12.07.2021 yildagi PQ-5180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati aholisining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va shahar hududlari qurilishini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashining 440 ming aholi uchun turar joy, ijtimoiy va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, kichik sanoat va yashil hududlarni oʻz ichiga olgan “Yangi Andijon” shahrini (keyingi oʻrinlarda — shahar) bosqichma-bosqich kompleks qurish uchun Andijon tumanining adirliklari hududidagi oʻzlashtirilmagan 4 ming gektar yer maydonini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shahar barpo etilishining birinchi bosqichida 121 ming aholi uchun koʻp qavatli turar joylar, ijtimoiy soha, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, shuningdek, kichik sanoat zonasi qurilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida “Yangi Andijon” shahrini barpo etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi shtab (keyingi oʻrinlarda — Shtab) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi huzurida “Yangi Andijon” shahrida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilsin va uning tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A. Aripov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharning bosh rejasini hamda shahar hududlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida barpo etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Shtab va Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va korporativ xaridlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilishini taʼminlash va ularning nazoratini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda koʻzda tutilgan hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar asosida tuziladigan shartnomalarning roʻyxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish uchun ajratilayotgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni olib borish hamda, zarur hollarda, ajratilayotgan mablagʻlar taqsimotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish hamda hududda koʻp qavatli turar joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va qurilish ishlari manzilli dasturlarini tasdiqlash hamda shu asosda qurilish ishlarining olib borilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli turar joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini loyihalashtirish va qurishda eng maqbul meʼmoriy va texnologik yechimlarning qoʻllanilishi, energiya tejamkor uskunalar va materiallardan foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli turar joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlariga malakali xorijiy mutaxassis va konsultantlarning jalb qilinishini, shuningdek, ilgʻor xorijiy texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya rahbarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hamda Direksiyaning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Shtabning (D. Adilov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida koʻp qavatli turar joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarni ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik, tarixiy-madaniy, ijtimoiy va yoʻl-transport tadqiqotlari hamda muhandislik qidiruvlari natijalarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini nazorat qilish hamda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash boʻyicha davlat xaridlari shartlarini belgilash va hujjatlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari boʻyicha texnik va mualliflik nazorati olib borilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishlari manzilli dasturlarini ishlab chiqish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish hamda shu asosda qurilish ishlarining olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish jarayonida Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida investorlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni tizimli ravishda nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik norma va qoidalari hamda loyiha hujjatlari talablari asosida sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va buyurtmachilarning texnik nazorati yuritilishi hamda qurilish sohasida davlat nazoratining oʻrnatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida loyihalarni amalga oshirish ustidan doimiy monitoring yuritish va uning natijalari yuzasidan maʼlumotlarni har haftada Respublika komissiyasiga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish hamda hududda koʻp qavatli turar joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish va qurish ishlarini olib borish boʻyicha Respublika komissiyasiga takliflar kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya, geologiya, gidrometeorologiya va ekologik muhandislik-qidiruv va tadqiqot ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik, tarixiy-madaniy, ijtimoiy va yoʻl-transport tadqiqotlari olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish hamda uning hududida koʻp qavatli turar joylar, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini taʼminlash, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, loyiha-tadqiqot va qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish hamda ular bilan shartnomalarni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq jarayonlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari boʻyicha texnik va mualliflik nazoratini olib borilishini taʼminlash hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi oʻzaro munosabatlari shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni qurish ishlariga salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida, internetdagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda taqdimot tadbirlarini va keng reklama kampaniyasini olib borish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida obyektlar qurilishini loyihalashtirishda loyiha tashkilotlari tomonidan energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi hamda yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan majburiyatlar investorlar tomonidan lozim darajada bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududida, jumladan boshqaruv kompaniyalarini tuzish va tadbirkorlik subyektlarini jalb etish yoʻli bilan muhandislik-kommunikatsiyalari va umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanishni va ularga xizmat koʻrsatishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar, tadbirkorlik subyektlari, ishlarni bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchi shaxslar, binolar, inshootlar va koʻp qavatli uy-joylar mulkdorlari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarishda va obyektlardan foydalanishda belgilangan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, shaharni barpo etishning birinchi bosqichi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Direksiya tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda, obyektlarni loyihalashtirish va qurilish ishlarida ishtirok etish, mualliflik va texnik nazoratni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassis va konsultantlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki yoʻllarni, ijtimoiy soha va obodonlashtirish obyektlarini qurish boʻyicha — Direksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhandislik, aloqa va transport kommunikatsiya obyektlarini qurish boʻyicha — tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar hamda ularning buyurtmachi xizmatlari buyurtmachi vazifasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun — bosh loyiha tashkiloti “OʻzshaharsozlikLITI” DUK tomonidan “Keym Kentsel Yenileme Merkezi A.Ş.” kompaniyasi (Turkiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — “Oʻzkommunalloyihaqurilish” MCHJ hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — “Yoʻl loyiha byurosi” MCHJ, “Oʻzyoʻlloyiha” loyiha-qidiruv instituti” DUK, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi boshqa loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik tarmoqlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — Energetika vazirligi tizimidagi loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha, infratuzilma obyektlari va umumiy foydalanish maydonlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — buyurtmachilar tomonidan eng yaxshi takliflar tanlovi orqali aniqlangan loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) shaharda koʻp qavatli uy-joylarni qurish uchun metall prokat va sement mahsulotlarini pudratchi tashkilotlarga yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonida koʻzda tutilgan alohida birja savdo seksiyasi orqali sotish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorida koʻzda tutilgan mablagʻlar, Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari va uning qoʻshimcha manbalari, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetalari oʻrnatilgan tartibda moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaharni barpo etishning birinchi bosqichini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha, yoʻl-transport, irrigatsiya va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlarini barpo etish, loyihalashtirish ishlari, qurilish ishlarini nazorat qilish va boshqarish xarajatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorining 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun — Andijon viloyatining mahalliy budjet mablagʻlari va uning qoʻshimcha manbalari, tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli uy-joylar qurilishi — tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kafillik va kompensatsiya toʻlovlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor infratuzilmasi va xususiy ijtimoiy soha obyektlari qurilishi — tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari qurilishi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorida koʻzda tutilgan mablagʻlar va tegishliligiga koʻra ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarning oʻz mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shtab rahbari (D. Adilov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilinadigan tajribali injiniring kompaniyalar, shuningdek, xorijiy mutaxassis va konsultantlar tomonidan loyiha hujjatlarini qoʻshimcha ekspertiza qilish va bajariladigan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilib borishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov) bilan birgalikda, zaruratga koʻra chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya ishlarini tashkillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Andijon shahrining yangi hududlarini qamrab olgan holda Andijon shahrining mikroseysmik hududlashtirish xaritasini qayta koʻrib chiqib, yangilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilish vazirligi (D. Adilov) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Andijon shahrida xorijiy qurilish sohasida tajribali loyiha kompaniyasi filialini tashkil etib, mahalliy mutaxassislarni oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) uch oy muddatda “Yangi Andijon” shahrida yashovchi aholini ish bilan taʼminlash maqsadida shahar atrofida amalga oshirish moʻljallanayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirib, ularning amalga oshirilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing korxonalarini jalb qilgan holda shahardagi koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etayotgan qurilish-pudratchi korxonalarga Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq qurilish texnikalari va mashina-mexanizmlarni lizing asosida yetkazib berish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda shaharni barpo etish hamda buning uchun Andijon tumanidan zarur yer maydonini Andijon shahriga berishni tashkil etish yuzasidan tegishli qaror loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uning taʼsis hujjatlarini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini yaratish, malakali kadrlar bilan taʼminlash va boshqa tashkiliy-texnik masalalarni hal etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika komissiyasi (A. Aripov) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Yangi Andijon” shahrini barpo etish bilan bogʻliq boʻlgan bir yillik “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish va uning bosh rejasini amalga oshirish boʻyicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib, yuzaga kelgan muammoli va tashkiliy-texnik masalalarni oʻz vaqtida hal etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharni barpo etish va uning bosh rejasini amalga oshirish ishlari borishi yuzasidan har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari D.K. Adilov va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5180-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi PQ-5180-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

2.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

D.Q. Adilov

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari, Shtab rahbari

4.

I.N. Xolmatov

Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari

5.

Sh.S. Xidoyatov

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

6.

A.B. Voitov

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

A.M. Boboyev

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

8.

J.T. Maxsudov

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari

9.

A.A. Abduvaliyev

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

10.

S.I. Saifnazarov

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ raisi

11.

B.B. Eshmuradov

“Hududgaztaʼminot” AJ raisi

12.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi

13.

Sh.A. Vafayev

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

14.

B.R. Jurayev

“OʻzGASHKLITI” DUK bosh muhandisi

15.

Gʻ.G. Madjidov

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK bosh direktori

16.

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratdan kelib chiqqan holda tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari Komissiya ishiga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi PQ-5180-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi Andijon” shahrini barpo etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi shtab
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

D. Adilov

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, Shtab rahbari

2.

I. Xolmatov

Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, Shtab rahbarining oʻrinbosari

3.

B. Xamrayev

Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari

4.

A. Amanov

“Yangi Andijon” shaharchasida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK rahbari

5.

R. Xojiboyev

Andijon viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi

6.

F. Berdiqulov

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi

7.

Sh. Matmusayev

“Andijon suv taʼminoti” MCHJ direktori

8.

Oʻ. Masharipov

Andijon viloyati transport boshqarmasi boshligʻi

9.

Sh. Axmedov

“Oʻzbektelekom” AK Andijon filiali boshligʻi

10.

D. Saloxitdinov

“Hududgaztaʼminot” AJning Andijon viloyati filiali boshligʻi

11.

T. Qarayev

Andijon viloyati avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi

12.

A. Joʻrayev

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ direktori

13.

A. Akbarov

Andijon viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi

14.

T. Karimov

Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʻi

15.

Sh. Shamshitdirov

Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbari

16.

X. Xamidov

Andijon viloyati Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Shtab aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratdan kelib chiqqan holda tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari shtab ishiga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi PQ-5180-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yangi Andijon” shahrida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Bosh muhandis — Direktor oʻrinbosari

Bosh rejani realizatsiya qilish boʻlimi

13

Bosh yuriskonsult

1

Birlamchi ruxsat beruvchi, loyiha hujjatlari va tanlov hujjatlarini tayyorlash boʻlimi

24

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boʻlimi

2

Buxgalteriya

2

Loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik kuzatish, shuningdek, texnik nazorat boʻyicha mutaxassislar boʻlimi*

210

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Marketing, moliyalashtirish va xoʻjalik-shartnoma munosabatlari boʻlimi

35

Umumiy boʻlim

1-2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 17 — 32 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bir xodimga obyektlar qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 000 baravaridan oshmagan holda bir vaqtning oʻzida koʻpi bilan 10 ta obyekt biriktirilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2021-y., 07/21/5180/0661-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)