30.06.2021 yildagi 1123-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar parlament oldiga yangidan-yangi vazifalarni qoʻymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islohotlarning shiddati Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalari va komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, parlament vakillarining xalq bilan doimiy muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, quyi palataning qonun ijodkorligiga, parlament va deputatlik nazoratiga doir faoliyatini kuchaytirish, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi muhim yoʻnalishlarni yanada takomillashtirishni, deputatlar korpusi ishini bugungi kun talablari asosida olib borishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini mamlakatda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida hamda oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishlarida belgilab berilayotgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqish hamda uni bugungi kun talablariga mos ravishda yanada takomillashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, demokratik islohotlarni amalga oshirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida hamda siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar hamda komissiyalarning taklif va fikr-mulohazalaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi (bundan buyon matnda Ish reja deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish rejasida nazarda tutilgan vazifa va tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, qoʻmitalari (komissiyalari) raislari, Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish rejasida belgilangan masʼul ijrochilar uning bajarilishi holati toʻgʻrisida har oyning 25 sanasiga qadar (yoki soʻrovga koʻra) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring boʻlimiga axborot taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring boʻlimi (A. Abdukodirov) Ish rejasining ijrosi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatib, uning borishi toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 750-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq iyul — dekabr oylarida oʻtkazilishi nazarda tutilgan tadbirlar bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1123-IV-son