ILOVA
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
PDXX |
Autsorserni tanlash uchun (xizmat turlari roʻyxati, organ va boʻlinmalar, taʼminlanuvchilar soni va boshqalar koʻrsatilgan holda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabnomalar taqdim qilish. |
Zarurat tugʻilganda | |||
|
2-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Autsorser talabgorlarini oʻrganish va eng yaxshi takliflarni tanlab olish. 2. Gʻolib autsorserni aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish. |
1-2. Talabnoma qabul qilgandan soʻng 10 kun muddatda | |||
|
3. Bayonnomadan koʻchirmani PDXXga yuborish (autsorserlar tanlovi natijalarini). |
3. Bayonnoma tasdiqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay | |||||
|
3-bosqich |
PDXX |
1. Autsorser bilan joriy yilning oxiriga qadar amal qilish muddati bilan shartnomalar tuzish. |
1. 3 ish kuni davomida | |||
|
2. Autsorserga binolarni, uskunalarni, jihozlarni, mebellarni va oshxonaning boshqa moddiy vositalarini dalolatnomaga asosan topshirish. |
2. 3 ish kuni davomida |
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Tegishli hududlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalariga koʻra oziq-ovqat mahsulotlarining bozordagi oʻrtacha narxlari koʻrsatilgan bayonnomani rasmiylashtirish. |
1-2. Har oyda joriy oyning 1-sanasida | |||
|
3. PDXXga oziq-ovqat mahsulotlari narxi haqidagi bayonnomani yetkazish. |
3. Bir kun mobaynida | |||||
|
2-bosqich |
Autsorser |
1. Koʻrsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish. 2. PDXX bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish. |
Har oyning 5-sanasiga qadar | |||
|
3-bosqich |
PDXX |
Autsorser bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblarni quyidagi tartibda amalga oshirish: |
| |||
|
asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) tekshirish, maʼlumotlarni oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshirilgan holat mavjudligi boʻyicha taqqoslash; |
Uch kun mobaynida | |||||
|
autsorsing xizmatlarini koʻrsatishning tegishli jadvalida koʻrsatib oʻtilgan oylik summaning 15% miqdoridagi dastlabki toʻlovni autsorserning bank hisobraqamiga oʻtkazish; |
Har oyning 10-sanasiga qadar | |||||
|
tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85% summani xizmatlar koʻrsatish oyi tugagandan soʻng toʻlash. |
Har oyning 20-sanasiga qadar (oʻtgan oy uchun) |