14.04.2021 yildagi 1067-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 23-sentabrdagi 740-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1067-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1067-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) 38 va 39-moddalariga muvofiq siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash va imzo varaqalari (bundan buyon matnda imzo varaqalari deb yuritiladi) toʻgʻri toʻldirilganligini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi) tomonidan tekshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Siyosiy partiyalar tomonidan imzolar toʻplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Saylovda ishtirok etishiga ijozat berilgan siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qoʻllab-quvvatlab, Oʻzbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining imzosini toʻplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta maʼmuriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya tegishincha imzolar umumiy sonining koʻpi bilan sakkiz foizini toʻplashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Siyosiy partiya oʻzining vakolatli vakiliga MSK tomonidan roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma berilganidan keyingina nomzodni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan saylovchilarning imzosini toʻplashga haqli. Bu sanaga qadar toʻplangan imzolar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Saylovchilar imzolarini toʻplash uchun MSK siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga mazkur Nizom ilovasiga muvofiq namunadagi imzo varaqalarining blankalarini beradi. Imzo varaqalari blankalari MSK tomonidan bosmaxona usulida, ikki tomonlama koʻrinishda tayyorlanadi. Imzo varaqalari blankalari har bir siyosiy partiyaga Oʻzbekiston Respublikasining barcha saylovchilari umumiy sonining 1,4 foizi hisobida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar soʻroviga koʻra, imzo toʻplash uchun qoʻshimcha imzo varaqalari blankalari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imzolar toʻplanishini tashkil etish uchun siyosiy partiyalarning tuman, shahar kengashlari va ijroiya qoʻmitalari aʼzolari yoxud partiyalarning tuman, shahar tashkilotlari devoni shtatidagi xodimlari orasidan masʼul shaxslar tayinlanadi. Shuningdek, siyosiy partiyalar boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari ham imzolar toʻplashni uyushtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Saylovchilar bitta yoki bir nechta nomzodlarni qoʻllab-quvvatlab imzo qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek, imzo qoʻygan sanani koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar qoʻlda yozib kiritiladi. Imzo varaqasiga oʻz imzosini qoʻyadigan saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saylovchining iltimosiga koʻra imzo toʻplashni amalga oshirayotgan shaxs tomonidan kiritilishi mumkin. Biroq, imzoni aynan saylovchining oʻzi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Saylovchilarning imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek, tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majburlash va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Imzo varaqasi imzoni toʻplagan shaxs tomonidan oʻz familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzolanadi, shuningdek, tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng siyosiy partiyaning vakolatli vakili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini MSKga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. MSKga tekshirish uchun jami saylovchilar umumiy sonining kamida bir foizi miqdorida imzolar taqdim etilishi lozim. Agar siyosiy partiyalar tomonidan jami saylovchilar umumiy sonining bir foizidan koʻproq imzolar toʻplangan boʻlsa, qolgan imzo varaqalari siyosiy partiyada zaxira sifatida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligi MSK tomonidan besh kunlik muddatda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. MSK tekshiruv oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida siyosiy partiyalarni oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligining MSK tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. MSK imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini (bundan buyon matnda Ekspert guruhi deb yuritiladi) tuzishi mumkin. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar organlarining, adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek, xatshunos ekspertlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Saylovchilar imzolari zarur sonining kamida oʻn besh foizi va imzo varaqalariga imzolarini qoʻygan saylovchilar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tekshirish uchun saylovchilarning har bir nomzodni qoʻllab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir maʼmuriy-hududiy tuzilmadan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahridan) teng nisbatda tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Imzo varaqalarini tekshirishda Ekspert guruhi aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy odob qoidalariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qonun hujjatlarida va ichki hujjatlarda belgilangan oʻz lavozim vakolatlari doirasida xolisona, vijdonan, sifatli bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarlar va xizmat axborotini taqdim etish boʻyicha MSKda belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspert guruhi aʼzolari imzo varaqasining toʻgʻri toʻldirilganligiga, tuzatishlarga yoʻl qoʻyilganiga, oʻchirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan toʻldirilganligiga, oʻxshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga eʼtibor bergan holda har bir imzo varaqasini koʻzdan kechiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vizual tekshiruvda nuqsonlar yoki shubhali holatlar aniqlangan imzo varaqalari puxtaroq, shu jumladan maxsus asboblar yordamida tekshirish uchun saralab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagi imzolar haqiqiy emas deb topiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya vakolatli vakiliga MSK tomonidan roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma berilgunga qadar toʻplangan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzo varaqasidagi saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saylovchining oʻzi yoki saylovchilar imzolarini toʻplagan masʼul shaxs tomonidan kiritilmasdan qoʻyilgan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylash huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan qoʻyilgan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzo varaqasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlardan birortasi koʻrsatilmasdan qoʻyilgan, shu jumladan sanasi koʻrsatilmasdan qoʻyilgan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxsning nomidan qoʻyilgan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSK tomonidan berilgan imzo varaqalaridan boshqa imzo varaqalarida qoʻyilgan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchining imzosi va u haqda maʼlumotlar qalam yoki yozuv quroli hisoblanmaydigan boshqa vositalar bilan kiritilgan imzolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzo varaqasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan holda qoʻyilgan imzolar, basharti ushbu tuzatishlar saylovchi yoki imzo varaqasini tasdiqlovchi shaxslar tomonidan qoʻshimcha imzo bilan tasdiqlanmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar MSK tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan koʻprogʻini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya tomonidan MSKga taqdim etilgan barcha imzo varaqalari tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Siyosiy partiyalar tomonidan imzo varaqalaridagi kamchiliklar ikki kunlik muddatda bartaraf etilmasa yoxud qoʻshimcha imzo varaqalari taqdim etilmasa, barcha topshirilgan imzo varaqalaridan haqiqiy deb topilganlari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. MSKga kamchiliklari bartaraf etilib (qoʻshimcha toʻplanib), taqdim etilgan imzo varaqalari toʻliq tekshiriladi va ularning haqiqiy deb topilganlari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomning 20 va 22-bandlarida nazarda tutilgan oldindan taqdim etilgan va qoʻshimcha taqdim etilgan imzo varaqalarining haqiqiy deb topilganlari qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻllab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolari soni jami saylovchilar umumiy sonining bir foizidan yana oz boʻlib chiqsa, mazkur imzo varaqalari toʻligʻicha haqiqiy emas deb topiladi va MSK siyosiy partiya tomonidan koʻrsatilgan nomzodni roʻyxatga olishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tekshiruv yakunlangach, nomzodni yoqlab berilgan imzo varaqalarini taqdim etgan har bir siyosiy partiya boʻyicha Ekspert guruhi tomonidan Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish yakunlari toʻgʻrisida xulosa (bundan buyon matnda Xulosa deb yuritiladi) tuziladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar imzolari qoʻyilgan va taqdim etilgan imzo varaqalari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarning tekshirilgan imzolari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar imzolarining haqiqiy emas deb topilgan soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xulosaning qalamda toʻldirilishiga va unga biron-bir tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xulosaning nusxasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekspert guruhi xulosalari MSK tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Imzolarni takroran tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida MSKning qarori qabul qilinganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspert guruhining xulosasi asosida MSK Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 64-moddasiga muvofiq quyidagilardan biri toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida — siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonun talablariga muvofiq kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida — siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar qonun talablariga muvofiq kelmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. MSKning qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzolarni toʻplash va imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Old tomoni

‎Siyosiy partiyaning ramzi

‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan
‎nomzodni koʻllab-quvvatlashga doir

IMZO VARAQASI

________________________________________________________________________________

(imzolar toʻplangan maʼmuriy-hududiy tuzilma nomi)‎

Biz, quyida imzo qoʻyuvchilar, _____________________________________________________ dan

(siyosiy partiyaning nomi)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻr�atilgan nomzod

______________________________________________________________ni qoʻllab-quvvatlaymiz:

(nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

T/r‎‎
‎

‎‎‎Saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi‎‎

Tugʻilgan yili (agar 18 yoshda boʻlsa, tugʻilgan oyi va kuni)

‎Yashash joyi (manzili)

Pasport yoki
‎
ID-karta seriyasi va tartib raqami

‎‎Shaxsiy imzo va imzo qoʻyilgan sana‎

1.

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.


‎Orqa tomoni

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

16.

17.

18.

19.

20.

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28.

29.

30.

31.

32.

33.

34.

35.

36.

37.

38.

39.

40.

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Toʻplangan imzolarning umumiy soni ________

‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ _________________________________________________________________ ‎
‎

(saylovchilar imzosini toʻplagan shaxs F.I.O., yashash joyi manzili, pasporti yoki ID-kartasining seriyasi va tartib raqami, imzosi)

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎

‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

M.Oʻ.

‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎

Imzo varaqasini tasdiqlayman _________________________________________________

‎
‎

(siyosiy partiya tuman, shahar boʻlinmasi rahbarining F.I.O. va imzosi)

‎