Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3032-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 18-iyundagi 1-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3032, 2018-yil 3-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 10/18/3032/1450-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShIN
Toshkent sh.,
2021-yil 9-iyul,
125-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
2021-yil 6-iyul
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
2021-yil 7-iyul
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. INOYATOV
2021-yil 9-iyul
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R. MAMATOV
2021-yil 8-iyul
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
2021-yil 8-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/3032-1/0676-son)