Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2005 01.06.2002 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISH TARTIBIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, doimiy va vaqtinchalik komissiyalarining majlislari va yig‘ilishlarini o‘tkazish hamda ularda vazirliklar, idoralar va hududlar rahbarlarining qatnashuvi amaliyotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-fevraldagi 47-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bobga quyidagi mazmundagi 5-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning majlislari Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida o‘tkaziladi. Doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan o‘tkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bobga quyidagi mazmundagi 1-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Vazirlar Mahkamasining komplekslari tomonidan o‘tkaziladigan majlislar, qoidaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan yilning har choragi rejalari asosida o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda komplekslarning rejadan tashqari majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi bilan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kundalik masalalarni hal etish joriy ish tartibida yoki ularni komplekslarning davrlar yakunlari bo‘yicha majlislariga qo‘shgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining rahbarlarini Vazirlar Mahkamasida o‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlarga taklif etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, mazkur Ish tartibining VI bobida va ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bobning keyingi xatboshilari 2-band deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mintaqaviy darajada o‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlar sonini qisqartirish, ushbu tadbirlarning sifati va natijadorligini ijro intizomini takomillashtirish va qabul qilingan qarorlarni nazorat qilish hisobiga oshirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.Sultonov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-son