-yil‎ 8 020 ming AQSh dollari‎ XTTB kreditlari‎ Qishloq aholisiga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Viloyatlar nomi‎ QVPlar soni‎ Summa (ming AQSh dollari) ‎
Fargʻona‎ 138‎ 2740‎
Sirdaryo‎ 26‎ 520‎
Navoiy‎ 49‎ 976‎
Xorazm* 95‎ 1884‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi* 96‎ 1900‎
Jami‎ 404‎ 8020‎
2. “Salomatlik—2”‎‎ 2003—2007-yillar‎ 40 000 ming AQSh dollari‎ XTTB kreditlari‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 31‎ 561‎
Andijon‎ 351‎ 6353‎
Buxoro‎ 327‎ 5919‎
Jizzax‎ 158‎ 2860‎
Qashqadaryo‎ 190‎ 3439‎
Navoiy‎ 38‎ 688‎
Namangan‎ 215‎ 3891‎
Samarqand‎ 384‎ 6950‎
Surxondaryo‎ 185‎ 3348‎
Sirdaryo‎ 57‎ 1049‎
Toshkent‎ 223‎ 4036‎
Xorazm‎ 51‎ 923‎
Jami‎ 2210‎ 40000‎
50.‎ Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutining Namangan, Jizzax va Qarshi shaharlaridagi filiallarida mukammal taʼmirlashni tugallash.‎‎ 2002-yil III chorak‎ 16,7 ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari va Qashqadaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari hokimliklarining jalb etilgan mablagʻlari doirasida‎ Tugʻruqqa yordam berish muassasalari sharoitlarini va ayollarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash‎ Qashqadaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari hokimliklari‎
51.‎ Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutini hamda uning filiallarini zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar va apparatlar bilan jihozlash.‎‎ 2002—2004-yillar ‎ 7 300 ming AQSh dollari ‎ Sogʻliqni saqlash sohasiga jalb etiladigan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlash hisobiga ‎ Homilador, yaqinda tugʻadigan va endigina tuqqan ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xalqaro moliya tashkilotlari ‎
52.‎ Qizlar va oʻsmir qizlar reproduktiv salomatligi respublika markazini zarur audio-vizual apparatlar, oʻquv-metodik materiallar bilan jihozlash. 2002-yil ‎ 5 ming AQSh dollari ‎ YUNFPA mablagʻi ‎ Tinglovchilarni oʻqitish sifatini oshirish, qizlarga va oʻsmir qizlarga maslahat berish va davolash yordami koʻrsatishni yaxshilash ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi YUNFPA bilan birgalikda‎
53.‎ Reproduktiv salomatlik respublika markazining oʻquv-klinika boʻlinmalarini tashkil etish va ularni tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlash.‎‎ 2002-yil‎ 30 ming AQSh dollari‎ YUNFPA mablagʻi‎ Tinglovchilarni oʻqitish sifatini oshirish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi YUNFPA bilan birgalikda‎
54.‎ Mintaqaviy skrining markazlarini, shuningdek Navoiy, Sirdaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlari SES laboratoriyalarini homilador ayollarning xavfli guruhlarida TORCN yuqumi boʻyicha tashxis qilish uchun hisoblangan ehtiyojidan kelib chiqqan holda reagentlar va sarflanadigan materiallar bilan taʼminlash. ‎‎ 2002—2004-yillar ‎ 500,0 shu jumladan 2002-yilda 125,0 ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida ‎ TORCN yuqumini aniqlash, rivojlanish anomaliyasi bilan tugʻilgan bolalarni profilaktika qilish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
VI. Respublika gematologiya xizmatini rivojlantirish
55.‎ Quyidagilar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
‎— respublikada qon xizmati koʻrsatishni takomillashtirish, bunda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutini Gematologiya va transfuziologiya ilmiy markaziga aylantirishni, shifoxona muassasalarining qon quyish boʻlimlarini viloyat qon quyish stansiyalari tayanch punktlariga aylantirishni nazarda tutish;
‎— “Qon odamlar xizmatida” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasini tashkil etish. ‎‎
Ishlab chiqish —2002-yilning III-IV choragida ‎ Bajaruvchilar mablagʻi ‎ Gematologiya va transfuziologiya xizmatini takomillashtirish, uning tomonidan aholiga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish va turlarini kengaytirish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Qizil Yarim oy jamiyati, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
56.‎ Aholi oʻrtasida radio, televideniye, ommaviy axborot vositalari orqali, mahallalarda, oliy oʻquv yurtlarida, korxona va tashkilotlarda bevosita aholi bilan maʼrifiy ishlarning boshqa usullari vositasida begʻaraz donorlikni targʻib qilish.‎‎ Doimo ‎ — ‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti, hukumatga qarashli boʻlmagan jamgʻarmalar va boshqa homiylar mablagʻi ‎ Aholining donorlik masalalari boʻyicha bilimlarini oshirish, aholi oʻrtasida begʻaraz donorlikni muntazam ravishda targʻib qilish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Oʻzbektelefilm”, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qizil Yarim oy jamiyati, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati va boshqalar‎
57.‎ Mintaqaviy qon banklari (qon va ilik koʻmichi hujayralarini uzoq muddat saqlash boʻlimlari) tashkil etish:
‎1. Toshkent shahrida Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun — 10 ming doza;
‎2. Fargʻona shahrida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari uchun — 5 ming doza;
‎3. Samarqand shahrida Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun — 5 ming doza;
‎4. Buxoro shahrida Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun — 5 ming doza. ‎‎
2003—2004-yillar ‎ 45,0 230 ming AQSh dollari ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ‎ Qon komponentlarini, autotransfuziyani uzoq muddat saqlash uchun sharoitlar yaratish, favqulodda vaziyatlarda qon komponentlarining zarur miqdorda mavjud boʻlishini taʼminlash ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
58.‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi qon quyish stansiyalarida plazmadonorlikni kengaytirish, shuningdek respublika boʻyicha:
‎— 2003-yilda — 137 tonna;
‎— 2004-yilda — 158 tonna;
‎— 2005-yilda — 180 tonna
‎qon tayyorlanishini taʼminlash uchun test—diagnostikumlar, bir marta foydalaniladigan sistemalar va plastikat idishlar (qon olish va quyish uchun gemokonlar, kompoplastlar, sistemalar) sotib olish va qon xizmatini ular bilan taʼminlash. ‎‎
2003—2005-yillar ‎ 2 850 ming AQSh dollari ‎ Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ‎ Qon xavfsizligini taʼminlash, qon komponentlaridan oqilona foydalanish va donorlikni bir maromda rivojlantirish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎
59.‎ Respublika va viloyatlarning qon quyish stansiyalarini va gematologiya markazlarini zarur tibbiy texnika va apparatlar bilan jihozlash. ‎‎ 2003—2005-yillar ‎ 89,1 5 070 ming AQSh dollari ‎ Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti ‎ Tayyorlanayotgan qon komponentlari va preparatlari miqdorini koʻpaytirish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60.‎ Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining gematologiya va transfuziologiya kafedralari, Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti klinikasi bazasida gematologlar (207), transfuziologlar (126), laborantlar (28) tayyorlash va ularning malakasini uzluksiz oshirishni taʼminlash. 2002—2005-yillar‎ 60,0‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablagʻi‎ Gematologlar, transfuziologlar, vrach-laborantlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Davolash-profilaktika muassasalarida qon xavfsizligini taʼminlash. Zamonaviy usullarni qoʻllagan holda zarur miqdorda qon plazmasi va preparatlari ishlab chiqarish ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi ‎
2003‎ 2004‎ 2005‎
Gematologlar‎ 69‎ 72‎ 66‎
Trayasfuziologlar‎ 37‎ 39‎ 30‎
Laborantlar‎ 9‎ 10‎ 9‎
‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti uchun Oklaxoma-Siti (AQSh) shtatidagi Qon markazida:
‎ gemoblastaz bilan kasallangan bemorlarni tana hujayralarini koʻchirib oʻtkazish usuli bilan davolash boʻyicha;
‎qon xizmatini tashkil etishni va mablagʻ bilan taʼminlashni, qon xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy usullarni qoʻllagan holda qon plazmalari va preparatlari ishlab chiqarish metodlarini oʻrganish boʻyicha quyidagi kadrlarni tayyorlash:
Chet elda malaka oshirish‎‎
Gematologlar‎ 3‎ 3‎ 3‎
Transfuziologlar‎ 4‎ 4‎ 4‎
Laborantlar‎ 3‎ 3‎ 3‎
61.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qon quyish stansiyalarini maxsus avtotransportlar (14 ta “Otayoʻl” avtobusi, 14 ta “Damas” mikroavtobusi va 4 ta yuk mashinasi) bilan taʼminlash.‎‎ 2003—2005-yillar‎ 910 ming AQSh dollari‎ Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli krediti‎ Qatnash sharoitlarida qon tayyorlashni taʼminlash, tayyorlanayotgan qon miqdorini koʻpaytirish va qon xavfsizligi kafolatini oshirish‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
62.‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining qon quyish stansiyasi binosini rekonstruksiya qilish.‎‎ 2004-2005-yillar‎ 1180‎ Investitsiya dasturida nazarda tutilgan davlat budjeti mablagʻi‎ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining qon quyish stansiyasi sharoitlarini hamda aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jahon banki missiyasining tavsiyasiga koʻra “Salomatlik” loyihasini amalga oshirish doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq vrachlik punktlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash tavsiya qilingan.