ILOVA
1-ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | __________ shahri | | | | | | | | |
20___ yil “____” ________ | |||||||||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi _______-harbiy qism komandiri ________________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | |
(F.I.O.) | |||||||||||
| (keyingi oʻrinlarda — Buyurtmachi) bir tomondan va _________________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | |
(tashkilot nomi) |
| ||||||||
| nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida faoliyat yurituvchi direktor ______________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
(F.I.O.) | |||||||
|
(keyingi oʻrinlarda — Autsorser), ikkinchi tomondan, keyinchalik Tomonlar deb ataladi, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
1.1. Pulli xizmat koʻrsatish Shartnomasiga koʻra Autsorser Buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish, Buyurtmachi esa ushbu xizmatlar uchun pul toʻlash majburiyatini oladi. 1.2. Autsorser mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni _______-harbiy qism shaxsiy tarkibining oziq-ovqat payoklarining belgilangan normalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan taomnomaga muvofiq uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlash majburiyatini, keyingi oʻrinlarda Xizmatlar deb ataladi, oʻz zimmasiga oladi. 1.3. Xizmat koʻrsatish muddati: 20 ___ yil “____” _____________dan. 20 ___ yil “____” _____________gacha. 1.3.1. Tomonlar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda koʻrsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-faktura imzolanib, Buyurtmachi Autsorserning mazkur Shartnomada koʻrsatilgan bank hisobraqamiga pul mablagʻlari oʻtkazgandan soʻng Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanadi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
2.1. Autsorser quyidagilarga majbur: 2.1.1. Taomni va tayyor mahsulotni sifatli tayyorlash boʻyicha sanitariya qoidalari, gigiyena normalari, harbiy xizmatchilarning tegishli toifalari uchun taʼminot normalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining taom tayyorlash va ovqatlanishni tashkil etishga taalluqli qismlaridagi talablarga toʻliq mos keladigan Xizmatlarni koʻrsatishi. 2.1.2. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etishda tegishli sifat sertifikatlari bilan tasdiqlangan sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishi. 2.1.3. Davlat strategik zaxirasini yangilashi, shuningdek, Buyurtmachining boʻlinmalarida yetishtirilgan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda xarid qilishi. 2.1.4. Xizmatlarni sifatli, mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda koʻrsatishi. 2.1.5. Xizmatlar koʻrsatish jarayonida Autsorser mazkur shartnoma shartlariga amal qilmasdan, ovqat sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi boʻyicha bir kun davomida bepul toʻgʻirlashi. Taomning (oziq-ovqat mahsulotlarining) sifatsizligi, taom tayyorlash va isteʼmol qilish joylarining holati, shuningdek, oshxona idishlarining sanitariya qoidalariga javob bermasligi aniqlanganda, Autsorser zudlik bilan Buyurtmachining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qonuniy talabini bajarishi. 2.1.6. Malakali, tajribali, qoʻyilgan vazifani (xizmatni, ishni) amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari mavjud boʻlgan, shuningdek, belgilangan tartibda va muddatda tibbiy tekshiruvdan (koʻrikdan) oʻtgan xodimlarga Buyurtmachi bilan kelishgan holda taom tayyorlash jarayoniga ruxsat etishi. 2.1.7. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalariga, shuningdek, ichki tartibga rioya qilish majburiyatini yuklashi. 2.1.8. Xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni shaxsan bajarishi, mazkur Shartnoma shartlarini bajarishni uchinchi shaxsga topshirmasligi. 2.1.9. Mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida Buyurtmachi tomonidan vaqtincha foydalanishga topshirilgan uskunalar, jihozlar, idishlar, asboblar, mebellar, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni soz holda saqlashi, taʼmirlashi, shuningdek, binolarni taʼmirlashi. 2.1.10. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda, Buyurtmachidan binolarni (oshxona, omborxona va boshqalar), uskunalarni, jihozlarni, idishlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni qabul qilib olishi. 2.1.11. Mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi. 2.1.12. Mazkur shartnomaga asosan Xizmat koʻrsatish ishlariga jalb etilgan oshpazlarni va boshqa xodimlarni oʻqitishni (malakasini oshirishni) amalga oshirishi. 2.2. Buyurtmachi quyidagilarga majbur: 2.2.1. Bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar boʻyicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini toʻlashi. 2.2.2. Autsorserga mazkur Shartnoma shartlarini bajarish doirasida binolarni (oshxona, omborxona va boshqalar), uskunalarni, jihozlarni, idishlarni, asboblarni, mebellarni, inventarlar va boshqalar moddiy vositalarni vaqtincha foydalanishga berishi. 2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: 2.3.1. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, bajarilayotgan Xizmatlarning yuritilishi va sifatini istalgan vaqtda tekshirish. 2.3.2. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida 10 kun oldin Autsorserni yozma ravishda ogohlantirish, bunda koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda toʻlash. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
3.1. Mazkur Shartnomaga 1-ilovaga muvofiq xizmatlar narxi _____________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
(summa son va soʻz bilan) | |||||||
| _______________________soʻmni tashkil etadi. | |||||||||||||||||||
|
3.2. Autsorser tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati boʻyicha bir oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. 3.2.1. Ovqatlanadigan bir kishi uchun koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxi va tasdiqlangan tegishli normalar boʻyicha Buyurtmachi tomonidan belgilanadi va shaxsiy tarkib soniga koʻpaytiriladi. Hosil boʻlgan yakuniy summa 20 foiz ustama haq miqdoriga koʻpaytiriladi. 3.2.2. Ovqatlanuvchilarning amaldagi soni haqidagi maʼlumotlar va ovqatlanadigan bir kishiga koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik taomnomaga (oziq-ovqat mahsulotlarining taqsimotiga) muvofiq Autsorser bilan birgalikda har oʻn kunda, toʻlanishi lozim boʻlgan summasi koʻrsatilgan, Autsorser va Buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi tuziladi va hisob-faktura rasmiylashtiradi. 3.2.3. Buyurtmachi tomonidan amalda koʻrsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshla�, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi. 3.2.4. Mazkur Shartnomaga 2-ilovada koʻrsatilgan, Shartnomaning prognoz summasini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari Tomonlardan birining tashabbusi bilan odatda bir oyda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
4.1. Autsorser shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan hollarda, Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak. 4.2. Penya (jarima) toʻlash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf qilishdan ozod etmaydi. 4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar. 4.4. Tomonlarning mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi. 5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf qilish tartib-taomili amalga oshirilgandan soʻng ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun beriladi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
6.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holatlar yengib boʻlmas kuch, yaʼni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismini ?ashkil etadi. 7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror-bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas. 7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi boʻladi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
|
8.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va bir kalendar yil davomida yoki muddatidan oldin bekor qilinguniga qadar amal qiladi. | |||||||||||||||||||
|
| |||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
“Autsorser” |
“Buyurtmachi” | ||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
------------------------------------------- |
------------------------------------------- | ||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
1-ILOVA
|
|
(soʻm) | ||||
|
Oylar |
Oydagi kunlar soni |
4-meʼyor “Maxsus payogi” |
Jami umumiy summa | ||
|
odam soni |
payok qiymati |
umumiy summa | |||
|
yanvar |
31 |
||||
|
fevral |
28/29 |
||||
|
mart |
31 |
||||
|
aprel |
30 |
||||
|
may |
31 |
||||
|
iyun |
30 |
||||
|
iyul |
31 |
||||
|
avgust |
31 |
||||
|
sentyabr |
30 |
||||
|
oktyabr |
31 |
||||
|
noyabr |
30 |
||||
|
dekabr |
31 |
||||
|
Shartnomaning jami summasi |
365/366 |
||||
2-ILOVA
(hokimlik bayonnomasiga muvofiq)
|
|
|
|
|
|
(soʻm) |
|
T/r |
Oziq-ovqat mahsulotlarining nomi |
Oʻlchov birligi |
Norma boʻyicha bir sutkada 1 kishiga |
1 kg narxi |
Umumiy summa |
|
1. |
1-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non |
gr. |
|||
|
2. |
2-nav bugʻdoy uni |
gr. |
|||
|
3. |
Turli yorma (krupa) |
gr. |
|||
|
4. |
Dukkakli oʻsimlik mahsulotlari |
gr. |
|||
|
5. |
Guruch |
gr. |
|||
|
6. |
Makaron mahsulotlari |
gr. |
|||
|
7. |
Goʻsht |
gr. |
|||
|
8. |
Baliq |
gr. |
|||
|
9. |
Oʻsimlik yogʻi |
gr. |
|||
|
10. |
Sigir yogʻi |
gr. |
|||
|
11. |
Hayvon yogʻi |
gr. |
|||
|
12. |
Tovuq tuxumi (1 haftalik soni) |
dona |
|||
|
13. |
Sut |
gr. |
|||
|
14. |
Shakar |
gr. |
|||
|
15. |
Osh tuzi |
gr. |
|||
|
16. |
Choy |
gr. |
|||
|
17. |
Dafna bargi |
gr. |
|||
|
18. |
Qalampir |
gr. |
|||
|
19. |
Xantal kukuni |
gr. |
|||
|
20. |
Sirka (uksus) |
gr. |
|||
|
21. |
Tomat pastasi |
gr. |
|||
|
22. |
Sabzavotlar, shu jumladan: |
gr. |
|||
|
kartoshka |
gr. |
||||
|
karam |
gr. |
||||
|
lavlagi |
gr. |
||||
|
sabzi |
gr. |
||||
|
piyoz |
gr. |
||||
|
bodring, pomidor, koʻkat va sarimsoq piyoz |
gr. |
||||
|
qovoq, turp, sholgʻom |
gr. |
||||
|
23. |
Mevalar |
gr. |
|||
|
24. |
Meva-sabzavotlardan tayyorlangan sharbat |
gr. |
|||
|
25. |
Tarkibida vitamin boʻlgan dorilar, draje |
dona |
|||
|
26. |
Dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan aralashma (konsentrat) |
gr. |
|||
|
Payokning yakuniy summasi: |
|||||
|
20 foiz ustama: |
|||||
|
20 foiz ustama bilan payokning yakuniy summasi: |
|||||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
PDXX |
Autsorserni tanlash uchun (xizmat turlari roʻyxati, organ va boʻlinmalar, taʼminlanuvchilar soni va boshqalar koʻrsatilgan holda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabnomalar taqdim qilish. |
Zarurat tugʻilganda | |||
|
2-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Autsorser talabgorlarini oʻrganish va eng yaxshi takliflarni tanlab olish. 2. Gʻolib autsorserni aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish. |
1-2. Talabnoma qabul qilgandan soʻng 10 kun muddatda | |||
|
3. Bayonnomadan koʻchirmani PDXXga yuborish (autsorserlar tanlovi natijalarini). |
3. Bayonnoma tasdiqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay | |||||
|
3-bosqich |
PDXX |
1. Autsorser bilan joriy yilning oxiriga qadar amal qilish muddati bilan shartnomalar tuzish. |
1. 3 ish kuni davomida | |||
|
2. Autsorserga binolarni, uskunalarni, jihozlarni, mebellarni va oshxonaning boshqa moddiy vositalarini dalolatnomaga asosan topshirish. |
2. 3 ish kuni davomida |
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Tegishli hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalariga koʻra oziq-ovqat mahsulotlarining bozordagi oʻrtacha narxlari koʻrsatilgan bayonnomani rasmiylashtirish. |
1-2. Har oyda joriy oyning 1-sanasida | |||
|
3. PDXXga oziq-ovqat mahsulotlari narxi haqidagi bayonnomani yetkazish. |
3. Bir kun mobaynida | |||||
|
2-bosqich |
Autsorser |
1. Koʻrsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish. 2. PDXX bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish. |
Har oyning 5-sanasiga qadar | |||
|
3-bosqich |
PDXX |
Autsorser bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblarni quyidagi tartibda amalga oshirish: |
| |||
|
asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) tekshirish, maʼlumotlarni oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshirilgan holat mavjudligi boʻyicha taqqoslash; |
Uch kun mobaynida | |||||
|
autsorsing xizmatlarini koʻrsatishning tegishli jadvalida koʻrsatib oʻtilgan oylik summaning 15% miqdoridagi dastlabki toʻlovni autsorserning bank hisobraqamiga oʻtkazish; |
Har oyning 10-sanasiga qadar | |||||
|
tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85% summani xizmatlar koʻrsatish oyi tugagandan soʻng toʻlash. |
Har oyning 20-sanasiga qadar (oʻtgan oy uchun) |