Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2022 08.07.2021 yildagi 428-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Transport vazirligining 2021-yil 1-sentabrdan 2021-yil oxiriga qadar Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimi (keyingi oʻrinlarda — masofaviy kuzatib borish tizimi) boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, masofaviy kuzatib borish tizimi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektron plombalar bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan avtotransport vositalarining harakatini masofaviy nazorat qilish maqsadida ularning yuk boʻlimlariga bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan joʻnatuvchi bojxona postida quyidagi hollarda oʻrnatiladi va manzil bojxona postida yechib olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasining xavflarni boshqarish tizimi tomonidan belgilanganda;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida;

bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash yakunlari boʻyicha amaldagi maʼlumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;

yuk joʻnatuvchi, yuk qabul qiluvchi yoki tashuvchining talabiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona organlari tomonidan elektron plombalar oʻrnatilgan avtotransport vositalariga bir vaqtning oʻzida boshqa turdagi maxsus bojxona plombalari qoʻyilmaydi, avtotransport vositasiga ikki yoki undan ortiq plombalar qoʻyilishi lozim boʻlgan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan avtotransport vositalarini elektron plombalar bilan taʼminlash, xizmat koʻrsatish hamda kuzatuvni tashkil etish uchun Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan texnik talablar asosida manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) elektron plombalar tizimi xizmat koʻrsatuvchi milliy operatorlar tomonidan begʻaraz asoslarda foydalanish uchun taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektron plombalardan foydalanganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtincha nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Masofaviy kuzatib borish tizimi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish davrida Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil) doirasida tashilayotgan yuklarga nisbatan qoʻllanilmaydi, xavflarni boshqarish tizimi tomonidan aniqlagan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar masofaviy kuzatib borish tizimi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish yakunlaridan kelib chiqib, ijobiy va salbiy oqibatlarning, xarajatlar va daromadlarning huquqiy eksperiment jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar haqidagi maʼlumotlar bilan asoslantirilgan prognozni amalga oshirsin va mazkur yoʻnalishda qonunchilikni takomillashtirish yoxud normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror 2022-yilning 1-yanvariga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
428-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 428-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda avtotransport vositalarini kuzatib borish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChA NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom avtomobilda xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda transport vositalarini kuzatib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimining dasturiy taʼminoti (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot) — transport vositalarining joylashuvi, shuningdek, identifikatsiya vositalari yaxlitligini nazorat qiladigan GSM/GPRS va GPS xizmatlari yoki sunʼiy yoʻldosh tizimlari signallari va maʼlumotlaridan foydalangan holda axborotlarni qayta ishlovchi dasturiy taʼminot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatuvchi bojxona posti — tovarlarning barcha turkumi yoki uning bir qismi uchun tashuv boshlanadigan bojxona posti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirib boʻlmaydigan tezkor tadbirlar — transport vositalarini qidirib topish, tovarlarning but holatda manzil bojxona postlariga yetkazilishini taʼminlash yuzasidan bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzil bojxona posti — tovarlarning barcha turkumi yoki uning bir qismi uchun tashuv tugaydigan bojxona posti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy operator — avtomobilda xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda transport vositalarini kuzatib borish uchun bojxona xizmati organlariga elektron plomba va dasturiy taʼminotni taqdim etadigan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil ilova — foydalanuvchilar tomonidan avtotransport vositasining harakat yoʻnalishini kuzatish imkonini beruvchi dasturiy mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron plombalar — avtotransport vositasining harakat marshruti toʻgʻrisida maʼlumotlarni saqlash va tizimga uzatish, shuningdek, avtotransport vositasining yuk boʻlinmasiga kirish imkonini cheklovchi hamda xalqaro tashuvlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositasini onlayn kuzatib borish imkonini beruvchi identifikatsiyalash vositasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron plombalarni oʻrnatish, yechib olish va saqlash tartibi hamda unga qoʻyiladigan texnik talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bojxona organlarida elektron plombalardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron plombalar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan yoki tranzit tartibida harakatlanayotgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari yuk boʻlimlariga bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan joʻnatuvchi bojxona postida oʻrnatiladi va manzil bojxona postida yechib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtotransport vositalarining yuk boʻlimlariga oʻrnatilgan elektron plomba faollashtirilgandan soʻng Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasining Situatsion markazi (keyingi oʻrinlarda — Situatsion markaz) hamda Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan avtotransport vositalarining harakatini masofaviy nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovarlar ortilgan avtotransport vositalarining yuk boʻlimlariga oʻrnatilgan elektron plombalarni ushbu avtotransport vositalaridan tovar yoki buyumlarni tushirish, shuningdek, avtotransport vositalariga boshqa tovar va buyumlarni ortish imkoniyatini istisno etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarlar ortilgan avtotransport vositalarini elektron plomba bilan taʼminlash, xizmat koʻrsatish hamda doimiy kuzatuvni tashkil etish bilan shugʻullanuvchi milliy operator eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlangan texnik talabga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan avtotransport vositalariga elektron plombalar quyidagi hollarda oʻrnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasining xavflarni boshqarish tizimi tomonidan belgilanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash yakunlari boʻyicha amaldagi maʼlumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joʻnatuvchi, yuk qabul qiluvchi yoki tashuvchining talabiga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagi hollarda avtotransport vositalariga elektron plombalar oʻrnatilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari bojxona hamrohligida kuzatib borilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirik hayvonlar tashilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar “Avtomatlashtirilgan tarzda chiqarib yuborish” axborot tizimi orqali eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda (qoʻshimcha ravishda boshqa tovarlar ortilgan holatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus bojxona plombalari qoʻyishning imkoni boʻlmagan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona organlari tomonidan elektron plombalar oʻrnatilgan avtotransport vositalariga bir vaqtning oʻzida boshqa turdagi maxsus bojxona plombalari qoʻyilmaydi. Avtotransport vositasiga ikki yoki undan ortiq plombalar qoʻyilishi lozim boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Avtotransport vositalari harakatlanish yoʻnalishi va davomiyligi ularga oʻrnatilgan elektron plombalar asosida Situatsion markaz hamda Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan maxsus elektron dastur yordamida kuzatib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi hollarda avtotransport vositalarini masofadan onlayn kuzatib borayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi xabariga asosan bojxona organlari kechiktirib boʻlmaydigan tezkor tadbirlar amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron plomba oʻttiz daqiqadan ortiq vaqt davomida maxsus elektron dasturga maʼlumot joʻnatmasligi holati aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi joʻnatuvchi bojxona posti tomonidan belgilangan yoʻnalishdan (respublika ahamiyatidagi avtomagistraldan) chetga chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron plombalarga jismoniy shikast yetkazilganda va uni ochishga urinish holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron plombaning akkumulyator quvvati darajasi 10 foizgacha yoki undan past koʻrsatkichni koʻrsatayotganligi maʼlum boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, Situatsion markaz xodimi holat kuzatilgan hududga eng yaqin masofadagi hududiy bojxona organini bu haqda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar kelib tushgan bojxona organi avtotransport vositasini qidirib topish va holatga aniqlik kiritish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron plombalardan foydalanganlik uchun yigʻim va elektron plombalar taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektron plombalardan foydalanganlik uchun yigʻim ushbu turdagi plomba oʻrnatilgan avtotransport vositasi harakatlangan masofasidan kelib chiqqan holda bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron plombalardan foydalanganlik uchun yigʻim miqdori va uning taqsimoti Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron plombadan foydalanganlik uchun hisoblangan yigʻim joʻnatuvchi bojxona postida bojxona organlari tomonidan tashuvchidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bojxona organlarida elektron plombalardan foydalanishda Davlat bojxona qoʻmitasi elektron plombalar hamda ulardan foydalanish boʻyicha dasturiy taʼminot va texnik vositalar bilan milliy operator tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda milliy operator:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi koʻrsatmasiga asosan elektron plombalarni bojxona postlari oʻrtasida taqsimlaydi va ularning taʼminotini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron plombalardan foydalangan holda tovarlarni tashiyotgan avtotransport vositalarini kuzatib borish boʻyicha mobil ilova xizmatlarini koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron plombalardan foydalanish jarayonida dasturiy taʼminotda yuzaga kelgan texnik nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etadi, yaroqsiz holga kelgan elektron plombalarni yangisiga almashtiradi va ushbu yoʻnalishda doimiy texnik xizmat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminotning doimiy ishchi holatda boʻlishini va axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy taʼminot ichidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Elektron plombalardan foydalangan holda tovarlarni tashishda tashuvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatida elektron plombaga yetkazilgan zarar tashuvchidan manzil bojxona postida bojxona organlari tomonidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari avtomobilda xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qoʻllagan holda transport vositalarini kuzatib borish jarayonida bojxona organi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, shuningdek, bojxona organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/428/0653-son)