Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikada limon koʻchatlarini yetishtirish va limon yetishtiruvchi issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishni jadal rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish, ayniqsa, qishloq joylarda yangi ish oʻrinlari yaratish mexanizmini taʼminlaydigan issiqxonalarni barpo etish hamda limon yetishtirishni kompleks rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-avgust,
PQ-5207-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3175-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mazkur qarorga muvofiq “Turonbank” ATBda ochilgan kredit liniyasining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq mablagʻlari Jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirishga yoʻnaltiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarori quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablagʻlardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltirilsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4610-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz koʻrsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 5-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshi “qishloq xoʻjaligi korxonalari” soʻzlaridan keyin “, jismoniy shaxslar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “har bir gektari uchun 30 million soʻmdan oshmaydigan miqdori” soʻzlari “har bir sotixi uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Turonbank” ATBga Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan 357,8 mlrd soʻm ekvivalentidagi qoldiq mablagʻlarni jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltirilishini taʼminlasin”;
g) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI
|
T/r |
Hududlar nomi |
Tashkil etiladigan limonzorlar gektar |
Limon hosili tonna |
Yaratiladigan doimiy ish oʻrinlari |
Mavsumiy ish oʻrinlari |
Talab etiladigan limon koʻchatlari dona |
|
JAMI: |
2 031 |
120 000 |
12 186 |
14 217 |
2 234 100 | |
|
1. |
Andijon viloyati |
26 |
1 500 |
156 |
182 |
28 600 |
|
2. |
Buxoro viloyati |
20,5 |
1 200 |
123 |
144 |
22 550 |
|
3. |
Qashqadaryo viloyati |
5,5 |
300 |
33 |
39 |
6 050 |
|
4. |
Namangan viloyati |
862,5 |
50 800 |
5 175 |
6 038 |
948 750 |
|
5. |
Surxondaryo viloyati |
1 000 |
59 300 |
6 000 |
7 000 |
1 100 000 |
|
6. |
Fargʻona viloyati |
100 |
5 900 |
600 |
700 |
110 000 |
|
7. |
Xorazm viloyati |
2,5 |
150 |
15 |
18 |
2 750 |
|
8. |
Toshkent viloyati |
14 |
850 |
84 |
98 |
15 400 |
|
”. | ||||||
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4752-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablagʻlardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltirilsin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qarori 4-bandining “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi “Turonbank” ATBga” soʻzlaridan keyin “(ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Turonbank” ATB ustav kapitalini oshirish orqali)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5113-son qaroriga 3-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan mazkur qarorga muvofiq “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida ajratilgan mablagʻlarning 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi Jamgʻarmaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yoʻnaltiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)