Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2005 01.06.2002 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2005
Hujjat 01.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISH TARTIBIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, doimiy va vaqtinchalik komissiyalarining majlislari va yigʻilishlarini oʻtkazish hamda ularda vazirliklar, idoralar va hududlar rahbarlarining qatnashuvi amaliyotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-fevraldagi 47-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bobga quyidagi mazmundagi 5-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida oʻtkaziladi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bobga quyidagi mazmundagi 1-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Vazirlar Mahkamasining komplekslari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, qoidaga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda komplekslarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kundalik masalalarni hal etish joriy ish tartibida yoki ularni komplekslarning davrlar yakunlari boʻyicha majlislariga qoʻshgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining rahbarlarini Vazirlar Mahkamasida oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarga taklif etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, mazkur Ish tartibining VI bobida va ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bobning keyingi xatboshilari 2-band deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mintaqaviy darajada oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlar sonini qisqartirish, ushbu tadbirlarning sifati va natijadorligini ijro intizomini takomillashtirish va qabul qilingan qarorlarni nazorat qilish hisobiga oshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-son