19.07.2021 yildagi PQ-5188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish borasidagi faoliyatini davom ettirishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi — Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) etib;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi — Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi 10 kun muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktabni qurish va mavjud 5 ta ijod maktabini taʼmirlash, ularni zarur oʻquv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi maktablarni qurish, taʼmirlash hamda zarur mebel jihozlari, oʻquv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan manzilli roʻyxat (keyingi oʻrinlarda — Manzilli roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimidagi maktablarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash — Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy mebel va jihozlar, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan taʼminlash — Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar, Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Manzilli roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladigan qurilish ishlariga buyurtmachi tashkilotlar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarini zamonaviy mebel va jihozlar, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan jihozlashning yangi meʼyorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vazirligi obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi boʻyicha davlat nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik 2021-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq oʻquvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi maktablarni A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, oʻquvchilarga mazkur kutubxonalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi maktablar oʻquvchilarini liderlik, tizimli tahlil qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash, notiqlik sanʼati, loyihalarni boshqarish koʻnikmalariga oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident maktablarida oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularga keyinchalik oʻqishini davom ettirish uchun oliy taʼlim muassasalarini tanlashda koʻmaklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Counsellor) dasturini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali mutaxassislar, mentorlar (ustozlar), ekspertlar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni jalb etgan holda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun inklyuziv IT taʼlimni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ijod maktablarida oʻquvchilarning chet el adabiyotlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish koʻnikmasini shakllantirish uchun “Yosh tarjimonlar toʻgaragi”ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli sanʼat, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash hamda aktyorlik mahorati yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan toʻgaraklarni ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalq shoirlari, Xalq yozuvchilari, yuksak unvonlarga sazovor boʻlgan adiblar, aktyorlar, rejissorlar hamda boshqa madaniyat va sanʼat vakillarini Agentlik tizimidagi ijod maktablariga biriktirish, ular ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish hamda mazkur maktablarda “ustoz-shogird” anʼanalari asosida taʼlim-tarbiya sifatini oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga toʻlov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishga kirish huquqi beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy taʼlim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha davlat granti asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat oliy taʼlim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʻlov-kontrakt asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat oliy taʼlim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʻlov-kontrakt asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlar davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishda sertifikat berilgan fan boʻyicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar kimyo, biologiya, fizika, axborot texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini tasdiqlasin va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi maktablarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi maktablar toʻgarak rahbarlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oliy maʼlumotli oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasining 80 foizi miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 20 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazini tashkil etishga oid Hukumat qarorini qabul qilsin hamda uning faoliyatini lozim darajada yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik huzurida Ilmiy-metodik kengashni tashkil qilsin hamda uning faoliyatiga malakali olimlar hamda pedagog kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ilmiy-metodik kengash bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro taʼlim standartlari va talablari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlar uchun uzluksiz malaka oshirish kurslari hamda metodologik oʻquv seminarlarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va pedagog kadrlarning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish, ularning kasbiy rivojlanish natijalari va oʻzlashtirgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishini taʼminlovchi maxsus elektron platformani ishlab chiqsin va lozim darajada ishlashini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan mazkur jamiyatga qarashli “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohini Agentlik tasarrufiga begʻaraz oʻtkazish hamda kelgusi 10 yil davomida uning faoliyatini yuritish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni “Oʻzmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik “Oʻzmetkombinat” AJ bilan kelishgan holda bir oy muddatda “Yoshlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyatini tashkil etish hamda bolalarni oromgohga jalb qilish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Agentlikning qoʻshimcha shtat birliklari soni Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi 17 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlikka quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari uchun ixtisoslik fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning yagona maketlarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish, taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning tuzuvchilarini tanlash, ekspertizadan oʻtkazish va chop etishni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki, Agentlik va uning tizimidagi taʼlim muassasalari uchun xorijiy davlatlardan olib kelinadigan adabiyotlar, multimedia vositalari, oʻquv-laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar va reaktiv mahsulotlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli IT-park binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvarga qadar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus, Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarini bittadan yengil avtomobil bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5188-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vasiylik kengashi raisi

2.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Z.Sh. Nizomiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

5.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

7.

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

8.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

9.

A.S. Sultanov

energetika vaziri

10.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

11.

F.N. Arziyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

13.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

14.

M.M. Xojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

15.

M.K. Kamalov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi

16.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

17.

Sh.K. Abduraxmanov

Andijon viloyati hokimi

18.

E.O. Turdimov

Samarqand viloyati hokimi

19.

Q.S. Sanakulov

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori

20.

A.X. Xursanov

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi

21.

R.X. Pirmatov

“Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi

22.

M.R. Abdullayev

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

23.

X.N. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi

24.

Sh.B. Umurzakov

“Oʻzavtosanoat” AJ raisi

25.

M.M. Yunusov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

26.

I.U. Xaydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi raisi

27.

A.Q. Mirsoatov

“Oʻzmilliybank”AJ boshqaruvi raisi

28.

K.N. Irisbekova

“Aloqa-bank” ATB boshqaruvi raisi

29.

S.S. Annaklichev

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

30.

N.N. Saydullayev

“Asaka bank” ATB boshqaruvi raisi

31.

X.Oʻ. Umarova

Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi faoliyatiga koʻngilli tadbirkorlik subyektlari va homiy tashkilotlar ixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni qurish, taʼmirlash hamda zarur mebel jihozlari, oʻquv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan manzilli roʻyxat1
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyekt nomi

Maktablar soni

Qurilish (taʼmirlash) yili

Jami quvvati

(oʻquvchi oʻrni)

Respublika boʻyicha:

18

Yangi qurilish:

13

6 240

Ixtisoslashtirilgan maktablar

13

6 240

Taʼmirlash va qoʻshimcha qurilish:

5

1220

Ijod maktablari

5

1 220

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Yangi qurilish

480

1.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2021-y.

480

Taʼmirlash va qoʻshimcha qurilish

200

2.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi2

1

2022-y.

200

Andijon viloyati

Yangi qurilish

480

3.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2021-y.

480

Taʼmirlash va rekonstruksiya qilish

420

4.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi3

1

2022-y.

420

Buxoro viloyati

Yangi qurilish

480

5.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2023-y.

480

Jizzax viloyati

Yangi qurilish

480

6.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2022-y.

480

Taʼmirlash va qoʻshimcha qurilish

200

7.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
ijod maktabi4

1

2022-y.

200

Qashqadaryo viloyati

Yangi qurilish

480

8.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2025-y.

480

Taʼmirlash va rekonstruksiya qilish

200

9.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi5

1

2022-y.

200

Navoiy viloyati

Yangi qurilish

480

10.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2023-y.

480

Namangan viloyati

Yangi qurilish

480

11.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2024-y.

480

Samarqand viloyati

Yangi qurilish

480

12.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2022-y.

480

Surxondaryo viloyati

Yangi qurilish

480

13.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2024-y.

480

Sirdaryo viloyati

Yangi qurilish

480

14.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2023-y.

480

Toshkent viloyati

Yangi qurilish

480

15.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2022-y.

480

Fargʻona viloyati

Yangi qurilish

480

16.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2024-y.

480

Taʼmirlash va qoʻshimcha qurilish

200

17.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi6

1

2022-y.

200

Xorazm viloyati

Yangi qurilish

480

18.

Ixtisoslashtirilgan maktab

1

2025-y.

480

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Bino-inshootlarni qurish manzili boʻyicha takliflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlikka kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi uchun qoʻshimcha 80 oʻrinli yotoqxona va kutubxona binolari quriladi hamda qoʻshimcha jihozlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi binosida joylashgan umumtaʼlim maktabi boshqa binoga koʻchiriladi, maktab binosi toʻliq taʼmirlanadi, zamonaviy kutubxona tashkil etiladi hamda oʻquv va yotoqxona binolari qoʻshimcha jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi uchun qoʻshimcha oʻquv xonasi, yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zal quriladi hamda maktabni jihozlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi uchun 50 oʻrinli oshxona va 80 oʻrinli yotoqxonaning quvvati oshiriladi hamda qoʻshimcha jihozlash ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi uchun qoʻshimcha 100 oʻrinli oʻquv xonasi, 90 oʻrinli yotoqxona va sport zal quriladi, oʻquv xonalarining quvvati oshiriladi hamda qoʻshimcha jihozlash ishlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

I. Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish

1.

Ixtisoslik fanlari boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Maxsus adabiyot, matnshunoslik saboqlari, nutq madaniyati va notiqlik sanʼati, ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etish.

2021-yil sentabr

Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

2. Ilgʻor milliy hamda xorijiy tajribalardan foydalangan holda taʼlim dasturlari loyihalarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust — noyabr

3. Ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini aprobatsiyadan oʻtkazish va takomillashtirish.

2021-yil dekabr

4. Maxsus adabiyot, matnshunoslik saboqlari, nutq madaniyati va notiqlik sanʼati, ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan yaratilgan taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy etish.

2022-yil sentabr

2.

Ixtisoslik fanlari boʻyicha darsliklarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Darsliklarni yaratish boʻyicha mualliflar guruhini shakllantirish.

2021-yil avgust

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

2. Darslik va oʻqituvchi kitobini yaratish.

2021-yil dekabr

3. Yaratilgan darsliklarni taʼlim muassasalarida aprobatsiyadan oʻtkazish.

2022-yil yanvar

4. Darsliklarni aprobatsiya natijalari asosida takomillashtirish.

2022-yil iyul

3.

Ijod maktablarida mahorat darslari oʻtkazishni tizimli tashkil etish.

1. Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda mahorat darslarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2. Mahorat darslarini olib boruvchi shaxslarga qoʻyiladigan talablarni belgilash.

3. Mahorat darslarini olib boruvchi shaxslarni tanlash.

4. Mahorat darslarini tizimli ravishda oʻtkazish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimiy

-

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

4.

Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish.

1. Ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash mezonlari va tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

2. Ijod maktablari faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularning reytingini aniqlash.

2022-yil may

3. Reyting boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan ijod maktablari rahbarlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

2022-yil iyun

5.

Ijod maktablarida taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish.

1. Oʻquvchilar bilimini baholash tartibini takomillashtirish.

2022-yil mart

-

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

2. Monitoring guruhlarini shakllantirish.

2022-yil aprel

3. Oʻquvchilar bilimini baholashni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshirish tizimini joriy etish.

2022-yil sentabr

4. Oʻquvchilarning bilimida aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish choralarini koʻrish.

2022-yil noyabr

6.

Maktab kutubxonalarini jahon va oʻzbek badiiy asarlari bilan boyitish.

1. Tajribali pedagog va yozuvchilar bilan birgalikda badiiy asarlar roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil sentabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

2. Tanlangan badiiy asarlarni xarid qilish va maktablarga yetkazish.

2021-yil noyabr

7.

Ijod maktablari oʻquvchilarini oʻzbek va dunyo adabiyoti, kinematografiyasi, tasviriy sanʼati va mumtoz musiqasining eng sara namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish.

1. Ijod maktablari oʻquvchilari uchun oʻzbek va dunyo adabiyoti, kinematografiyasi, tasviriy sanʼati va mumtoz musiqasining eng sara namunalari roʻyxatini tasdiqlash.

2021-yil oktabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
“Oʻzbekkino” milliy agentligi (Abduxolikov),
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi (Nuridinov)

2. Quyidagilarni xarid qilish va maktablarga yetkazish:

oʻzbek va dunyo adabiyotining eng sara 50 ta asarini;

oʻzbek va dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasini;

oʻzbek va dunyo tasviriy sanʼatining 100 ta eng yetuk asarini;

oʻzbek va dunyo mumtoz musiqasining 100 ta eng mukammal asarini.

2021-yil noyabr

II. Ijod maktablarini rahbar va pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

8.

Ijod maktablarining rahbar lavozimlarini bugun mamlakatimizda, xususan, taʼlim tizimida kechayotgan islohotlarni tushunadigan, malakali, faol va oʻzgarish qilishga qodir boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash.

1. Ijod maktablari rahbar kadrlarining salohiyati, boshqaruv mahorati va tashabbuskorligini oʻrganib, ularning lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqish.

2021-yil avgust

-

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov)

2. Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish.

2021-yil avgust

3. Ijod maktablarining rahbar lavozimlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash.

2021-yil dekabr

9.

Pedagog xodim va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. “Hayot davomida oʻqish” tamoyili asosida pedagoglarning uzluksiz malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil yanvar

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

2. Malaka oshirish kurslarining oʻquv reja hamda dasturlarini ishlab chiqish.

2022-yil mart

3. Oʻqituvchi va tarbiyachilar egallashi lozim boʻlgan malaka talablarini ishlab chiqish.

2022-yil mart

4. Malaka oshirish elektron platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2022-yil aprel

5. Fanlar kesimida malaka oshirishga oid amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish.

2022-yil sentabr

10.

Ijod maktablarida chet tillarni oʻqitishni takomillashtirish.

1. Chet tillar oʻqitilishiga malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2. Oʻqituvchilarning chet tilini bilish boʻyicha mahalliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishiga metodik yordam koʻrsatish.

2021-yil sentabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov)

11.

Ijod maktablari rahbarlari va pedagog xodimlarini ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.

1. Ijod maktablari rahbarlari va pedagog xodimlari uchun zamonaviy maktabni boshqarishga mos keladigan yagona malaka talablarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

-

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

2. Ijod maktablari rahbarlari va pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

2021-yil sentabr

12.

Ijod maktablariga Oʻzbekiston xalq shoirlari, Xalq yozuvchilari va boshqa yuksak unvonlarga sazovor boʻlgan ustoz adiblarni biriktirish orqali taʼlim-tarbiya sifatini oshirish, isteʼdodli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston xalq shoirlari, Xalq yozuvchilari va boshqa yuksak unvonlarga sazovor boʻlgan ustoz adiblar (keyingi oʻrinlarda — adiblar) roʻyxatini tasdiqlash.

2021-yil sentabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

2. Adiblarni ijod maktablariga biriktirish.

2021-yil sentabr

3. Adiblarning ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bergan takliflarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2021-yil sentabr

4. Adiblarning faoliyat samaradorligini monitoring qilib borish.

Doimiy

13.

Ijod maktablarini hududiy kutubxonalar, gazeta va jurnallarga biriktirish.

1. Hududiy kutubxonalar, gazeta va jurnallar faoliyatini oʻrganish hamda tahlil qilish.

2021-yil noyabr

-

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

2. Kutubxonalar, gazeta va jurnallarga ijod maktablarini biriktirish tartibi va roʻyxatini tasdiqlash.

2021-yil dekabr

3. Kutubxonalar, gazeta va jurnallar hamda ijod maktablarining hamkorlik samaradorligini monitoring qilib borish.

2022-yil yanvar

III. Ijod maktablariga iqtidorli oʻquvchilarni tanlab olish, ularning iqtidorini yanada rivojlantirish

14.

Ijod maktablariga iqtidorli oʻquvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish.

1. Ijod maktablariga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish tartibini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Davlat test markazi
(Karimov),
Adliya vazirligi
(Davletov)

2. Saralash tanlovida oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash darajasini aniqlash uchun IQ testlar oʻtkazish.

2021-yil dekabr

3. Maʼnaviyat targʻibotchilari yordamida umumtaʼlim maktablaridagi iqtidorli oʻquvchilarni ijod maktablariga yoʻnaltirish tartibini belgilash.

2021-yil dekabr

4. Boʻshagan oʻrinlarga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilash.

2022-yil yanvar

5. Iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun onlayn platformani yaratish.

2022-yil may

15.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquvchilarning ijodiy ishlarini nashr etish tartibini belgilash.

2. Oʻquvchilarning ijodiy ishlarini toʻplash va tahrir qilish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.

3. Oʻquvchilarning ijodiy ishlari toʻplamini nashr etish.

2021-yil sentabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Yozuvchilar uyushmasi
(Saidov)

16.

Ijod maktablari oʻquvchilarini zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish.

1. Oʻquvchilarning kasbiy koʻnikmalarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

2. Oʻquvchilarning kasbiy layoqatini oʻrganish.

2022-yil mart

3. Oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib zamonaviy kasblar roʻyxatini belgilash.

2022-yil sentabr

4. Darsdan tashqari zamonaviy kasblarga yoʻnaltirishni tashkil etish.

2022-yil sentabr

17.

Ijod maktablarida psixologik xizmat sifatini takomillashtirish.

1. Oʻquvchilarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash.

2. Psixologlarni metodik qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

3. Psixologlar faoliyati monitoringini olib borish.

2021-yil sentabr

-

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

18.

Ijod maktabi oʻquvchilarini maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash.

1. Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan toʻgaraklarning oʻquv-reja va dasturlarini ishlab chiqish.

2. Toʻgarak rahbarlarining malakasini oshirish va ularning istiqbol rejalarini belgilab berish.

3. Toʻgarak rahbarlarining ishlarini ommalashtirish va ularni ragʻbatlantirish.

2021-yil sentabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

19.

Ijod maktablarida maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.

1. Oʻquvchilar va pedagog xodimlarning odob-axloq qoidalarini tasdiqlash.

2. Ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 5 ta tashabbusi doirasida festivallar, tanlovlar va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

3. Oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirish va ragʻbatlantirishni tashkil etish.

4. Oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy tanlovlarni tashkil etish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish.

5. Iqtidorli oʻquvchilarni keng jamoatchilikka tanishtirib borish maqsadida “Oltin fondimiz” teledasturi loyihasini amalga oshirish.

2021-yil dekabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
MTRK
(Xadjayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

20.

Oʻquvchilarning isteʼdodi, bilimi hamda keng dunyoqarashi, ilmiy salohiyatini namoyon etishga qaratilgan, muntazam ravishda efirga uzatiladigan intellektual teledasturni tashkil etish.

1. Teledasturni tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil noyabr

Jamgʻarma mablagʻlari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi
(Umarova),
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov),
MTRK
(Xadjayev)

2. Oʻquvchilar guruhlarini shakllantirish.

2021-yil dekabr

3. Koʻrsatuvlarni muntazam tashkil etib borish.

Doimiy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Prezident taʼlim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan maktablar*

Ijod maktablari

Prezident maktablari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Bolalar oromgohi

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2021 — 2025-yillarda bosqichma-bosqich 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi markaziy apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Ijro apparati

3

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

3

Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi

1

Moliya-iqtisod boshqarmasi

1

Taʼlim sifatini monitoring qilish va baholash boʻlimi

3

 

Moliyalashtirish va rejalashtirish boʻlimi

3

Prezident maktablari bilan ishlash boʻlimi

4

Maʼnaviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boʻlimi

2

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

2

Buxgalteriya hisobi boʻlimi

3

Ijod maktablari bilan ishlash boʻlimi

4

Xodimlar bilan ishlash boʻlimi

2

Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish boʻlimi

3

 

Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash boʻlimi

4

Yuridik boʻlim

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

3

Oʻquv jarayonini metodik taʼminlashni takomillashtirish boʻlimi

3

Darsliklarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish boʻlimi

3

Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi

4

Iqtidorli yoshlarni tanlab olish va olimpiadalarni tashkil qilish boʻlimi

3

Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

3

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 65 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5188/0687-son; 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 20.07.2026-y., 06/26/138/0762-son)