12.07.2021 yildagi PQ-5180-son
7. Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorida ko‘zda tutilgan mablag‘lar, Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari qurilishi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorida ko‘zda tutilgan mablag‘lar va tegishliligiga ko‘ra ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarning o‘z mablag‘lari.