Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3266-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 24-iyundagi 357-V va 13-son qarori (roʻyxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y, 10/20/3266/1110-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
357-V-1-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-iyun,
32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 29-iyundagi 357-V-1, 32-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandda:
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki qoidalar toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining barcha boʻlinmalariga hamda chet eldagi shuʼba, filial, vakolatxonalari va boshqa boʻlinmalariga ijro uchun majburiydir.”.
oʻn toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toʻlov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va toʻlov tashkilotining chet davlatdagi shuʼbasi, filiali, vakolatxonalari va boshqa boʻlinmalarining ichki nazorat qoidalari, ularni roʻyxatga olayotgan davlat qonunchiligi talablari inobatga olingan holda tasdiqlanadi.”.
2. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik toʻlov tizimi operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining zimmasida qoladi.”.
3. 31-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Qabul qiluvchi toʻlov tashkilotlari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega boʻlishlari lozim:
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan elektron pul oʻtkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki toʻxtatishni;
tegishli keyingi xatti-harakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish, maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini koʻrib chiqish va boshqalar).”;
oltinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Joʻnatuvchi toʻlov tashkilotlariga, pul oʻtkazmasi yuqorida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish taqiqlanadi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Pul oʻtkazilishida vositachi (tranzit) sifatida ishtirok etuvchi toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari:
elektron toʻlovlarga ilova qilinadigan joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi barcha maʼlumotlarni, joʻnatuv toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishini taʼminlashlari;
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalarini aniqlash boʻyicha asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari;
tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda amalga oshiriladigan choralarni belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari;
oluvchisi va (yoki) joʻnatuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarga ega boʻlmagan xalqaro pul oʻtkazmalari aniqlanganda, bunday oʻtkazmalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini koʻrib chiqishlari;
texnik cheklovlar xalqaro elektron oʻtkazma boʻyicha ichki elektron pul oʻtkazmaga bogʻlangan joʻnatuvchi va oluvchi toʻgʻrisidagi talab qilinayotgan maʼlumotning saqlanishiga toʻsqinlik qilgan hollarda, joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha maʼlumotlar boʻyicha yozuvlarni besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlashlari kerak.”.
5. 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 10/21/3266-1/0664-son)