1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 482-sonli “Suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini yanada oshirish, suv resurslaridan foydalanishni toʻgʻri rejalashtirish, ilm-fan yutuqlarini, jumladan, viloyatning oʻziga xos tuproq-iqlim sharoitlarida innovatsion va resurslarni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 744-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari va faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligining 2021-yil 1-iyuldan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplashni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va rahbar xodimlari ish haqini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining ish haqini Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlari mehnatiga haq toʻlashni bosqichma-bosqich maqbullashtirgan tartibda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Markazni saqlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar 2021-yilda Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi, 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2026-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Markazni saqlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash hamda yangi tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va zamonaviy laboratoriya jihozlarini xarid qilish uchun Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalaridan mablagʻlar ajratish boʻyicha viloyat xalq deputatlari Kengashiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahri hududida boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan maʼmuriy bino va inshootlarni qurish uchun 0,2 gektar yer uchastkasini Markazga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonqa tumani hududidagi Markazga tegishli boʻlgan jami 78,9 gektar yer uchastkasi, shundan 57,1 gektari ekin maydoni va 11,0 gektari bogʻdan iborat boʻlgan dala-tajriba yer uchastkasi bino va inshootlari, moddiy-texnik bazasi bilan birgalikda Xonqa tumani hokimligiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Markazga Urganch tumanining suv taʼminoti qulay boʻlgan hududidan qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinovlarni amalga oshirish uchun boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan 10,0 gektargacha boʻlgan sugʻoriladigan yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi va boshqa turdosh sohalardagi mahalliy yosh iqtidorli mutaxassislar va kadrlarni oʻrganib, ularni Markazga jalb qilish, Xorazm viloyati suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish, 2021 — 2026-yillarda ilm-fan yutuqlarini, jumladan, viloyatning oʻziga xos tuproq-iqlim sharoitlarida innovatsion va resurslarni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish boʻyicha ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Markaz ilmiy xodimlari mehnatiga haq toʻlashni 2022 — 2026-yillar davrida bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritishda raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va tuproq ostidan sugʻorish texnologiyalarini, suv tanqisligi sharoitida yangi usullar va texnologiyalarni, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va boshqa innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish, shoʻrlangan yerlarning shoʻrini yuvish va sugʻorishda yerlarni lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash hamda boshqa innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi tashkilotlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-noyabrdagi 744-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Xorazm viloyati hokimi F.Oʻ. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
453-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2026-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Laboratoriyalar nomi
Ilmiy xodimlarning shtat birligi soni
2022-2023-yillar
2024-2025-yillar
2026-yildan boshlab
1.
Irrigatsiya tizimi va oʻzan jarayonlari laboratoriyasi
3
2
1
2.
Sugʻorish va suvni tejaydigan texnologiyalar laboratoriyasi
3
2
1
3.
Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari laboratoriyasi
3
2
1
4.
Suv xoʻjaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar laboratoriyasi
2
1
1
5.
Gidrometriya laboratoriyasi
2
1
1
6.
Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar laboratoriyasi
2
1
1
Jami
15
9
6
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-noyabrdagi 744-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markazning ilmiy va rahbar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlari uchun hamda boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(ilmiy xodimlardan tashqari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2021-yil” soʻzlari “2022-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor
Direktor oʻrinbosari — ilmiy kotib
Irrigatsiya tizimi va oʻzan jarayonlari laboratoriyasi
3
Suv xoʻjaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar laboratoriyasi
2
Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar laboratoriyasi
2
Bosh buxgalter
1
Xodimlar va hujjatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
1
Sugʻorish va suvni tejaydigan texnologiyalar laboratoriyasi
3
Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari laboratoriyasi
3
Gidrometriya laboratoriyasi
2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami ilmiy xodimlar va muhandislar 19 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlarning soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan meʼyorlarga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarorga 2-ilovaning 26-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markazning bino va inshootlarini saqlash hamda xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)